Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish



Download 0,93 Mb.
bet1/14
Sana14.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#551162
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-dars-1


Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kovalent bog‘lanishning donor-akseptor mexanizmi.

Kimyoviy bogʻlanishning umumiy tavsifi


Modda tarkibidagi atom, ion, molekulalarni ushlab turuvchi kuch kimyoviy bogʻlanish deyiladi.
Kimyoviy bogʻlanish elektrostatik tabiatga ega boʻladi. Manfiy zaryadli elektronlar va musbat zaryadli yadro orasida oʻzaro tortishuv boʻladi, bu tortishuv kuchi atomning tashqi pogʻonasidagi elektronlarining tuzilishiga bogʻliq.
Masalan; inert gazlar tugallangan (barqaror) tashqi elektron qobiqqa ega boʻlganligi uchun ular qiyinchilik bilan kimyoviy bogʻlanish hosil qiladi.
Kimyoviy bogʻlanish natijasida hosil boʻladigan moddalarning umumiy energiyalarining yigʻindisi boshlangʻich moddalarning umumiy energiyasidan kichik boʻlgandagina yangi moddalar hosil boʻladi.
Atomlar orasida kimyoviy bogʻlar hosil boʻlganda atomlarning elektron qobiqlari, elektron bulutning shakli oʻzgaradi va elektron atomlar orasida qayta taqsimlanadi.
Turli moddalarda elektronlar turlicha taqsimlanadi, shuning uchun kimyoviy bogʻlanishning bir necha turlari farqlanadi: 1) kovalent; 2) ion; 3) metall; 4) vodorod; 5) van-der-vaals bogʻlari.


3.2. Kovalent bogʻlanish
1916 yilda amerikalik kimyogar G.Lyuis (1875-1946) tomonidan kovalent bogʻlanish nazariyasi yaratildi. Lyuis nazariyasiga muvofiq, molekulada atomlar har ikkala atom uchun umumiy boʻlgan elektron jufti orqali bogʻlangan boʻladi. Atom tomonidan kimyoviy bogʻ hosil qilish uchun sarflangan elektron juftlar soni bogʻlangan atomlarning valentligini bildiradi.
Tuzilish (struktura) formulasidagi valentlik birligini bildiruvchi chiziqcha (-) elektron juftni anglatadi.
3.2.1. Qutbsiz kovalent bogʻlanish
Elektromanfiyliklari bir xil boʻlgan ikki atom orasida elektronlar jufti hisobiga hosil boʻladigan bogʻlanishga qutbsiz kovalent bogʻlanish deyiladi.




Qutbsiz kovalent bogʻlanishli birikmalarga rombik oltingugurt, xlor va selen yaqqol misol boʻla oladi:

Qutbsiz kovalent bogʻlanish nafaqat bir xil atomlar orasida balki elektromanfiylik qiymatlari bir xil boʻlgan turli xil atomlar orasida ham hosil boʻladi. Masalan, PH3, CS2, NCl3 kabi birikmalarda ham atomlar orasidagi bogʻlanish qutbsiz kovalent bogʻlanishdir.
Qutbsiz kovalent bogʻlanishli birikmalar oson suyuqlanadi va bugʻlanadi.
Qutbsiz kovalent bogʻlanishli birikmalar qutbli erituvchilarda (H2O) yomon, qutbsiz erituvchilarda yaxshi eriydi.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish