Microsoft Word turk fil kir10. doc



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana26.05.2022
Hajmi286,84 Kb.
#609078
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAX SUS TA’LIM VAZIRLIGI
 
 
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT 
UNIVERSITETI 
 
O’zbek filologiyasi yo’nalishi uchun 
 
TURKIY FILOLOGIYAGA KIRISH 
FANIDAN 
MA’RUZALAR MATNI 
NUKUS 


2
Tuzuvchi: 
ABDULLAEV 
SH. 
Ma’ruzalar matni Qoraqalpoq davlat universiteti 
o’zbek filologiyasi kafedrasining 2008 yil ____-
avgustdagi yig’ilishida qayta ko’rilib, ayrim 
tuzatishlar kiritilib ma’qullangan. 
 KAFEDRA 
MUDIRI: 
dots. 
H.Abdullayev 


3
1-MAVZU:
«TURKIY FILOLOGIYAGA KIRISH» KURSINING
MAQSAD VA VAZIFALARI 

REJA: 
1.


Turkiy filologiyaning shakllanishi. 
2.
Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlar.
3.
A.Navoiyning asarlari haqida xarakterli ma’lumotlar.
Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish an’anasining 
vujudga kelishi o’rta asrlarga borib taqaladi. Bu an’ananing qaror topishida klassik 
arab filologiyasi bo’yicha tahsil ko’rgan filolog olimlarning ilmiy faoliyati katta 
ahamiyatga ega bo’ldi. Klassik arab filologiyasining qachon paydo bo’lgani 
ma’lum emas, chunki dastlabki arab filologiyalarining asarlari bizgacha etib 
kelmagan. Mavjud ma’lumotlar bu fanning VII asrda paydo bo’lganidan dalolat 
beradi. 
Arab filologlari, xususan, arab tilshunoslari VIII-XIV asrlarda yuksak 
natijalarni qo’lga kiritdilar. Iso as-Sag’ofiy (VIII asr), al-Vasriy Sibovayhiy ( VIII 
asr), al-Mubarrad (1X asr), al-Dinavariy (1X asr), az-Zamaxshariy (XII asr), Abu 
Hayyom (XIII XIV asrlar) kabi olimlar arab tili fonetikasi va grammatikasi haqida 
mukammal va izchil ta’limot yaratdilar. 
Arab tilshunosligi ayniqsa lug’atchilik sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga 
kiritdi. Xalil ibn-Ahmad al-Farohidiy (VIII asr) «Kitob-ul-Ayn» lug’atini yaratdi. 
Fonetik-fiziologik prinsipga asoslangan bu lug’at arab leksikografiyasining ibtidosi 
hisoblanadi. Bu lug’atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan o’rnini shunday 
bilish mumkin: Xalil ibn-Ahmaddan qariyb uch yuz yil keyin yashagan Mahmud 
Qoshg’ariy o’z asarini uning lug’atiga o’xshatib tuzish niyatida bo’lganini alohida 
ta’kidlab ko’rsatadi.
Arab leksikograflari lug’atining xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al-Asmaiy 
(1X asr) tematik lug’at, Abu Ubayda (1X asr) maqol va matallar lug’ati, 
Muhammad al-Anbariy (X asr) qarama-qarshi ma’noli so’zlar lug’ati, Abdulla ibn 
Qutayba (1X asr) 12 tomli ensiklopedik lug’at yaratdi. XIV asrda yashagan 
mashhur filolog olim al-Feruzabodiy 60 tomli (ba’zi manbalarga qaraganda 100 
tomli) ensiklopedik lug’at tuzgani haqida ma’lumotlar bor.
Arab leksikografiyasining imomi nomiga sazovor bo’lgan Ismoil al-Javhariy 
(X asr) lug’atchilikda alfavit prinsipiga asos soldi. Uning 40 ming so’zlik lug’atida 
so’zlar o’zak oxiridagi tovushga (harfga) qarab joylashtirilgan. 
Klassik arab filologiyasi degan ifodadan bu fanni arablarning o’zlari 
yaratgan ekan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Arab filologiyasi an’anasining 
tashkil topishi va taraqqiy etishida, arablar bilan bir qatorda, boshqa xalqlarning 
vakillari ham ishtirok etgan. Arab xalifaligida arab tili faqat din tili bo’libgina
qolmay, shu bilan bir qatorda, adabiyot va fan tili ham bo’lgan. SHuning uchun 
adabiyotda, fanda ma’lum mavqega intilgan har bir kishi arab tilini mukammal 
bilishi va shu tilda ijod qilishi shart edi. Ingliz sharqshunosi B.Braunning «Eron 


4
adabiyoti tarixi» asarida ko’rsatilishicha, islom madaniyatining «oltin davri» 
hisoblanmish abbosiylar sulolasi hukm surgan davrida (749-846-yillar) arab fani 
va madaniyatining eng mo’tabar vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi boshqa 
xalqlarning vakillari bo’lgan. 
Mashhur arab filologlaridan Sibovayhiy eronlik, as-Zamaxshariy xorazmlik, 
Ismoil al-Javhariy turkiy xalq vakili ekanligining o’ziyoq arab fani, xususan, arab 
filologiyasi tarqqiyotida boshqa xalq vakillari qanday rol o’ynaganligini ochiq-
oydin ko’rsatadi. 
Arab filologiyasi an’analari ta’sirida tahsil ko’rgan olimlar o’rta asrlarda 
boshqa xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda, xususan, turkiy xalqlar tili va 
adabiyotini o’rganishda katta rolp o’ynaganlar. Bunday olimlarning ko’pligi 
mahalliy xalqlar orasidan etishib chiqar edi. Turkiy filologiya fanining vujudga 
kelishi ham mana shu olimlarning ilmiy faoliyati bilan bog’lanadi. 
Eski o’zbek tili bo’yicha yaratilgan filologik asarlar. 
Alisher Navoiyning «Muhokamat-ul-lug’atayn» asari. 
Alisher Navoiy o’zbek xalqi madaniyati, adabiyoti va tili tarixida mislsiz katta rol 
o’ynagan ulug’ siymodir. A.Navoiyning ijodi O’rta Osiyo turkiy xalqlarining 
vatanparvarlik harakati ku’chaygan bir sharoitda kamol topdi. U o’zbek 
adabiyotini namuna adabiyot, klassik adabiyot darajasiga ko’tardi. A.Navoiyning 
nomi haqli ravishda Sharqning Firdavsiy, Nizomiy kabi zabardast shoirlari 
qatorida turadi.A.Navoiy o’zbek adabiyotini mana shu yozuvchilar yaratgan ulug’ 
adabiyot darajasiga olib chiqdi. Umrining oxirgi paytlarida yaratgan «Lison-ut-
tayr» asarida A.Navoiy shunday deb yozadi: 

Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish