Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet382/683
Sana23.01.2022
Hajmi0,9 Mb.
#402983
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   683
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
134
ayturdin mone’ erdilar ayta olmadim. Alar mening sori boqib dedilarki, panjshanbae erdiki, oning bila 
iyd orosida yana panjshanba yo‘q erdi. Alar sakkiz yuz oltmishda jumad ul-oxir oyining yettisida 
chorshanba kuni dunyodin o‘ttilar. 
 
 
460. Xoja Ubaydulloh q. s.
 
 Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-uns»ni bitirda zamon mashoyixu akobirdinki hayot qaydida 
erdilar Hazrat Xoja Nosiruddin Ubaydullohdin o‘zga kishi ul tabarruk kitobda zikr qilmadilar va alar 
zikru manoqibida aytilg‘onning tarjimasi budurkim, oyot mazhari va karomot va valoyot majmai 
Xojalar tabaqasig‘a iltiyom robitasi va intizom silsilasi ul sharif qavmg‘a q. t. a. Hazrat Xoja va 
alarning muxlislari va niyozmandlaridurlar. Umid uldurkim, alarning sharif vujudlari barakatidin bu 
sharif silsilaning iltiyom va intizomi ilo yavmil qiyom imtidod topqay. Har necha bu faqirdin bu nav’ 
so‘zlar amsoli go‘stoxliq surati topar, ammo har necha o‘zum bila andisha qildim. Uzumdin oni topa 
olmadimkim, xotir anga qaror bera olmag‘aymenki, bu majmu’aki, munung jam’idin maqsud bu 
toifaning maorifining zikri va manoqibining nashridur, alarning zikridin xoli bo‘lg‘ay. Lojaram bu 
sharif silsilaning manoqibi sharhin va ahvolin alarning ba’zi qudsiya kalimotlari bilaki, maorif 
nigorxonalarining raqamzadasi bo‘lubdur, miskiyat ul-xitom qilildi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. kim 
alar vasfida bu nav’ nukta surubdurlar, alarning maorifidin ba’zi so‘z kelturubdurlar. Chun so‘z 
bag‘oyat daqiqu biyik erdi va bu bebizoatning fahmi va idroki andin qosir. Alarning ba’zi holotiki, bu 
haqirg‘a mavhum va yaqin erdi anga shuru’ qilildi. Alarning mavlidi Toshkandur va otalari darvesh 
kishi ermish va ona tarafidin hamonoki, Shayxi Tahurki, ul viloyatda mutaayyin shayx ermish, anta 
yetarlar va o‘zlarida bu ish choshnisi tufuliyat ayyomidin bor ermish. Yigit bo‘lg‘ondin so‘ngrakim, 
sayohatg‘a qadam qo‘yubdurlar. Ko‘p mashoyix va avliyo xizmatig‘a yetib, suhbatlarig‘a musharraf 
bo‘lubdurlar, Xuroson mashoyyxidin Hazrat Mirsayid Qosim Anvor q. s. xizmatlarig‘a yetibdurlar va 
Shayx Bahouddin Umar r. t. mulozamatig‘a musharraf bo‘libdurlar va Shayx Zaynuddin Xavofiy 
suhbatig‘a yetibdurlar va Mavlono Muhammad Asad va Mavlono Sa’duddin Koshg‘ariy bila suhbat 
tutubdurlar va Movarounnahr mashoyixidin Xoja Muhammad Porso mulozamatig‘a yetibdurlar va 
Xoja Abu Nasr suhbatig‘a yetibdurlar va Mavlono Nizomuddin Xomush bila suhbat tutubdurlar. 
Mavlono Ya’qub Charxiy q. s. din irshodlar va tarbiyatlar topibdurlar va so‘ngralar Hazrat Xojag‘a 
oncha muknat dast berdiki, ma’lum emaski, mashoyixdin hech kimga ul dast beribdur yo yo‘q. Mulkka 
ajab istilo va salotin va mulukka g‘arib isrofu hukm, Movarounnahr salotini o‘zlarin alarning 
muridzodalari va. mahkumi hukmi tutorlar erdi. Yo‘qki, yolg‘uz Movarounnahr salotini, balki Xuroson 
va Iroq va Ozarbayjon, hattoki bir soridin Rum va Misrg‘acha va bir soridin Xito va Hindg‘acha 
barcha muluk va salotin o‘zlarin Xojaning mahkumi hukmi va ma’muri farmoni tutarlar erdi va 
ruq’alari bu saloting‘a oncha muassir erdikim, alarning ahkomi o‘z xuddomig‘a bo‘lmag‘ay va Hazrat 
Xojaga zohir jam’iyati barcha abnoi zamondin ko‘prak voqe’ erdi. Andoqki, botin jam’iyatidag‘i 
barcha abnoi zamondin balki ko‘p, moziy mashoyixdin dog‘i hamonoki ortug‘roq erdi va bu haqir bila 
iltifotlari ko‘p bor uchun vahyi osor ruq’alari bila musharraf qilib, ishlarga ma’mur qilurlar erdi. 
 Ul ruq’alarni muraqqa’ yasab, mujallad qilib, jadval va takallufot bila tabarruk yo‘suni bila asrabmen. 
Umidim ulki, alarning barakotidin bu ishning zavqi va talabi nasib bo‘lg‘ay. Alarning yoshi to‘qsondin 
olti oy o‘ksuk erdi. Sakkiz yuz to‘qson to‘rtda dunyodin o‘ttilar. Alarning ashobidin irshod va talqing‘a 
musharraf bo‘lg‘onlardin Mavlono Qosim va Mavlono Xoja Ali va Mavlono Mir Husayn va Mavlono 
Mir Muhammad va Mir Abdulavval va Mavlono Burhonuddin va Mavlono Lutfulloh va Mavlono 
Husayn Turk va darvesh Ahmad Jomiy erdi va yana dog‘i darveshlar bor erdilar va muxtasarda 
munchasi sobit bo‘ldi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   683




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish