www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
muvaffaqiyatli yengib o‘tishning asosiy sharti bo‘lgan yangi dunyoni aqliy bilish
qobiliyatiga ega emasligini tan olishdan boshlashimizga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy
mafkuralar nima ekanini bilmaydigan bugungi ashaddiy musulmonlar aslida ularni
yengish to‘g‘risida xomxayol qilishdan nariga o‘tmaydi.
Tugab borayotgan 20-asrning mafkuradan xoli tamoyillarida undan-da kam bo‘lmagan
qayg‘uli aporiya - muammoni hal etishdagi yengib bo‘lmas ziddiyat ustun keladi. Bu
tamoyillar yangi mingyillikda ham ustuvorlik qilishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois
yevropalik musulmonlar, xuddi bundan uch asr ilgari yashab o‘tgan Ibrohim Mutafarriqa
singari, boshqa musulmonlarni dunyoga o‘zgacha tartib berayotgan yangi global
voqeliklardan ogoh qilishni o‘z zimmasiga olishi kerak, aks holda ularning an'anaviy
diskurslari hech kimga kerak bo‘lmay qolishi mumkin. Ushbu voqeliklar bizni chetlab
o‘tadi, deb hisoblash o‘zingiz o‘tirgan shoxga bolta urish bilan barobar; biz o‘rtadagi
masofalar tobora qisqarib borayotgan yagona dunyoda yashamoqdamiz,
madaniyatlarning mushtaraklashuvi kun sayin jadallashmoqda. Bugungi kunda Jahon
bankining bosh qarorgohida masjid bo‘lganidek, Makkada Makdonalds yemakxonasi
shoxobchasi faoliyat yuritmoqda. O'zining tarixiy vatanidan G'arb mamlakatlariga kelgan
musulmonlar e'tiqod va tushunchalar borasida o‘zini emin his qilishi mumkin, biroq
yoshlar-chi? Amerika universitetida o‘qiyotgan musulmon tolibi ilmining tafakkurida
qanday o‘zgarishlar yuz beradi? U postmodernizm va poststrukturalizmni, ushbu
mafkuralarning zamonaviy G'arbga, shuning barobarida yangi global tizimga ta'siri
katta ekanini o‘rgana boshlagach, U islom faollari rahbarlariga murojaat etib, uning
ongiga islom nuqtai nazaridan mutlaq haqiqat sifatida singdirilgan qarashlarni rad etish
mumkinmi, yo‘qmi, deb so‘raydi, ular bu qarashlarni dalillar asosida rad etolmagach,
tolibi ilm taraddudlanib qoladi. Uning Islomning vaqt hukmiga bo‘ysunmaydigan haqiqat
ekani xususidagi ishonchiga putur yetadi. Bunday sharoitda faqat aql-zakovati sust
bo‘lgan kishigina musulmon bo‘lib qoladi: bu zamonaviy ilmdan yiroq ayrim faollar ishida
ko‘zga tashlanayotgan dilni xira qiluvchi saralash jarayonidir.
Shuning uchun ham bizning atrofimizda va bizsiz jadallashib borayotgan globallashuv
jarayonlarini tushunish diniy burchimiz, ya'ni
farz
dir.
Ushbu bobda asrimizga xos barcha ilg‘or tamoyillarini islom nuqtai nazaridan tahlil
qilmoqchi emasmiz. Shuning uchun ham biz bu o‘rinda faqat bir nechta masalaga asosiy
e'tiborni qaratamiz. Buning sababi - ularni yechish osonligida emas, aksincha, islom
ummatlarining kelgusi ikki-uch o‘nyillikda duch kelishi muqarrar bo‘lgan muammolar
xususiyatini ochib berishda. Bular demografiya, diniy o‘zgarishlar va atrof-muhit
masalalaridir.
Demografiya masalasi birinchi navbatda e'tiborni talab etadi, chunki u muqarrardir. Aholi
sonining o‘sish tamoyilini anglab olish qiyin emas va bu borada kamida keyingi yuz yillik
statistik ma'lumotlar to‘lib-toshib yotibdi. Lekin bunday hisob-kitoblar faqat biror
falokat, deylik, dahshatli epidemiya, yoki atom, yoxud biologik urushlar ro‘y
bermaguncha ishonchli bo‘lishi mumkin.
Keling, yaxshisi, oddiy raqamlarga bir nazar solaylik: 1880 yilda dunyo aholisining 13,7
foizi musulmonlar edi. 20-asrning 80-yillariga kelib bu ko‘rsatkich 16,9 foizga,
mingyillikning oxiriga kelib esa, taxminan, 21 foizga yetdi. Boshqa dinlarga mansub
XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter
Do'stlaringiz bilan baham: |