"moliya" kafedrasi odilov sardor qamaridinovich davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni o



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.11.2019
Hajmi1,1 Mb.
#26490
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
davlat budjeti daromadlarida egri soliqlarni orni va ularni undirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari


 

6-jadval 

Rossiya Federatsiyasining konsidatsiyalashgan davlat budjeti 

daromadlari (2014)

33

 

soliqlar 

davlat 

budjetida 

daromadi, mlrd rubl 

ulushi, foizda % 

jami daromad 

3403 

100 


foyda solig'i 

116,36 


3,42 

jismoniy shaxslar daromad solig'i  346,82 

10,19 

sug'urta badallari 



659,66 

19,38 


importga QQS 

249,25 


7,32 

ichgi mahsulotlarga QQS 

351,34 

10,32 


aksiz solig'i 

171,6 


5,04 

yalpi tushumga soliq 

68,32 

2,01 


foydali 

qazilmalarni 

qazib 

olganlik uchun soliq 



468,38 

13,76 


bojxona bojlari 

596,69 


17,53 

boshqa daromadlar 

337,42 

9,92 


 

                                                           

33

 www.minfin.ru 



53 

 

Jadval  malumotlarida  ko’radigan  bo’lsak  Rossiya  Federatsiyasi  budjeti 



daromadlari 2014-yilda jami 3403 mlrd rublni tashkil etgan bo’lib, shundan foyda 

solig’i 116.36 mlrd rubl, jismoniy shaxslar daromadlariga soliq 346.82 mlrd rublni, 

eng  yuqori  sug’urta  badallari  659,66  mlrd  rublni  tashkil  etgan  bo’lsa  kegngi 

o’rinda QQS 600,59 mlrd rublni, aksizlar 171.63 mlrd rublni tashkil etgan, foydali 

qazilmalarni  qazib  olganlik  uchun  soliq  468,38  mlrd  rublni,  bojxona  bojlari  esa 

596,69  mlrd  rublni  boshqa  daromadlar  esa  337,42  mlrd  rublni  tashkil  etgan. 

Bulardan  ko’rish  mumkinki  Rossiya  Federatsiyasida  eng  yuqori  ulush  sug’urta 

badallari  orqali  qoplanarkan.  Bunga  sabab  Rossiya  Federatsiyasida  ko’pgina 

sug’urta badallarining majburiyligi sabab. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

10-rasm 

Rossiya Federatsiyasi budjetida soliqlar uylushi(% da)

34

 

 

 



Yuqoridagi  rasmda  ko’rish  mumkinki  Rossiya  Federatsiyasi  budjetining 

asosiy 48,76 foizini to’g’ri soliqlar orqali shkllantirsa, 41,32 foizini egri soliqlar va 

qolgan  qismini  9,92  foizini  boshqa  daromadlar  orqali  shakllantirar  ekan.  Bu 

davlatda  egri  soliqlar  ham  ahamiyati  yuqoriligini  ko’rsatadi.  Importga  QQS  dagi 

                                                           

34

 Е.Т Гайдара « на проект федеральнова бюджета»       Москва 2015 г 



54 

 

ulushining  kamligi  siyosiy  sabablar  tufayli  importning  2014  yilda  kamaygani 



orqali izohlash mumkin(10-rasm). 

Quidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki Rossiya Federal budjetini 

asosiy  qismi  tashqi  iqtisodiy  faoliyatdan  daromad  va  QQS  dan  tashkil  toparkan. 

Federal budjetda QQS 2012 yil 30.1 foizni, 2013 yil 33.9 foiz, 2014 yil 35.4 foizni 

tashkil  etgan  bo’lsa  2015  yilda  36.2  foizni  tashkil  etishi  rejalashtirilgan.  Aksizlar 

esa  2012  yil  3.2  foiz, 2013  yil  4.7  foizni,  2014  yil  5.6  foizni  tashkil  etgan  bo’lsa 

2015  yilga  5.9  foiz  tashkil  etishi  rejalashtirilgan.  Bundan  ko’rish  mumkinki  egri 

soliqlar  ulushi  Federal  budjetdagi  ulushi  ortib  bormoqda  bunga  sabab  foydali 

qazilmalarni qazib olganlik uchun soliqdan daromad va tashqi iqtisodiy faoliyatdan 

tushadigan  tushumlarni  kamayib  borganligi  sabab  bo’lmoqda.  Bular  esa  bevosita 

tashqi siyosiy faoliyatdagi kelishmovchiliklar orqali kelib chiqmoqda(7-jadval). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



7-jadval 

Rossiya Federal budjeti asosiy xususiyati 2012-2015yil

35

 

 

2012 



2013 

2014 


2015 

Foizli daromadlar 

100 

100 


100 

100 


Foyda solig’i 

3.2 


3.7 

3.7 


3.8 

QQS 


30.1 

33.9 


35.4 

36.2 


Aksizlar  

3.2 


4.7 

5.6 


5.9 

Foydali 


qazilmalarni 

qazib  olganlik  uchun 

soliq 

20.4 


19.5 

19.4 


18.6 

Tashqi 


iqtisodiy 

faoliyatdan daromad 

42.1 

37.2 


35.0 

34.5 


Boshqa 

soliqli 


tushumlar 

1.0 


1.0 

0.9 


1.0 

 

 



Yaqin  yillаr  ichidа  Rossiyadа  yashаb,  dаromаd  oluvchi  vа  boshqа 

ob’еktlаrgа egа bo’lgаn jismoniy shахslаrni pеrsonаl soliq hisobigа olishni globаl 

                                                           

35

 Е.Т Гайдара « на проект федеральнова бюджета»       Москва 2015 г 



55 

 

tizimini yarаtish rеjаlаshtirilgаn vа аmаlgа oshirilmoqdа. Soliq to’lovchilаrni soliq 



to’lаshdаgi  huquqlаri  vа  ulаrgа  jаvobgаrlikni  qo’llаsh  vа  ulаrni  huquqini  dаvlаt 

mаshinаsi  oldidа  himoya  qilish  mе’yoriy  bаzаlаrini  mukаmmаl  emаsligi  hаmdа 

qonunsiz  hаrаkаtlаrdаn  himoya  qilish,  zаrаrlаrni  qoplаsh  qoidаlаri  to’liq 

ishlаnmаgаnligi  soliq  tizimini  yanаdа  tаkomillаshtirilishini  tаlаb  qilаdi.  Soliq 

to’lovchilаrni mаjburiyatlаri ulаrning huquqlаridаn tаlаyginа ortiqroq bеlgilаngаn. 

Rossiya  soliq  tizimini  хususiyatlаridаn  biri  dеb  хorijiy  soliq  tizimlаridаn 

uning  «qаttiqo’lligi»ni  (kеskinligi)  hisoblаsh  mumkin.  Soliq  qonunchiligini 

buzgаndа  eng  yuksаk  dаrаjаdа  moliyaviy  vа  mа’muriy  chorаlаr  ko’rilаdi. 

Jаvobgаrlikkа  tortishdа,  аsosаn  fiskаl  mаqsаdgа  e’tibor  qаrаtilаdi,  аsoslаngаnligi, 

аybdorligi  vа  аdolаtligi  dеyarli  hisobgа  olinmаydi.  Dаvlаtni  soliq  to’lovchilаr 

oldidаgi  jаvobgаrligi  аsosаn  dеklеrаtiv  хаrаktеrgа  egа  bo’lib,  dаvlаt  orgаnlаri  vа 

jаvobgаr  shахslаrni  noto’g’ri  hаrаkаtlаri  dеyarli  jаzolаnmаydi.  Shu  bilаn  bir 

qаtordа,  ikkinchi  tomondаn,  soliq  to’lovchilаrni  mаdаniyati  dаrаjаsini  pаstligi  vа 

soliq 


qoidаlаrini to’liq ijro etilmаsligi yaqqol ko’zgа tаshlаnаdi. 

         AQSH dunyodagi eng murakkab soliq tizimiga ega bo’lgan davlatlardan biri 

hisoblanadi.  Chunki  bu  yerda  soliq  to’lovchilar  federal,  shtatlar  va  mahalliy 

tusdagi alohida alohida soliqlarni to’laydilar. 

         AQSHda umumdavlat pul mablag’lari fondi federatsiya budjetida to’planadi. 

AQSHning  budjet  tizimida  markaziy  o’rinni  federal  budjet  egallaydi.  АQShning 

hozirgi  soliq  tizimi  1986  yil  sеntyabr  oyidа  qаbul  qilingаn.  Ushbu  soliq  islohoti 

qonuni  1942  yili  kiritilgаn  dаromаd  to’g’risidаgi  qonundаn  kеyin  eng  yirik  soliq 

tаdbiri  hisoblаnаdi.  Islohotning  аsosiy  mаqsаdi  fеdеrаl  soliqqа  tortish  tizimini 

soddаlаshtirish  vа  «аdolаtli»  soliq  solish  yo’li  bilаn  mаmlаkаtdа  iqtisodiyotni 

rivojlаntirish  dаrаjаsini  rаg’bаtlаshtirishdаn  iborаt  edi.  Islohot  nаtijаsidа 

fuqаrolаrni  dаromаd  solig’igа  tortish  vа  korporаtsiya  foydаsini  soliqqа  tortish 

tizimi  sеzilаrli  dаrаjаdа  o’zgаrdi.  Dаromаd  solig’ini  eng  yuqori  stаvkаsi  аyrim 

shахslаr  uchun  –50dаn  26  foizgа  vа  korporаtsiyalаr  uchun  46  dаn  34  foizgа 



56 

 

tushirildi. 1993 yili qаbul qilingаn qonun hаm soliq tizimigа tаlаyginа o’zgаrtirish 



kiritdi. Qonundа хususiy 

shахslаr uchun ikkitа soliq stаvkаsi (36 vа 39,6%) vа korporаtsiyalаrgа 34 dаn 35 

foizgаchа  o’zgаrtish  kiritildi.  Shu  bilаn  bir  qаtordа  хizmаtgа  tа’luqli  ziyofаt, 

ko’ngilochаr tаdbirlаr bilаn bog’liq chеgirmаlаr qisqаrtirildi. 

         AQSHda  budjet  tushumlarining  katta  qismini  to’g’ri  soliqlar  ta’minlaydi. 

Uning hissasi juda yuqori (70% atrofida). AQSHda eng asosiy soliq turi jismoniy 

shaxslar to’laydigan daromad solig’i hisoblanadi. Bu soliqning federal budjetdagi 

ulushi 48 foizni tashkil etadi . 

9-rasmdan  ko’rish  mumkinki  AQSH  budjeti  tarkibini  asosini  jismoniy 

shaxslar  to’laydigan  daromad  solig’i    tashkil  qilar  ekan,  yani  41  foiz  korsatgich. 

Ijtimoiy sug’urta ajratmalari ham 34 foizni tashkil qilarkan, egri soliqlarni budjet 

tarkibidagi  ulushi  juda  kam  bo’lib,  u  ham  asosan  aksiz  va  bojxona  bojlaridan 

tashkil topgan. Aksiz solig’i davlat budjetini bor yo’g’i 3 foizini tashkil etmoqda 

bundan tashqari bojlar boshqa soliqlar tarkibida juda kam ulushni egallamoqda(11-

rasm). 

11-rasm 

AQSH federal budjeti soliqli tushumlari tarkibi (2014, %)

36

.

 

 



                                                           

36

  



http://en.wikipedia.org/wiki/File:U.S._Federal_Receipts_-_FY_2014.png

 


57 

 

AQSHda sug’urta bozori juda ham yaxshi rivojlangan. Shu sababdan federal 



budjet  tarkibida  ham  mahalliy(shtatlar)  budjetlar  tarkibida  ham  ijtimoiy  sug’urta 

ajratmalari yuqori ulushga ega. 

Fеdеrаl byudjеtgа fuqаrolаrdаn olinаdigаn dаromаd solig’i, ish hаqi fondigа 

solinаdigаn soliq vа korporаtsiyalvа 10 tsеnt kеlib tushаdi. Bundаn tаshqаri, kichik 

hаjmdа  аktsiz  yig’imlаri,  bojхonа  boji,  qo’chmаs  mulkkа  solinаdigаn  soliq, 

sovg’аlаrаr  foydаsigа  solinаdigаn  soliqlаr  kеlib  tushаdi.  Yuqoridаgi  kеtmа-

kеtlikkа  muvofiq  soliq  sifаtidа  yig’ilgаn  hаr  bir  dollаrdаn  45,35  dаn  olinаdigаn 

soliq  vа  boshqаlаr  fеdеrаl  byudjеtgа  tushаdi.  Fеdеrаl  byudjеtgа  tushаdigаn  аktsiz 

solig’i-  bеnzin,  chеkish  mаhsulotlаri,  аlkogol  ichimliklаrini  sotish  bilаn  bog’liq 

bo’lgаn tаnlаngаn soliqlаr hisoblаnаdi. 

 

II bob bo’yicha xulosa 

 

         Yuqoridagi malumotlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 



1)  Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  davlat  budjeti  daromadlarining  asosiy  qismi 

egri  soliqlar  hisobidan  shakllanmoqda.  Rivojlangan  mamlakatlarda  esa  davlat 

budjeti daromadlarining asosiy qismini to’g’ri soliqlar tashkil etmoqda.  

2)  Rivojlangan  industrial  mamlakatlarda  aholining  daromad  darajasi  yuqori 

ekanligi va aholidan olinadigan daromad solig’ini, asosan, progessiv stavkalardan 

undirilishi    maskur  soliqlardan  olinadigan  tushumlarning  davlat  budjeti 

daromadlarining tarkibida yuqori salmoqqa ega bo’lishiga olib kelmoqda. 

          Shunday  qilib,  har  bir davlat  soliq tizimi, davlat  budjeti  daromadlari  davlat 

tuzilishiga asoslangan bo’lib, har biri o’zining ko’p qirraligi, murakkabligi va ko’p 

darajali  tarkibi  bilan  ajralib  turadi  hamda  ularning  samarali  tashkil  etilishi 

mamlakat iqtisodining yuqori su’ratlarda o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 

 

 

 

 


58 

 

III BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETI 



BARQARORLIGINI TAMINLASHDA EGRI  SOLIQLAR 

SALMOG’INI OSHIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI 

         Iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish  sharoitida  egri  soliqlarni  undirish 

mexanizmini  takomillashtirish  yo‘nalishlari  Bitiruv    malakaviy    ishimizning  

mazkur  savolini  biz  ikki yo‘nalishda, ya’ni qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  va  aksiz  

solig‘ini 

takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash orqali yoritmoqdamiz.  

Qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  takomillashtirish. Mamlakatamizda inqirozga 

qarshi  choralar  dasturida  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  hisoblash  mexanizmini  

takomillashtirishga  alohida  e’tibor  qaratilgan. Mamlakatning  eksport  qiluvchi  

korxonalarini    qo‘llab-quvvatlashda  qo‘shilgan    qiymat  solig‘i  summasini  

qaytarish  muddatini  30  kundan  20  kungacha    qisqartirish    korxonalarning  

moliyaviy  resurslar  bilan ta’minlanishini kuchaytiradi. 

Import    qilinayotgan    tovarlar,  ishlar    va    xizmatlarni    qo‘shilgan  qiymat  

solig‘iga    tortishda    har    bir    mamlakat    ancha    ehtiyotkorlik    bilan  yondashadi. 

Chunki  import  qilinayotgan  tovar,  ish  va  xizmatlarining    ushbu  soliqqa  tortilishi 

tashqi  savdo  operatsiyalari  bilan  bog‘liq  masaladir.  Respublikamizda    import  

qilingan    tovarlar    bo‘yicha    hisobga  o‘tkazilgan    qo‘shilgan    qiymat    solig‘ini  

aniqlashda    importchi    tomonidan  olib  kirilayotgan  tovar  bojxona  qiymatiga 

nisbatan  hisoblab  chiqarilgan  qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    miqdori    hisobga  

o‘tkaziladi.  Lekin    importchi  tomonidan    bayon    qilingan    bojxona    qiymatiga  

nisbatan    bojxona  idoralari  tomonidan    hisoblanib  aniqlangan  bojxona  qiymati 

o‘rtasida  farq    bo‘lishi    mumkin.  Bunday    hollarda    hisobga    o‘tkazilgan  

qo‘shilgan  qiymat    solig‘i    miqdori    importchi    tomonidan    bayon    qilingan  

bojxona  qiymatidan    kelib    chiqib    hisoblangan    QQS    miqdoridan    kelib    chiqib 

aniqlanadi, haqiqatda  to‘langan QQS  miqdori  bilan  hisobga  o‘tkazilgan QQS  

o‘rtasidagi  farq  miqdori  import  qilinib  olib  kirilayotgan tovarlarning narxiga 

kiritiladi. 


59 

 

 



Bu  holat  birinchidan,  hisobga  o‘tkazilgan  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini 

aniqlashdagi    qonuniy    talablarini    buzilishini    keltirib    chiqarmoqda.  Shunga 

asosan import tovarlari bo‘yicha hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat  solig‘i  

miqdorini    aniqlashda    bojxona    idoralari    tomonidan  import    qilinayotgan  

tovarlarni  olib  kirilishida  haqiqatda  to‘langan qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  asos  

qilib    olinishi    maqsadga    muvofiqdir.  Bu  qonun  osti  me’yoriy  hujjatlarining 

yakdilligini ta’minlaydi, shu bilan birga import tovarlarini asossiz oshib ketishiga 

yo‘l  qo‘ymaydi.  Shunga    asosan    import    tovarlari    bo‘yicha    hisobga  

o‘tkaziladigan qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  miqdorini  aniqlashda  bojxona  idoralari 

tomonidan  import  qilinayotgan  tovarlarni  olib  kirilishida  haqiqatda to‘langan  

qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  asos  qilib  olinishi  maqsadga muvofiqdir. Bu  qonun  

osti    me’yoriy    hujjatlarining    yakdilligini  ta’minlaydi,  shu  bilan  birga  import 

tovarlarini asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

 

Korxonalarda    boqimanda    qarzlarning    vujudga    kelishiga    yuzaki 



qaraganda, ularning  moliyaviy  faoiyatiga  katta  ta’sir  etmaydigandek tuyuladi. 

Mavjud  debitor  qarzlari  undirilgandan  so‘ng  boqimanda qarzlar  yopiladi, lekin  

korxona    boqimanda    qarzlarga    ega    bo‘lib    turgan  muddatda  mol  etkazib 

beruvchilar  bilan  hisob-kitob  qilish  imkoniga  ega  bo‘lmaydi,  chunki    amaldagi  

qonunchiliklarga  asosan  birinchi  navbatda byudjet  oldidagi qarzdorlik yopilishi  

zarur. Demak korxonaning  ishlab chiqarish  sikli  sekinlashadi  va  bu  moliyaviy  

faoliyatga  salbiy  ta’sir etadi. 

Byudjetdagi    mutanosiblikni    kuchaytirish    maqsadida,  soliq  siyosatini  

takomillashtirish    bilan    bir    qatorda,  korxonalarning

 

moliyaviy    intizomini  



mustahkamlash,  to‘lov    aylanmasini    bir    me’yorga  keltirish,  to‘lamaslikning  

debitorlik    va    kreditorlik    qarzlarining  salbiy    oqibatlarini    to‘gatish    katta  

ahamiyatga  ega, bu  esa  oqibatda boqimanda qarzlar miqdorini kamaytirishga olib 

keladi. 


Shunga    qaramay    soliq    turlari    bo‘yicha    qarzdorlikning    yuqori  darajada  

saqlanib   qolishi    QQSni   hisoblanishi    va    undirilishida surunkali    muammoning  



60 

 

mavjudligini  va  bu  qarzdorlikni  bartaraf etilishi  bo‘yicha  takliflarning  ishlab  



chiqilishi  zarurligini  isbotlab turibdi. 

Korxonalarda    boqimanda    qarzlarning    vujudga    kelishiga    yuzaki 

qaraganda, ularning  moliyaviy  faoiyatiga  katta  ta’sir  etmaydigandek tuyuladi. 

Mavjud  debitor  qarzlari  undirilgandan  so‘ng  boqimanda qarzlar  yopiladi, lekin  

korxona    boqimanda    qarzlarga    ega    bo‘lib    turgan  muddatda  mol  etkazib 

beruvchilar  bilan  hisob-kitob  qilish  imkoniga  ega  bo‘lmaydi,  chunki    amaldagi  

qonunchiliklarga  asosan  birinchi  navbatda byudjet  oldidagi qarzdorlik yopilishi  

zarur. Demak korxonaning  ishlab chiqarish  sikli  sekinlashadi  va  bu  moliyaviy  

faoliyatga  salbiy  ta’sir etadi. 

Qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    bo‘yicha    boqimanda    summalarning    paydo 

bo‘lishi    birinchi    navbatda    bajarilgan    ishlar,  ko‘rsatilgan    xizmatlar  hisobiga  

buyurtmachilar    tomonidan    pul    mablag‘larini    o‘z    vaqtida    kelib  tushmasligi  

bilan    bog‘liqdir.  Respublikamizda    aksariyat    hollarda  buyurtmachilar  bo‘lib 

byudjet tashkilotlari maydonga chiqadi. 

Ma’lumki    hozirgi    mahsulotlarni    jo‘natish    tartibiga    muvofiq  15  foizli 

oldindan  to‘lov  amalga  oshirilib  keyin  mahsulotlar  yuboriladi.  Lekin  oldindan 

amalga  oshirilgan  to‘lovlar  miqdori  korxonaning  soliq  to‘lovlari  bo‘yicha  hisob-

kitoblarni  amalga  oshirish  uchun  etarli  darajada  emas,  chunki    respublikamiz  

bo‘yicha  soliq  yuki  byudjetdan  tashqar ajratmalarsiz 20 foizni tashkil etadi. 

Shundan    kelib    chiqib,  mahsulotlar    jo‘natishdagi    oldindan    to‘lov 

miqdorining    kamida  30  foizga    etkazilishi    soliq    to‘lovlari    bo‘yicha 

boqimandalarni,  shuningdek    boqimandalar    salmog‘idagi    eng    yuqori 

ko‘rsatkichni    egallab    turgan    qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    bo‘yicha    boqimanda 

miqdorlarini kamayishiga olib keladi hamda korxonada sog‘lom moliyaviy muhitni 

yaralishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Bugungi    kunda    jahon    soliq    amaliyotida    ijtimoiy    maqsadlar    uchun 

tabaqalashtirilgan  soliq  stavkalaridan  keng  va  samarali  foydalanib kelinmoqda. 

QQS    qo‘llaniladigan    barcha    rivojlangan    davlatlarda  3 xil  stavkalar,  ya’ni  eng 

yuqori (zeb-ziynat buyumlari, tamaki, alkogol); o‘rta (barcha tovar va xizmatlarga) 


61 

 

va  pasaytirilgan  stavka  (birinchi  darajali  zaruriy  xizmatlarga,  oziq-ovqat 



mahsulotlariga,  medikamentlar,  uy-joy,  transportga)  qo‘llaniladi.  Bir    muncha  

murakkabliklarga  qaramay, ular ancha  muvaffaqiyatli  qo‘llanilib  kelinmoqda  va  

katta    ijtimoiy  ahamiyatga    ega    bo‘lmoqda.  Chunki    pasaytirilgan    stavkalar  

umumiy 


stavkalardan bir qadar pastroq qilib belgilangan. 

Rivojlangan  davlatlarda  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  bo‘yicha tabaqalashgan  

stavkalarning    qo‘llanilishi    uning    regressivligini  kamaytiradi.  Ammo  

respublikamizda    qo‘shilgan    qiymat    solig‘idan  tabaqalashtirilgan    stavkalar  

qo‘llanilmaydi.  To‘g‘ri,  respublikamiz  soliq  qonunchiligida  qo‘shilgan  qiymat 

solig‘i  bo‘yicha  birinchi  iste’mol  mahsulotlari  bo‘lgan  besh  turdagi  tovarlarga 

imtiyoz  sifatida  1998  yil  10  foizli,  1999  yil  15  foizli    pasaytirilgan    stavkalar  

qo‘llanilgan.  Respublika  soliqqa  tortish  amaliyotida  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i 

bo‘yicha qo‘llanilgan  pasaytirilgan  stavkalarning  ijtimoiy  ahamiyati  arzimas 

darajada  bo‘lganligi, hisob-kitoblarda  anglashilmovchiliklarga  yo‘l qo‘yilganligi 

natijasida ular 2000 yildan bekor qilindi. 

 

Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  soliq  islohotlarida  soliq tizimida 



ijtimoiy  maqsadlar  uchun  berilgan  imtiyozlarni  saqlab  qolgan  holda  soliq 

stavkalaridan  ham  ijtimoiy  maqsadlar  uchun  foydalanishni  takomillashtirish  

maqsadga    muvofiq.  Jumladan,  respublika    soliq  tizimida    asosiy    soliq  

hisoblangan    qo‘shilgan    qiymat    solig‘i    bo‘yicha  tabaqalashgan    stavkalarni  

amaliyotga    joriy    etish    va    ijtimoiy  muammolarni  hal  etish  uchun  foydalanish 

lozim.  Mamlakatning    ijtimoiy    maqsadlaridan    kelib    chiqib    qo‘shilgan  qiymat  

solig‘idan    nol    darajali    stavka    bo‘yicha    soliq    solinadigan  oborotlarni  

kengaytirish  maqsadga  muvofiq. Bizningcha, respublikada  medikamentlar  ishlab  

chiqaruvchi  va  aholiga  meditsina  xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga ham nol darajali 

stavkani qo‘llash lozim. 

 

Aksiz    solig‘ini    takomillashtirish.  Aksiz    solig‘ining    fiskal  ahamiyati 



boshqa  soliqlarga  qaraganda  ancha  yuqori  ekanligi,  mazkur  soliq  mexanizmini  

takomillashtirishga    ehtiyotkorona    bo‘lishni    taqozo    etadi.  Shu  bois, 



62 

 

respublikamiz  soliq  tizimini  isloh  qilishda  aksiz  solig‘ini  takomillashtirishga  



alohida    e’tibor    qaratilmoqda.  So‘nggi    yillar  davomida  aksiz  solig‘i  borasida 

amalga  oshirilgan  o‘zgarishlar  shubhasiz,  respublika    soliq    tizimini    samarali  

tashkil    etish    uchun    xizmat    qilib  kelmoqda.  Bu    borada    aksiz    solig‘i  

qo‘llaniladigan  tovarlarning  keskin kamaytirilishi  bilan  birga, so‘nggi  yillarda  

aksiz  solig‘i stavkalarining  qat’iy  miqdorlarini  qo‘llanilishi  va 2008 yildan 

e’tiboran  aksiz  solig‘ini  hisoblash  mexanizmiga  kirtitilgan  o‘zgarish mazkur 

soliqni  ancha  soddalashtirishga  va  erkinlashtirishga,  eng  asosiysi  soliq    yukini  

yashiringan  qismini  oshkora  qilib  belgilanganligi  bilan ahamiyatlidir. 2008 yil 1 

yanvardan  aksiz  solig‘i  bo‘yicha  respublikamizda  ishlab chiqarilgan mebellar, 

billurdan  tayyorlanadigan  buyumlar,  video  va  audio  uskunalariga    aksiz    solig‘i  

bekor    qilindi.  Alkogol    va    tamaki  mahsulotlari  bo‘yicha  aksiz  solig‘i  stavkalari 

birxillashtirildi. 

 

Aksiz  solig’idagi  muammolardan  biri  shuki,  ayrim  tovarlar  buyicha,  ya’ni 



juda  ham  zarur  bo‘lmagan  va  boylik  belgisi  hisoblangan    zargarlik    buyumlari, 

chinni  servislari  va  boshqa  ayrim tovarlar  bo‘yicha  soliq  stavkasi  juda  past, 

lekin    ishlab    chiqarish    va  xo‘jalik    maqsadlari    uchun    zarur    bo‘lgan    neft  

mahulotlarining    soliq  stavkasi    nisbatan    yuqori    foizni    tashkil    etadi,  bu    esa  

albatta    jamiyat  miqyosida    boshqa    tovarlar    narxining    o‘sishiga    olib    keladi. 

Biroq    shuni  ham    ta’kidlab    o‘tish    kerakki,  ushbu    soliq    stavkasining    neft 

mahsulotlariga  nisbatan  ko‘tarilishining  ijobiy  tomonlari  ham  mavjud.  Jumladan, 

bu  ishni  amalga  oshirish  bilan  boshqa  soliq  stavkalarining pasayishiga  olib  

keladi. Mamlakatda  hozirgi  kunda  ayrim  xizmatlarga ham  aksiz  solig‘ini  joriy  

qilish  sharoiti  yuzaga  kelgan. Bunday xizmatlar ichida birinchi nomzodi sifatida 

uyali aloqa xizmatini aytish mumkin. Ushbu xizmat turiga aksiz solig‘i joriy etish 

aksizlarning asl mohiyatiga ham to‘g‘ri keladi. 

Chunki,  birinchidan,  aksiz  solig‘i  inson  sog‘lig‘i  uchun  zararli  bo‘lgan 

mahsulotlarga  nisbatan  qo‘llaniladi.  Uyali  aloqa  ham  insonga  nurlanish  orqali  

zararli  hisoblanadi. Ushbu  xizmat  bozoridagi  hozirgi  raqobat sharoitida  uyali  

aloqa    xizmatidan    foydalanganlik    uchun    haq    keskin  pasayib  borayotganligi 



63 

 

ushbu 



xizmatdan 

foydalanishni 

rag‘batlantirmoqda 

va 


ulardan 

foydalanuvchilarning soni ham ko‘payib bormoqda. 

Mana  shuning  o‘zi  aksizlarning  ikkinchi  xususiyatini  namoyon qilishga  

zamin    yaratmoqda,  ya’ni    uyali    aloqa    xizmatidan    foydalanish  ko‘lamining  

kengligi  unga  aksiz  solig‘i  joriy  qilish  uchun  qulay sharoitdir, yoki  fikrimizni  

talab  va  taklif  qonuni  asosida tushuntiradigan  bo‘lsak, uyali  aloqa  xizmatiga  

bo‘lgan  talab  unga  bo‘lgan taklifga nisbatan elastikroqdir. 

 Uchinchidan,  uyali  aloqa  xizmatidan  asosan  aholining  boy  va  o‘rta  hol 

qatlami    foydalanadi.  Demak,  shu    nuqtai-nazardan    unga    aksiz    solig‘ini  joriy 

qilinishi soliqning ijtimoiy funksiyasini ham amalga oshishini ta’minlaydi. 

To‘rtinchidan,  uyali    aloqa    xizmati    xaridorgir,  bozori    chaqqon    tovar 

bo‘lganligidan, shuningdek ushbu xizmatning taklifi juda xarajattalab emasligidan  

unga    aksiz    solig‘ini    joriy    qilinish    davlat    byudjetining  yana  bir  barqaror 

daromad  manbaini  shakllantirish  imkoniyatini  beradi.  Shuningdek,  uyali    aloqaga  

aksiz    solig‘ining    joriy    qilinishi    o‘simlik  yog‘iga    qo‘llanilayotgan    aksiz  

solig‘ini  pasaytirish  yoki  butunlay  olib tashlash  imkoniyatini  yaratadi. Bu  esa, 

iste’molga    soliqlar    yukining  adolatli  taqsimlanishini    ta’minlaydi.  Bizningcha, 

respublikada  tashqi iqtisodiy  munosabatlarni  tarif  tizimi  orqali  tartibga  solishni 

takomillashtirish  uchun  bojxona  to‘lovlari  stavkalarini,  jumladan  aksiz  solig‘i  

stavkalarini  qayta  ko‘rib  chiqish  maqsadga  muvofiq. Amalda qo‘llanilayotgan  

stavkalarning    ko‘pligi    va    ularning    miqdorini  yuqoriligi,  ichki  bozorda  import 

tovarlarining  bahosini  o‘sishiga  olib  kelmoqda.  Bu    holat,  mamlakatda    valyuta  

kursining    barqaror    darajadasaqlanishiga    qaramasdan,  import    tovarlari  

bahosining  o‘sishiga  sababbo‘lmoqda. 

Egri    soliqlar    tizimida    aniq    masalalar    shu    soliq    xususiyati    va 

vazifalaridan  kelib  chiqkan  holda  hal  etilishi  kerak, balki  bu  soliq turiga unga 

xos  bo‘lmagan  boshqa  vazifani  qo‘llash  bilan  emas.  Faqatgina  shunda    egri  

soliqlar    tizimini    bir    qolipga    keltirish    mumkin.  Shuning  uchun  aksiz  solig‘i 

doirasida  yangiliklar  kiritish  kerak,  ya’ni  stavkalarni  belgilashda    tovarlarning  

talab    egiluvchanligiga    e’tibor    berish,  qat’iy  aksizosti    tovarlar    ro‘yxatini  



64 

 

belgilash  kabilar. Boshka  mamlakatlar bilan savdo aloqalariga ega ekanmiz, shu 



nuqtai nazardan ham aksizlarda yangilik qilish darkordir. Shular bilan bir qatorda 

mamlakat ichkarisida ishlab  chiqarilayotgan  tovarlar  himoyasi  uchun, masalan, 

video    va    audio  apparaturalar,  dorilar  kabi  tovarlarga  nisbatan    soliq  va  bojxona 

nazoratini o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 

         O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida 

xo’jalik  subeklarining  investitsion  faoligini  oshirishga  alohida  e’tibor 

qaratilmoqda.  Buning  sababi  shundaki,  milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirishning 

daslabki  bosqichlarida  asosiy  e’tibor  davlat  budjeti  mablag’lari  va  hukumatning 

kafolatlari  asosida  jalb  qilingan  xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar  hisobidan 

investitsion 

jarayonlarni 

moliyalashtirishga 

qaratildi. 

Davlat 


tomonidan 

investitsion 

jarayonlarni 

moliyalshtirish 

makroiqtisodiy 

barqarorliknin 

ta’minlashda  muhim  rol  o’ynadi.  Hozirgi  kunda  investitsion  jarayonlarni 

moliyalashtirishda  xo’jalik  subektlarni  mavqeni  oshirishga  qaratilmoqda.  Bunda 

asosiy  e’tibor  korxonalar-ning  o’z  mablag’lari  va  tijorat  banklari  kreditlarining 

investitsion  jarayonlarni  moliyalashtirish  manbalarining  umumiy  hajmidagi 

salmog’ini oshirishga qaratilmoqda. 

         Prezidentimiz  I.  A.  Karimov  mamlakatimizdagi  investitsion  jarayonlarni 

moliyalashtirishning  zamonaviy  holatini  tahlil  qilar  ekan,  jumladan  shunday 

xulosaga  keldilar:  “Mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  investitsiya  kiritish  hajmi  yalpi 

ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi.O‘zlashtirilgan umumiy kapital 

qo‘yilmalar  hajmining  3  milliard  dollardan  ortig‘ini  xorijiy  investitsiyalar  tashkil 

etdi. Shuning  72  foizdan  ziyodi  yoki  2  milliard  200  million dollari  to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalardir.  O‘ylaymanki,  hammamiz  yaxshi  ang-lab 

olganmiz:  agar  o‘zimiz  harakat  qilmasak,  chetdan  sarmoya  va  investitsiyalarning 

mamlakatimizga, o‘lkamizga kirib kelishi uchun qulay sharoit va imtiyozlar tashkil 



65 

 

etmasak,  kerak  bo‘lsa,  ayni  shu  yo‘nalishda  astoydil,  butun  vujudimiz  bilan 



ishlamasak, bunday raqamlarni tushimizda ham ko‘rmasdik. Bu – aniq gap”

.

37



 

Bilvosita soliqlar korxonalar faoliyatiga neytral (xolis) pozitsiyadadir, degan 

nazariyadan  kelib  chiqib,  respublikamizda  ularni  fiskal  ahamiyatiga  qarab  katta 

e’tibor  berilmoqda.  Soliq  solinadigan  bazalarni  aniqlashda,  soliq  summasini 

hisoblashda,  byudjetga  undirilishda,  imtiyozlar  berishda  qator  kamchiliklar 

mavjud:  

1.  Bular  qatoriga  qo’shilgan  qiymat  solig’ini  (QQS)  to’laydigan  ayrim 

korxonalar  faoliyati  xususiyatlarini  hisobga  olmaslik  ham  kiradi.  Ayrim 

korxonalarda faqat o’z faoliyati natijasida yaratilgan qo’shilgan qiymatgina soliqqa 

tortilmay,  balki  mahsulotni  ishlab  chiqarish  uchun  ketgan  xom-ashyo  bo’yicha 

ham QQS to’lash; 

2. Olingan daromadni emas, kutilayotgan daromadni soliqqa tortish; 

3.  Aktsizosti  tovarlarning  realizatsiyasidan  QQS  undirish chog’ida, soliqqa 

tortish ob’ektiga aktsiz summasini qo’shilishi; 

4. Birlamchi ehtiyojga ega bo’lgan oziq-ovqat  mahsulotlarini soliqqa tortish 

va hokazo. 

Masalan,  bular  tarkibida  mahsulotni  etkazib  berish  davrida  QQSning 

hisoblanishi,  hali  kelib  tushmagan  mablag’lar  uchun  korxona  xomashyo 

materiallarini  QQS  to’lamaydigan  korxonalardan  sotib  olgan  sharoitda,  aylanma 

mablag’lar  hisobidan  QQSning  to’lanishi  natijasida  ularning  (aylanma 

mablag’larning) bir qismi cheklanishiga olib kelmokqa. Jo’natilgan tovarlar uchun 

mablag’lar  o’z  vaqtida  kelib  tushmasligi  natijasida  QQS  bo’yicha  boqimanda 

miqdorlari  ko’payishi,  boqimanda  hisobidan  penya  hisoblab  olinishi, 

korxonalarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 

Korxonalarni  aylanma  mablag’lari  boshqa  maqsadlarga  yo’naltirilishi, 

ixtiyorida qoladigan sof-foydani kamayishi QQSni hisoblash usulini o’zgartirishni 

talab qilmoqda. U ishlab chiqarilgan mahsulot uchun QQSni to’lash majburiyatini 

                                                           

37

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 



rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 

bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Toshkent. 18.01.2014 



66 

 

jo’natilgan  mahsulot  uchun  mablag’  kelib  tushgan  paytda  amalga  oshirilishni 



ko’zda  tutadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  567-sonli 

qarorida  korxonalarning  o’z  aylanma  mablag’laridan  oqilona  foydalanishni 

ta’minlash  maqsadida  QQS  bo’yicha  to’lovlar  sonini  va  muddatini  bir  oyda  2 

martadan bir martagacha kamaytirildi. 

Soliqlar    yalpi  ichki  mahsulot    va  uning  tarkibiy  qismi  bo’lgan  milliy 

daromadni  qayta  taqsimlashda  ishtirok  etib,  yagona  takror  ishlab  chiqarish 

jarayonining  bir  qismi,  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  o’ziga  xos  shakli 

hisoblanadi.  Bular  soliqlarning  ijtimoiy  mazmunini  shakllantiradi.    Soliqlar 

jamiyatdagi  taqsimlash  munosabatlarining  tarkibiy  qismi  sifatida  ishlab  chiqarish 

qonuniyatlarini o’zida ifoda etadi.

 

         Korxonalarning  investitsiya  faoliyatini  rag’batlantirishda  qo’shilgan  qiymat 



solig’i  muhim  rol  o’ynaydi.  Bunda  qo’shilgan  qiymat  solig’iga  tortilmaydigan 

oborot miqdorini belgilash, ayrim korxonalarga va ayrim opertasiyalarga nisbatan 

soliq imtiyozlarini belgilash asosiy o’rinni egallaydi. Xususan, qo’shilgan qiymat 

solig’i  bo’yicha  soliqqa  tortilmaydigan  oborot  miqdorini  belgilash  kichik  biznes 

korxonalariga  faoliyatlarini  rivojlantirish  uchun  kuchli  turtki  beradi.  Buning 

natijasida  ular  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  tovarlarning  raqobatbardoshligi 

oshadi.  Bu  esa,  o’z  navbatida,  tovarlarni  sotishdan  olingan  tushumlar  summasini 

ko’payishiga  olib  keladi  va  pirovard  natijada  investitsion  xarajatlarni 

moliyalashtirishning muhim manbai bo’lgan sof foydaning miqdori oshadi. 

         Aksiz  solig’i  investitsion  jarayonlarga  faol  tarzda  ta’sir  ko’rsatuvchi  asosiy 

soliq  turlaridan  biri  hisoblanadi.  Aksiz  solig’i,  birinchi  navbatda,  fiskal 

funksiyasini  bajarishga  yo’naltirilgan.  Ayni  vaqtda  uning  iqtisodiy  funksiyasidan 

foydalanish  uchun  ham  yetarli  darajada  imkonyatlar  mavjud.  Aksiz  solig’i 

bo’yicha  maxsus  stavkalarni  belgilash  va  soliqqa  tortish  obektini  aniqlashda 

o’zgartirishlar  kiritish  yo’li  bilan  aksiz  solig’iga  tortiladigan  tovarlar  ishlab 

chiqaruvchi korxonalarning rentabelligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.   



67 

 


Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish