Microsoft Word turk fil kir10. doc


-MAVZU: TURKIY TILLAR TASNIFI



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana26.05.2022
Hajmi286,84 Kb.
#609078
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
10-MAVZU: TURKIY TILLAR TASNIFI 
REJA: 
1.Turkiy tillarni olimlar tomonidan tasnif muammolari va echimlari. 
2.Turkiy tillarning fonetik va morfologik xususiyatlari. 
3.Turkiy xalqlarning atroflicha o’rganilishi natijasi. 
Turkiy tillarning genetik jihatdan,til xususiyatlari jihatidan o’zaro 
munosabati masalasiga olimlar juda qadimdan kizikib kelganlar. Uqorida aytib 
utiganidek, birinchi marta turkiy tillarni klassifikasiya kilgan olim Mahmud 
Qoshg’ariydir. Turkiy tillar klassifikasiyasi bilan kizikish X TX asr oxiri va XX
asrda kaytadan boshlandi va ko’p klassifikasiyalar vujudga keldi. Bu 
klassifikasiyalar metodi oldiga qo’ygan maqsadi nuqtai nazaridan xilma-xildir. 
Shuning uchun bu klassifikasiyalarning birida biron bir gruppaga mansub deb 
hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir gruppaga tushib qolishi mumkin turkiy 
tillarni klassifikasiya qilishning o’ziga xos qiyin tomonlari bor.Bu qiyinchilik, 
avvalo, turkiy tillarning o’zaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yakinligidan 
kelib chikadi. Ikkinchidan alohida olingan har bir turkiy xalq tarkib topishida turli 
xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning uzida bir necha turkiy 
xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan ham izohlanadi. 
Turkiy tillarni V.A.Bogorodiskiy quyidagicha klassifikasiya qiladi: 
1.SHimoliy-sharkiy gruppa:yokut,karagaz,tuva tillari. 
Bu gruppadan yokut tili so’z boshidagi s tovushining yuqolishi,karagaz va tuva 
tillari esa y tovushining ch tovushiga va ch tovushining sh tovushiga o’tishi 
bilan harakterlanadi.
2.Xakaz gruppasi. Xakaz tili. Bu gruppa uchun xos xususiyat so’z ox
iridagi sh tovushining ch tovushiga o’tishidir. 
3.Oltoy gruppasi: oltoy / shor / tili o’z shevalari bilan harakterlanadi. 
4. G’arbiy Sibirp gruppasi : chulim, ishim, tumenp tatarlari tili.G’arbiy 
Sibirp grupasining asosiy fonetik xususiyati eski turkiy tillardagi ch tovushi urniga 
s tovushining qullanishidir. 
5.Volga bo’yi va ural gruppasi:tatar va boshqird tillari. Bu gruppa uchu 
harakterli xususiyat unlilarning qisqarishi bo’lib,boshqa turkiy tillardagi e tovushi 
u ga aylangan 
6.O’rta Osiyo gruppasi, uyg’ur, qozoq, qirg’iz, o’zbek, qoraqalpoq tillari. Bu 
gruppani birlashtirib turuvchi belgilar ko’rsatilmaydi. 
7 .Janubi-G’arbiy gruppa :turkman, ozaobayjon, kumik, gagauz, turk tillari 
va chuvash tili. Bu gruppa ham to’lik izohlanmagan. 


57
V.A.Bogorodskiy hozirgi turkiy tillarni ularning geografik joylashuvi va 
fonetik xususiyatlari asosida klassifikasiya kilgan, turkiy xalqlar va tillarning 
tarixiy taraqqiyotini etarli hisobga olmagan. Bundan tashkari, ayrim turkiy tillar, 
masalan, karaim va nugoy kabi tillar e’tiboridan chetda kolgan. 
V.V.Radlov tomonidan turkiy tillar quyidagicha klassifikasiya kilinadi : 
1.SHarkiy turkiy tillar: oltoy, babarin, chulim tatarlari, karagas,
xakas, shor, tuva tillari. Bu tillar fonetik jihatdan jarangsiz undoshlarning so’z 
boshida ko’p ishlatilishi bilan ajralib turadi. 
2.G’arbiy turkiy tillar: qirg’iz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari. 
Bu gruppalarda ham janubiy gruppadan farq qilgan holda so’z boshida k, t , p 
jarangsiz undoshlari va b jarangli undoshi aktiv qo’llanadi. 
3.O’rta Osiyo gruppasi : uyg’ur va o’zbek tillari. Bu gruppa o va o
unlilarining faqat birinchi bo’g’inda uchrashi bilan ajrilib turadi. 
4.Janubiy turkiy tillar : turkman, ozarbayjon, turk, krim-tatar tillari. Bu 
gruppa so’z boshida g, d, b kabi jarangli undoshlarning ko’p uchrashi bilan 
harakterlanadi. 
V.V.Radlov ham turkiy tillarni fonetik xususiyatlari va kisman kelib chikib 
klassifikasiya kilgan. Lekin u keltirgan ayrim fonetik xususiyatlar bir gruppa emas, 
balki bir necha gruppa tillarga ham xos. Masalan, so’z boshida b tovushining
qo’llanilishi g’arbiy gruppa tillarga xos xususiyat deb ko’rsatiladi. Bu
xususiyat ayni payda O’rta Osiyo va Janubiy gruppa tillarga ham mos. 
F.E.Korsh turkiy tillarni, fonetik xususiyatlaridan tashkari morfologik 
xususiyatlarini ham hisobga olib quyidagicha klssifikasiya kilgan : 
1.Shimoliy gruppa :qirg’iz, qozoq, oltoy, Volga tatarlari, morfologik 
xususiyatlari quyidagi so’zlarda aks etgan: tau. qolgan, sarq, kele turur. 
2. G’arbiy gruppa, ozarbayjon, turkman, turk, gagauz tillari. Bu guppa 
tillarining fonetik va morfologik xususiyatlari quyidagi so’zlarni ularning 1-
punkdagi mukobillari bilan kyoslansa , aniq ko’rinadi :dag, kalan, sarq, gelir. 
3.Sharqiy gruppa: Urxun- Enisey yodgoliklari yozuvi tili, eski uyg’ur tili, 
chigatoy, qipchoq /poloves/ kabi o’lik tillar hamda jonli tillardan karagas va x
akas tillari. Bu guppa tillarining fonetik va morfologik xususiyatlari quyidagi 
so’zlarni ularning 1-2-puktlardagi mukobillari bilan kiyoslansa, aniq ko’rinadi:
tag, sarig, kaogan, kelur. 
4. Aralash gruppa: yokut va chuvash tillari. Bu tillar boshqa turkiy tillardan 
fonetik va grammatik hamda leksik jihatdan keskin farq qilishi bilan 
harakterlanadi. 
A.N.Samoylovich ham turkiy tillar klassifikasiyasi asosiga fonetik va mor 
fologik xususiyatlarni kuydi vahar bir gruppa asosiy fonetik xususiyatidan kelib 
chikib nom berdi. A.N.Samoylovich ham F.E.Korsh kabi turkiy tillarning har bir 
gruppasiga xos fonetik va morfologik xususiyatlarni bir necha so’z asosida 
ko’rsatadi: 
1. R- gruppa. Bu gruppa xazar va bulgor kabi o’lik tilar va jonli turkiy 
tillardan chuvash tili kiritiladi. Avtor tanlab olgan so’zlar bu tillarda quyidagi 
ko’rinishga ega :tahar, ura, pul, tau // tu, sarq, kalan //yulna. 


58
2. D- gruppa. Bu guppaga Urxun-Enisey yodgorliklari tili hamda qadimgi 
uyg’ur tili kabi o’lik tillar, karagas,salar, tuva, sarik uyg’ur. shor, xakas va yokut 
kabi jonli turkiy tilar kiritilgan bulib, bu tidlardagi so’zlar quyidagicha ko’rinishag 
ega : tokuz, adak /azak, pol, tag, sarik, klgan. 
3. Tau- gruppa. Bu guppaga oltoy, qirg’iz, kumik korachoy, balklar, karaim, 
tatar, boshqird, qozoq, nugoy kabi jonli turkiy tillar kiritiladi. Bunda uqoridagi 
so’zlar quyidagicha ko’rinishga ega: toguz, ayak, bol // bul, tau, sarq, kalgan. 
4.Taglik gruppa. Bu gruppaga eski o’zbek adabiy tili, hozirgi uyg’ur, hozirgi 
o’zbek va tuva tillari kiritiladi. 
Uqoridagi oltita so’z bu gruppa tillarida quyidagicha ko’rinishga ega: tokuz, ayak,
bol, tag, sarik, kalgan. 
5.Tagli gruppa. Bu gruppa faqat o’zbek tilining Xorazm shevasi kiritilib, 
uqoridagi so’zlar quyidagicha ko’rinishga ega: dokuz, ayak, bol, tag, sari,
kalgan. 
6.Ol gruppa. Bu gruppaga turkman, ozarbayjon, usminli turk, gagauz tillari 
kiritiladi. Uqoridagi oltita so’z bu gruppa tillarida quyidagi ko’rinishga ega:
dokuz, ayak, ol, dag, sari, kalan. 
Ko’rinib turibdiki, A.N. Samoylovich har bir gruppani boshqa gruppalardan 
farqlab turuvchi asosiy fonetik xususiyatlarni shu gruppaning nomi qilib olgan. Bu 
klassifikasiya ham o’z navbatida ayrim nuqsonlardan xoli emas. Masalan, 
qoraqalpoq tili asossiz taglik guppaga kiritiladi. 
I.Besing 
va 
K.Menges 
klassifikasiyalarida turkiy tillarning til 
xususiyatlaridan tashkari, ularning tarixiy taraqqiyot prosessi ham hisobga olingan. 
Ular ham turkiy tillarni 5 ta gruppaga /K. Menges 6ta gruppaga / ajratadi. 
1.Bulgor gruppasi. Bu gruppaga jonli tillardan chuvash tili,o’lik tilardan 
bulgor tili kiradi. 
2.Janubiy yoki o’g’uz gruppasi. Bu grupaga turk, gagauz, krim -tatar, 
ozarbayjon, turkman tillari kiradi. 
3.G’arbiy yoki qipchoq gruppasiga karaim, korachoy, balkar, kumik, titir, 
boshqird, qozoq, qoraqalpoq, nugoy, qirg’iz tillari, krim tatarning chul dialekti 
kiradi. 
4.Sharkiy yoki uyg’ur gruppasi. Bu gruppa o’z ichiga eski o’zbek, eski 
uyg’ur, hozirgi o’zbek va hozirgi uyg’ur tillarini va sarik uyg’ur tilini oladi. 
5.Shimoliy gruppa. Bu gruppaga oltoy, oyrot, shor, xakas, yokut tillari 
kiritiladi. 
Turkiy tillar klassifikasiyasi bilan ko’p shug’ullangan yirki -sobiq ittifoq 
turkologlaridan biri N.A.Baskakovdir.N.A.Baskakov turkiy tilning fonetik, 
grammatik, leksik xususiyatlarinigina hisobga olib qolmasdan, balki alohida 
olingan har bir turkiy xalqning tarixiy shakllanish jarayoni, uning etnik genezisini 
ham nazardan qochirmaydi. Shu asosda u turkiy tillarning klassifikasion sx
emasini beradi. 
Uqorida turkiy tillarning eng kichik tarkalgan klassifikasiyalari keltirildi. 
Bular klassifikasiya asosiga ko’ra quyidagicha gruppalanadi. 


59
1.Fonetik xususiyatlar asos qilib olingan klassifikasiya / V.V.Radlov
klassifikasiyasi /. 
2.Fonetik 
morfologik 
xususiyatlar asos qilib olingan klassifikasiyalar 
/F.E.Korsh,A.N.Samoylovich klassifika-siyalar/ I.Bensing, K.Menges hamda 
N.A.Baskakov klassifikasiyalari /. 
4.Turkiy tillarda gapiruvchi xalqlarning geografik joylashuvi asos qilib 
olingan klassifikasiya /V.A.Bagorodiskiy klassifikasiyasi /. 
Uqoridagi 
klassifikasiyalar 
orasida turkiy tillarning xal til
xususiyatlarining ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda 
turkiy tillarining barchasini to’liq qamrab olgan klassifikasiya N.A.Baskakov 
klassifikasiyasidir. SHuning uchun bu klassifikasiya hozirgi paytda ko’pchilik 
turkologlar toionidan e’tirof qilinadi. 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
Turkologiyada turkiy tillar tasni fi buyicha ka rashlar mavjud? 
2.
Turkiy tillar tasnifi bilan shug’ullangan olimlardan kimlarni bilasiz? 
3.
Turkiy tillarni mukammalroq tasnif etgan olim kim? 
4.
Turkiy tillarni tasnif qilish qanday asoslarga tayanadi. 
5.
Turkiy tillar tasnifi bo’yicha shug’ullangan olimlar kimlar? 
6.
Genetik tasnif nima? 
7.
Tasnif metodlari nimalarni o’z ichiga oladi? 
8.
Fonetik metod nima? 
9.
Morfologik metod nimalarni o’z ichiga oladi? 
10.
V.V.Radlov tasnifi nimaga asoslanadi? 
11.
F.E.Korj tasnifi. 
12.
A.N.Samaylovich tasnifi. 
13.
I.Bensing va K.Menges tasniflari. 
14.
N.A.Boskakov tasnifi. 
15.
V.A.Bogorodskiy tasnifi. 
16.
Turkiy tillar tasnifidagi kamchiliklar. 
17.
Turkiy tillarning mukammal tasnifi kimga tegishli? 
18.
Turkiy tillar tasnifiga oid xulosalar. 
TAYANCH ATAMALAR 
1.Genetik tasnif. 
2.Tasnif metodlari. 
3.Fonetik metod. 
4.Morfodlogik metod. 
ADABIYOTLAR 
1.
A.M.SHcherbak. Sravnitelg’naya Fonetika tur. YAzqkov.L.,1970. 
2.
N.A.Baskakov. Vvdenie v izuchenie turskixyazqkov. M.,1969. 
3.
Ko’chqortoev.I. Turkiy filologiyaga kirish.1984.


60
O’zbek filologiyasi fakulpteti 1- bosqich talabalari uchun "Turkiy
filologiyaga kirish " kursidan ish dasturi. 
1. Turkiy filologiyaga kirish kursining maqsadi, vazifasi, mundarijasi. 
2. M.Qoshg’ariy "Devonu lug’otit turk". 
3. Az -Zamaxshariy "Muqaddimatul-adab". 
4. 13-14 asrda yaratilgan filologik asarlar. 
5. "Muqaddimatul - lug’atayn". 
6. "Badoe -al lug’atayn ","Abushka","Kelurnoma","Lug’otit turk". 
7. "Sanglox","Muntaxab - al lug’at","Lug’ati chigatoyi va turki usmoniy". 
8. Turkiy tillarni Rossiyada o’rganilishi. 
9. Turkiy tillarning keyingi davrda o’rganilishi. 
10.Hozirgi uebek tilshunosligi. 
11.Turkiy tillarning shakllanishida oltoy va xun davri. 
12.Turkiy tillarning shakllanishida turk xokonligi davri 
13 Qadimgi turkiy yodgorliklar. 
14.Turkiy tillarning tovushlar sitemasi. 
15.Turkiy tillarning grammatik qurilishi. 
16.Turkiy tillar tasnifi. 
AMALIY MASHG’ULOTLAR 
1.M.Koshg’ariy «Devonu lug’otit turk asarida turkiy tillar tasnifi». 
2.Devonu lug’otit-turk » asarida maqol va matallar. 
3.Devonu lug’otit-turk asarida turkiy xalqlar she’riyati. 
4.Mahmud Zamaxshariy va uning «Muqddimatul – adab asari. 
5.13-14 asrda yaratilgan filolog asarlar. 
6.A. Navoiyning «Muhokamatul lug’atayn» asari. 
7.13-14 asrda yaratilgan lug’atlar. 
8. Rassiyada turkiy filologiyaning o’rganilishi. 
9.Turkiy tillarning shakllanishida oltoy va xun davri Turk xoqonligi davri. 
10.Turkiy tillarda tovushlar sistemasi. 
11.Turkiy tillarning grammatik qurilishi. 
12.Qadimgi turkiy yodgorliklar. 

Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish