Microsoft Word XXI asrda islom ziyouz com doc



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/260
Sana16.03.2022
Hajmi1 Mb.
#497265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   260
Bog'liq
XXI asrda Islom

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
7
aholining o‘sish darajasi barqarorligicha turibdi va, ajablanarlisi shundaki, 1970 yildan 
boshlab dunyodagi dahriylar miqdori bir oz kamaya boshladi.
Bu raqamlar muhim ahamiyatga ega. Bir asr davomida dunyo musulmonlarining soni 
keskin oshib ketdi. Ko‘pchilikning islom diniga o‘tgani ham bunga sabab bo‘ldi, biroq
eng asosiy sabab - tabiiy o‘sishdir. Boz ustiga, musulmon dunyosidagi bunday 
demografik portlash bu dinga e'tiqod qiluvchilar soni kelgusida ham o‘sib borishini 
ko‘rsatadi. Semyuel Hantington «Tamaddunlar to‘qnashuvi» nomli mashhur risolasida 
dunyoda xristianlarning soni kamayib borayotgani va 2025 yilga borib, ular dunyo 
aholisining, taxminan, 25 foizini tashkil etishi haqidagi ma'lumotni keltirgan edi. O'sha 
vaqtga borib musulmonlarning soni dunyo aholisining 30 foizini tashkil etar ekan
[6]
.
Nega aynan bunday hol yuz berayotganini anglash qiyin emas. Amerika va Yevropa 
aholisi jadal sur'atlar bilan keksayib bormoqda. Yangi mingyillikning eng muhim 
ma'naviy muammolaridan biri keksalarni boqish uchun yetarli mablag‘ topish bilan 
bog‘liq bo‘lib qoladi. Bugun kun tibbiyoti erishgan muvaffaqiyatlar o‘rtacha hayot 
kechirish darajasi 70 yoshdan ancha yuqori bo‘lishiga zamin hozirlab bermoqda, biroq 
faol hayot kechirish muddati hali bu qadar tez o‘sgani yo‘q. Tasavvur qiling, 20-asrning 
boshlarida G'arb kishisi o‘rtacha 2 yillik umrini og‘ir xastalik bilan kechirar edi. Bugungi 
kunda bu ko‘rsatkich 7 yilga yetdi. Ivan Ilich isbotlab berganiday, tibbiyot faqat umrni 
uzaytirishi mumkin, biroq u odamning faol hayot kechirish muddatini uzaytira olmaydi. 
Oqibatda munkillab qolgan bunday kishilar salomatligini saqlash jamiyat yelkasidagi og‘ir 
ijtimoiy-iqtisodiy yukka aylanadi. Bunday aholi soni vaqt o‘tgan sayin oshib boraveradi. 
Yaqinda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy sog‘liqni saqlash xizmatidan 
Altsgeymer xastaligi
[7]
ni davolay oladigan dorining retseptini olish mumkin, degan 
xabarni tarqatar ekan, uning narxini faqat ayrim bemorlarning cho‘ntagi ko‘tarishi 
mumkinligini tan oldi.
G'arb aholisi keksayib borayotgan bir paytda islom dunyosida buning butunlay 
teskarisini ko‘rish mumkin. Masalan, Liviya aholisining yarmidan ko‘pi bugungi kunda 20 
yoshga ham to‘lmagan. Bunday manzarani boshqa islom mamlakatlarida ham kuzatish 
mumkin. Ma'lumki, vaqti kelib, ushbu yosh aholi o‘z-o‘zidan ko‘payadi va shu tariqa 
kelgusi ming yillikda ham musulmonlarning soni yanada ortib ketadi.
Shu o‘rinda Hantington tilga olgan yana bir misolga e'tibor qilaylik. Mag‘ribda 1965 
yildan 1990 yilgacha aholi soni 29,8 milliondan 59 millionga o‘sgan. O'sha vaqt 
mobaynida Misr aholisi 29,4 milliondan 52,4 millionga ko‘paygan. O'rta Osiyoda 1970-
1993 yillar oralig‘ida aholining yillik o‘sishi Tojikistonda 2,9 foiz, O'zbekistonda 2,6 foiz, 
Turkmanistonda 2,5 foiz va Qirg‘izistonda 1,9 foiz bo‘lgan. 20-asrning 70-yillarida Sovet 
Ittifoqida demografik muvozanat keskin o‘zgarib ketdi, ya'ni ruslarning o‘sishi 6,5 foiz, 
musulmonlarniki esa 24 foiz bo‘ldi. Bu holni Rossiya imperiyasining inqiroziga olib kelgan 
sabablardan biri deyish mumkin: Moskva musulmonlar ko‘p yashaydigan mintaqalarni 
ular soni xristianlarnikidan ko‘payib ketmasidan burun ajratib tashlashga majbur bo‘ldi. 
Hatto Rossiyaning o‘zida ham musulmonlar (tatarlar, boshqirdlar, chuvashlar, 
shuningdek, O'rta Osiyo va Kavkazdan borib u yerda yashovchilar) ancha ko‘zga 
tashlanib qolgan, ular Moskva va Sankt-Peterburg aholisining 10 foiz ini tashkil etadi.
Bu hol bizga musulmonlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan joylarda aholi sonining o‘sishi 
musulmonlar kam yashaydigan hududlarga ham ta'sir etishini eslatib turadi. Tanzaniya 


XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish