Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish



Download 0,93 Mb.
bet5/14
Sana14.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#551162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-dars-1

Yoʻnaluvchanligi. Molekulaning muayyan shakl va tuzilishga ega boʻlishi undagi atomlarning qat’iy bir tartibda joylashishini koʻrsatadi.
Molekulalardagi valentliklar barcha tomonga bir xil yoʻnalgan emas, balki muayyan yoʻnalishlarda “mahkamlangan”.Kovalent bogʻ shu jihatdan ion bogʻlanishdan farq qiladi.
Ion bogʻlanish yoʻnalishga ega emas. Koʻp elektronli molekulalarda elektron zaryadi bir tekis va sferik simmetrik taqsimlanmagan. Bu molekulalardagi kimyoviy bogʻlarni hosil qiladigan kuchlar ion bogʻlardagi kabi hamma tomonga bir xilda yoʻnalmaganligini koʻrsatadi.
Kovalent bogʻning bu xususiyati shu bogʻni yuzaga keltiradigan elektron bulutlarning fazoda yoʻnalishga ega boʻlishidan kelib chiqadi.
Qutblanuvchanligi. Kovalent bogʻ uchun qutblanuvchanlik xususiyati xos. Biror qutbli molekula elektr maydoniga kiritilganda molekuladagi musbat zaryadlar elektr maydonining manfiy, manfiy zaryadlar esa elektr maydonining musbat qutbi tomon tartibli joylashadi. Natijada molekulaning dipol momenti ortadi. Chunki doimiy dipol uzunligi ortib, molekula bir oz choʻziladi.
Molekula qutbliligining bunday oʻzgarishi oriyentatsion qutblanish deyiladi.
Oriyentatsion qutblanish temperatura ortishi bilan kamayadi. Chunki temperatura oshirilganda molekulaning harakatlanishi kuchayadi va ularning elektr maydonida joylashishi buziladi.
Qutbsiz kovalent bogʻlanishli molekula elektr maydoniga kiritilganda ham molekula qutblanishi mumkin.
Bunday qutblanish induksion qutblanish deyiladi. Induksion qutblanish molekuladagi doimiy dipoldan farq qilib, tashqi elektr maydoni olinganda yoʻqoladi.
Induksion qutblanish molekuladagi atomlarning oʻlchami hamda elektronlar soni ortishi bilan kuchayadi.


3.2.6. Kovalent bogʻning elektron bulutlarning qoplanish usuliga koʻra turlari
Elektron bulutlarning qoplanish usuliga koʻra 3 xil kovalent bogʻ boʻladi: σ - bogʻ, π-bogʻ va δ-bogʻ.
Yadrolarni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻyicha qoplanish σ-bogʻ deyiladi.
Yadrolarni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziqqa nisbatan perpendikulyar (ya’ni yadrolarni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziqning ikki tomonida) holatda qoplanish π-bogʻ deyiladi.
Kovalent bogʻlar oddiy va karrali (qoʻshbogʻ, uchbogʻ) boʻlishi mumkin. Agar ikkita atom bitta elektron juft hisobiga bogʻlangan boʻlsa, bu bogʻ oddiy bogʻ deyiladi . Oddiy bogʻ σ-bogʻ hisoblanadi.
Ikki atom oʻzaro ikkita elektron juft vositasida bogʻlangan boʻlsa, qoʻsh bogʻ deyiladi. Qoʻsh bogʻlarning bittasi σ, ikkinchisi π-bogʻdir.
Agar ikkala atom uchta elektron juft hisobiga birikkan boʻlsa, ular orasidagi bogʻ uch bogʻ deyiladi. Uch bogʻdan bittasi σ va ikkitasi π-bogʻdir:
Masalan; azot molekulasida bitta σ-bogʻ va 2 ta π-bogʻ mavjud:




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish