Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana03.07.2022
Hajmi1,94 Mb.
#737070
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
Эргономика1

Ishdan maqsad:
Ma‘lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (MAEV) ishlab
chiqarish jarayonining, hamda alohida qism va mexanizmlar ish rejimining borishi 
haqida ma‘lumotlar qabul qilib turish uchun xizmat qiladi. Bu vositalardan
inson texnologik jarayonni bevosita o‘zi kuzata olmaganda yoki uning sonli va
sifatli holatini mustaqil baholay olmaganda foydalanadi. Operator sezgi a‘zolariga 
ta‘sir qilishga qarab MAEV quyidagi: vizual, akustik va taktik turlarga bo‘linadi.
 
MAEV larga quyidagilar yozuvli yoki simvolli taxtani yorituvchi
cho‘g‘lanuvchi lampalar, strelkali-shkalali o‘lchov asboblari, har xil ko‘rsatgichlar,
hisoblagichlar, ovozli ohanglar, sirenalar, ekranlar, sxemalar va hokazolar kiradi.
Ular o‘z prinsipiga ko‘ra quyidagi «ha-yo‘q» degan ma‘lumotni berishi mumkin
(ya‘ni mashina ishlayapti yoki yo‘q; birorta o‘lcham me‘yorida yoki yo‘q), ba‘zan
15-seminar Ishi
.
Ma’lumotlarni aks ettiruvchi
va boshqarish vositalarini ergonomik о‘rganish 


89 
o‘lchamning sonli o‘zgarishini ko‘rsatadi.Тovush signallari: avariya (chastota 800-
5000 Gs, tovush bosimi darajasi 90-100
dB oralilarda), ogohlantiruvchi (200-80 Gs, 80-90 dB) va xabar beruvi (200-400
Gs, 30-80 dB) signallarini berish uchun ishlatiladi. 
Ogohlantiruvchi va avariya signallari uziluvchan qilib amalga oshiriladi va alohida
signallarning eshitilish uzunligiga teng va ular oralig‘idagi interval kamida 0,2
sekundgacha bo‘ladi. Signal tovushi bosimining darajasi ishlab chiqarish jarayoni
shovqini darajasidan kamida 10-16 dB ga baland bo‘lishi lozim. Meliorativ va
qurilish mashinarlarida tovush signalining darajasi traktor shovqinidan kamida 6
dB ga kabinasida va traktordan 1 metr masofada 8 dB ga baland bo‘lishi kerak. 
Ergonomika boshqarish turadigan joy (post)ni ratsional tashkil qilish umumiy
prinsiplarini hamda ularda asosiy va qo‘shimcha jihozlarning joylashishini
belgilaydi. Bu masalalar turkumiga boshqarish joyining tashqi bezatilishi (masalan,
alohida qism va devorlarning bo‘yalishi) psixologik, fiziologik, gigiyenik va
estetik talablarni hisobga olgan holda.Avtomatlashgan boshqarish tizimlarida operator 
ish joyining asosiy elementlariga
panel kiradi. U shunday joylashishi
kerakki, undagi asboblarning yuza tekisligi operatorning qarash chizigiga 
perpendikulyar bo‘lishi kerak. Boshqarish pultidagi boshqarish qismlari qulay va qo‘l 
yeta oladigan bo‘lishi lozim. Pultning umumiy balandligi pol satxidan ko‘pi bilan
120 sm balandlikda bo‘lishi kerak.
Unda yozuvlar uchun 10x20 sm dan 30x40 sm gacha o‘lchamdagi tekislik
ajratiladi. Oyoqlarning erkin joylashishi va xarakatlanishi uchun balandigi 63 sm, 
kengligi 50 sm va chuqurligi 45 sm bo‘lgan bo‘shliq ko‘zda tutiladi. Pultda 
harakatning eng qulay zonasi 70 sm bilan chegaralanadi. 
Boshqarish qism (organ)lari boshqarilayotgan-ta‘sirni insondan mashinaga 
uzatish:
uni harakatga keltirish, ishchi qismlarni to‘xtatish, talab qilingan ish rejimini
belgilash, ma‘lumotlarni kiritish yoki olish va h.k. vazifalarni bajarish uchun
xizmat qiladi. Boshqarish qismlari yurituvchi element va ijro qiluvchi q ismlardan
iborat. Shundan yurituvchi elementlarga eng qattiq ergonomik talablar qo‘yiladi. 
Boshqarish qismlarining konstruksiyasi insonning harakatlanuvchi apparatiga mos
bo‘lgan ruxsat qilingan va me‘yoriy yuklanishni va uning antropometrik
xarakteristikalariga binoan boshqarishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
aniqlik va harakat tezligini tez aniqlashni ta‘minlashi lozim. 
Boshqarish qismlari qo‘l va oyoq orqali boshqariladigan qilib ishlanadi. Qo‘l
bilan boshqarish ancha aniq bo‘lib, oyoq orqali bosharishga nisbatan ustun turadi.
Boshqarish qismlari ko‘p bo‘lganda yoki ularni katta kuch bilan ishlatganda
qo‘llarni ozod qilish uchun oyoq yuritmalari qo‘llaniladi. Boshqarish qismlarining
yurituvchi elementlarining shakli va o‘lchamlari qo‘l bilan ushlaganda ishonchli va
toymaydigan bo‘lishi, ularning materiallari zaharsiz, hamda zarur holatlarda
issiqlik va elektr tokini o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. 
Qo‘l bilan boshqarish qismlari shunday joylashishi kerakki, bunda operator
qo‘llari 90-135
0
burchakka bukilgan holda ularni bemalol siljita olsin. Boshqarish
pedallari operator gavdasining ko‘ndalang o‘qiga yaqin joylashtiriladi (100mm dan


90 
katta bo‘lmagan qiyalikda). Pedallar orasidagi masofa ikkala oyoq uchun 200 -400
mm bo‘lishi, hamda toymaydigan qilib yasalgan bo‘lishi kerak. 
Boshqarish qismlari qo‘l yoki oyoq og‘irligi ostida tasodifan qo‘shilib qolish
ehtimolini kamaytirish uchun ular yetarli darajada qarshilikka ega bo‘lishi kerak. 
Boshqarish qismlarini harakatga keltirishga sarflanadigan kuch xaddan
tashqari ko‘p yoki kam bo‘lmasligi lozim, aks holda u operatorning jismoniy
toliqishiga yoki harakat aniqligining yo‘qolishiga olib keladi. Qo‘lda ko‘p
ishlatiladigan qismlar minimal kam kuch bilan boshqarilishi kerak. 20-jadvalda
boshqarish qism (organ)lariga qo‘yiladigan optimal kuch qiymatlari keltirilgan. 
Boshqarish qismlari va ma‘lumotlarni aks ettiruvchi vositalar darhol
seziladigan va tez topiladigan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun
ularga yoki ular joylashgan yerda tushuntirish yozuvlari yoki ma‘noli simvollar
keltirilishi, hamda ularni har xil o‘lcham, shakl va ranglarda ishlanishi lozim 


91 
ISHNING MAQSADI:
Odamlarning mehnat jarayoni turli xarakterda byoladi:
energetik (jismoniy), boshkarishi va evristik. Real xayetda bu faoliyatlar turlicha 
xissada birgalikda olib borilishi mumkun. Хar bir xodim uz ish faoliyatlarida ko‘proq
aqliy, jismoniy yoki boshka bir xarakterli bo‘lgan mehnat bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Operatorning mehnat jarayoni ko‘proq boshkarvchilik xarakterda bo‘ladi.
Inson faoliyati uning ikki, uzaro boglangan, imkoniyaati buyicha olib boriladi:
harakatchanlik va ishchanlik. 
Harakatchanlik–insonning maksadga muvofik imkoniyatlarini shakllantirishdir.
Inson organizimining ishchanligi-ma‘lumotlar, energiya, massani o‘zgartirish
bo‘yicha faoliyatida psixofizik harakatlarni bajarishdir. 
Operatorning ishchanligi–bu uning uzoq muddatga yuqori mehnat
ko‘rsatgichlari bilan ish unumdorligni saqlagan holda faoliyat ko‘rsatishidir. 
Operatorning ish qobilyati ish kuni davomida biologik, fizika-ximyoviy,
psixologik sotsial va iqktisodiy faktorlar ta‘sirida o‘zgarib turadi. 
Barqaror ishchanlik fazasida operatorning ish ko‘rsatkichlari barqarorlashib
maksimal optimal holatida bo‘ladi, realektorli aspektorlar ishchi dominant
xususiyatini oladi. Ishchanlik ko‘ursatkichlari 
insonning charchashi oqibatida susayadi. Inson e‘tibori, ish bajarish, harakatlari
anikligi pasayadi. Тexnik iqktisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashadi.
Bu holat va fazalar tushlikdan keyin xam takrorlanadi, faqat ishchanlik
ko‘rsatkichlari bir oz pasroq bo‘ladi, bu yerda ishga kirish vaqti qisqarok bo‘ladi.
Ish vaqti oxirida ishchanlikning pasayishi ham ko‘proq bo‘ladi. Dekompensatsiya
fazasida operatorning barcha funksional sistemalari faoliyati yomonlashadi.
Organizmda vegitativ buzulishlar paydo bo‘ladi, xotira va intellekt susayadi. Ish
xarakteriga qarab inson organizmi moslashuviga qarab, ish sharoitlariga qarab,
inson yaxshi dam olganidan keyin ma‘lum vaqt ishchanlik kuzatiladi. Yuqori
ishchanlik ertalab 6:00dan 15:00 gacha kuzatilgan (maksimum soat 10:00 da),
yana 15:00dan 22:00gacha bo‘lishi mumkin (2-smena). Тungi soat 3:00da eng
past ishchanlik kuzatilgan. 
Ishchanlik hafta kunlarida ham o‘zgarib boradi. 1 -kun nisbatan past. 2-4
kunlar yuqori, 5-6 kunlari susayadi. Ishlashning susayishi asosan ishlab chiqarish
charchoqlari hisobiga bo‘ladi.
Ishlab chiqarishi charchoqlari–bu operatorning ish sharoiti va mehnat
ta‘sirida vaqtinchalik, qayta tiklanuvchi ishchanlikning susayishidir. 
Charchoqga operatorning sub‘ektiv sezgilari quyidagilar: 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish