Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/274
Sana15.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#366516
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   274
Bog'liq
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
 
ﻢﺣ
)
١
(
 
ِﻢﻴِﻠَﻌْﻟا
 
ِﺰﻳِﺰَﻌْﻟا
 
ِﻪﱠﻠﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ِبﺎَﺘِﻜْﻟا
 
ُﻞﻳِﺰْﻨَﺗ
)
٢
(
 
ِبﺎَﻘِﻌْﻟا
 
ِﺪﻳِﺪَﺷ
 
ِبْﻮﱠﺘﻟا
 
ِﻞِﺑﺎَﻗَو
 
ِﺐْﻧﱠﺬﻟا
 
ِﺮِﻓﺎَﻏ
 
ُﺮﻴِﺼَﻤْﻟا
 
ِﻪْﻴَﻟِإ
 
َﻮُه
 
ﻻِإ
 
َﻪَﻟِإ
 

 
ِلْﻮﱠﻄﻟا
 
يِذ
)
٣
(
 
«Ha, mim. 
(Ushbu Qur’on)
 qudratli va bilimli Alloh 
(tomonidan)
 nozil qilingan Kitobdir. U gunohni 
mag‘firat qiluvchi, tavbani qabul qiluvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o‘zga iloh yo‘q. 
Qaytishlik faqat Uning O’zigadir». 
(G’ofir, 1-3.)
 
  
Mening orqamga xachirga mingan, ustiga yamaniy libos tashlagan bir odam kelib, men
 «U gunohni 
mag‘firat qiluvchi» 
deganimda, u: «Ayt!: «Ey gunohlarni kechiruvchi, mening gunohimni kechir!» - dedi. Men: 
«
tavbani qabul qiluvchi» -
 deganimda, u: «Ayt!: «Ey tavbalarni qabul qiluvchi, mening tavbamni qabul et!» - 
dedi. Men: «
azobi qattiq» -
 deganimda, u: «Ayt!: «Ey azobi qattiq, meni azoblamagin!» - dedi. Men: «
ehson 
egasi» -
 deganimda, u: «Ayt!: «Ey ehson egasi, menga rahmatingdan ehson et!» - dedi. Men namozni tugatib, 
orqamga qarasam, haligi odam yo‘q edi. Men devor orqasidan chiqib, tashqaridagi odamlardan: «Xachir 
mingan, yamaniy libosga o‘rangan odamni ko‘rdingizlarmi?» - deb so‘radim. Ular hech kimni ko‘rmaganlarini 
aytishdi. Keyin: «Bu bizga ko‘rinmay, senga ko‘rinib, Allohdan tilak so‘rashni o‘rgatgan kishi Ilyos (a.s.) 
bo‘lsalar kerak» - deyishdi. 
Ilyos (a.s.) ketganlaridan keyin Alloh ularning yeriga yomg‘ir yog‘dirmadi, qattiq issiq bo‘ldi, qavm ochlikdan 
o‘la boshladi. Odamlar o‘limtiklarni yeyishga ham majbur bo‘lishdi. So‘ngra bu baloning sababi Ilyos (a.s.)ga 
ishonmaganliklari ekanligi ma’lum bo‘ldi va  Ilyos (a.s.)ni qidirib topishib, unga tavba qildilar. Alloh taolo 
duolarini ijobat qildi va ulardan baloni ko‘tardi. 
Yahudiylar balodan qutulgan va farovonlikka erishganlaridan keyin avvalgi holatlarini unutdilar, bergan 
so‘zlaridan qaytdilar va kofir bo‘ldilar. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
Ilyos (a.s.) ularga nasihat qilaverib charchadilar, o‘rnilariga amakivachchalari Alyasa’ni qoldirib, o‘zlari 
tanholikka chekindilar. 
4.5. ALYASA’ (A.S.)
 
Alyasa’ (a.s.) ham yahudiylarning tarbiyasi va islohi uchun ko‘p urindilar. Alyasa’ning nasablari haqida Ibn 
Ishoq: «Alyasa’ ibn Axtub edi» - deydi. 
Ibn Asokir esa o‘zining «Tarix»ida: «Alyasa’ bu Al-Asbot ibn Adiy ibn Shutlam ibn Afroim ibn Yusuf ibn 
Ya’qub ibn Ishoq ibn Ibrohim al-Xalildir» - deydi. 
Ba’zi olimlar: «Alyasa’ Ilyos (a.s.)ning amakivachchalari edi. Ba’labakka podshohidan tog‘da yashirinib 
yurgan paytlarida hamroh bo‘lganlar. Ilyos qavmga qaytganlarida Alyasa’ ham birga kelganlar. Ilyos (a.s.) 
osmonga ko‘tarilib ketganlaridan so‘ng, Alyasa’ o‘rinlariga payg‘ambar bo‘lib qoldilar» - deyishadi. 
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:
 
 
َﻦﻴِﺤِﻟﺎﱠﺼﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ﱞﻞُآ
 
َسﺎَﻴْﻟِإَو
 
ﻰَﺴﻴِﻋَو
 
ﻰَﻴْﺤَﻳَو
 
ﺎﱠﻳِﺮَآَزَو
)
٨٥
(
 
َﺲُﻧﻮُﻳَو
 
َﻊَﺴَﻴْﻟاَو
 
َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإَو
 
َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا
 
ﻰَﻠَﻋ
 
ﺎَﻨْﻠﱠﻀَﻓ
 
ﻼُآَو
 
ﺎًﻃﻮُﻟَو
)
٨٦
(
 
       «Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham hidoyat qildik. Barchalari solih bandalardandir. Ismoil, Alyasa’, Yunus 
va Lutni ham hidoyat qildik va barchalarini butun olamlardan afzal qildik».
 
(An’om, 85-86.)
 
 
َو
 
ِﻞْﻔِﻜْﻟا
 
اَذَو
 
َﻊَﺴَﻴْﻟاَو
 
َﻞﻴِﻋﺎَﻤْﺳِإ
 
ْﺮُآْذاَو
 
ِرﺎَﻴْﺧﻷا
 
َﻦِﻣ
 
ﱞﻞُآ
)
٤٨
(
 
«Yana Ismoil, Alyasa’ va Zul Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir». 
(Sod,  48.)
 
 
 
Adashgan qavm to‘g‘ri yo‘lni tan olmadi. Alyasa’ (a.s.)ning mo‘‘jizalariga ishonmadi, aksincha isyon qilib
inkor yo‘lini tutishdi. Natijada, ularga Alloh taolo zolim bir qavmni yuborib, Bani Isroil yana xorlikka tushdi. 
Ilyos (a.s.) va Alyasa’ (a.s.)ning boshqa payg‘ambarlar kabi hidoyatga erishganlari va solihlardan 
bo‘lganliklari Allohning nazdida maqbul insonlar ekanligini bildiradi.    
 
 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish