Microsoft Word fargona kelini ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/151
Sana13.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#792868
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
fargona kelini roman. jorjiy zaydon



Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 
 
Arabchadan Shoikrom Shoislomov tarjimasi 
JAHON — FARG‘ONA KELINI 
221 yil.* Farg‘onaliklar yangi yilni kutishga hozirlik ko‘rmoqda. Hamma uy ko‘tarish, 
yasatish, hovli tozalash, supurish-sidirish bilan ovora. Ular o‘z tomlari tepasiga tug‘ osib, 
darvozalar ustiga guldastalar tikishmoqda. Bu ishlardan qutulganlar esa o‘zlariga va 
bola-chaqalariga kiyim-kechak, olti kunlik bayramga yetarli qand-qurs, holva, tansiq 
yemish xarid etish uchun gala-gala bo‘lib bozorga yo‘l olishardi. 
Qaysi hovliga kirmang, hammasida ayollar o‘choq va tandirlarga o‘t qalab, xonaki taom 
va anvoyi shirinliklar tayyorlash taraddudida. Ular yuvinish uchun suv isitishadi. Uy 
xodimlari esa xojalarining kichkintoylarini yasantirishadi, ovqat pishirishga 
yordamlashadi, bayramga atab yopiladigan nonlarning xamirini qorishadi. 
Yangi yilning bug‘doyi barakali bo‘lsin degan umidda yangi bug‘doy unidan non yopib, 
bayram kuni bo‘lishib yeyish taomil bo‘lib qolgan. Bayram kunlari ular yangi aqchalarni 
ishlatishar, kumush idishlarda bir-birlariga yangi don, tuxum va yangi meva tuhfa 
etishardi. Bozor rastalari o‘sha kunlarda ertadan-kechgacha ochiq, erkaklar va yosh-
yalanglar bilan liq to‘la bo‘ladi. Kishilar bozordan xarid qilgan sovg‘a-salomlarini savatga 
solgan, tugunchak qilib bog‘lab olgan, yoki ot-eshaklar ustiga yuklagancha yo uylariga — 
bola-chaqalari oldiga, yoki ibodatxonalardagi majusiy* boshliqlarga olib borishmoqda. 
Hamma oyog‘i olti, qo‘li yetti bo‘lib, shoshgancha borardi. 
Agar siz shahar o‘rtasidagi katta qo‘rg‘onga chiqib, undan Farg‘ona atrofiga qarasangiz, 
qog‘ozga chizilgan xaritaga yoki rangli suratga o‘xshagan bir manzaraga ko‘zingiz 
tushadi. Negaki, qo‘rg‘on atrofidagi ikki binoni istisno qilganda, qolgan imoratlarning 
hammasi kesak devorli, bir-biriga o‘xshash pastqam uylar edi. 
O‘sha ikki binoning biri otashxona — majusiylar topinadigan katta bino. U yerda hali 
ham otashparastlik davom etardi. 
Savlati zo‘r bu bino shahardagi boshqa binolarga qiyos qilinsa, gullar o‘rtasidagi baland 
xurmo daraxtiga o‘xshab ko‘rinardi. Uning tepasidagi shamolda hilpirab turgan yashil 
bayroqlar toza ipakdan bo‘lib, har birining uzunligi o‘n gazcha kelardi. 
Ikkinchi bino esa marzubonning* uyi. «Marzubon» degani qadimiy fors tilida «hokim» 
degan ma’noni bildiradi. Uy atrofi turli meva daraxtlari ekilgan katta bog‘cha. U yerda, 
shahar qo‘rg‘onining orqa tomonida, uzunasiga ketgan daraxtlar, tokzor va gulzorlar 
ko‘zga tashlanadi. Ular ichida zilol ariqlar shildiraydi. Daraxtlarda qushlar sayraydi... 


Farg‘ona kelini (roman). Jo'rjiy Zaydon 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish