Meteorologiyaning predmeti. Iqlimshunoslik. Meteorologik kattaliklar va xodisalar. O‘rmon meteorologiyasi



Download 100,5 Kb.
bet6/9
Sana11.01.2022
Hajmi100,5 Kb.
#341900
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1404284964 52455

Ammo atmosferadagi SO2 gazi yer yuzining uzun to‘lqin uzunlikli infraqizil nurlanishini yutib, atmosferadan tashqariga chiqarmaydi. Boshqacha aytganda, SO2 gazi ham issiqxona oynasi kabi vazifani bajarib, atmosferada «issiqxona effekti»ni vujudga keltiradi va yerning nurlanish sababli ortiqcha sovib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Bundan atmosferadagi SO2 gazi miqdori ko‘paygan sari yerning isishi kuchayadi degan xulosani ayta olamiz.

Ma’lumotlarga qaraganda XXI asrda yer sirtidagi havoning o‘rtacha harorati o‘tgan asr oxiridagiga nisbatan 2020 yillarda 2,50 ga, 2050 yillarda esa 3-40 ga oshishi kutilmoqda. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun esa insonlar atmosferadagi SO2 miqdorini kamaytirish choralarini jiddiy ravishda amalga oshirishi zarur. yerning ortiqcha isishi quruqlik, dengiz va okean muzliklariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Muzliklarning me’yoridan ko‘p erishi sababli maydoni kamayadi, shuningdek abadiy muzgarchilik hududlar maydoni ham qisqaradi. Natijada toshqinlar ko‘payib, insonlar hayotiga juda katta iqtisodiy zarar keltiradi.

Masalan, keyingi yillarda Evropada, jumladan Fransiyada kuchli toshqinlar ro‘y berib, aholiga juda katta zarar etkazdi. Umuman olganda, havo tarkibidagi karbonat angidrid gazining ortishi, kislorod miqdorining kamayishidan tirik organizmlar zarar ko‘radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik funksiyalarning buzilishiga olib keladi.

Havo tarkibidagi suv bug‘i okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, katta-kichik anhorlar, suv havzalari, nam tuproq, o‘simliklarning bug‘lanishi (transpirasiyasi)dan hosil bo‘ladi va havoning issiqlik konveksiyasi va turbulentligi yordamida atmosferada bir muncha balandliklargacha ko‘tariladi.

Bunda balandlik oshgan sari suv bug‘i miqdori kamaya boradi. Er yuzidan 10-15 km balandlikda suv bug‘ining miqdori juda ham kamayib ketadi.

Erga yaqin havodagi suv bug‘ining miqdori eng ko‘pi bilan atmosfera umumiy hajmining 4% igacha ortadi. Uning o‘rtacha miqdori qutb kengliklarida 0,02%, tropik kengliklarda esa 2,5% ga teng.

Suv bug‘ining atmosferadagi biror balandlikda kondensasiyasi va sublimasiyasi natijasida bulutlar paydo bo‘ladi va sharoit etarli bo‘lganda bulutlardan u yoki bu turdagi yog‘inlar yog‘adi. Bundan tashqari suv bug‘i infraqizil radiasiyani yaxshi yutadi va o‘zi ham uzun to‘lqin uzunlikdagi infraqizil nurlarni chiqaradi.

Suv bug‘i (umuman atmosfera) nurlanishining Erga tomon yo‘nalgan qismi, kechasi Er sirtining uzun to‘lqinli nurlanishdan sovishini kamaytiradi.

Suvning bug‘lanishida energiya sarflanadi, yoki bug‘lanayotgan suyuqlik soviydi, natijada uning ustidagi havo qatlamlari ham soviydi. Suv bug‘ining kondensasiyasi va sublimasiyasi hodisalarida esa, aksincha issiqlik ajraladi. Bulutli kunlari havoning bir muncha iliq bo‘lishining sababi ham shunda.

Atmosfera havosi tarkibining yana bir o‘zgaruvchan qismi uch atomli kislorod molekulalari (O3)dan tashkil topgan ozon gazidan iboratdir. Ozon rangsiz, o‘tkir hidli gaz. Uning atmosferadagi umumiy massasi 3,2•1012kg ga teng va atmosfera butun massasi (5,157•1018kg)ning 6•10-7% ulushini tashkil qiladi.

Atmosfera tarkibida ozonning miqdori g‘oyat oz bo‘lishiga qaramasdan yerdagi organik hayot uchun uning ahamiyati juda katta.

Ozon atmosferada yer yuzidan 70 km balandlikkacha uchraydi, ammo uning eng ko‘p miqdori atmosferaning er yuzidan 20-55 km balandliklardagi qatlamlarida to‘plangan.

Ozonning atmosferadagi taqsimoti g‘oyat qiziq. Yuqorida ko‘rsatganimizdek yer yuzida uning miqdori juda oz. Balandlik oshgan sari uning miqdori (yoki zichligi) orta borib, 20-26 km balandliklarda maksimal qiymatiga erishadi. So‘ngra uning miqdori balandlik bo‘ylab yana kamaya boshlaydi va yer yuzidan 70 km balandlikda esa deyarli nolga teng bo‘lib qoladi.


Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish