Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik” kafedrasi



Download 3,31 Mb.
bet6/36
Sana26.09.2022
Hajmi3,31 Mb.
#850361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Kompozitsiya UMK 3 lot (4)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Uyda
LABORATORIYA ISHI

Mavzu: Turli kompozitsion vositalarini qo’llab liboslar to’plamini yaratish.
Laboratoriya ishining maqsadi: Turli kompozitsion vositalarini qo’llab liboslar to’plamini yaratishni o’rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: Plastik xususiyatli materiallar, turli qalamlar, A4 formatda list, chizg‘ich, lekalo, o‘chirgich, kompyuter, proektor.
Topshiriq

  1. Turli kompozitsion vositalarini qo’llab liboslar to’plamini yaratish.

  2. Turli kompozitsion vositalarini qo’llab model eskizlarini yaratish.


Uyda: Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tayyorlang.
Asosiy ma’lumotlar
Kompozitsiya vositalari, kiyimdagi mutanosiblik, proporsiya, kiyimning shakli, rang turlari, Kompozitsiya vositalari orasida proporsiyalarni, o‘lcham nisbatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish kerak - butun kompozitsiyani ko‘rishning asosi mana shudir.
Shaklning bo‘laklardan iboratliligi odam gavdasi tuzilishining murakkabligidan, uning qaddi – qomati tuzilishidan, necha yoshdaligidan, materialning xarakteridan va kiyimning tikilish texnologiyasidan, modaning nimaga mo‘ljallanganligi va yo‘nalishi qandayligidan kelib chiqadi.
Kiyimdagi mutanosiblik – proporsiya kiyim alohida qismlardagi mos o‘lchamlarning bir – biriga, hamda odam gavdasidagi mos o‘lchamlarga bo‘lgan nisbatidir.
Tasvirlangan buyumni uning proporsiyasiga qarab, ya’ni buyum qismlari uzunligining kengligiga nisbati orqali bilish mumkin. Har qanday buyum faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ma’lum proporsiyalarga, buyum qismlari kattaliklarining bir-biriga va butun buyumga nisbatan o‘lcham nisbatlariga ega bo‘ladi. Buyumni bilishda na uning shakli, na rangi yoki materiali proporsiya kabi shunchalik katta rol o‘ynamaydi. Rasm chizishda proporsiyani his etish eng asosiy muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
Proporsiyaning buzilishi rasm xaqiqiyligini buzadi. Har qanday murakkab shaklga turli nuqtalardan qaraganda u turlicha qabul qilinadi. Lekin unga qay tomondan qaraganga va qaysi ko‘rinishda tasvirlanganiga qaramay, shakl asl holdagi proporsiyasi va xarakteriga mos bo‘lishi va aniqlanishi lozim.
Ko‘zaning turli ko‘rinishdagi rasmlaridan buyumni bilishimiz, tasavvur qilishimiz va unga xos bo‘lgan proporsiya va shaklni aniqlashimiz mumkin. Agar buyum qismlarining o‘zaro nisbati rasmda noto‘g‘ri tasvirlangan bo‘lsa, perspektivada uning to‘g‘ri chizilganligi, yoki soyasi va rangi a’lo darajada bajarilganligi ham tasvimi haqiqiy qila olmaydi.

33 - rasm. Ko‘zaning turli xil ko‘rinishi
Rasmda buyum proporsiyasini aniq topish rasm soluvchi ko‘zining o‘lchash (chamalash) qobiliyatiga bog‘liq. Ko‘z bilan o‘lchash qobiliyati naturadan (aslidan) sistemali ravishda rasm chizish mobaynida asta-sekin rivojlanadi. Buyumlar guruhini chizishda murakkabroq masalani echishga — buyumlar guruhi proporsiyasini topishga to‘g‘ri keladi. Bu holda buyumlar qismlari va kattaliklarini kuz bilan chamalab taqqoslash usuli ishlatiladi. O‘lchov birligi sifatida shu guruhdan biron buyumning kattaligi olinadi.
Kanday proporsional nisbatlarni tanlash kiyimga qo‘yiladigan funksional talablarga bog‘liq. Shuning uchun hamma hollarda bir xilda yaxshi bo‘laveradigan qandaydir proporsiya bo‘lishi mumkin emas. Proporsiya tanlash kishi gavdasining xususiyatlariga ham - uning bo‘yi, to‘laligi, qomat rasoligi tuzilio‘iga va albatta, yoshiga ham bog‘liq.
Kiyimning shakli har xil bo‘linishlarga ega bo‘lishi mumkin, buni odam tanasi shakliga, material strukturasiga va tikuv buyumining texnologiyasiga, kiyimning vazifasiga va ungaqo‘yiladigan talablarga bog‘liqligi bilan tushuntirish mumkin.




  1. Download 3,31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish