Meteorologiyaning predmeti. Iqlimshunoslik. Meteorologik kattaliklar va xodisalar. O‘rmon meteorologiyasi



Download 100,5 Kb.
bet7/9
Sana11.01.2022
Hajmi100,5 Kb.
#341900
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1404284964 52455

Ozonning 0-70 km qatlamdagi o‘rtacha zichligi 9•10-8 kg / m3 (yoki 90mkg/m3), maksimal zichligi esa 6•10-7 kg/m3 (yoki 600 mkg/m3)ga teng.

Кisloroddan ozonning hosil bo‘lish jarayoni atmosferaning 70 dan 15 km gacha qatlamlarida kislorod molekula (O2)lariga quyosh ultrabinafsha radiasiyasining fotokimyoviy ta’siri natijasida vujudga keladi. Bu jarayonda ikki atomli kislorod (O2) molekulalarining bir qismi atomlarga parchalanadi (dissosiasiyalanadi) va bu uyg‘ongan atomlar saqlanib qolgan (dissosiasiyalanmagan) boshqa O2 molekulalari bilan birikib O3 (ozon) molekulasini hosil qiladi.

Ayni shu vaqtda ozonning spektr ultrabinafsha, binafsha va ko‘rinadigan qismlarida nur yutishi natijasida teskari jarayon-ozonning kislorod molekulasi va atomlariga parchalanish jarayoni ham ro‘y beradi. Agar ozon hosil bo‘lish jarayoni, ozonning parchalanishidan afzal bo‘lsagina atmosferada ozon miqdori ortadi.

Ozon molekulalarining parchalanishi boshqacha yo‘l bilan ham o‘tishi mumkin. Masalan, ozon molekulalari o‘zaro bir-biri bilan yoki O2 molekulalari bilan to‘qnashuvida ham ro‘y beradi. Bunda ozon molekulalarini parchalash tezligi haroratga bog‘liq bo‘lib, harorat oshgan sari tezlashadi.

Ozonning atmosferada 15 km dan pastki qatlamlarga o‘tishi yuqori qatlamlarning pastki qatlam bilan aralashuvidan kelib chiqadi. Ozon miqdorining balandlik bo‘ylab ortishi (26 km gacha) atmosfera tarkibidagi azot va kislorod ulushiga ta’sir qilmaydi, chunki ozonning miqdori ularning miqdoridan juda – juda oz. Agar ozonning umumiy miqdorini O 0S haroratda normal bosim (1013 gPa)da to‘plansa, hosil bo‘lgan ozon qatlamining qalinligi o‘rtacha 3 mm ga teng bo‘lar edi (uni ozon qatlamining keltirilgan qalinligi deb yuritiladi).

Ozon qatlamining keltirilgan qalinligi maksimumi bahorda, minimumi esa kuz va qishda ro‘y beradi. Bunda geografik kenglik ortgan sari maksimum qiymat keyinroq muddatlarga surila boradi.

Ozon 0,22-0,29 mkm to‘lqin uzunlikdagi ultrabinafsha radiasiyani to‘liq yutadi. Shuning uchun ham to‘lqin uzunligi λq0,29 mkm dan kichik quyosh ultrabinafsha radiasiyasi atmosferada yutilib yer yuziga etib kelmaydi. To‘lqin uzunligiλ<0,29 mkm dan kichik ultrabinafsha radiasiya yuqori biologik aktivlikka ega bo‘lib, tirik organizmlarni halokatga olib borish ta’sirini ko‘rsatadi. Yer yuziga to‘lqin uzunligi 0,29 mkm dan 0,39 mkm gacha bo‘lgan ultrabinafsha radiasiyaning atmosferada yutilishidan qolgan juda oz qismgina etib keladi.

Shundan qilib, atmosferadagi ozon qatlami to‘lqin uzunligi λ<0,29 mkm ultrabinafsha radiasiyani kuchli yutib, uning zararli ta’sirida er yuzidagi tirik organizmlarni saqlaydi.

Ozon qatlamining muhim ahamiyati xuddi shunda o‘z ifodasini topgan.

O‘rmon qoplami tagida karbonat angidrid gazi va suv bug‘i miqdori ochiq daladagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. O‘rmonlarda yerga yaqin havo qatlamida SO2 gazining miqdori 0,06 % gacha etishi, hattoki undan ortishi ham mumkin. Uning miqdori balandlik ortishi bilan kamayadi. Daraxtlar shoxlari orasida uning miqdori me’yordagi miqdori (0,033%)ga yaqinlashadi, hattoki undan kamayishi ham mumkin. Daraxtlar shoxlari orasida karbonat angidrid gazining kamayishiga sabab, uni shoxlardagi barglarning yutishidir.

Bir gektar erdagi qarag‘ayzor har yili 9 t (tonna) karbonat angidrid gazini yutadi va 7,5 t kislorod ishlab chiqaradi. Bir gektar yerdagi emanzor bir yilda 18 t SO2 ni o‘zlashtiradi. Bir gektar yerdagi saksavulzor bir yilda 1530 kg SO2 ni o‘zlashtiradi va 835 kg kislorod ishlab chiqaradi. Shuning uchun o‘rmonzorlar tabiiy kislorod fabrikasi hisoblanadi.

Yerga tutashgan havoning karbonat angidrid gazi bilan boyitishga o‘rmon to‘shagining chirishi va tuproqdagi organik qoldiqlarning parchalanishi sabab bo‘ladi. Bu jarayonning jadalligi ob-havo sharoitlari, o‘rmon turlari va boshqa omillarga bog‘liq. Shuning uchun o‘rmondagi karbonat angidrid gazining miqdori bir muncha o‘zgarib turadi.


Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish