Microsoft Word oyisha ziyouz com doc



Download 495,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/55
Sana21.02.2022
Hajmi495,48 Kb.
#26941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Abdulhamid Tahmoz. Oyisha r.a. Rasululloh SAVning suyukli ayoli

www.ziyouz.com kutubxonasi 
5
anglab: “Sen faqirlarga yordam berasan, yetimlarga silai rahm qilasan, zaiflarni 
qo’llaysan, mehmonni siylaysan va qiynalganlarga yordam berasan. Shuning uchun men 
senday odamni tashlab qo’ymayman. Seni o’z himoyamga olaman. Shahringga borib, 
Rabbingga ibodat qilaver”, deydi. Ibn Dug’unaning bu iltifoti Abu Bakrni yo’ldan 
qaytaradi. 
Oisha onamiz yoshligida o’yinqaroq va shox qiz bo’ladi. To’qqiz yoshida ham birga 
o’ynaydigan dugonalari va tengdoshlari yoniga borib turadi. Oisha roziyallohu anho 
aytadiki: “Arg’imchoq uchib o’ynab o’tirsam, oldimga onam Ummu Ruvmon keldi. 
Yonimda dugonalarim ham turishardi. Meni oldiga chaqirdi. Bordim. U qo’limdan tutib 
eshikdan ichkariga sudradi. Men o’zimni orqaga tashladim. O’z holimga qo’ymay xotinlar 
o’tirgan uyga olib kirdi. Ular meni tabrikladilar”
Oisha roziyallohu anho nikohlangandan keyin ham bir necha vaqt tengqurlari bilan 
o’ynab yuraveradi. Nabiy alayhissalom uning yoshligi va o’yinga bo’lgan qiziqishini 
e’tibordan chetda qoldirmaganlar. Bu haqda Oisha roziyallohu anho shunday deydi: 
“Rasul alayhissalom oldilarida qizlar bilan o’ynab o’tirardim. Tengdoshlarim ham 
tortinmasdan oldimga to’g’ri kelishardi. U kishi masjidda nayza bilan o’ynayotgan 
habash qullarni tomosha qilishim uchun ruxsat berdilar”. Oisha onamiz keyinchalik o’sha 
qutlug’ kunlarni xotirlab yana shunday deydi: “Qizlar bilan o’ynar edim. Ular ham 
oldimga tortinmay kelishar edi. Rasul alayhissalom chiqib ketardilar va dugonalarim 
oldimga kirishardi. O’ynab o’tirganimizni hech kimga aytmas edilar. Bir gal qizlari bilan 
o’ynab o’tirsam, oldimizga Rasul alayhissalom kirib qoldilar va o’yinchoqni ko’rib: “Nima 
bu, ey Oisha?”, deb so’radilar. “Sulaymonning otlari, qanotlari ham bor”, dedim. U kishi 
kuldilar”. 
Oisha onamizning bolalik va yoshlik davri ana shunday g’aroyib kechadi. Bolaligi Abu 
Bakr Siddiq xonadonida o’tgan bo’lsa, yoshligi nubuvvat uyida o’tadi. 
Har bir ayolning qalbida o’zi uchun aziz bo’lgan xotiralari, sirlari bo’ladi. Oisha 
onamizning nikohlanishi uning uchun ana shunday unutilmas xotiralardan biridir. Ayol 
erini qanchalik yaxshi ko’rsa va u bilan baxtli hayot kechirsa, qalbidagi xotiralari ham 
shunchalik ulug’lik kasb etadi. Oisha roziyallohu anho ham Rasuli Akramni yaxshi ko’rar 
edi. Axir bu dunyoda Rasul alayhissalomdan yaxshiroq va suyukliroq kim ham bo’lishi 
mumkin? 
Oisha onamizning nikohlanish va erga tegish davri qalbida bir umrga muhrlanib qoldi. 
Bu muborak nikoh ilk marta Alloh subhanohu va taolodan vahiy orqali bildirildi. 
Keyinchalik Rasul alayhissalom Oishaga shunday xabar bergan edilar: “Seni uch kecha 
tushimda ko’rdim. Farishtalar harir ro’molga o’ragan holda bir ojizani olib kelishdi va u 
sening jufting, deyishdi. Ro’molni ochib qarasam, u sen ekansan”
Oisha roziyallohu anhodan keltirilgan bir rivoyatda Jabroil alayhissalom Nabiy 
alayhissalomga yashil ipak ro’molchadagi suratini keltirib: “Bu sening dunyo va 

Download 495,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish