Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya yo



Download 44,23 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi44,23 Kb.
#902581
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
3. Ilg\'or pedagogik texnologiyalar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
AMALIY PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
U
MUMIY PEDAGOGIKA FANIDAN


REFERAT

Mavzu: Ilg’or pedagogik texnologiyalar

Bajardi: Fayziyeva Asila


Qabul qildi: E.Ro’zmatov

Toshkent -2022
Reja:
1. Pedagogik texnologiya nima?
2. Pedagogik texnologiyalarning turlari, maqsad va vazifalari.
Bugungi jamiyatda har tomonlama etuk, barkamol shaxslar kerak ekan, ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bunday shaxslarni tarbiyalashda katta imkoniyatlar ochib bermoqda.
“Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o`z yo`liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”,-deyiladi. Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida so`zlagan nutqida. Darhaqiqat, hozirgi ta`lim oldida turgan eng muhim vazifalardan biri o`quvchilarni mustaqil fikrlay oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. Xususan, yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng qulay va serunumini tanlay olish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an`analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o`rni hamda imkoniyatlari benihoya katta. Shu ma`noda, hozirgi davr ta`limi oldida turgan dolzarb vazifa haqida muammolarni to`g`ri anglash va amaliyotga joriy etish mas`uliyati mavjuddir. Bu masalalar o`z o`rnida ta`lim mazmuniga yangi pedagogik texnologiyalarni singdirish va joriy etish orqali amalga oshiriladi.
Yangi pedagogik texnologiya “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida olib borilayotgan tub islohotlar asosiy yo`nalishlarining bosh harakatlantiruvchi kuchidir. Yangi pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, bunda 3-ming yillikdan tub burilishlar, o`qituvchi faoliyatini yangilab, o`quvchilarda hur fikrlilik, mustaqillik, bilimga chanqoqlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma`naviy va ruhiy barkamollikni tizimli ravishda shakllantiriladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko`lamli, serqirra tushuncha bo`lib, u ta`lim – tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega.
Ta`lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya`ni texnologiyaga aylanib bormoqda. Shu asosda ta`lim-tarbiya sohasida so`nggi davrda pedagogik texnologiyaga amal qila boshladi.
Istiqlol mavkurasi va sharqona pedagogikaga yo`g`rilgan ta`limning milliy modeliga mos o`zbek maktabini yaratish, yangicha tafakkur va dunyoqarash, milliy g`oyani shakllantirish hamda mustaqil yurtimiz xalq ta`limini jahon andozalari darajasiga ko`tara borish uchun ilmiy asoslangan pedagogik texnologiya zarurati tobora sezilmoqda.
Shuningdek, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ham ta`lim tizimiga ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish zarurligi ta`kidlanadi. Pedagogik texnologiyalar o`zi nima?
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo`lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o`tib kelmoqda.
Dastlab bu tushuncha 1940 yillarda 50-yillar o`rtasigacha “ta`limda texnologiya” deb qo`llanilib, o`quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
Pedagogik tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSh da qo`llana boshlagan. Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta`lim texnologiyasi” ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o`qitishga nisbatan qo`llangan edi.
Pedagogik texnologiya o`quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimlm kategoriyadir.
“Texnologiya” fanga 1872 yilda texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda Rossiyada kirib kelgan. 1940 yil esa AQShga kirib kelgan. AQSh da 1971 yil Kommunikatsiya va texnologiya Assocasiyasi tashkil topdi. 1961 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya” jurnali, 1971 yildan “Audio vizual ta`lim” hamda “Audiovizualli kommunikaciya bayoni” nomli jurnallar chop etila boshladi.
Angliyada 1967 yil pedagogik texnologiya milliy kegashi tashkil topdi. 1964 yildan “Pedagogik texnologiya va dasturli ta`lim”, 1970 yildan boshlab “Pedagogik texnologiya” nomli jurnallar chop etila boshladi.
Yaponiyada 1965 yil “Pedagogik texnologiya” markaziy kengashi tashkil etildi va shu yillarda “Pedagogik texnologiya”, “Pedagogik texnologiya tadqiqotlari” bo`yicha jurnallar chop etila boshladi.
Italiyada 1971 yil “Pedagogik texnologiya milliy markazi” tashkil etildi va shu yildan boshlab “Pedagogik texnologiya” jurnali chop etila boshladi.
Vengriyada 1973 yildan boshlab o`qitish texnologiyasi davlat markazi tashkil etildi.
“Texnologiya” yunoncha so`z bo`lib, texnos - “san`at”, “mahorat”, “hunar” logiya - “fan”, “ta`limot” ma`nolarini bildiradi. Bir so`z bilan aytsak, “texnologiya”-“mahorat fani” degan ma`noni bildiradi. “Pedagog” esa boshqaruvchi, etaklovchi ma`nolarini beradi. Aniqroq aytadigan bo`lsak :
Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material o`quvchi (ta`lim oluvchi) ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib ularga o`qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma`lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta`sirlar o`tkaziladi.
Pedagogik nuqtai nazardan texnologiya bu shaxsni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o`zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta`minlaydigan pedagogik faoliyatdir. “Texnologiya” tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta`sir etish kuchiga ega bo`lib, erkin ijod qilishga undaydi.
Pedagogik texnologiyaga “yangi so`zi”ni ishlatish “eski”ning samarali tomonini olib, ta`lim-tarbiya jarayonini loyihalashda yangicha texnologiya asosida barkamol etuk shaxslarni etkazib berish tushuniladi.
Oradan vaqt o`tishi davomida shu ifodalarni qo`llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma`nolari ham tegishlicha o`zgarib bordi. Hozirda kelib esa pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta`rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi.
50-yillar o`rtasidan 60-yillargacha “ta`lim texnologiyasi” ifodasi qo`llanilib, bunda programmalashtirilgan ta`limni nazarda tutilgan.
70-yillarda “pedagogik texnologiya” ifodasi qo`llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.
XXI asr ta`lim jarayonidagi muammo-o`quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o`quvchilarning ongiga yangi materiallarni chuqur singdirish, ularda mustaqil fikrlashga, izlanishlariga qiziqish uyg`otishdir.
Bizga ma`lumki, “pedagogik texnologiya” atamasi XX asrning 50-yillarida ommalashib, uning ahamiyati YuNESKO darajasida e`tiborga olingan. Rus olimlari B.P.Besbal`ko, M.V.Klarin va boshqalarning say-harakati bilan 90 yillarning oxiriga kelib Rossiyada ham pedagogik texnologiyaga qiziqish ommalashib bordi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 2000 yillarning boshlarida pedagogik texnologiya tushunchasi muammo sifatida talqin qilina boshlandi.
Bir qancha mamlakatlar pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta`lim jarayonida qo`llash borasida samarali natijalarga erishmoqda. Pedagogik texnologiyalarning turlari ko`p bo`lib, ular mohiyati, o`ziga xos xususiyatlari va o`quv materiallari, o`quv jarayonini tashkillashtirish usullari bilan bir-biridan farq qiladi.
Umuman olganda, har bir pedagogik texnologiya o`qituvchi va o`quvchi munosabatini, darsdan kutiladigan natijaning qanday bo`lishi haqida oldindan tasavvur eta olish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o`z navbatida har bir darsni tahlil qilib, o`qituvchi va o`quvchi tomonidan yo`l qo`yilgan kamchilarning keyingi darslarda oldini olishga yordam beradi.

Pedagogik texnologiya ko`rinishlari


Pedagogik faoliyatda “texnologiya” atamasining qo`llana boshlashi bilan pedagogik amaliyot, uning nazariy jihatlari hamda ular haqidagi bildirilayotgan mulohazalar birmuncha yuqori ilmiy darajaga ko`tarilmoqda.
Pedagogik texnologiya – hozirgi zamondagi didaktika va pedagogika taraqqiyotining mahsuli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo`lgan hamda takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo`nalishlari bo`yicha amaliy vazifalarni yanada yuqoriroq darajada amalga oshirish yo`lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin.
Shu nuqtai nazarlardan pedagogik texnologiyani avvalo hozirgi pedagogika fani taraqqiyoti natijasida hosil bo`lgan yangi yo`nalish deb hisoblagan holda uning o`ziga xos bo`lgantamoyillari, qoidalarini chuqur o`rganib borish va provardida qonuniyatlarini aniqlash yo`lidagi muammolarni echish lozimligi ko`rinib turibdi.
Pedagogik texnologiya avvalo ta`lim-tarbiyani yanada rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish yo`lidagi insonlar (pedagoglar, ota-onalar, jamoatchilik) faoliyatidan iborat ijtimoiy hodisa hisoblanishi lozim.
Har qanday ijtimoiy hodisalar kabi pedagogik texnologiyani ham ilmiy jihatdan fan sohasi mavjud bo`lib, uni pedagogik texnologiya fani deb nomlanadi. Shu pedagogik texnologiya fani o`z navbatida zamonaviy ta`lim-tarbiyaning eng maqsadga muvofiq yo`llari va usullarini tadqiq qiluvchi nazariy fan hamda o`quv fani turlariga ajraladi.
Shu bilan birga pedagogik texnologiya amaliy faoliyat yo`nalishi sifatida o`quv-tarbiya jarayonida qo`llaniladigan tamoyillar, algoritmlar va boshqaruv tizimi hamda bevosita ta`lim-tarbiya jarayonini o`z ichiga oladi.
Pedagogik texnologiya nazariy fan sifatida pedagogika fanining alohida yo`nalishini tashkil qiladi. O`z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasini va boshqa nazariy asoslariga ega. O`z muammolarini hal qilishda boshqa ko`p fanlar bilan bog`liqliklariga ega.
Pedagogik texnologiya nazariy fan sifatida ta`lim-tarbiya sohasida kafolatli natijaga erishish berish darajasini oshirish muammolarini tadqiq qilish bilan shug`ullanadi.
O`quv fani ko`rinishida pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy hodisa, nazariy fan, ta`lim –tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari, aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida turli ta`lim muassasalarida belgilangan o`quv dasturi asosida o`rgatishdan iborat.
Ta`lim-tarbiya tizimi ko`rinishida pedagogik texnologiya belgilangan ta`lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi moddiy ta`minot va ma`navi qadriyatlardan iborat. Bunga o`quv reja, dasturlar va didaktik vositalar ham kiradi. Bu tizim boshqa tizmlar kabi tegishlicha maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassislar mehnati orqali faoliyat olib boradi.
Hozirda bu tizim uzluksiz ta`lim bosqichlaridan tashkil topgan. Uzluksiz ta`limning hamma bosqichlarida pedagogik texnologiyalar joriy qilinishi bilan bu tizimning to`liq shakllanishi amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyani ta`lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarining faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish bo`lib, asosan quyidagilardan tarkib topgan.
-ta`lim-tarbiya berish;
-axborotlarni avloddan-avlodga o`tkazish;
-mustaqil farqlashga o`rgatish;
-bilim, ko`nikma malakalarni o`rgatish va o`zlashtirishga erishish;
-turli metodikalarni qo`llash va takomillashtirish;
-diagnostika, monitoring olib borish;
-insonparvarlik, xalqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;
-o`quvchining tayyorgarlik darajasini, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigienik talabalarni hisobga olish;
-ta`lim menejmenti, marketingni talablari va xulosalarni, ijtimoiy motivlarni hisobga olish;

Download 44,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish