Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javabgarlik



Download 40,85 Kb.
bet7/9
Sana03.06.2022
Hajmi40,85 Kb.
#632685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-MARUZA JAVOBGARLIK

Moddiy javobgarlik. Mehnat muhofazasi qoidalari buzilganda, mehnat
shartnomasi taraflarini moddiy javobgarlikka tortish ko‘zda tutiladi. Mehnat
shartnomasi taraflari, bir tomondan korxona (ish beruvchi) va ikkinchi tomondan
ishchi-xodimlar, birortasining mehnat qoidalarini buzishi natijasida boshqa
tomonga zarar yetkazsa moddiy javobgarlik yuzaga keladi.
Korxona ma’murlari yoki ishchi xodimlaming aybi bilan korxonaga moddiy
zarar yetkazilgan bo‘Isa, ular ushbu zarami to‘lashga majburdirlar (Mehnat
kodeksining 185-210 moddalari). Zarami qoplash qoidani buzgan xodimdan
yozma rozilik olingani holda oylik ish haqidan ushlab qolish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Yozma rozilik bo‘lmagan yoki xodim rozilik bermagan taqdirda
ma’muriyat xodimini xalq sudiga berishi mumkin. Hokimiyat sudi qaroriga binoan
zarami qoplash masalasi hal qilinadi.
Korxonada xodimga yetkazilgan zarar uchun korxonaning xodimga
to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovi, Mehnat kodeksi 187-moddasi bo‘yicha,
quyidagicha ifodalanadi: “o‘z mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki
mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etilganligi natijasida
xodimga, boquvchisi ish bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda esa, uning oila
a’zolariga (192-moddaning birinchi qismi) yetkazilgan har qanday zararni (shu
jumladan, ma’naviy zarami) ish bemvchi, basharti ushbu Kodeksda boshqacha
holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘liq hajmda to‘laydi”.
Ma’naviy zarar yetkazilsa, ya’ni korxonadagi qoidabuzarlik ishchi
xodimlaming jismoniy yoki ruhiy holatiga salbiy ta’sir qilganda, pul to‘lash bilan
yoki boshqa moddiy shaklda kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Agar xodim
mehnat vazifalarini bajarish vaqtida vafot etsa, ish bemvchi va vafot etgan
xodimning oila a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, belgilangan miqdorda
to‘lanadi. Ma’naviy zarami qoplash yuzasidan nizo kelib chiqqan hollarda bu
masala sudda ко‘rib chiqiladi.
Xodimning sogiig‘iga shikast yetganligi munosabati bilan to‘lanadigan
zarar, jabrlanuvchining mehnatda mayib bo‘lishiga qadar olgan o‘rtacha oylik ish
haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik
darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovdan, sog‘lig‘iga shikast yetishi
bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlaming kompensatsiyasidan, shuningdek, ayrim
hollarda esa bir yo‘la beriladigan nafaqa ko‘rinishida to‘lanadi.
Xodim korxonada o‘z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda
mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi, jarohatlanishi, sog‘lig‘ining boshqacha
tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarami korxona to‘liq hajmda to‘lashi
ko‘zda tutiladi. Shuningdek, xodimning ish vaqtida korxona hududida ham, uning
tashqarisida ham mehnatda mayib bo‘lishi, shuningdek, ish bemvchi tomonidan
ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda
shikastlanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun ish beruvchi moddiy
javobgarlikka tortiladi. Ishchi-xodim mehnatda mayib bo‘lish oqibatida yoki o‘z
mehnat vazifasini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda
shikastlanishidagi, agarda ish beruvchi zarar ishchining aybi bilan kelib
chiqqanligini isbotlab berolmasa, zarami ish beruvchi to‘laydi.
Ish vaqtida kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi,
qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi “Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi”
(TMEK) tomonidan aniqlanadi. Zarar о‘mini qoplashda jabrlanuvchi olayotgan ish
haqi, stipendiya, pensiya va boshqa daromadlar hisobga olinmaydi. Mehnatda
mayib bo‘lgan jabrlanuvchilar - nogironlarga zarami qoplash uchun todanadigan
pul miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik
foizidan kam bodmasligi kerak. Agar jabrlanuvchining qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli
zarar kelib chiqsa yoki zarar ko‘payishiga sabab bodsa, todanishi lozim bodgan
zarar miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab kamaytiriladi.
Ayrim hollarda xodim mehnatda mayib bodishi, mehnat vazifalarini bajarish
bilan bogdiq holda shikast yetishi sababli vafot etgan hollarda, korxona
marhumning qaramogdda bodgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek
o‘n olti yoshga todmagan yoki u vafot etgan kunga qadar undan ta’minot olish
huquqiga ega bodgan shaxslarga, marhumning vafotidan keyin tugdlgan
farzandiga, shuningdek, ota-onasidan biriga, umr yoddoshiga yoki oilaning boshqa
a’zosiga, agar u ishlamasdan marhumning uch yoshga yetmagan bolalari (ukalari,
singillari) yoki nevaralarining parvarishi bilan band bodsa, zarami belgilangan
qoidalarga binoan todanadi.
Quyidagilar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadi: o‘n olti yoshdan katta
shaxslar, agar ular shu yoshga todgunga qadar nogiron bo‘lib qolgan bodsalar;
oltmish yoshga todgan erkaklar va ellik besh yoshga todgan ayollar; belgilangan
tartibda nogiron deb topilgan shaxslar.
Korxonaga ham ishchi-xodimlar tomonidan zarar yetkazilishi mumkin.
Ishchi-xodim ish bemvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish
bemvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zarami todashi natijasida kelib chiqqan
zarar uchun ham moddiy javobgar bo‘ladi. Agar zarar, uni bartaraf etish mumkin
bo‘lmagan kuchlar, oxirgi zarurat yoki zaruriy muhofaza natijasida kelib chiqqan
bo‘Isa, xodim moddiy javobgarlikka tortilmaydi.
Ayrim holatlarda, ish beruvchi zarar yetkazilgan chog‘dagi aniq holatlami
hisobga olib, aybdor xodimdan zarami undirishdan qisman yoki to‘liq voz kechishi
mumkin. Bunday holda yetkazilgan zarar korxona foydasi hisobidan qoplanadi.
Quyidagi hollarda xodimga to‘liq moddiy javobgarlik yuklatiladi:

  • maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan
    qimmatliklaming saqlanishini ta’minlamaganlik uchun;

  • qasddan zarar yetkazilganda;

  • alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik
    holatida zarar yetkazilganda;

  • xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar
    yetkazilganda;

  • tijorat sirlari oshkor etilganda;

  • qonuniy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda va boshqa shu kabi hollarda
    moddiy javobgarlik belgilanadi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar uchun to‘liq moddiy javobgarlik
faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki
toksik modda ta’siridan mastlik holatlarida yoki jinoyat sodir etish natijasida
yetkazilgan zarar uchun belgilanadi.
Xodim, korxona roziligi bilan yetkazilgan zarami qoplash uchun unga
bahosi teng mol-mulk berishi yoki buzilgan mol-mulkni tuzatib berishi yo‘li bilan
ham zararni qoplashi mumkin.
Xodim mehnatga oid munosabatlami bekor qilganda zarami to‘lashdan
bo‘yin tovlasa, qarzning uzilmay qolgan qismi xodimdan notarial idoralaming ijro
hujjatlari asosida undiriladi.
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy-me’yoriy hujjatlari bo‘yicha ko‘rib
o‘tilgan masalalami yechish ishlab chiqarishdagi ishchi-xodimlarning samarali
mehnat faoliyatini olib borishining asosi boiib xizmat qiladi.



Download 40,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish