Mikroskopiya



Download 75,15 Kb.
bet4/10
Sana21.09.2022
Hajmi75,15 Kb.
#849659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mikroskopiya

Kondensor (lotincha condenso – zichlashtiryapman, quyuqlashtiryapman) 2-3 ta qisqa fokusli linzalardan iborat. U ko‘zgudan kelayotgan nurlarni yig‘ib, obyektga yo‘naltiradi. Predmet stolchasi ostida joylashgan dasta yordamida kondensor vertikal tekislikda harakatlanishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida kondensor ko‘tarilganda mikroskopning yoritilganligini oshiradi va tushirilganda kamaytiradi. Kondensordagi yorug‘lik intensivligini sozlash uchun gulsafsar (yaproqli) diafragma qo‘llaniladi. U po‘lat o‘roqsimon plastinkalardan iborat. To‘liq ochilgan diafragmada bo‘yalgan preparatlarni, diafragma tirqishi kichikligida esa bo‘yalmagan preparatlarni ko‘rish tavsiya etiladi. Kondensor ostida kamroq kattalashtiruvchi (8 yoki 9 marta) obyektivlar bilan ishlashda qo‘llaniladigan to‘g‘incha joylashtirilgan ochiluvchi linza mavjud.
Ko‘zgu ikkita nur qaytaruvchi tekislikka (tekis va botiq) ega. U shtativ asosida sharnirlarga mahkamlanib oson buraladi. Sun’iy yorug‘likda ko‘zguning botiq tarafidan, tabiiy yorug‘likda tekis tarafidan foydalanish tavsiya etiladi.
Yoritkich yorug‘likning sun’iy manbasi vazifasini bajaradi. U shtativga mahkamlangan past voltli qizdiruvchi lampa va kamaytiruvchi transformatordan iborat. Transformatorda lampaning qizdirishini boshqaruvchi reostat dastasi va yoritgichni yoqish uchun xizmat qiluvchi tumbler mavjud.
Ko‘p zamonaviy mikroskoplarda yoritkich asosga biriktirilgan.


1.2. Yorug‘lik mikroskopining asosiy xarakteristikalari
Obyektivning son aperturasi A (lotinchada aperture – tirqish) uning yorug‘likning yig‘ish xususiyatini xarakterlaydi va quyidagicha formula bilan aniqlanadi:
A=nsin1/2,
Bu yerda n – predmet shishasidan obyektivning frontal linzasi va predmet shishasi
Orasidan o‘tayotgan yorug‘lik nurining sindirish ko‘rsatkichi; a-bir tomoni optik o‘q bilan, boshqa tomoni obyektivdan chiqayotgan effektiv nurlarning obyektivning ishlayotgan tirqish chegarasini biriktiruvchi chiziq bilan hosil qilingan; 1/2-obyektivning kirish tirqishi burchagining yarmi;
Yorug‘lik nurining sindirish ko‘rsatkichi n maksimal bo‘lishi muhimdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, uni kattalashtirish uchun obyektivning frontal linzasi va predmet shishasi orasiga shishaning sindirish ko‘rsatkichiga yaqin sindirish ko‘rsatkichli modda kiritiladi. Sin 1/2 ning qiymatini oshirish uchun kondensorni maksimal darajada ko‘tarish kerak. Kondensor pastga tushirilsa, uning bu xususiyati buziladi.
Obyektivning son aperturasi va kattalashtirish xususiyati uning gardishida ko‘rsatilgan: 8x0,2; 40x0,65; 90x1,25.
Mikroskopning kattalashtirish qobiliyati (D) okulyarning kattalashtirishi (K) va obyektivning kattalashtirishi (V) ning ko‘paytmasiga teng:
D=KV.
Nazariy jihatdan mikroskop 2000 va undan ortiq marotaba kattalashtirishi mumkin. Lekin mikroskopning foydali va foydasiz kattalashtirishini farqlash lozim. Obyektni chegaraviy ko‘rish burchagi ostidan ko‘rishga imkon beruvchi kattalashtirish foydali kattalashtirishdir. Oddiy yorug‘lik mikroskoplarining foydali kattalashtirish chegarasi 1400 gacha. Foydali kattalashtirishning chegaralarini oshirishda yorug‘likning to‘lqin tabiatiga bog‘liq bo‘lgan difraksiya va boshqa hodisalar vujudga keladi. Xususan, 40x kattalashtirish darajasi va 0,65 son aperturasiga ega obyektivning foydali kattalashtirishi 325-650 ni tashkil etadi. Bunday kattalashtirish bu obyektiv ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan barcha strukturalarni ajratish imkonini beradi.
Shuning uchun foydali kattalashtirish chegarasida ko‘rish uchun 40x obyektiv bilan ishlashda 15x okulyarni tanlash kerak. Kuchliroq okulyarlarning qo‘llanishi kichikroq detallarni ko‘rish imkonini bermaydi.
Agar obyektiv 90x kattalashtirish xususiyatiga ega bo‘lsa (son aperturasi A=1,25), u holda u uchun foydali kattalashtirish 1250 ga teng. Demak, ushbu holda ham foydali kattalashtirish chegaralaridan chiqib ketmaslik uchun 15x dan ortiq kattalashtiruvchi okulyarlarni olmaslik kerak.
Mikroskopning ajratish qobiliyati. Agar mikroskopning kattalashtirish qobiliyati obyektiv va okulyarga bog‘liq bo‘lsa, ajratish qobiliyati asosan obyektiv va kondensor bilan aniqlanadi. Ajratish qobiliyati deb quyidagi formula orqali hisoblasa bo‘ladi:

Download 75,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish