Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]



Download 86,46 Kb.
bet4/10
Sana01.01.2022
Hajmi86,46 Kb.
#293233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
216 I son-25.04.1996-y-uz

1.Фуқаролик қонунчилиги. Тадбиркорлик / Фаолиятнинг айрим турларини лицензиялаш]

13-modda. Banklarni ro’yxatga olishni va ularga litsenziya berishni rad etish asoslari

Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro’yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin:

bankni ro’yxatga olish uchun zarur bo’lgan hujjatlar topshirilmaganligi;

ta’sis hujjatlarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligi;

bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi;

muassislar moliyaviy mablag’larining manbalari e’lon qilinmaganligi;

bankni ro’yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to’lanmaganligi;

bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga nomuvofiqligi.

Oldingi tahrirga qarang.

Bankni ro’yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko’rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko’rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo’lgan muddat ko’rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda bankni ro’yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo’lgan vaqtga mutanosib bo’lishi kerak.

Bankni ro’yxatga olish va unga litsenziya berish to’g’risidagi arizani takroran ko’rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o’n besh kundan ko’p bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni ro’yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qarorda ko’rsatilgan muddat o’tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi.

Bankni ro’yxatga olish va unga litsenziya berish to’g’risidagi arizani takroran ko’rib chiqishda bankni ro’yxatga olishni va litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi xabarnomada ilgari ko’rsatilmagan yangi asoslar bo’yicha ro’yxatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yo’l qo’yilmaydi.

Bankni ro’yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to’g’risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

(13-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)

[ОКОЗ:

1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.01.00.00 Тадбиркорлик тўғрисидаги қонунчилик / 09.01.05.00 Фаолиятнинг айрим турларини лицензиялаш. Рухсат бериш (шунингдек, 02.08.06.00га қаранг) / 09.01.05.02 Фаолиятнинг айрим турларини лицензиялаш тартиби]

[ТСЗ:



1.Фуқаролик қонунчилиги. Тадбиркорлик / Фаолиятнинг айрим турларини лицензиялаш]

14-modda. Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani chaqirib olish asoslari

Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani chaqirib olishi mumkin:

bank to’lovga qobiliyatsiz bo’lib qolganida, passivlar aktivlardan ko’payib ketganida;

litsenziya berishga asos bo’lgan ma’lumotlarning noto’g’riligi aniqlanganda;

bank o’z omonatchilari va boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodir bo’lmaganida;

hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko’rsatilganda;

qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank operatsiyalari amalga oshirilganda;

litsenziya berilgan paytdan e’tiboran bank operatsiyalarini amalga oshirish bir yildan ortiq muddatga kechikkanda;

monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda;



Oldingi tahrirga qarang.

ichki nazorat qoidalari hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibi buzilganda;

(14-modda O’zbekiston Respublikasining 2009 yil 22 sentyabrdagi O’RQ-223-sonli Qonuniga asosan to’qqizinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2009 y., 39-son, 423-modda)

O’zbekiston Respublikasida o’z sho’’ba bankini tashkil etgan chet el bankidan litsenziya chaqirib olinganda.

15-modda. CHet el kapitali ishtirokida banklar ta’sis etish va ularning faoliyatiga nisbatan qo’yiladigan qo’shimcha talablar

Markaziy bank chet el kapitali ishtirokidagi banklar oldiga qo’shimcha talablar qo’yish, shu jumladan chet davlatlar banklaridan ular o’zlari joylashgan va ro’yxatga olingan erdagi tekshiruv organi nazorati ostida ekanliklarining tasdiqnomasini talab qilish huquqiga ega.

CHet el banklariga litsenziyalar, basharti, chet davlat banki o’z mamlakatida qaytarib berish sharti bilan pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga ega bo’lsagina beriladi.

[ОКОЗ:



1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.09.00 Ваколатхоналар ва филиаллар. Шўъба корхоналар]

16-modda. Banklarning filial hamda vakolatxonalari

Banklar O’zbekiston Respublikasida o’z filiallarini, chet el banklari esa o’z vakolatxonalarini Markaziy bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin.

Bank filiali — uni tashkil etgan bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi alohida bo’linmadir.

CHet el banki vakolatxonasi — bank faoliyatini amalga oshirmagan holda bankning manfaatlarini ko’zlab ish yurituvchi alohida bo’linmadir.

Filiallarning rahbarlarini ularni tashkil etgan bankning rahbari Markaziy bank bilan kelishib tayinlaydi.



 LexUZ sharhi

Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 2 oktyabrdagi PF-2084-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Aktsiyadorlik tijorat banki to’g’risidagi nizomning 17-bandi, «Banklarni ro’yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 2014, 08.10.2009 y.) va «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a’zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qo’yish tartibi to’g’risida»gi nizom (ro’yxat raqami 1641, 14.11.2006 y.).

[ОКОЗ:

1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.09.00 Ваколатхоналар ва филиаллар. Шўъба корхоналар]

17-modda. Banklarning chet ellardagi filiallari va vakolatxonalari

Banklar Markaziy bankning ruxsati bilan chet ellarda o’z sho’’ba banklarini, filiallari va vakolatxonalarini ochishlari, banklar tashkil etishda qatnashishlari mumkin.

[ОКОЗ:



1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.10.00 Нотижорат ташкилотлари / 03.03.10.06 Юридик шахслар бирлашмалари (ассоциациялар, уюшмалар ва ҳ.к.)]

[ТСЗ:




Download 86,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish