Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik” kafedrasi



Download 3,31 Mb.
bet9/36
Sana26.09.2022
Hajmi3,31 Mb.
#850361
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
Kompozitsiya UMK 3 lot (4)

LABORATORIYA ISHI

Mavzu: Tabiat shakllarini transformatsiyalash usullaridan foydalanib kostyum shakllarini ishlab chiqish.
Laboratoriya ishining maqsadi: Tabiat shakllarini transformatsiyalash usullaridan foydalanib kostyum shakllarini ishlab chiqishni o’rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: Plastik xususiyatli materiallar, turli qalamlar, A4 formatda list, chizg‘ich, lekalo, o‘chirgich, kompyuter, proektor.
Topshiriq

  1. Tabiat shakllarini transformatsiyalash usullaridan foydalanib kostyum shakllarini ishlab chiqish.

  2. Tabiat shakllaridan foydalanib model eskizlarini yaratish.

  3. Barg va gullardan foydalanib model eskizlarini ishlab chiqish.

Uyda: Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tayyorlang.
Asosiy ma’lumotlar
MANZARA KOMPOZITSIYASI
Bizni o‘rab turgan tabiat cheksiz rang-barang va go‘zal. Quyoshning yog‘dusi ranglar olamiga beqiѐs garmoniya ato etadi. U doimo, uzluksiz qishu-yozda ham, bahor va kuzda ham tabiatning yuzini ochadi.
Qorli to‘fonlardan so‘ng o‘rmondagi qish manzaralari ham mo‘jizaviydir. Boshlariga oq telpaklarini kiygan daraxtlar, juda maftunkor, erlarda va dalalarda oq, kristallsimon marvariddek yaltiraydi.
Bahorda esa, tabiatning ranglari tez va betakror o‘zgaradi. Garchi qorlar tugamagan bo‘lsada, uning tagidagi dastlabki ilk o‘simliklar - boychechaklar bosh ko‘taradi.
Yoz keladi. Dalalarda zangor, safsar, binafsha rangli kamalak to‘lqini barq uradi.
Kuz esa oltin. Chinakam oltin. Za’faron barglar ichki armonni eslatadi. Va lekin hayot, tabiat go‘zallikka boy. U davom etadi.
Zamonaviy manzara, oddiy va lekin mislsiz ko‘ngilga yaqin, qadrdon. Kanallar qazilgan, sun’iy dengizlar qurilgan, elektr tarmoqlarini soch kabi cho‘zilganligi, neft ustunlari, ulkan yangi qurilishlar va hokazo, ko‘plab, ona yurtning qiѐfasini ko‘rsatuvchi belgilardir.
Inson uchun tabiatdan zavq olish, tabiat qo‘ynidachalik bo‘lmasa ham, inson nafaqat tabiatning eng chiroyli holatlarini sezish bilan birga, balki uning ma’yusona ko‘rinishlarini ham idrok etadi. Manzara inson ruhini mustahkamlaydi, uning qalbini boyitadi. Va qaysiki inson haѐtni sevar ekan, rassomlar tabiatni tasvirlashga urinaveradilar.
Ayrimlar manzarani tasvirlash uchun yaxshi ko‘rinishli joy tanlashgina kifoya qiladi deb o‘ylaydilar. Bu noto‘g‘ri fikr, rassom tabiatni ko‘rinishidan nusxa olmaydi, u tabiatning ifodali obrazini yaratadi. Manzara o‘zida kayfiyatni berishi, o‘zida ma’lum mazmun va g‘oyani aks ettirmog‘i kerak.
P.Jalilovning «Abadiy uyquda» kartinasi uning tabiatni chuqur bilishi natijasi o‘laroq yaratilgan. Abadiy ulug‘ va shiddatli bulutlar to‘foni, va kichik mozordagi qo‘sh daraxt, bularni barchasi tomoshabinga ta’sir qiladi. Hayotning mohiyati haqida chuqur falsafiy o‘ylarga olib keladi, tabiatning abadiyligi haqida fikr uyg‘otadi. Rassomning tabiatni yaxshi bilishi, tushunishi, keng va bepoѐnligidan ta’sirlanishi uning uchun umumlashma obraz yaratishga olib kelgan va o‘zining murakkab tug‘yonli mulohazalarini ifoda etishga imkon bergan.
Rassom kartina kompozitsiyasi ustida ishlar ekan, unda favqulotda va ortiqcha detallarni olib tashlashga, umumlashgan shakllar orqali umumiy rang gammasini, kayfiyatini, mazmuni va g‘oyasini ifoda etishga urindi.
Rassom B.V.Ioganson tabiat go‘zalligini berish, uning mohiyatini ifodalash to‘g‘risida qayg‘urib ѐsh rassomlarga qat’iy ta-yinlab shunday deydi: «Barcha ortiqchaliklar olib tashlangandan so‘ng, garmoniya va tabiatning musiqaviy halati qoladi. Xuddi shugina insoniyatning yurak torlariga ta’sir etadi»
Manzara ustida ijodiy ish olib borish kompozitsion izlanishlar va ko‘plab etyudlar ѐzishni talab qiladi. Etyudni kartinada takror qilish yaramaydi, chunki etyud asar g‘oyasiga to‘liq mos kelmasligi mumkin. Rassom asta-sekin o‘ylangan obzor va manzaraning asosiy detallari shaklini, koloritning holatini topib boradi.
Manzara ustida ishlashning rangtasvirni boshqa janrlari bilan umumiy tomonlari ham bor. Xuddi boshqa erdagidek manzarada ham mavzu tanlash, mazmunni topish, asar o‘lchami va formatini aniqlash, qismlarning o‘zaro bir-biriga aloqadorligini topish, tasvirning yaxlitligi va birligiga erishish nazarda tutiladi. Kompozitsiyaning ko‘rish qonunlari manzara uchun ham ishlatiladi.
Biroq, manzara kompozitsiyasi ayrim o‘ziga xosliklarga ham egadir.
Manzara uchun xarakterli xususiyatlardan biri bu katta fazoviy kenglik zarurligidir, natijada shuning ichidan fazoviy planlar va tasvirning fazoviy ketma-ketligi kelib chiqadi.
Birinchi plan, manzaraning g‘oyaviy mazmunini ochib berishga va masshtabli idrok etishga, manzara qismlarini tonal va kattalik jihatdan to‘g‘ri tasavvur berishga ѐrdam beradi.
Manzarani qurishda er va osmonni o‘zaro o‘lchamli va maqsadga muvofiq joylashtirib olish katta ahamiyatga egadir. Har bir qismning o‘lchamlari u ѐki bu fikrni plastik tarzda ifodalashda rassomning maqsadiga ko‘ra mazkur o‘lka uchun xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatishda zaruriy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Yana shuni ham xal etish zarurki, manzaraning asosiy ob’ektlarini tonal va rang munosabatlarini ifodalash va shuningdek, shu ikki asosiy tushuncha ichidagi boshqa katta planlarni nisbatlarini ham hal etib olish zarur bo‘ladi.
Bunda, erda: o‘rmon, daryo, alohida qishloqlar, qurilishlar, osmonda bulutlarni va ulardagi ѐrug‘ soyalarni nazarda tutilmoqda. Bu ob’ektlarning tus va rang tovlanishlari yaxlit garmoniya ѐki uyg‘un kolorit hosil qilishi zarur. Manzarada qanday ranglar ishlatilmasin, ular yagona rang gammasidan chiqib ketmasligi kerak. Agarki, manzaraning ranglari umumiy gammaga bo‘ysunmay oldinga chiqib ketar bo‘lsa, bunda tarkibiy garmoniya buzilgan hisoblanadi. Manzara kompozitsiyasida manzara hosil qiluvchi borliqni muvozanati, turli och va to‘q siluetli ob’ektlarni ritmik takrorlanishi ham muhim rol o‘ynaydi. Manzarada ob’ektlarni faqat o‘nga ѐki chapga joylashtirib qo‘yishi yaramaydi. Xolat yuzasida ularni katta yoki kichik muvozanat bilan joylashtirishga xarakat qilish lozim.
Manzarada ob’ektlarni qat’iy simmetrik xolda joylashtirish tavsiya etilmaydi. Chunki aniq simmetriya tabiiy ko‘rinmaydi. Manzara kompozitsiyasida ko‘rish nuqtasini tanlash ham asosiy kompozitsion echimga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Gorizont past olinganda, oldingi plan predmetlari ulug‘ va viqorli ko‘rinadilar. Boshqa xollarda gorizontning yuqori olinishi yaxshi natija beradi: bunda manzara keng, chuqur va cheksiz ko‘rinadi. Manzara ustida ishlash qo‘yidagi bosqichlarda olib boriladi:
1. Qalamda eskiz bajarish;
2. Manzaraning g‘oyasi va mazmuniga javob beruvchi naturadan qoralama va etyudlar bajarish;
3. Tonal rang eskizlari ustida ishlash;
4. Kompozitsiyaning haqiqiy kattaligida (kartonda) eskiz bajarish.
Rangdagi eskiz etyudning qandaydir takrorlanmasi emas, balki rassomning kuzatishlari va ta’sirlanish natijasidagi o‘ylarining tanlab olingan ko‘rinishi echimi bo‘lishi darkor. Unda asarning obrazli shakldagi g‘oyasi, tasvirlanaѐtgan ob’ektga Rassomning munosabati aks etmog‘i zarur. Manzara kompozitsiyasida yoritilganlik holati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Manzaraning rangli qurilishi va uning koloriti bu holatga bo‘ysunishi kerak.
Eskizdan so‘ng rang bilan natural kattalikda yakuniy eskiz bajariladi. Manzaraning chiziqli tasviri kartondagi ishning eng ma’suliyatli bosqichidir. Kartonda ma’lum formatda kompozitsion joylashtirishning masalasi uzil-kesil hal etiladi, chiziluvchi detalning qismlari joylashishi va o‘zaro munosabatlari (nisbatlari) hal etiladi. Bu ish jaraѐnida kartinaga material yig‘ish, manzaraning alohida qismlarini naturadan qo‘shimcha chizgilar qilinadi. Etyud-material rassom uchun kartinaga mexanik tarzda olib o‘tish uchungina emas, ijodiy maqsadni amalga oshirmoq uchun ѐrdam beruvchi naturaviy ma’lumotnoma hisoblanadi

Download 3,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish