"moliya" kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni o



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana20.11.2019
Hajmi1,1 Mb.
#26490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni orni va ularni undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari


I bob bo’yicha xulosa 

 

 



Xulosa  qilib  aytadigan  bo’lsak,  mamlakatimiz  budjeti  daromadlarida  egri 

soliqlarning salmog’ini oshirish va ayniqsa, qo’shilgan qiymat va aksiz soliqlarini 

budjet  daromadlaridagi  barqarorligini  taminlash  lozim.  Bundan  tashqari, 

qo’shilgan  qiymat  solig’ini  undirishda  soliqni  oldindan  undirish  holatlarini  yo’q 

qilish  lozim.  Buni  shunday  izohlash  mumkinki,  qo’shilgan  qiymat  solig’ida 

soliqning  budjetga  to’lanishi  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  sotilishidan  oldingi 



27 

 

davrga  to’g’ri  kelmoqda.  Bu o’z  navbatida,  korxonaning  moliyaviy  holatiga tasir 



ko’rsatib,  korxonaning  investitsion  faoliyatini  qisqartiradi.  Yani,  soddaroq  qilib 

aytadigan bo’lsak, mavjud bo’lmagan daromad uchun soliq olinadi. Bu o’z-o’zidan 

milliy ishlab chiqarishga salbiy tasir ko’rsatadi va kelajakda korxonalar tomonidan 

davlat  budjetiga  to’lanadigan  soliqlarning  qisqarishiga  va  natijada,  budjet 

daromadlarining kamayishiga olib keladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

28 

 

 



II BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI 

SHAKLLANTIRISHDA EGRI SOLIQLARNING AMALDAGI 

HOLATI TAHLILI 

 

2.1. Davlat budjetida egri soliqlar tarkibi va o’zgarish dinamikasi tahlili 

 

         Tarixan  soliqlar  har  qanday  davlat  budjeti  shakllantirishning  asosiy 

manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Soliq tushumlari hisobidan davlat qurilish va 

jamiyatni  ta’minlash  uchun  zarur  bo’lgan  pul  mablag’lari  jalb  qilinadi.  O’zining 

mohiyatiga  ko’ra  soliqlar  davlat  budjetining  yuqori  daromadli  manbalaridan  biri 

hisoblanadi. Buning boisi shundaki, birinchidan, soliqlar davlat budjeti tomonidan 

qaytarib  berilmaslik  sharti  bilan  undiriladi;  ikkinchidan,  ular  budjetning  davlat 

xarajat qilmaydigan qismi hisoblanadi

15



         O’zbekiston  Respublikasida  bozor  munosabatlarini  shakllantirish  mamlakat 



prezidenti I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyilga asosan 

amalga  oshirildi.  Mazkur  tamoyillardan  biri  davlatning  bozor  munosabatlariga 

o’tish  sharoitida  bosh  islohotchilik  rolini  bajarish  hisoblanadi.  Bu  esa, 

iqtisodiyotga  davlat  aralashuvining  faolligini  belgilab  beradi.  Shubhasiz,  bu 

jarayonda  asosiy  o’rinni  birinchi  boshqaruv  vositasi  sifatida  soliqlar  egallaydi. 

Prezidentimiz I. A. Karimov soliqlarning iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyatiga 

to’xtalib,  jumladan  shunday  deganlar:  “Bozor  munosabatlariga  o’tish  sharoitida 

soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo’lib 

qoladi”.

16

 



         Yuqoridagi  bayon  etilgan  holatlarning  natijasi  o’laroq,  O’zbekiston 

Respublikasi davlat budjetining daromadlari tarkibida soliqlarning yuqori salmoqni 

egallashi  yuzaga  kelgan.  Bu  tabiiy  holat  hisoblandi.  Chunki  ilk  davlatlar  paydo 

                                                           

15

  A. Jo’raev. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. Monografiya. T.: “Fan” 2004 54-bet 



16

  Karimov. I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O’zbekiston, 1998. 358-bet 



29 

 

bo’lgandan beri soliqlar davlat budjetining asosi bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Shu 



bilan birgalikda, soliqlar davlatning iqtisodiy tayanchi hisoblanadi. 

         Davlat budjeti daromadlari tarkibida soliqli daromadlar darajasining yuqori  

yoki  past  bo’lishi  hukumatning  soliq  siyosatiga  ko’p  jihatdan  bog’liq  bo’lib,  uni 

tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biri soliq tushumlarining YAIMdagi sal- 

mog’ining o’zgarishi hisoblandi.  

1-jadval 

O’zbekiston Respublikasida soliq tushumlarining YAIMdagi 

salmog’ining o’zgarishi(%)

17

 

N  Ko’rsatkichlar 

2000 

2011 


2012 

2013 


2014 

1  YAIM 


100 

100 


100 

100 


100 

2  Soliq  tushumlarining 

YAIMdagi salmog’i 

24.6 


20.2 

20.1 


19.9 

19.5 


 

         Keltirilgan  jadval  ma’lumotlardan  ko’rinadiki,  2011-2014-yillar 

mobaynida  mamlakatimizda  soliq  tushumlarining  YAIMdagi  salmog’i  pasayish 

tendensiyasiga  ega  bo’lgan.  Buning  sababi,  soliq  tushumlarining  o’sish  suratidan 

YAIMning  o’sish  suratini  yuqori  bo’lganligi  hisoblanadi.  Soliqlarning  fiskal 

funksiyasi nuqtai-nazarda bu salbiy holat hisoblanadi. Chunki, davlatning ijtimoiy-

iqtsodiy  xarajatlarini  moliyalshtirish  imkoniyatini  pasyib  borayoyganligidan 

dalolat  beradi.  Lekin,  soliqlarning  iqtisodiy  funksiyasi  nuqtai-nazardan  bu  ijobiy 

holat  hisoblanadi.  Buning  boisi  shundaki,  soliq  tushumlarining  YAIMdagi 

salmog’ini  kamayishi  davaltning  iqtisodiyotga  aralashuvi  qisqarayotganligi, 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  soliq  yukini  yengillashayotganining  natijasi 

bo’lishi mumkin. Bizning fikrimizcha, yuqorida qayd etilgan mazkur holatni ijobiy 

                                                           

17

  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat statistika qo’mitasining malumotlari asosida tayyorlandi. 



30 

 

tarzda  baholash  lozim,  chunki  milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  hozirgi 



bosqichida  hukumat  tomonidan  xo’jalik  sub’ektlari  va  aholining  soliq  yukini 

yengillashtirish,  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvi  darajasini  tobora  qisqartirib 

borish siyosati amalga oshirilmoqda. 

Hozirgi  vaqtda  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  budjetining  soliqli 

daromadlarining umumiy hajmida qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, jismoniy 

shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korxonalar foydasidan olinadigan soliqlar 

bo’yicha  tushum  summalari  yuqori  salmoqni  egallaydi.  Buning  asosiy  sababi 

shundaki,  birinchidan,  bozor  munosabatlariga  o’tish  iqtisodiyotiga  ega 

mamlakatlarda    egri  soliqlar  nisbatan  uzoq  davr  mobaynida  o’zining  fiskallik 

ahamiyatini  saqlab  qoladi.  Bizning  mamalakatimiz  ham  ana  shunday  davlatlar 

toifasiga  kiradi  va  binobarin,  egri  soliqlarning  davlat  budjeti  daromadlari 

tarkibidagi  salmog’i  nisbatan  yuqoridir.  Ikkinchidan,  aholi  turmush  darajasi 

oshishi, ularga tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun zarur bo’lgan shart-

sha-roitlarning  yaratilishi    aholi  daromadlarining  nominal  va  real  hajmlarining 

oshishiga olib keladi. 

 

Taxlil  natijalarida  shuni  ko’rish  mumkinki  Davlat  budjeti  daromadlar 



qismini  asosini  egri  soliqlar  tashkil  etadi.  Buni  quidagi  5-rasmda  ham  ko’rish 

mumkin; 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

5-rasm 

 

O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari tarkibi

18

 

 

                                                           



18

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining   2012 yil 25 dekabr №1887-sonli, 2013-yil 25 dekabrdagi №2099 sonli 

2014- yil 25- dekabrdagi №2270 qarorlari asosida tayyorlandi

 


31 

 

 



Bundan  ko’rinadiki  Davlat  budjetining  asosiy  qismi  egri  soliqlar  orqali 

shakllangan  va  u  2012-yilda  Davlat  budjetining  54,3  foizini  tashkil  etgan  bo’lsa, 

2013-yilda  51,9  foizni,  2014-yilda  esa  51,8  foizni  tashkil  etmoqda(5-rasm).  Bu 

rasmdan  egri  soliqlar  ulushini  kamayib  borishini  kuzatishimiz  mumkin,  bunga 

sabab  boshqa  soliqlar  asosan  mol-mulk  va  resurslar  to’lovlari  solig’ini  ulushini 

ortib  borishi  hisobiga  hamda  hozirgi  vaqtda  ko’pgina  kichik  biznes  subektlariga 

berilayotgan  soliq  imtiyozlari  natijasi  sifatida  qarashimiz  mumkin.  Prezidentimiz 

kichik biznes subektlarini qo’llab quvvatlash maqsadida QQSni stavkasini kichik 

biznes  subektlari  uchun  pasaytirilishi  va  ularning  ishlab  chiqarish  saloxiyatini 

oshirish,  mahsulotlarini  raqobatbardoshligini  taminlash  va  mahsulotga  bo’lgan 

talabni  oshirishni  ko’zlagandir.  Bu  haqda  prezidentimiz  quidagi  fikrlarni  aytib 

o’tgan  “Korxonalar  zimmasidagi  soliq  yukining  yengillashtirilishi,  qo’shilgan 

qiymatdan  olinadigan  soliq  stavkasining  kamaytirilishi  oqibat  natijada  ishlab 

chiqarishni  jonlantirishga  olib  kelishi  lozimki,  bu  narsa  iqtisodiyotni 

barqarorlashtirish muammosini hal etishda g’oyat katta ahamiyatga ega”.

19

    QQS 



stavkasi  1992-yilda  30  foizni  tashkil  etgan  bo’lsa,  1997-yilda  18  foizni  va  1998-

yildan hozirgi kungacha 20 foizni tashkil etmoqda. 

 

Egri soliqlarni tarkibi ko’rib chiqadigan bo’lsak ular tarkibida asosiy o’rinni 



qo’shilgan  qiymat  solig’i  egallaydi,  undan  kegngi  o’rinda  aksiz  va  boj  to’lovlari 

egallaydi hamda eng kam ulishni Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va 

gaz iste’moli uchun soliq  egallaydi.  Buni  quidagi  jadvalda  ham  ko’rish  mumkin. 

(2-jadval) 

Egri  soliqlar  tarkibida  QQS  va  aksiz  soliqlari  2012-2014-yillar  oralig’ida 

egri soliqlarning 85-87 foizni tashkil etmoqda. Bu ko’rsatgich ancha yillardan beri 

o’zining yuqori salmog’ini saqlab kelmoqda.  

QQS egri soliqlar tarkibida 2012-yilda 57,2 foizni, 2013- yilda 56,4 foizni va 

2014  yilda  58,4  foizni  tashkil  etib  o’zining  soliqlardagi  ulushini  saqlab  qolgan. 

2015- yilda ham 56,1 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

       

                                                           

19

  Karimov. I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.: O’zbekiston, 1998. 360-bet 



32 

 

  2-jadval 



O’zbekiston Respublikasi budjet amaliyotida egri soliqlarning tarkibi va 

dinamikasi(%)

20

 

 

Ko’rsatkichlar 



2012 

2013 

2014 

Egri soliqlar – jami 

100 


100 

100 


Shu jumladan: 

 

 



 

QQS 

57.2 


56.4 

58.4 


Aksiz solig’i 

30.4 


31.1 

28.9 


Boj solig’i 

7.3 


7.5 

7.3 


Transport  vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va 

gaz iste’moli uchun soliq 

5.1 


5.4 


 

 

Aksiz  solig’i  hamegri  soliqlar  tarkibida  o’zining  yuqori  o’rnini  saqlab 



kelmoqda  va  2012  yilda 30,4  foizni, 2013-  yilda  31,1  foizni, 2014-yilda  esa  28,9 

foizni  egallagan.  2015-yilda  reja  hisobotida  ham  aksiz  solig’I  28.9  foizni  tashkil 

etishi rejalashtirilgan. 

 

2-jadval  malumotlaridan  ko’rinadiki,  2012-2014  yillarda  bojxona  boji  ham 



o’sish tendensiyasiga ega bo’lib kelmoqda va 2013 yil 2012 yildagi 7,3 foizdan 7,5 

foizga  tashkil  etgan.  Bundan  xulosa  shuki,  respublikamizda  xo’jalik  yurituvchi 

subektlarning  va  aholining  tashqi  savdo  operatsiyalarni  rivojlanib  borayotganidan 

dalolat beradi. 

 Transport vositalariga  benzin, dizel  yoqilg’isi  va  gaz  iste’moli  uchun  soliq 

turining  ham  keyingi  yillarda  egri  soliqlar  tarkibida  o’sganligini  ko’rishimiz 

                                                           

20

 



Moliya vazirligining 2012-2014-yillardagi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi malumotlari asosida tayyorlangan 

 


33 

 

mumkin. Bu holat so’nggi yillarda mazkur yoqilg’i mahsulotlariga talabning oshib 



borayotganligi bilan izohlanadi.

 

                 



 

                    6-rasm



 

Jami egri soliqlar tarkibiy ulushi(%da)

21

 

 

6-rasmda  egri  soliqlarni  tarkibiy  tuzilishidagi  ulushina  yanada  yaqqalroq 



ko’rishimiz  mumkin.  Unda  egri  soliqlar  tarkibida  yarmidan  ko’p  qismini 

qo’shilgan  qiymat  solig’i  egallagan.  Ko’rinib  turibdiki  eng  kam  ulush  transport 

vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va  gaz    istemoli  uchun  soliq  egallamoqda. 

Bunga  sabab  soliq  miqdori  faqat  transportlar  istemoli  uchun  qabul  qiladigan 

benzin,  dizel,  gaz  miqdoriga  bog’liq.  Ya’ni  bu  soliq  transport  vositalari  

harakatlanishi  uchun  kerak  bo’ladigan  yoqilg’ilarga  nisbatan  malum  summada 

ustama shaklida qo’llaniladi. 

Miqdoriy  jihatdan  Davlat  byudjetining  daromadlari  yaratilgan  (ishlab 

chiqarilgan)  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotda  (milliy  daromadda)  davlatning 

ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki 

(milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi,  u yoki bu davrda davlat-

ning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va bosh-qa vazifalar bilan 

belgilanadi.  

                                                           

21

 Moliya vazirligining 2012-2014-yillardagi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi malumotlari asosida tayyorlangan 



34 

 

Ana  shularga  muvofiq  ravishda  Davlat  byudjetida  mablag’larni 



kontsentratsiya  qilish  (to’plash,  yi-g’ish) miqdori  va ularni  undirishning  shakl va 

metodlari aniqlanadi.  

         Egri  soliqlar  mahsulot  bahosiga  yoki  xizmat  ta’rifiga  ustama  sifatida 

belgilanadigan  tovarlar  va  xizmatlardan  olinadigan  soliqlardir.  Egri  soliqlar 

ob’ektini  belgilashda  davlat  tovar  yoki  xizmatlarning  sotilish  paytida  ushbu 

qiymatning  bir  qismiga  o’z  huquqlarini  da’vo  qilishi  bilan  haqiqatda  yangi 

qiymatning  taqsimlanishida  ishtirok  etadi.  Egri  soliqlar  to’g’ri  soliqlardan  farqli 

o’laroq soliq to’lovchining daromad yoki mol-mulkiga bevosita bog’liq emas. Shu 

sababli,  egri  soliqqa  tortish  jarayonida  yuzaga  keladigan  soliq  yuki  soliq 

to’lovchilarning moliyaviy faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilmaydi. 

  Egri  soliqlar  asosan  xazinaga  molik  ahamiyatga  ega,  chunki  bu  soliqlar 

tovarlarni  sotish,  ish  va  xizmat  ko’rstishdan  tushgan  umumiy  mablag’lardan  bir 

qismini  muntazam  ravishda  budjetga  olish  imkonini  beradi.  Bu  soliqlar  davlat 

budjetining  barqaror  daromadlari  bo’lib,  ular  sotilgan  mahsulot  va  ko’rstilgan 

xizmatdan  uzluksiz  tushib  turadigan  pulga  yaqin  bo’lgan  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar  faoliyatining  miqdoriy  ko’rsatkichlariga  va  ularning  to’lov 

muddatlariga bog’liq emas. 

 

3-jadval  malumotlaridan  ko’rishimiz  mumkinki  2012-yilda  davlat  budjeti 



20614  mln  so’mni  tashkil  etgan  bo’lsa,  2013-  yil  25105  mln  so’ni,  2014  –  yilda 

30161  mln  so’mni  tashkil  etgan  va  kelgusi  2015  -yilda  esa  36185  mln  so’mni 

tashkil etishi rejalashtirilgan. Bu bevosita mamlakat YaIMni o’sishi, kichik biznes 

va  tadbirkorlarga  yaratilayotgan  keng  imkoniyatlar  natijasida  mamlakatda  soliq 

bazasining o’sishi natijasi deb bilaman. Egri soliqlarning ham yilda yilga daromadi 

oshib borayotgani mamlakatda ishlab chiqarish quvvatlarining oshayotganligi bilan 

baholashimiz mumkin.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



         

 

 



35 

 

        3-jadval 



2012-2015-yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti 

daromadlarining   asosiy ko’rsatgichlari

22

 

Ko’rsatgichlar 

2012 yil 

2013 yil 

2014 yil 

2015 yil (reja) 

Ming.so’m  Jami 

nis-n 

% da 


Ming.so’m  Jami 

nis-n  % 

da 

Ming.so’m 



Jami 

nis-n  % 

da 

Ming.so’m  Jami 



nis-n 

% da 

I. 

Davlat 


maqsadli 

jamg’armalarisiz- jami 



20614100,0  100 

25104900,0  100 

30160800,0  100 

36184900,0  100 

1.To’g’ri soliqlar 

5196400,0  25,2  6583100,0  26,2 

7790400,0 

25,8 

8554300,0  23,6 

2. Egri soliqlar 

11187800,0  54,3  13039400,0  51,9 

15618200,0  51,8 

19115800,0  52,9 

2.1.  Qo’shilgan  qiymat 

solig’i 

6784500,0  33,0  7737800,0  30,8 

9123100,0 

30,2 


10721700,0  29,7 

2.2. Aksiz solig’i 

3115500,0  15,1  3726500,0  14,8 

4506000,0 

15,0 


5528800,0  15,3 

2.3. Bojxona boji  

732400,0 

3,5 

992600,0 



4,0 

1142000,0 

3,8 

1583600,0  4,4 



2.4. 

Transport 

vositalariga  benzin,  dizel 

yoqilg’isi 

va 

gaz 

ishlatganlik 

uchun 

olinadigan soliq  

555400,0 

2,7 

582500,0 



2,3 

847100,0 

2,8 

1281700,0  3,5 



3.  Mol-mulk  solig’i  va 

resurs to’ovlari  



2746400,0  13,3  3755500,0  15,0 

4521400,0 

15,0 

5741800,0  15,9 

4. UStama foyda solig’i 

250000,0 

1,2 

294500,0 

1,2 

388400,0 

1,3 

548200,0 

1,5 

5. Boshqa daromadlar 

1233500,0  6,0 

1432400,0  5,7 

1842400,0 

6,1 

2224800,0  6,1 

 

         



 

Bularning  barchasi  davlat  moliyasida  amalga  oshirilayotgan  budjet-soliq 

siyosati natijasi hisoblanadi. Byudjet daromadlarida  egri  soliqlarning  yuqoriligi, 

to‘g‘ri  soliqlarning pastligini  ifodalaydi  va  ishlab  chiqaruvchilarga  soliqlardan  

kata imtiyoz  borligini  ham  ko‘rsatadi. Chunki, soliq  tizimi  tarkibi  ikki guruhga  

bo‘linib, egri  va  to‘g‘ri  soliqlarni  tashkil  etadi. Birining stavkasini  pasaytirish  

bilan    birining    stavkasi    oshiriladi.  Lekin,  oxirgi    yillarda    davlat    byudjeti  

daromadlarida  egri  soliqlar  salmog‘I pasayib bormoqda. 

                                                           

22

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-2014- yillardagi yil yakunlari bo’yicha Vazirlar Mahkamasigi 



maruzasi asosida 

36 

 

 Quyidagi  rasm  orqali  daromad  turlarining  umumiy  daromadlardagi  ulushi 



qanday dinamika orqali rivojlanib borayotganligini ko’rishimiz mumkin(7-rasm). 

7-rasm 

 

Davlat budjeti soliqli daromadlari turlarining umumiy daromaddagi ulushi

23

                      

 

Yuqoridagi  rasm  malumotlarini  ko’zdan  kechiradigan  bo’lsak,  to’g’ri 



soliqlarning  umumiy  daromadlar  tarkibidagi  ulushi  2012-yilda  25.2  foizni,  2013-

yilda  26.2  foizni,  2014-yilda  esa  25.8  foizni  tashkil  etib  nisbatan  barqarorlik 

xolatini ko’rish mumkin. Egri soliqlar to’g’risida shuni aytish mumkinki, ularning 

ulushi  2012-yilda  54.3  foizga,  2013-yilda  51.9  foizga  hamda  2014-yilda  51.8 

foizga teng bo’lgan. Ya’ni yildan yilga ulushi nisbatan kamayib bormoqda. Resurs 

to’lovlari  hamda  mol-mulk  solig’i  esa  2012-yilgi  13.3  foizdan  2013-yilda 

birdaniga  15  foizga  ko’tarilgan  va  2014-yilda  ham  shu  ulushini  egallab  qolgan. 

Bunga sabab qilib respublikamizda bir muncha resurs to’lovlari, mol-mulk solig’i 

stavkalarini oshganligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulki yildan yilga o’sib 

borayotganligini  aytishimiz  mumkin.  Ta‘kidlash  joiz  davlat  budjetining  soliqsiz 

daromadlari ham yil-yilga oshib bormoqda.  

 

 



                                                           

23

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-2014- yillardagi yil yakunlari bo’yicha Vazirlar Mahkamasigi 



maruzasi asosida 

37 

 

8-rasm 



                                        Davlat budjetida egri soliqlarning o‘rni

24

 

 

Davlat  budjeti  daromadlarida  asosiy  o’rinni  egri  soliqlar  egallagani  xolda 



eng  asosiy  ulush    qo’shilgan  qiymat  solig’i  tashkil  qilmoqda.  2012  –yilda  33 

foizni,  2013-yilda  30,8  foizni,  2014-yilda  30,2  foizni  tashkl  etgan.  Lekin  uning 

ulushi  yildan  yilga  tushib  bormoqd,  bunga  sabab  boshqa  soliqlar  ulushi  oshib 

borishi  va  soliq  imtiyozlari  sabab  bo’lgan.  Shunga  qaramay  qo’shilgan  qiymat 

solig’i Davlat budjetining qariyib ¼ qismini tashkil etmoqda(8-rasm). 

Yuqoridagilarni  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda  davlat  va  byudjetga 

daromadlarni  to’lovchilar  o’rtasidagi  manfaatlarning  oqilonaligini  ta’minlashga 

katta  e’tibor  bermoq  lozim.  Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  davrida  davlatning  yangi 

vazifalari paydo bo’ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga 

ijtimoiy  yordam  ko’rsatish,  bozor  iqtisodiyoti  infratuzilmasini  (sanoatda,  qishloq 

xo’jaligida,  moliya  tizimida)  tashkil qilish  kiradi.  Shu  yerda  davlat kuchli  sotsial 

siyosat  tadbirlarini  amalga  oshirish  uchun  pensionerlar,  nafaqaxo’rlar,  talabalar, 

ko’p  bolali  onalar  va  boshqalarni  ko’proq  mablag’  bilan  ta’minlash  zarurligini 

anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga 

                                                           

24

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-2014- yillardagi yil yakunlari bo’yicha Vazirlar Mahkamasigi 



maruzasi asosida

 


38 

 

boshqa  xarajatlarni  davlat  hisobidan  amalga  oshiradi,  mahallalarda  kam 



ta’minlanganlarga  moddiy  yordamlar  tashkil  etadi.  Shu  bilan  birga,  O’zbekiston 

davlati  jamiyat  a’zolari  osoyishtaligini  saqlash  maqsadida  o’zining  mudofaa 

qobiliyatini  saqlab  va  mustahkamlab    turishga,  texnika  va  o’q-dorilarga  ham 

mablag’lar  sarflaydi,  qolaversa,  davlat  fuqarolar  xavfsizligi  uchun  ham  ko’plab 

mablag’ yo’naltirishga majbur. 

         Davlat  budjeti  daromadlariga  ta’sir  qiluvchi  omillar  juda  ham  ko’p  bo’lib, 

ularga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: 

 



makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, ya’ni yalpi ichki mahsulot hajmi, narxlarning 

o’sish darajasi, aholining ish bilan bandligi hamda daromadlari va h.k; 

 

davlatning fiskal siyosati, ya’ni soliq stavklalarini o’zgartirish, ular bo’yicha 



imtiyozlar berish, xarajatlarni kamaytirish yoki ko’paytirish va boshqalar; 

  boshqa omillar. 



         Umuman    olganda,  davlat  budjeti  daromadlari  yildan-yilga  o’zgarib  turadi, 

chunki har yili o’ziga xos narxlarning o’sishi darajasi, ishsizlik sur’ati va boshqa 

ko’rsatkichlar ham hukm suradi. 

 

Shunday qilib, soliqlar davlat budjetini shakllantirishning asosiy manbai 



bo’lib,  qadim  zamonlardan  beri  jamiyatdagi  mahsulotning  bir  qismini  davlat  pul 

mablag’lari  tomon  yo’naltirib  kelgan.  Shuning  uchun  ham  soliqlar  bozor  va 

nobozor iqtisodiy madaniyatning asosiy elementi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda 

soliqqa  tortish  insoniyat  sivilizatsiyasining  voqeligini  o’zida  aks  ettiradi  va     

uning ajralmas bo’lagi hisoblandi. Shved iqtisodchisi S. Fisherning fikriga ko’ra, 

“soliqlar – bu bizning jamiyat sivilizatsiyasi uchun to’lov majburyatimizdir”

25



 



Bundan ko’rinadiki soliq davlat aholisi uchun davlatning o’z funksiyalarini 

bajarishi  uchun  to’lovni  amalga  oshiruvchi  manbalardan  biri  ekan.  Nafaqat 

fuqarolar balki korxona va tashkilotlat ham bunga javobgardur. 

 

                                                           



25

 Zavalishina. I

2

. A.  The pragma Corporation enterprise devolopment project. T.:2003 4-bet 



39 

 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish