Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak oyoqlari bilan tog’ni urib:
“Tinchlan Uhud, sening ustingda Nabiy, Siddiq va ikki shahid turibdi”, deydilar.
Darhaqiqat biz ta’rif etayotgan Oisha onamiz ana shunday ulug’ zotning nuri
diydalari edi.
Oisha roziyallohu anhoning onasi Ummu Ruvmon bo’lib, uning ismi xususida ixtiloflar
bor. Bir rivoyatda Zaynab deyilsa, boshqa bir rivoyatda Da’d
binti Omir ibn Uvaymir ibn
Abdushams deyilgan.
Ummu Ruvmonning nasabi xususida ham turli xil qarashlar mavjud. Oisha onamizning:
“Ota-onamni faqat dindagi paytidan eslayman” degan so’zlariga qaraganda, bu
muhtarama ayol islomning dastlabki paytlaidayoq iymon keltirgan. Ummu Ruvmon Abu
Bakr roziyallohu anhu Payg’ambarimiz bilan hijrat qilib,
Yasribni muborak Madinaga
aylantirganlaridan keyin hijrat qilgan. Ibn Sa’dning rivoyatiga ko’ra, Ummu Ruvmon hali
Payg’ambarimiz hayotlik paytlarida (hijriy 6-yili) vafot etadi. Shunda Nabiy alayhissalom
bu ayolning qabri oldiga borib, istig’for aytadilar. Biroq bu boradagi ma’lumotlar ikki
xildir.
Buxoriy “Kichik va o’rta tarix” asarida bu ayolni Usmon xalifaligi davrida vafot
etgan kishilar qatorida sanab o’tadi.
Abu Bakr roziyallohu anhu johiliyat zamonida Qatala degan bir ayol bilan turmush
qurgan edi. Bir rivoyatda uni quraysh amiri Abdul Uzzoning qizi deganlar. Bu ayolning
musulmon bo’lgan bo’lmagani esa aniq emas. Abu Bakr
roziyallohu anhu bu ayoldan
Abdulloh va Asmo degan ikki farzand ko’radi. Bu ayoldan keyin Ummu Ruvmonga
uylanadi va bu nikohdan Abdurahmon va Oisha dunyoga keladi. Abu Bakr roziyallohu
anhu islom davrida yana iki ayolga uylanadi. Asmo binti Umays ismli ayol bilan bo’lgan
nikohdan Muhammad ismli bir o’g’il ko’radi. Habiba binti Xorij degan ayoldan esa Ummu
Kulsum degan bir qiz tug’iladi.
Shuni ham aytish kerakki, Ummu Kulsum tug’ilganida
Abu Bakr roziyallohu anhu vafot etgan edi.
Oisha roziyallohu anhoning oilasidagilar islomni dastlabki kunidanoq qabul qilgan edi.
Faqat Oisha onamizning tug’ishgan akasi Abdurahmongina bu baxtdan mosuvo qolgandi.
U hatto
Badr va
Uhud janglarida mushriklar tomonida turib musulmonlarga qarshi
jangda qatnashgan. Otasi unga qarshi o’rnidan turganida Payg’ambarimiz:
“Siz bizga
keraksiz, Abu Bakr” deya u zotni to’xtatganlar. Oradan yillar o’tib mashhur
Hudaybiya
sulhida Abdurahmon ibn Abu Bakr Allohning marhamati bilan muqaddas dinni qabul
etish saodatiga noil bo’ladi.
Bu o’rinda
shuni ham aytish kerakki, hech bir musulmon oila islom dinining yoyilishida
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu oilasidek fidoyilik ko’rsatmagan . Bu oila Nabiy
alayhissalom bilan birga hijrat qilgani uchun ham islom tarixida yorqin iz qoldirdi.
Hozirgacha bu sanani musulmonlar islom tarixining muqaddimasi deb hisoblaydilar.
Sahl ibn Sa’d aytadi:
“Hijriy sana Nabiy alayhissalomning payg’ambar bo’lishlari yoki
vafot etishlari davridan belgilanmaydi, balki Madinaga hijrat qilishlaridan belgilanadi”.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu marhamat qiladi:
“Hijrat haq va botilning o’rtasini
ajratadi. Sanani aynan shunday belgilanglar”. Hazrati
Abu Bakrning oilasi islom
tarixidagi ana shunday ulug’ hodisaning bevosita ishtirokchisi bo’lgan.
Hijrat voqeasi xususida Oisha onamiz shunday deydi: “Otam Abu Bakr Madina safariga
Oisha r.a. – Payg’ambarimiz SAVning suyukli ayoli. Abdulhamid Tahmoz
Do'stlaringiz bilan baham: