Meteorologiyaning predmeti. Iqlimshunoslik. Meteorologik kattaliklar va xodisalar. O‘rmon meteorologiyasi



Download 100,5 Kb.
bet8/9
Sana11.01.2022
Hajmi100,5 Kb.
#341900
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1404284964 52455

O‘rmon pardasi tagida suv bug‘ining miqdori daladagiga nisbatan oshiq, chunki daraxtlar ko‘p miqdordagi suvni bug‘lanadi.

O‘rmon qoplami tagidagi SO2 va suv bug‘i miqdorining daladagi nisbatan oshiqligining yana bir sababi, o‘rmonlarning yomon shamollanishidan iboratdir. O‘rmondagi havo almashinish ochiq daladagiga nisbatan ancha zaif. O‘rmonda odatda havo sokin bo‘ladi.

O‘rmonzorlar havosida uchib yuruvchi mikroorganizmlar ham bor. O‘rmonzorlar havosidagi mikroorganizmlar soni shaharlardagiga nisbatan 100-300 marta kamdir. O‘rmon havosida uchib yuruvchi har xil kimyoviy moddalar ham bor. Ular o‘simliklarning erdan ustki va tuproq ostidagi organlaridan ajraladi.

Uchib yuruvchi moddalarning ba’zilari inson sog‘ligiga foydali bo‘lsa, ba’zilari zararlidir. Shulardan hasharotlarga, har xil bakteriyalarga, qo‘ziqorinlarga, mikro va makro organizmlarga ta’sir qiluvchilarini fitonsidlar deyiladi.

Masalan, ryabina, cheremuxa, evkalipt, sassiq daraxt barglari chivinlarni o‘ldiradi. Eman, zarang juda kuchli fitonsidlik, oq qayin, oddiy archa, tog‘ terak, o‘rmon yong‘og‘i kuchli fitonsidlik xususiyatiga ega. Fitonsidlarni o‘rmon daraxtlari ajratadi.

Fitonsidlar o‘rmonlarda, ayniqsa igna bargli o‘rmonlarda ochiq daladagiga nisbatan ko‘p bo‘ladi.

4. Atmosferada muallaq holatda mavjud bo‘lgan qattiq va suyuq holatdagi zarralarga aerozollar deyiladi.

Atmosfera, aerozollarning borligi sababli doimo oz yoki ko‘p darajada ifloslangan bo‘ladi.

Кelib chiqishiga qarab aerozollar quyidagi turlarda uchraydi:

Tabiiy aerozollar.

Ularga suv tomchilari va muz kristallari, tutun, qurum va chang zarralari, tuz zarralari, atmosferadagi turli-tuman bakteriyalar, o‘simliklar guli changlari va boshqalar kiradi.

Insonlarning xo‘jalik faoliyati natijasida (antropogen) hosil bo‘lgan aerozollar.

Ularning asosiylariga azot oksidlari, ammiak, uglerod oksidi, ftor, ftoridlar, oltingugurt dioksidi, oltingugurt uglerodi, vodorod ftoridi (freon), oltingugurt oksidi va boshqalar kiradi.

Industrial rivojlangan rayonlarda havo tarkibida inson va hayvonlar sog‘ligiga, o‘simliklarga har xil ta’sir ko‘rsatadigan gazlar aralashmalari bor. Bu erlardagi o‘rmonlar noziklashib ketgan, zaharlangan. Bunday rayonlarda o‘rmonlar qurib qolmoqda.

Кorxonalardan hamda avtomashinalardan chiqadigan gazlar daraxtlarga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Muhim ifloslantiruvchilar qatoriga changlar ham kiradi. Ba’zi gazlar ta’sirida o‘simliklar o‘z barglarini vaqtidan ilgari to‘kadi, har xil kasalliklarga duchor bo‘ladilar.

Gaz bilan zararlangan o‘simlik qismlari (barglari, novdalari, gullari) to‘kilib tushadi yoki juda maydalashib ketadi. Igna barglari esa 2-3 yilda to‘kiladigan holga kelib qoladi. Daraxtlar tepa qismidan quriy boshlaydi, har xil hashoratlar paydo bo‘ladi.

Zararli gazlarga daraxt turlarining chidamliligi har xil bo‘ladi. Gazga eng chidamli daraxtlarga qarag‘ay, g‘arb biotasi, oq akasiya va boshqalar kiradi. Gazga chidamsiz turlarga qrim qarag‘ayi, kashtan va boshqalarni qo‘shish mumkin.

Atmosfera havosini tozalashda o‘simliklarning xizmati katta. Chunki o‘simliklarning ko‘pchiligi atmosfera gazlarini, shu jumladan zaharli gazlarni yutib ularning havodagi miqdorini kamaytiradi.

Ammo atmosferani o‘rmonzorlar, turli-tuman daraxtlar yordamida tozalash jarayoni sekinlik bilan boradi. Daraxtzorlar ko‘p erlar havosida karbonat angidrid gazi kamroq, kislorod miqdori esa ko‘proq bo‘ladi.

5. Yer sirtidan hisoblangan balandlik oshgan sari havo zichligi, havo bosimi, havo harorati va boshqalar o‘zgaradi, boshqacha aytganda atmosfera balandlik bo‘ylab bir jinsli emas. Shuningdek atmosfera gorizontal yo‘nalishda ham bir jinsli emas.

Hozirgi vaqtda havo haroratining balandlik bo‘ylab o‘zgarishiga qarab atmosferani 5ta asosiy qatlamga ajratiladi. Ularning orasida esa 4 ta oraliq qatlam joylashgan. (1-rasm)

Troposfera. Atmosferaning yer yuzasi ta’siri seziladigan quyi, asosiy qismiga troposfera deb yuritiladi. Uning qalinligi qutbiy kengliklar ustida 8-10 km.ga, o‘rta kengliklar ustida 10-12 km ga, tropik kengliklar ustida 16-18 km gacha cho‘zilgan. Troposferaning qalinligi yil fasllariga, joyning geografik kengligiga va havo sirkulyasiyasi xarakteriga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Biror kenglikning o‘zida troposferaning yuqori chegarasi yozda ko‘tariladi, qishda esa pasayadi.

Troposferada havoning butun massasining 80 foizi va suv bug‘larining deyarlik hammasi joylashgan. Troposferada bulutlarning asosiy turlari vujudga keladi. Troposferada halq xo‘jaligi faoliyatiga ta’sir etuvchi yog‘in, tuman, momaqaldiroq, yer ustida qor bo‘roni-izg‘irin sodir bo‘ladi. Troposfera quyi qatlamlari uchun havoning kuchli changlanishi xosdir.

Troposferada havo massalari uyushadi, frontlar tashkil topadi. Siklonlar va antisiklonlar rivojlanadi.

rasm. Atmosferaning tuzilishi.

1-dengiz sathi, 2-patsimon bulutlar, 3-to‘p-to‘p bulutlar, 4-qatlamsimon bulutlar.

 Troposferada yer yuzidan balandlik oshgan sari havo harorati pasaya boradi. Unda har 100 m ga vertikal ko‘tarilganda havo harorati o‘rtacha 0,650 S ga pasayadi. Ekvator ustida troposferaning yuqorigi chegarasida harorat o‘rtacha –700S atrofida bo‘lsa, shimoliy qutb ustida troposferaning yuqori chegarasidagi havo harorati qishda –650S va yozda –45 0S ga teng bo‘ladi.



Stratosfera. Troposfera ustida qutbiy kengliklarda 8-10 km, ekvator yaqinida esa 16-18 km dan to 50-55 km balandlikkacha cho‘zilgan atmosfera qatlamiga stratosfera deyiladi. Bu qatlamining pastki qismida harorat balandlik bo‘ylab deyarli o‘zgarmay qoladi, ammo balandlik 25 km dan oshgandan keyin harorat sekin orta borib, bu qatlamning yuqori chegarasida yillik o‘rtacha harorat 00S gacha etadi.

Troposferadan stratosferaga o‘tish qatlamini tropopauza deb yuritiladi, uning qalinligi bir necha yuz metrdan 1-2 km gacha etadi. Stratosfera qatlamining quyi chegarasi-tropopauza balandligi geografik kenglik, yil vaqti va siklon faoliyatiga qarab o‘zgaradi. Stratosferaning 20-55 km balandliklarida ozon gazi bor bo‘lganligi uchun havo harorati orta boshlanadi, chunki ozon gazi ultrabinafsha nurlarni yaxshi yutganligidan stratosferaning harorati ortadi.

Mezosfera. Stratosfera ustida joylashgan taxminan 50-85 km orasidagi, quyi chegarasida harorat 00S va yuqori chegarasida –900S gacha pasayadigan atmosfera qatlamini mezosfera, stratosferadan mezosferaga o‘tish qatlamini esastratopauza deb yuritiladi.

Termosfera. Mezosfera ustida joylashgan qatlam termosfera 800 km balandlikkacha cho‘zilgan. Bu qatlamda ham havo harorati balandlik bo‘yicha ortadi va bu qatlamning yuqori chegarasida 20000S gacha etadi. Ammo bundan termosfera shunday issiq ekan degan xulosa qilish kerak emas. Bunday yuqori harorat gaz molekulalari ilgarilanma harakatining kinetik energiyasini xarakterlaydi, xolos.

Mezosferadan termosferaga o‘tish qatlamini mezopauza deyiladi. Termosferada havo juda kuchli ionlashgan bo‘ladi, shuning uchun uning elektr o‘tkazuvchanligi troposferanikidan milliardlar martacha katta. Termosferaning eng yuqorisidagi o‘tish qatlamini termopauza deyiladi.

Ekzosfera. 800-1000 km dan yuqoridagi atmosfera qatlamlarini ekzosfera (tashqi atmosfera) deb yuritiladi. Bu qatlamda gaz zarrachalari tezliklari, ayniqsa engil gazlar zarrachalari tezliklari juda katta bo‘ladi.

Atmosferada elektr o‘tkazuvchanligi juda yuqori bo‘lgan qatlamni ionosfera deyiladi. Musbat molekulyar va atomar ionlar hamda erkin elektronlar aralashmasi nisbatan yuqori bo‘lgan 50-80 km balandlikdan bir necha yuz (taxminan 400 km) gacha cho‘zilgan atmosfera qatlami ionosferani tashkil qiladi.


Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish