Mikroskopiya



Download 75,15 Kb.
bet3/10
Sana21.09.2022
Hajmi75,15 Kb.
#849659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mikroskopiya

Obyektivlar (lotincha objektum – predmet) – mikroskopning eng muhim, qimmat va nozik qismi. Ular metall gardishga biriktirilgan linzalar sitemasidan iborat bo‘lib, kattalashtirish darajasi va sonlar aperturasi ko‘rsatilgan. Preparatga tekis tarafi bilan joylashgan tashqi linza frontal deb ataladi. Aynan shu linza kattalashgan tasvir hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Boshqa linzalar korreksion linzalar deb ataladi va tekshiriluvchi obyektni ko‘rishida paydo bo‘ladigan optik tasvirlarning kamchiliklarini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Obyektivlar quruq va immersion bo‘ladi. Quruq obyektiv deb obyektiv va frontal linza orasida havo bo‘ladigan obyektivga aytiladi. Quruq obyektivlar ko‘pincha katta fokus masofaga va 8 yoki 40 marotaba kattalashtirish xususiyatiga ega. Immersion obyektivda frontal linza va preparat orasida maxsus suyuq muhit bo‘ladi. SHisha (1,52) va havo (1,0) ning sindirish ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lganligi sababli yorug‘lik nurlarining bir qismi sinadi va kuzatuvchining ko‘ziga tushadi. Buning natijasida tasvir noaniq bo‘lib, maydaroq strukturalar ko‘rinmaydi. Yorug‘lik oqimi sochilishinig oldini olish maqsadida preparat va obyektiv frontal linzasi orasi sindirish ko‘rsatkichi shishaning sindirish koeffitsientiga yaqin sindirish ko‘rsatkichga ega bo‘lgan modda bilan to‘ldiriladi. Bunday moddalarga glitserin (1,47) kedr moyi (1,51), kastor (1,49), anis (1,55) moylari va boshqalar kiradi. Immersion obyektivlar gardishida quyidagi belgilashlar mavjud: Iimmersion (immersiya), HIhomogen immersion (bir jinsli immersiya) IO oil immersion MI – moyli immersiya. Hozirgi vaqtda immersion suyuqlik sifatida ko‘pincha sun’iy mahsulotlar ishlatilib, ular optik xossalari bo‘yicha kedr moyiga mos keladi.
Obyektivlar kattalashtirish darajasiga qarab ajratiladi. Obyektivlarning kattalashtirish ko‘rsatkichi ularning gardishda ko‘rsatilgan (8x, 40x, 60x, 90x). Bundan tashqari, har bir obyektiv ishchi masofasining ma’lum bir kattaligi bilan xarakterlanadi. Immersion obyektiv uchun bu masofa mos ravishda 0,12 mm ni tashkil etsa, 8 va 40 marta kattalashtiruvchi quruq obyektivlar uchun 13,8 va 0,6 mm ni tashkil etadi.
Okulyar (lotincha okularis – ko‘z) ikkita linza- ko‘z (yuqori) va maydon (quyi) linzalardan iborat bo‘lib, ular metall gardishga kiritilgan. Okulyar obyektiv berayotgan tasvirni kattalashtirilgan xizmat qiladi. Okulyarning kattalashtirish darajasi uning gardishida ko‘rsatilgan. 4 martadan 15 martagacha kattalashtiruvchi okulyarlar mavjud.
Mikroskop bilan uzoq davr ishlaganda binokulyar nasadkadan foydalanish lozim. Nasadka qutilari kuzatuvchi ko‘zlari oralig‘i masofasiga bog‘liq holda 55-75 mm oralig‘ida surilishi mumkin. Binokulyar nasadkalar o‘zining xususiy kattalashtirish qobiliyati (1,5 barobar) va korreksion linzalarga egadirlar.

Download 75,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish