Milliy meros va qadriyatlar



Download 2,16 Mb.
Sana13.07.2022
Hajmi2,16 Mb.
#788298
Bog'liq
Миллий мерос


Termiz davlat unikersiteti Iqtisodiyot va turizm fakultetining “Milliy meros va qadriyatlar” mavzusida yig‘ilish
BAYONNOMASI


Qatnashdilar: Iqtisodiyot va turizm fakulteti Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinboasri O.Aliyarov, Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutorlar jamoasi hamda talabalar.


KUN TARTIBI:



  1. Milliy meros va qadriyatlari” mavzusida davra suhbati.



Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutori O.Aliyarov kirish so‘zi bilan davrani ochib berdi va o‘z so‘zida «Qadriyat» tushunchasi - juda keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi - 
ma`naviy qadriyatlardir. Milliy-ma`naviy qadriyatlar - «milliylik», «Ma`naviyat» 
«qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga
oladi. «Milliy ma`naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish 
mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan, 
manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma`naviy boyliklar, amallar va tamoyillar
g`oyalar va me`yorlar milliy ma`naviy qadriyatlardir.
Har bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari 
bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham 
o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan 
durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy 
piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbeklar Samarqandu Buxoro va Xiva 
bilan haqli ravishda faxrlanadilar. 
Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy merosi, san`ati va adabiyoti bilan bir 
qatorda ularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari 
ham ma`naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab 
qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol’ 
o`ynaydi.
Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga xos 
mezon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, 
yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. YOsh 
avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamon qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham 
ma`naviy qadriyatlardan kelib chiqib shakllanadi. 
Milliy g`oyani ob`ektiv anglashda qadriyatlar va ma`naviyat olamini bilish va 
uni amaliy o`rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va 
ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, 
ijtimoiy va ma`naviy taraqqiyotga ta`sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.
Qadriyat turlari:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar.
2. An`analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo`ladigan axloqiy
qadriyatlar.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat 
malakalari va ko`nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste`dodlarida namoyon 
bo`ladigan qadriyatlar.
4. Odamlar o`rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikka 
asoslangan munosabatlarda namoyon bo`ladigan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog`lik bo`lgan
qadriyatlar.
Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o`rganish mumkin: 
1. Umuminsoniy qadriyatlar.
2. Mintaqaviy qadriyatlar.
3. Milliy qadriyatlar.
4. Diniy qadriyatlar.
Milliy g`oya va ma`naviy qadriyatlarning uzviy bog`liqligi. Milliy ma`naviy 
qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomil-lashtirish, davlat va millat rivojiga 
to`g`anoq bo`ladigan salbiy illatlarni bartaraf etish omilidir. Milliy g`oya va ma`naviy 
qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o`zaro ta`sir mavjud bo`lib, bu quyidagilarda 
o`z ifodasini topadi: 
1. Milliy qadriyatlar milliy g`oya uchun ma`naviy negiz, manba bo`lib xizmat qiladi. 
2. Milliy g`oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko`tarish, odamlar 
ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo`lib hisoblanadi. 
3. Milliy g`oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma`naviy 
qadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkor 
etishning ma`naviy mezoni bo`lib maydonga chiqadi. 
Ma`naviyat, qadriyatlar va milliy g`oya - jamiyat hayotining juda murakkab va 
serqirra, o`zaro uzviy aloqadorlikda bo`lgan sohalaridir. SHaxs hayotida, umuman 
insoniyat taraqqiyotida, millat va davlat taraqqiyotining ma`lum davrlarida 
ma`naviyat va milliy g`oya eng dolzarb, hal qiluvchi omil bo`lib maydogan chiqadi. 
Demak, qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma`naviy, milliy, 
mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar jamiyat hayotining sohalari bo`yicha: 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos 
keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo`lish vosita-laridir 
(masalan, hayotda kerak bo`ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat 
qiladigan, o`zi yaratgan, suyanadigan va qo`llab-quvvatlaydigan qadriyatlar 
dunyosining kengayishi, boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o`zining 
kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun`iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz 
yaratayotgan ushbu moddiy va ma`naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi 
qadriyatlardir. Milliy g`oyaga asoslangan qadriyat-lar va qadriyat mezonlari 
kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish va to`g`ri yo`naltirishga xizmat 
qiladi. Bunday o`ziga xos boshqarish-ning samaradorligi kishilarimizning milliy 
g`oya bilan bog`liq qadriyatlar olamini bilishga bog`liq.
Hozirgi zamonda ilg`or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham 
inson qadrini nechog`li yuksaklikka ko`tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi 
tub o`zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu 
tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligiga 

asoslangan yangicha dunyoqarash, sog`lom tafakkurning shakllanishi katta 


ahamiyatga ega.
Odamlar ongida milliy g`oyaga asoslangan mustaqillik, ma`naviy va axloqiy 
qadriyatlarni rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg`otish va tiklash jamiyat 
barqaror rivojlanishining muhim sharti va kafolatidir. Prezident Islom Karimov 
o`zining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari» asarida milliy g`oya bilan bog`liq bo`lgan ma`naviy 
qadriyatlar va milliy o`zlikni anglashning tiklanishi xususida batafsil ma`lumotlar 
bergan. 
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma`naviy merosi ming yillar mobaynida 
SHarq xalqlari uchun qudratli ma`naviyat manbai bo`lib xizmat qilgan. Uzoq yillar 
davomida totalitar tuzumga qaramay o`zbek xalqining madaniy qadriyatlari, 
an`analari saqlanib qolindi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar 
davomida yaratilgan bebaho ma`naviy, madaniy merosimiz davlat siyosatining 
muhim vazifalaridan biri bo`lib kelmoqda.
Bayonlashtiruvchi R.Baymirzaeva


Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish