Microsoft Word Tursunboyev S. O'zbek teatri tarixi. Majmua



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/324
Sana22.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#398759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   324
Bog'liq
ozbek teatri tarixi

 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
MILLIY TEATRIMIZ — IFTIXORIMIZ 
 
Respublikamiz  Prezidenti  Islom  Karimovning  2001-yil  30-avgustda  Toshkent 
shahrida O’zbek davlat akademik drama teatri yangi binosining ochilishi marosimida 
so’zlagan nutqi.
 
 
Assalomu alaykum, aziz do’stlar! 
Muhtaram san’atkorlar! 
Qadrli mehmonlar! 
Avvalo, barchangizni  bugungi  unutilmas kun  — azim poytaxtimiz  Toshkent shahrida 
ushbu  ajoyib  san’at  saroyi  —  O’zbek  davlat  akademik  drama  teatrimizning  yangi  binosi 
ochilishi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 
Hurmatli birodarlar! 
Bugun  yurtimizdagi  eng  ulug’  va  eng  aziz  bayram  arafasida  mana  shu  betakror, 
muhtasham, zamonaviy teatr koshonasi san’at muxlislari uchun o’z eshiklarini ochayotgani 
g’oyat quvonchlidir. 
Bunday  go’zal  saroyning  taqdimot  marosimida  ishtirok  etishning  o’zi  har  qanday 
odamni  ham  quvontirib,  uning  ko’ngliga  xush  kayfiyat,  yorug’lik  bag’ishlaydi,  desam, 
o’ylaymanki, barchangiz bu fikrga qo’shilasiz. O’zingiz bilasiz, o’zbekiston rahbari sifatida 
mening  ko’p-ko’p  xalqaro  miqyosdagi  katta  anjumanlarda,  mahobati  bilan  ko’zni 
qamashtiradigan  saroylarda,  imperatorlar,  qirol  va  podshohlarning  qasrlarida,  bugungi 
zamonning  eng  chiroyli,  boy  va  hashamatli  binolarida  bo’lishimga,  u  joylarda  nutq 
so’zlashimga, muloqotlarda ishtirok etishimga to’g’ri keladi. 
Lekin  men  mana  shu  daqiqalarda  qalbimdan  bir  hayajon  kechirayotganimni  sizlarga 
ochiq aytishim kerak. 
Bu  hayajonning  sababi  shundaki,  o’zbek  madaniyatining  ko’zgusi  bo’lgan  mana  shu 
akademik  teatrimiz  sahnasida  Mannon  Uyg’ur,  Yetim  Bobojonov,  Abror  Hidoyatov, 
Shukur  Burhonov,  Olim  Xo’jayev,  Sora  Eshonto’rayeva,  Nabi  Rahimov,  Obid  Jalilov, 
Zaynab Sadriyeva, Toshxo’ja Xo’jayev, Aleksandr Ginzburg, G’ani A’zamov singari ne-ne 
buyuk san’at namoyondalarining qutlug’ izlari qolgan, ovozlari yangragan, ularning o’lmas 
ruhi bugun ham shu dargohda kezib yuribdi. 
Necha  yillar  davomida  o’zining  beqiyos  san’ati  va  mahorati,  klassik  asarlarning 
betakror  ijrosi  bilan  bu  teatr  nafaqat  milliy  san’atimiz  muxlislarini,  balki  dunyodagi 
manaman  degan  teatrlarning  mashhur  rejissor  va  aktyorlarini,  ularning  eng  nozikta’b 
teatrshunos va mutaxassislarini ham hayratda qoldirgani ma’lum. O’zbek teatrining nomini 
butun  dunyoga  tanitgan  bunday  ijodkorlar  har  qaysi  xalq  va  davlatning  faxru  iftixori 
bo’lishga  munosib  ekanini  bugun  vaqtning  o’zi  isbotlab  bermoqda,  desam  bu  ham  ayni 
haqiqat bo’ladi. 
Bu tarixiy sahnada Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, 
Bobur  Mirzo  kabi  ulug’  siymolar  Vatanga  sadoqat,  ezgulik  va  adolat,  ma’rifat  va  nafosat 


singari  oliyjanob  fazilatlaridan,  muxtasar  qilib  aytganda,  insoniylik  ilmidan  minglab 
tomoshabinlarga, butun xalqimizga saboq berganini minnatdorlik bilan eslaymiz. 
Ishq-muhabbat,  halollik,  do’stlik,  odamiylik  kabi  yuksak  tuyg’ular  ifoda  etilgan, 
zamon va inson muammolari haqida bahs yuritadigan, hali-hanuz tomoshabinlar xotirasidan 
o’chmay  kelayotgan  o’nlab  san’at  asarlari  ham  mana  shu  teatrimiz  tarixining  yorqin 
sahifalarini tashkil etadi. 
Bir  so’z  bilan  aytganda,  odamlarning  qalbiga  beqiyos  ta’sir  o’tkazib,  ularni  mudom 
ezgulik  va  oliyjanoblikka  chorlab  kelayotgan  akademik  teatrimiz  ma’naviy  hayotimizning 
uzviy bir qismiga aylanib qolgan, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi. 
Muhtaram do’stlar! 
Bugun  biz  o’zligimizni  anglash  yo’lida  o’tmishimizning  va  ilgari  noma’lum  bo’lgan 
sahifalarini  ochayotgan  hozirgi  sharoitda  teatr  san’atimiz  tarixidagi  ba’zi  nuqtalarning  asl 
mohiyati namoyon bo’layotganiga guvoh bo’lib turibmiz. 
Tarixiy  haqiqat  nuqtayi  nazardan  qaraganda,  Abdulla  Avloniy,  Mahmudxo’ja 
Behbudiy, Munavvar qori kabi ma’rifatparvar ziyolilarimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan 
o’zbek  teatri  truppasi  1914-yil  27-fevral  kuni  Toshkent  shahrida,  hozirgi  Birja  markazi 
o’rnida  joylashgan  «Kolizey»  binosida  «Padarkush»  spektaklini  namoyish  etgani  —  bu 
Turkiston zaminida professional teatr talablariga javob beradigan birinchi milliy sahna asari 
bo’lganini aytib o’tish o’rinli, deb bilaman. 
XX asr boshida, mustamlakachilik zulmiga qaramay, xalqimiz yangi urflarga — milliy 
uyg’onish  va  erkinlik  sari  intilib  yashagan  bir  davrda  buyuk  ajdodlarimiz  —  jadidlar 
tomonidan  amalga  oshirilgan  bu  ulkan  ish,  bu  harakatni  o’ziga  xos  ma’naviy  jasorat 
namunasi deb atash mumkin. 
Bugun,  Vatanimiz,  yurtimiz  XXI  asrga  qadam  qo’yib,  o’zining  buyuk  kelajagi  sari 
intilayotgan,  bu  yo’ldagi  barcha  harakatlarimiz  imon-e’tiqod  tuyg’usi  bilan  yo’g’rilib, 
kuchayib  borayotgan  bir  paytda,  o’z  tarixiy  ildizlarimiz,  shu  jumladan,  san’atimiz,  miliy 
teatrimiz tarixini chuqur anglash, undan saboq olish haqida gapirishimiz har jihatdan o’rinli 
bo’ladi, deb o’ylayman. 
Aziz yurtdoshlarim! 
Shu  zalda  o’tirganlarning  ko’pchiligi  yaxshi  biladi  —  bu  joyda  ilgari  «Vatan»  degan 
kinoteatr  bo’lar  edi.  Keyinchalik  shu  bino  teatr  uchun  naridan  beri  moslashtirib  berilgan 
edi.  Har  gal  Navoiy  ko’chasidan  o’tganimda  ushbu  teatrni  ko’rib,  bu  dargohda  ne-ne 
san’atkorlar,  ularning  iste’dodli  davomchilari  ijod  qilsa-yu,  u  ana  shunday  yuksak  badiiy 
salohiyatga  munosib  binoga  ega  bo’lmasa,  degan  savol  ko’pchilik  qatori  mening  ham 
ko’nglimdan kechar edi. 
Chunki  sahna  san’atining  odamlarga  nafaqat  zavq-shavq  baxsh  etishi,  ayni  vaqtda 
milliy g’urur,  milliy iftixor manbayi, qudratli tarbiya vositasi ham bo’la olishi — bu isbot 
talab  qilmaydigan  haqiqatdir.  Teatrning  madaniy  hayotimizdagi  ulkan  vazifasi  to’g’risida, 
uning  o’rnini  hech  narsa  bosa  olmasligi  haqida,  umuman  teatrni  ulug’lash,  uning  ta’sir 
kuchi haqida ko’p gapirish mumkin. 
Lekin bu borada bitta muhim masala borki, u ham bo’lsa teatr o’zining shu vazifasini 
ado etishi uchun, insonning qalbiga, ongu tafakkuriga ta’sir o’tkazib, uni ezgu fazilatlar sari 
chorlashi  uchun  teatr  va  uning  jamoasiga,  san’at  fidoyilariga  shart-sharoit  yaratib  berish 
zarurligini goho unutib qo’yamiz. 


Umuman,  bu  muammolardan  uzoq  bo’lish,  bu  masalada  mas’uliyatni  bo’yniga 
olmaslikka urinish holatlari har qadamda uchrab turadi. 
Ta’bir  joiz  bo’lsa,  shuni  ta’kidlash  zarurki,  hammamiz  teatr  tomoshalarini  yaxshi 
ko’ramiz,  ammo  unday  ta’sirchan  sahna  asarlarini  nechog’li  mashaqqatli  va  og’ir  mehnat 
evaziga dunyoga kelishi haqida o’ylab ko’rmaymiz. 
Ya’ni,  bu  san’at  koshonasini  Prezidentning,  davlatning,  mamlakatning,  hukumatning, 
Madaniyat  ishlari  vazirligining,  Toshkent  shahar  hokimligining,  kerak  bo’lsa,  mana  shu 
Shayxontohur  tumani  hokimligining,  balki  yana  bir  qancha  katta-kichik  rahbarlarining 
saxiyligi, g’amxo’rligi sifatida ta’riflanishini kutishimiz mumkin. 
Lekin,  bu  borada  men  shuni  aytmoqchimanki,  bu  teatr  binosini  bunyod  qilganimiz 
o’zbek madaniyatining iste’dodli namoyandalari bo’lmish sizlarning oldingizda, qolaversa, 
sizning 
timsolingizda 
bugungi 
yorug’ 
kunlarga 
yetib 
kelolmagan 
buyuk 
san’atkorlarimizning ruhi oldida biz o’z qarzimizni, o’z burchimizni ado etganimiz ifodasi, 
xolos. 
Muhtaram san’at arboblari! 
Bugun  mana  shu  nafosat  saroyida  siz,  azizlar  bilan  bir  taklif  haqida  maslahat 
qilmoqchiman: milliy ruh va zamonaviy qiyofada qayta tiklangan ushbu teatrimizni bundan 
buyon O’zbekiston Milliy akademik drama teatri deb atasak, nima deysizlar? 
O’ylaymanki,  bunday  yuksak  va  sharafli  nom  bu  koshonaga  bamisoli  uzukka  ko’z 
qo’ygandek  yarashadi,  san’at  namoyandalarini  yangi  ilhom  va  mas’uliyat  bilan  ijod 
qilishga,  milliy  istiqlol  g’oyalari  ruhida  badiiy  barkamol  asarlar  yaratishga,  zamonamiz 
qahramonlarining yorqin obrazlarini yuksak darajada talqin etishga ruhlantiradi. 
Men  milliy  teatrimiz  sahnasida  sizlar  yaratadigan  rang-barang  asarlarni  millionlab 
san’at  ixlosmandlari,  butun  xalqimiz  hayrat  va  hayajon,  zavqu  shavq  bilan  tomosha 
qilishini,  ular  hayot  yo’llarida  duch  keladigan,  har  bir  insonni  o’ylantiradigan  murakkab 
savollarga teatr ibrati orqali javob topishini istayman. 
Sizlar o’zbek teatr san’atimizning eng yaxshi an’analarini asrab-avaylab, rivojlantirib, 
kelajak  avlodlarga  yetkazasiz,  milliy  va  umumbashariy  qadriyatlarni  tarannum  etuvchi 
yetuk  asarlaringiz  bilan  xalqimiz  madaniyatini  yanada  yuksaltirishga  munosib  hissa 
qo’shasiz, deb ishonaman. 
Barchangizga tilagim shuki, sizlar sahnada betakror obrazlar yaratib, xalqimiz mehriga 
sazovor bo’lishdan charchamang, bizga esa ajoyib mahoratingizga qoyil qolib, san’atingizni 
olqishlab,  sizlarga  mana  shunday  hurmat-ehtirom,  izzat-ikrom  ko’rsatib  yurish  nasib 
etaversin. 
Hayot haqida, inson umrining ma’no-mazmuni haqida teatr ixlosmandlari bilan qizg’in 
va jonli muloqotingiz davom etadigan, yurtimiz, millatimiz dovrug’ini tarannum qiladigan 
bu  muazzam  ijod  maskani avvalo sizlarga, barcha san’atkorlarimizga buyursin, ezgulik  va 
go’zallikni yuksak qadrlaydigan tomoshabinlarga, butun xalqimizga muborak bo’lsin. 
Fursatdan  foydalanib,  ushbu  madaniyat  qasrini  bunyod  etgan  qo’li  gul 
quruvchilarimizga,  me’moru  muhandislarimizga,  bu  oliyjanob  ishda  qatnashgan  barcha 
yurtdoshlarimizga  o’z  nomimdan,  butun  san’at  muxlislari  nomidan  samimiy  minnatdorlik 
izhor etaman. 
Mana shu unutilmas daqiqalarda barchangizni Vatanimiz istiqlolining 10 yillik qutlug’ 
to’yi bilan yana bir bor tabriklayman. 


Sizlarga yangi-yangi ijodiy yutuqlar, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxtu saodat 
tilayman.  Ilhomingiz,  iste’dodingiz  yanada  ziyoda  bo’lsin,  hamisha  muxlislaringiz, 
xalqimiz ardog’ida bo’ling. 
E’tiboringiz uchun tashakkur. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish