Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]



Download 86,46 Kb.
bet1/10
Sana01.01.2022
Hajmi86,46 Kb.
#293233
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
216 I son-25.04.1996-y-uz


[ОКОЗ:

1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.19.00.00 Банк тизими / 07.19.01.00 Марказий банк, унинг таркибий бўлинмалари ва муассасалари;

2.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.19.00.00 Банк тизими / 07.19.02.00 Тижорат банклари. Хусусий банклар. Хорижий банклар;

3.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.21.00.00 Банк фаолияти / 07.21.01.00 Умумий масалалар]

[ТСЗ:



1.Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]

O’zbekiston Respublikasining qonuni

Banklar va bank faoliyati to’g’risida

I. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Ta’riflar

[СПиТ:



1.Кредит. Кредит ташкилотлари / Банк]

Bank — tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:

yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;

to’lovlarni amalga oshirish.

[СПиТ:

1.Кредит. Кредит ташкилотлари / Омонат (депозит)]

Omonat (depozit) — talab qilinishi bilanoq yoki to’lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to’lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o’rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to’lagan holda yoxud bunday to’lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi.

[СПиТ:

1.Кредит. Кредит ташкилотлари / Чет эл банки]

CHet el banki — chet el bankining o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan sho’’ba banki bo’lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to’lanadi.

2-modda. Bank faoliyatining sub’ektlari

O’zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining sub’ektlaridir.

3-modda. Banklar faoliyatining huquqiy asosi

Banklar faoliyati ushbu Qonun, «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonun, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.

4-modda. Bank operatsiyalari

Banklar o’z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar:

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitob qilish;

omonatlarni jalb etish;

kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish.

Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin, chunonchi:

mablag’ egasi yoki mablag’ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag’larini boshqarish;

chet el valyutasini naqd pul va naqd bo’lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;

pul mablag’lari, veksellar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;

uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;

uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;

qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko’rsatish;

jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po’lat sandiqlarni ijaraga berish;

moliyaviy lizing;

xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko’rsatilgan boshqa operatsiyalar.



Oldingi tahrirga qarang.

Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug’urta faoliyati bilan shug’ullanishga haqli emaslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

(4-moddaning uchinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 7 apreldagi O’RQ-206-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2009 y., 15-son, 176-modda)

5-modda. Banklar faoliyatini litsenziyalash

Bank, shu jumladan chet el banki, O’zbekiston Respublikasida o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro’yxati ko’rsatiladi.

Litsenziyasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g’ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday faoliyat natijasida olingan daromad davlat byudjetiga olib qo’yilishi lozim.

6-modda. Firma nomi

«Bank» atamasi yoki mazkur atama qo’shib yasalgan so’z birikmalarini ushbu Qonunga muvofiq bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan tashkilotlar o’z firma nomida yoki reklama maqsadlarida ishlatishlari mumkin.

Ushbu talabni buzish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi.

[ОКОЗ:



1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.02.00 Юридик шахсларни ташкил этиш, қайта ташкил этиш ва тугатиш. Юридик шахсларни давлат рўйхатига олиш]

II. BANKLAR TASHKIL ETISH VA ULARNING FAOLIYATINI TUGATISH TARTIBI

7-modda. Bank muassislari

Banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aktsiyadorlik jamiyati tarzida tashkil etiladi.

YUridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari bo’lishi mumkin, basharti, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari bundan mustasno.

Oldingi tahrirga qarang.

Har bir aktsiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng ko’p ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Banklarning aktsiyalarini olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bank muassislari bank aktsiyadorlari tarkibidan u ro’yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.

Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yo’l qo’yilmaydi, chet el kapitali ishtirokidagi banklar va sho’’ba banklar tashkil etish hollari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno.

(7-moddaning oltinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-49-sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2006 y., 37-38-son, 368-modda)

8-modda. Bank ustavi

Banklar o’z ustavlari asosida faoliyat ko’rsatadilar.

Bank ustavida:

bankning (to’la va qisqartirilgan) nomi va qaerda joylashganligi (pochta manzili);

bank operatsiyalarining ro’yxati;

ustav kapitalining miqdori, muassislar ro’yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti;

bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;

bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko’rsatilgan bo’lishi lozim.

Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo’lishi kerak.

Bank ustaviga kiritiladigan o’zgartishlar belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi lozim.



 LexUZ sharhi

Qarang: «Banklarni ro’yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2014, 08.10.2009 y.) va «Bankning ustav fondi miqdorini, aktsiyadorlari tarkibini, nomlanishi va joylashgan joyini o’zgartirish, ustavga o’zgartirish va qo’shimchalarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat № 573, 19.11.1998 y.).

9-modda. Bankning ustav kapitali

Bankning ustav kapitali bank muassislari va aktsiyadorlari to’lagan pul mablag’laridan tashkil topadi.

Kreditga va garovga olingan mablag’lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag’lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yo’l qo’yilmaydi.

Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag’laridan foydalanilishi mumkin.

Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni ro’yxatga olish paytigacha to’lanishi kerak. Ustav kapitali uchun to’lanadigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasining Markaziy bankida yoki boshqa banklarida ochilgan jamg’arish hisobvarag’iga o’tkaziladi. Ko’rsatilgan mablag’lardan depozit sifatida foydalanish mumkin.

Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 6 apreldagi PQ-1317-sonli «Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorining 3-bandi, «Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi nizomning (ro’yxat raqami 2693, 06.07.2015 y.) 3-bandi.

[ОКОЗ:

1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.01.00.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонунчилик / 09.01.05.00 Фаолиятнинг айрим турларини лицензиялаш. Рухсат бериш (шунингдек, 02.08.06.00га қаранг) / 09.01.05.01 Умумий қоидалар. Лицензияланиши лозим бўлган фаолият турлари]

[ТСЗ:




Download 86,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish