Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet55/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

FANIDAN O’QUV
MATERIALLARI
(MA’RUZA MATNLARI)
1-MODUL
1-ma`ruza. Morfemika. Affikslarning asosiy xususiyatlari. So‘zning morfem tarkibidagi o‘zgarishlar.


Reja

  • So`zning morfem tuzilishi

  • So`z va morfema

  • Affiksal morfema

  • So`zning morfematik tahlili

  • Morfem lug`at to`g`risida

  • Mohiyatan morfema vazifasida qo`llanuvchi so`zlar

  • Affikslarning strukturasi

  • Affikslar fonetikasi

  • Affikslarning kelib chiqishi

  • Derivatsion sinonimiya

  • Morfem vositalar

  • affikslarda shakl va ma'no munosabati;

  • so`zning morfem tarkibidagi o`zgarishlar;

  • soddalanish, morfologik qayta bo`linish;

  • so`zlashuv nutqi ta'sirida soddalanish hodisasi;

  • so`zning tovush tarkibidagi fonetik o`zgarishi;

  • yasama so`zlarning tub so`zga aylanishi.


Tayanch so`z va iboralar: morf, morfema, affiksal morfema, o`zak morfema, leksik ma`no, grammatik ma`no, grammatik shakl va ko`p ma'noli affikslar, omonim affiks, sinonim affiks va antonim affikslar, soddalanish, morfologik qayta bo`linish.
So`zning morfologik strukturasini tekshirish so`z va morfemaning (o`zak morfema va affiksal morfema), o`zak va negizning munosabatini aniqlash va morfemalarning strukturasi va tasnifi kabi hodisalarni o`z ichiga oladi.
So`z va morfema. So`zning sostavini grammatik jihatdan tekshirganda, unda ma`lum ma`no anglatadigan qismlarni, bu qismlarning o`zaro bog`langanligini ko`rish mumkin. So`zning morfologik strukturasi uning ayrim ma`noga ega bo`lgan shunday grammatik elementlardan tashkil topishi - grammatik qismlarga bo`linishidir. So`zning bunday bo`linmas, eng kichik qismlari morfema deb ataladi. So`zning morfologik strukturasi, morfemalarga ajralish xususiyati shuni ko`rsatadiki, uning sostavidagi bu elementlar o`zak va affiksdan iboratdir.
O`zbek tili sistemalarining shakllanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi asosiy til birliklaridan biri so`z bo`lsa, ikkinchisi morfemadir. O`zbek tili sistemalarining shakllanishida morfem birliklar muhim ahamiyatga ega, bu esa mazkur til birliklarining mohiyati, turlari va ular bilan bog`liq til hodisalarining mohiyatini to`g`ri, to`la yoritish muhim masalalardan ekani haqida aniq tasavvur beradi.
O`zbek tilshunosligida bu sohada juda ko`p ishlar qilinganligiga qaramasdan, morfem birliklarning asosiy xususiyati to`g`ri va to`la ifodasini topganicha yo`q. Morfema bilan bog`liq asosiy masalalarda noto`gri, bir-biriga zid fikr-mulohazalar davom etib kelmoqda. Qisqa qilib aytganda, morfema va u bilan bog`liq masalalar o`zbek tilshunosligining eng muhim, dolzarb muammolaridan biri bo`lib qolmoqda.
Morfemika so`zning nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta`limotdir. Ma`lumki, o`zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o`laroq, o`zak mustaqil ma`no anglatish xususiyatiga ega. So`zning o`zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha qo`llanmaydi va ma`no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi. Masalan: Paxtakorlarga so`zi paxta-kor-lar-ga qismlaridan iborat. Ajratilgan har bir tarkibiy qism bu so`z doirasida o`ziga xos elementar va semantik mavqega ega, ular lisonda ana shundan ajralgan holda o`z «xonacha»larida guruh-guruh bo`lib yashaydi. Paxta birligi mustaqil lug`aviy ma`noga egaligi va bu ma`noni qolgan qismlarsiz ham anglata olish xususiyati bilan boshqa tarkibiy qismlardan ajratib turadi.1 Shuning uchun u leksema deyiladi. Boshqa qismlar esa ajralgan holda mavhum bo`lishi, leksemasiz mustaqil ma`no anglata olmasligi bilan xarakterlanadi. Leksema shakllanuvchanlik, morfema shakllantiruvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga shakl berish vazifasiga xoslanganligi ularni morfema deb atashga olib kelgan. Morfemaning nutqiy ko`rinishi qo`shimcha deyiladi.
Tilimizda yordamchi so`z deb ataluvchi katta guruh ham bor bo`lib, leksema va morfema sirasida u oraliq uchinchi ma`qomida bo`ladi. Shuning uchun ularni leksema morfema deyish mumkin. Yordamchi so`zning leksemaligi shundaki, u mustaqil so`z kabi ajralganlik xususiyatiga ega, biroq shakllanuvchanlikka ega emas. Lug`aviy ma`noga ega emasligi ularni morfemik maydon sari tortib turadi.
Akademik A.Hojiyev to`g`ri ta`kidlaganidek, «morfema» tushunchasi va atamasi o`zbek tilshunosligida rus tilshunosligiga oid adabiyotlar ta`sirida paydo bo`ldi. Keyingi vaqtlarga qadar morfema haqidagi fikr-mulohazalar deyarli rus tilshunosligida aytilgan gaplarning ko`chirmasi bo`lib keldi. Hozirga qadar «morfema» deb ataluvchi til birligi va uning mohiyati bevosita o`zbek tili materiallarini tahlil etish asosida belgilanganicha yo`q.
Tilshunoslikka, jumladan, o`zbek tilshunosligiga oid ishlarda morfema «o`z ma`nosi va shakl ifodasiga ega bo`lgan, boshqa ma`noli qismlarga bo`linmaydigan eng kichik til bo`lagi» deb ta`riflanadi. Ammo bu ta`rif o`zbek tilidagi morfemalarning «morfema» deb atalishi mumkin bo`lgan birliklarining barcha turini va ularning mohiyatini aks ettira olmaydi. Chunki, asosan, affikslar-so`z yasovchi hamda so`z shaklini yasovchi affikslar morfema deb e`tirof etilib, bugungi kunda so`z yasash va so`zning shaklini yasash uchun xizmat qiladigan birliklar «grammatik morfema» deb ta`riflana boshlandi.
Morfemani so`zing tarkibiy qismi deyish maqsadga muvofiq. U affiksal morfemalarga xos, ammo quyidagilar farqlanishi lozim: 1) lug`aviy sistemaning birligi bo`lmish yasama so`zning tarkibiy qismi; 2) so`z yasalish sistemasining birligi hisoblanmish yasama so`zning tarkibiy qismi; 3) morfologik birlik bo`lmish so`z shaklining tarkibiy qismi.
Birinchi holatda yasama so`z lug`aviy birlik hisoblanadi. Bunda u mohiyatan tub so`zlardan farqlanmaydi va tarkibiy qismlarga (so`z+morfemaga) ajratilmaydi.
Ikkinchi holatda yasama so`z so`z yasalish asosi va so`z yasovchi kabi ikki xil birlikka bo`linadi: terim-ter-im, terimchi-terim-chi kabi.
Uchunchi holatda morfema lug`aviy birlik so`zning emas, balki morfologik birlik bo`lmish so`z shaklining tarkibiy qismi hisoblanadi: kitoblar-kitob-lar, terimchilarimizni-terimchi-lar-imiz-ni.
Akademik A.Hojiyevning to`g`ri ta`rif etishicha, o`zbek tilida morfemalar faqat affikslardan iborat bo`lmasdan, fe`lning analitik shaklini hosil qiluvchi ko`makchi fe`llar ham (o`qib ko`r, o`qib ber, o`qib chiqdi, ko`rib qoldi, ayta qol) mohiyatan morfema hisoblanadi. Bundan tashqari, o`bek tilidagi edi, ekan to`liqsiz fe`llar ham morfemaga xos vazifani bajaradi. Qalandarov xirgoyi qilib kelayotgan edi, yo`l bo`yida turgan militsioner qo`lidagi ola tayoq bilan yo`lning chetini ko`rsatdi. (A. Qahhor, «Sinchalak»)
Ma`lumki, tilshunoslikda leksema termini «lug`aviy ma`noli so`z» tushunchasini ifodalash uchun qo`llanadi, ammo o`zbek tilshunosligida «yordamchi so`zlar» «yordamchi leksemalar» deb noto`g`ri talqin qilina boshlandi.
Darhaqiqat, so`z lug`aviy ma`nosini yo`qotishi bilan «yordamchi so`z»ga emas balki muayyan ma`no, vazifaga ega bo`lgan boshqa birlikka, til birligiga aylanadi. Bunda ikki holatni farqlash kerak: 1) lug`aviy ma`nosini butunlay yo`qotgan birliklar: uchun, bilan, hamda, qadar; 2) lug`aviy ma`nosini saqlagan, shu bilan birga morfemalarga xos vazifalarda, ma`nolarda ham qo`llanadigan so`zlar: oldin, sababli, qarshi kabilar.
Shuni ta`kidlash lozimki, so`z yasalishi va so`z shakli yasalish hodisasi faqat affiksal morfemalarning faoliyati bilan cheklanmaydi. Morfemalar va ularning mohiyati haqida so`z borganda, shuningdek, morfemaning ta`rifida bu fakt o`z aksini topishi shart.
Yuqorida ko`rib o`tilgan morfemalar ikki sistemaga mansub til birligini-yasama so`zni va so`z shakllarini (morfologik birlikni) yasash uchun xizmat qiluvchi morfemalardir. O`zbek tili morfemalarining tahlili bu holda mohiyatan yuqoridagi morfemalarga o`xshash, lekin o`ziga xos vazifasi bilan ulardan farqlanuvchi til birligi – «morfema» deb qaralishi lozim bo`lgan til birligi ham borligini ko`rsatadi. Demak, morfemalar so`z yasovchi va shakl yasovchi affikslardan iborat emas ekan. O`z navbatida bog`lovchilar ham mohiyatan morfemalar qatoriga kiradi.
Morfema ham shakl va mazmun jihatiga ega. Uning ifoda (shakl) jihatini morfema (fonemalar) tashkil etadi. Buning ya`ni morfemaning ma`nosi shakllantirish (yuzaga keltirish) uchun xizmat qiladi. Ma`salan, uysoz so`zidagi – soz so`zyasovchisi shu yasama so`zni hosil qiladi va uning lug`aviy ma`nosini ro`yobga chiqaradi. Uyni, uyning, uyda, uyga, uydan so`z shakllaridagi –ni, -ning, -da, -ga, -dan morfemalari uy so`zining muayyan shaklini hosil qiladi va shu shakllarga xos ma`noni yuzaga chiqaradi.
Lisoniy yoki nutqiy birlikni hosil qilishga ko`ra morfemalar ikki turga bo`linadi: 1) lisoniy birlikni hosil qiluvchi morfemalar. 2) nutqiy birlikni hosil qiluvchi morfemalar. Birinchi turdagi morfemalarni «yasovchi morfemalar» deb atash mumkin. Nutqiy birlikni hosil qiluvchi morfemalar so`z birikmasi yoki gapni hosil qiladi. Bular, asosan, bog`lovchilar va ba`zi shakl yasovchilardir. Morfemalar yordamida hosil qilingan hosila birliklar lison va nutqqa munosabatiga ko`ra ikki turga:

  • Lisoniy birliklar;

  • Nutqiy birliklarga bo`linadi.

Bularning birinchisini yasama birliklar (yasalmalar), ikkinchisini tuzilma birliklar deb yuritish mimkin.Yasama birliklarga so`z (yasama so`z) va so`z shakllari, tuzilma birliklarga so`z birikmasi va gaplar kiradi.
Demak, o`z ifoda va ma`no jihatiga ega bo`lgan, til sistemalariga mansub (ularni shakllantiruvchi) birliklarni hosil qiluvchi lisoniy birlik(lar) yoki o`z ifoda shakli va ma`nosiga ega bo`lgan, til sistemalariga mansub birliklarni hosil qiluvchi lisoniy birliklar morfema deyiladi.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, morfema o`zbek tilining ko`pgina sistemalariga xos til birliklarini yasashi (hosil qilishi) bilan har bir sistemaning shakllanish va rivojlanishida muhim rol o`ynaydigan til birligi hisoblanad. Masalan, so`z yasash vositasi bilan, birinchidan, lug`at qatlamining boyishi, rivojlanishi uchun, ikkinchidan, so`z yasalishi sistemasining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qiladi. So`z shaklini (morfologik birlikni) hosil qilishi bilan morfologik sistemaning shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qiladi. So`z shaklini (morfologik birlikni) hosil qilishi bilan morfologik sistemaning shakllanishi va rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Nihoyat, sintaktik sistemaning shakllanishi va rivojlanishini ham morfemalarsiz tasavvur qilish mumkin emas.
O`z navbatida o`zak morfema o`z aniq ma'nosidan uzoqlashib, umumiy xarakterdagi ma'no ifodalaydigan vositaga, ya'ni affiksal morfemaga aylanishi mumkin. Masalan, ishxona, choyxona, bosmaxona so`zlaridagi xona elementi o`z ma'nosidan uzoqlashib, biror ish faoliyat ma'nosini bildiruvchi so`z yasovchi vositaga aylangan. Bunday holatda xona o`z leksik ma'nosidan uzoqlashib, affiksal morfema hisoblanadi. Bular qatoriga talabnoma, aybnoma, taklifnoma, ruxsatnoma, bog`bon, saroybon, oromgoh, oshxo`r, g`amxo`r kabilardagi ikkinchi qismi garchi bir vaqtlar mustaqil ma'no anglatganiga qaramasdan, hozirgi kunda ular affiks holatiga kelib qolgan.
Affiks mustaqil qo`llanmaydigan, o`zakka qo`shilib keladigan, o`zakning leksik-grammatik xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan har xil ma`nolarni ifodalashga xizmat qiladigan morfemadir. So`zning o`zaro birikkan ma`noli qismlarning birligidan hosil bo`ladigan butunlik ekanligi, u bildirgan ma`noning o`sha sostavdagi morfemalarning ma`nosidan, shularning yig`indisidan kelib chiqishi affiksning o`zak bilan bog`liq ekanligini ochiq ko`rsatib turadi. Affikslar tashqi tomonlari, ma`nolari, vositasi va qo`llanilishi jihatidan bir qancha xususiyatga ega.
Affikslarning kelib chiqishi so`zlarning taraqqiyot yo`li bilan bog`liq: bu fikr mustaqil so`zning o`zgarib, yordamchi so`zga o`tishi va affiksga aylanishi natijasida kelib chiqqan. Masalan, sifatdoshlardagi -digan affiksi aslida «turg`on» so`zidan kelib chiqqan: yuraturg`on-yuradigan; rus tilidagi o`zlik darajasini ko`rsatadigan –sya formasi (mыt-mыtsya) aslida sebya olmoshidan kelib chiqgan. Qo`zichoq so`zidagi -choq affiksi miqdor, mo`ljal, chama, kichiklik bildiradigan chog` so`zidan kelib chiqgan. Keyinchalik toychoq, qirg`ich, to`ychiq kabi.

Download 16,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish