Moliya-kredit” kafedrasi “bank ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruv oldi amaliyoti hisoboti



Download 2,35 Mb.
bet1/21
Sana17.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#814903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
SBI 61 2 guruh talabasi D Abduganievaning Bitiruvoldi Amaliyoti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Sirtqi” fakulteti


MOLIYA-KREDIT” kafedrasi


BANK ISHI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA BITIRUV OLDI AMALIYOTI


HISOBOTI
Tayyorladi: KBI-61-2 guruh
talabasi Abduganieva D. A.



RO‘YXATGA OLINDI
“____” _______2022 y.
_________
Imzo _________




Hisobot himoyaga tavsiya qilingan sana
____” _______2022 y.
Ilmiy rahbar __________
Imzo _______________

_________________________'>Hisobot himoya qilingan sana
«____» _______2022 y.


Baho «_____» _________



___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________


__________________


_________________




TOSHKENT – 2022

HISOBOT REJASI:
Kirish.

  1. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining passiv operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi va tahlili.

  2. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.

  3. “Trastbank” XAB tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili.

  4. “Trastbank” XAB tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot;

  5. Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida amalga oshiriladigan operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumot:

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish

Xozirgi kunda yaxshi bank ishi mutaxassislarini tayyorlash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, xozirda bank ishi mutaxasilarining asosiy maqsadi - bank sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni shakllantirish va vujudga keladigan muammolarni hal qilishda amaliy ko‘nikmalarni egallashdan iborat.


Bitiruvchi Markaziy bank va tijorat banklarining mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni, zamonaviy sharoitda tijorat banklari tomonidan mablag‘larni jalb qilish
va joylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari, bank operatsiyalarini o‘tkazish jarayoni, bank foydasini shakllantirish va undan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, bank likvidligini boshqarish asoslari, bank tavakkalchiliklarini mohiyati va darajalari to‘g‘risidagi bilimlarni egallashi zarur.
Mamlakatimiz banklari oldida turgan dolzarb masalalardan bo’lib, albatta, tashqi savdo operatsiyalarini xalqaro standartlar darajasida xizmat ko'rsatish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalar va ilg'or texnologiyalarni O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish uchun mijozlarga yordam berish hisoblanadi.
Bitiruv oldi amaliyoti boyicha mazkur hisobot mavzusuining ahamiyati quyidagilarda namayon bo’ladi. Mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalariga xalqaro standartlar darajasida xizmat ko'rsatish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalar va ilg'or texnologiyalarni O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb etishga ko'maklashadigan moliyaviy institutlarni yaratish banklarning yuridik shaxslar bilan amalga oshiriladigan aktiv operatsiyalari amaliyoti va tartibi haqida to’liq tushunchaga ega bo’lishni taqazo etadi.
Banklar tomonidan yuridik shaxslarning tashqi savdo operatsiyalariga xizmat ko'rsatishi, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalar va ilg'or texnologiyalarni O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb etish mamlakatimiz farovonligini oshirishga ko’maklashuvchi o’ziga xos instrument bo’lib, bunday ko’rinishdagi amaliyot bankka va mijozga foydali va samarali hisoblanadi.
Mazkur bitiruv oldi amaliyoti hisobotining obekti “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari amaliyoti hisoblanadi.
Bitiruv oldi amaliyoti hisobatining maqsadi – tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari amaliyotini “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki miqyosida tahlil qilish, o’rganish va bu amaliyot turi boyicha ilmiy, nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirish va taqdim etish hisoblanadi.
Bitiruv oldi amaliyoti hisobatining predmeti – “Trastbank” hususiy aksiyadorlik bankida tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari amaliyoti, uning moliyaviy natijalari, statistik ma’lumotlari, hisobotlari, dinamikasi va boshqalar hisoblanadi.
Mazkur hisobot 5 ta reja-qismdan iborat bo’lib, birinchi reja “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining tashkiliy tuzilishi, faoliyatini tashkil etish asoslari, asosiy ko’rsatkichlari dinamikasi va tahlili, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti faoliyati bilan tanishish, Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentining tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risida ma'lumot, Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentida amalga oshiriladigan operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumot, bular - Ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish, SWIFT tizimi orqali mijozlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga pul o‘tkazmalarini jo‘natish hamda ularning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘larini kirim qilish, Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, Hujjatli operatsiyalarni amalga oshirish, Xalqaro to‘lovlar va vakillik munosabatlari, Bank kafolatlari, Import kontrakti bo‘yicha xorijiy valyutada akkreditiv operatsiyasi xizmatini ko‘rsatish, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan bevosita hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilinishi haqida ma’lumot beradi.
Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining tashkiliy tuzilishi, faoliyatini tashkil etish asoslari, asosiy ko’rsatkichlari dinamikasi va tahlili
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki moliya xizmatlar bozorida
1994-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda o‘sib, rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obro‘-e'tiborini mustahkamlab kelmoqda. O‘zbekistonning yetakchi banklari bilan bir qatorda Trastbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablag‘ bilan ta'minlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda faol qatnashib kelmoqda.
1994-yil 21-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 44-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyasi berilgan. 1996-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 36-sonli Bosh lisenziyasiga muvofiq xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan. 1996-yil 3-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 54-sonli kassa operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyasi berilgan.
Xozirda “Trastbank” XAB 13ta filiallarga ega, va ular quyidagilardir:
1. Amaliyot boshqarmasi (1994-yilning 19-iyulida ish faoliyatini boshlagan);
2. «Toshkent» filiali (1997-yilning 23-aprelida ish faoliyatini boshlagan);
3. «Darxon» filiali (1999-yilning 26-oktyabrda ish faoliyatini boshlagan);
4. Namangan filiali (2009-yilda ish faoliyatini boshlagan);
5. Termiz filiali (2009-yilda ish faoliyatini boshlagan);
6. Andijon filiali (2010-yilda ish faoliyatini boshlagan);
7. Samarqand filiali (2012-yilning 22-iyulida ish faoliyatini boshlagan);
8. Yakkasaroy filiali (2012-yilning 27-avgustida ish faoliyatini boshlagan);
9. Qarshi filiali (2013-yilning 5-sentyabrida ish faoliyatini boshlagan);
10. Farg‘ona filiali (2014-yilning 18-avgustida ish faoliyatini boshlagan);
11. Jizzax filiali (2018-yilning 6-iyunida ish faoliyatini boshlagan);
12. Buxoro filiali (2021-yilning 3-martida ish faoliyatini boshlagan);
13. Bektemir filiali (2021-yilning 23-dekabrida ish faoliyatini boshlagan).
Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbir korlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bun da bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. Mikromoliyalash tirish, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash, savdoni moliyalashtirish va institutsional taraqqiyotga texnik koʻmak berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 10 yildan ortiq vaqtdan buyon muvafaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Bank ishonchliligi va barqarorligining muhim koʻrsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yoʻna lishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borishi va ishonchli qarz oluvchi sifatida obroʻ-e’tibor qozonishi xalqaro investorlar to monidan Bankka boʻlgan ishonchning tobora oʻshib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya banki (FMO) va respons Ability investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilini- shi buning isboti boʻldi va bu bankning investitsion jozibadorligini ancha yuksal tirdi.
Mijozlar va biznes boʻyicha hamkorlar oldidagi majburiyatlarning aniq bajarilishi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi bankka oʻz obroʻ-e’tiborini doimiy ravishda oshirib borishga yordam bermoqda. Bankning barcha moliyaviy hisobotlari 1999 yildan boshlab xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan mustaqil tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Bankning kreditga qodirligi va moliyaviy barqarorligi 2007 yildan boshlab xalqaro reyting agentliklari tomonidan tasdiqlanmoqda. Raqobatchilar orasida Bank oʻzini biznes boʻyicha ishonchli hamkor sifatida namoyon etmoqda hamda oʻsish, rivojlanish, samaradorlik va bozordagi hissasini oshirishga intilgan holda oʻz faoliyatini amalga oshirishgan.
Passivlar va aktivlar bo’yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mablag’larni jalb qilish yoki ularni joylashtirish bilan bog’liq operatsiyalarning har ikkalasi ham banklar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ularni samarali tashkil qilish banklar faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bank resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi.
Shu bois bank resurslarini shakllantirish, uning passiv hisob raqamlari yoki aktiv-passiv hisob raqamlaridagi pul mablag’larini ko’paytiri bilan bog’liq operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi.Banklarning yetarli resursga ega bo’lishi o’ta dolzarb vazifalardan biri bo’lganligi uchun banklar passiv operatsiyalarini samarali tashkil etish va boshqarish bo’yicha o’z siyosatiga ega bo’ladi.
Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda asosiy e‘tibor bank balansi passividagi mablag’larning manbalariga qaratiladi. Ushbu mablag’lar ikkita yirik guruhga – majburiyatlar va kapitalga bo’linadi.
Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag’lar hisobidan, kapital esa bankning o’z mablag’lari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag’larning barqaror manbalar hisobidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashi va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta‘minlaydi.
Tijorat banklarining passiv operatsiyalarini asosan to’rt guruhga bo’lish mumkin:
1.Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarini emissiya qilish orqali resurslarni yig’ish.
2.Bank foydasi hisobidan har hil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini oshirish.
3.Kreditlar, qarzlar va boshqa kreditor – yuridik shaxslardan mablag’lar jalb qilish.
Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklari tomonidan passiv operatsiyalarni amalga oshirishdan maqsad:
bank faoliyatini resurslar bilan ta‘minlash;
iqtisodiyotga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan qo’shimcha mablaglar manbalarini shakllantirish;
jalb qilingan mablag’larga bank foizlarini to’lash yo’li bilan aholi va yuridik shaxslar daromadlarini oshirish;
o’z kapitali hajmini oshirib borish;
bank operatsiyalarini riskdan himoya qilish uchun rezerv fondlarni tashkil qilish.
Tijorat banklarining resurslarini qaysi subyektga tegishli ekanligiga qarab, bankning o’z mablag’lariga va jalb qilingan mablag’larga tasniflash mumkin. Yuqorida keltirilgan passiv operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o’z mablag’lari yuzaga keladi, qolgan oxirgi ikki shaklda esa bankning jalb qilingan resurslari yoki bank uchun qarzga olingan – kredit resurslari yuzaga keladi. Shu bois bank passivlarining hajmi bankning o’z mablag’lari va uning majburiyatlari yig’indisidan iborat bo’ladi. Banklar amaliyotining xo’jalik subyektlari faoliyatidan farqli xususiyati shundaki, agar korxona, tashkilotlar o’z faoliyatini olib borishda xarajatlarining aksariyat qismini o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirsa, banklar faoliyatida esa ularning o’z mablag’lari yoki kapitali u faoliyatining 15-20 foiz ehtiyojini qoplaydi. Bu holat bozor munosabatlarining faol ishtirokchisi bo’lgan banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidliligi uning resurslari tarkibidagi o’z mablag’lari salmog’iga, faoliyatining ko’lami esa jalb qilingan mablag’larga bog’liqligini ko’rsatadi. Banklarning passiv operatsiyalarni amalga oshirish orqali resurslarni shakllantirish imkoniyativa huquqi, boshqacha qilib aytganda, chetdan mablag’larni jalb qilish chegarasi Markaziy bank tomonidan belgilanadi va muvofiqlashtiriladi hamda u bankning qanday tashkiliy-huquqiy shaklda subyekt sifatida faoliyat yuritayotganligi, uning o’z mablag’lari hajmiga bog’liq bo’ladi. Bank resurslari tarkibida davlat mablag’larining mavjud emasligi banklarning passiv operatsiyalari yordamida, ular resurslari hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bankning passiv operatsiyalari yordamida xo’jalik oborotida bo’lgan bo’sh pul mablag’lari bank resurslariga jalb etiladi. Shu sababli passiv operatsiyalar nafaqat bank resurslarini shakllatirish uchun, balki pul muomalasining barqarorligini ta‘minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Banklarning o’z mablag’lari hajmining yuqori bo’lishi banklar faoliyati barqarorligini ta‘minlashning asosi hisoblanadi. Bankni tashkil qilishning ilk bosqichidagi xarajatlar, bank binosi, texnika-texnologiya, dasturiy ta‘minotlari, xodimlarining ish haqi bilan bog’liq xarajatlarning barchasi bankning o’z mablag’lari hisobidan qoplanadi. Bank faoliyati uchun zarur bo’lgan rezervlar, fondlar ham bankning o’z mablag’lari hisobidan shakllanadi.
Banklarning o’z mablag’lariga – bankning ustav kapitali va unga tenglashgan mablag’lar, jumladan, zaxira kapitali, maxsus fondlar, moddiy rag’batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar hamda taqsimlanmagan foydasi kiradi.
Jalb qilingan mablag’lar – depozitlar, jamg’armalar, qarzga olingan mablag’lar kontokorrent hamda korrespondent hisob varaqlarida o’z ifodasini topadi.
Moliyaviy menejment tizimida eng muhim yo’nalishlardan biri bank aktiv va passivlarini samarali boshqarish hisoblanadi. Aktivlarni boshqarish asosida o’z va jalb qilingan resurslarni joylashtirish tartibi va yo’llari yotadi. Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda xalqaro bank amaliyotida ―Bank passivlarini boshqarish‖ nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur nazariyada asosiy e‘tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga qaratiladi.
1960-70-yillardan boshlab bank likvidligini boshqarish borasida ―passivlarni boshqarish‖ nazariyasi paydo bo’ldi va bank likvidlik muammosini yechish borasida o’z passivlariga, ya‘ni majburiyatlariga e‘tibor qarata boshladi. Bu nazariyaning paydo bo’lishiga iqtisodiyotda fond va pul bozorining shakllanishi hamda ikki pog’onali bank tizimining to’la shakllanishi bilan bank mablag’lari bozorining rivojlanishi turtki bo’ldi. Bu nazariy fikrga tayangan holda banklar o’z likvidligini pul bozori va sarmoya bozoridan qarz olish, ya‘ni mablag’lar jalb qilish orqali boshqara boshlashdi. Bu, asosan, Markaziy bankdan mablag’lar sotib olish, depozit sertifikatlari, qisqa muddatli tijorat veksellari va yevro, dollar kabi qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish shaklida amalga oshiriladi.
Ushbu nazariya himoyachilari bank resurslari yetarli bo’lmagan hollarda bank likvidligi muammosini bozordan qo’shimcha mablag’lar jalb qilish yo’li bilan hal qilinishi mumkin deb ta‘kidlaydilar. Boshida bu nazariyani faqat yirik banklar ma‘qullagan edi, lekin keyinroq bu nazariya banklar tomonidan tan olindi.
Passivlarni boshqarish nazariyasi orqali tijorat banklari likvidligini boshqarish quyidagi ikki xulosaga asoslanadi:
Tijorat banklari qo’shimcha mablag’larni kapital bozorlaridan jalb qilish yo’li orqali likvidlikka erishishi mumkin.
1.Tijorat banklari Markaziy bank, boshqa banklardan olingan pul mablag’lari hisobiga likvidligini ta‘minlashi mumkin.
Bankning aktiv operatsiyalari ko’lami, ular joylashtiradigan resurslar hajmi, miqdori, bankning passiv operatsiyalari, jalb qilingan mablag’lar summasiga bog’liq bo’ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish bo’yicha banklar o’rtasida raqobatni keltirib chiqaradi.
2020-yil 14-dekabrda Fitch Ratings-Moskva/London reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining milliy va xorijiy valyutadagi defolt emitentida (RDE) uzoq muddatli reytinglarini “V” darajasini “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi. Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytinglarini “V” darajada, barqarorlik reytingini esa ”b” darajada qayta tasdiqlagan.
“Fitch Ratings” agentligi mutaxassislari “V” darajasining “Barqaror” prognozi bankning samarali faoliyati uning kelgusi rivojlanishida ham o‘z ifodasini topishini, bunda moliya bozorining turli segmentlarida olib borilayotgan yuqori daromadli biznes muhim omil bo‘lishini qayd etadi. Bu esa, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan kreditga layoqatliligini qayd etadi.
2021-2023 yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi maqsadlari:

  • bankning kapitallashuv darajasini oshirish, banklarning xalqaro moliyaviy prinsiplari talablari doirasida tijorat banklarning kapitalligi, likvidligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash;

  • faoliyatning barcha soxalarida yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlar bazasini son va sifat jihatdan kengaytirish, yirik omonatchilar hisobiga pul mablag‘larini qisqartirish, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozit bazasini oshirish;

  • aktivlar sifatini oshirish, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarni so‘ndirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni kelgusida bo‘lmasligini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlarni olib borish;

  • «elektron navbat» tizimini joriy qilish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatidan qoniqish darajasini baholash uchun mijozlar o‘rtasida yozma va elektron so‘rovlar o‘tkazish;

  • «HUMO» milliy to‘lov tizimiga ulanish, mazkur tizimda plastik kartalarni chiqarish va terminallarni o‘rnatish;

  • bank kartalari sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, turli-xil plastik kartalarni, shu jumladan overdraft, kredit, kobeydjing va virtual kartalarni chiqarish, shuningdek ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish;

  • zamonaviy kontaktsiz to‘lov usullarini (QR-kod) joriy etish, xalqaro plastik kartalar bo‘yicha (VISA, MasterCard) yangi mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilish;

  • bank xatarlarini baholash va boshqarish tizimini, xalqaro standartlarga muvofiqligini, mustaqil ekspertlar tomonidan baholashni tashkil etish;

  • 9-sonli Xalqaro moliyaviy hisobot standartiga muvofiq moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholash uchun yangi talablarni hisobga olgan holda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash sifatini yaxshilash;

  • korporativ boshqaruv tartibini xalqaro standartlar asosida, zarurat tug‘ilganda, Bankning rahbariyat tartibiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda rivojlantirish;

  • bankning mintaqaviy tarmog‘ini rivojlantirish;

  • bank xodimlarining malakasini va moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida O‘quv markazini tashkil qilish;

  • xodimlar uchun xorijiy banklarda va tashkilotlarda iqtisodiy tadqiqotlar, treninglar, stajirovkalarni tashkil qilish;

  • bank xodimlari va tarkibiy bo‘linmalarining asosiy ko‘rsatkichlari samaradorligi tizimini (KPI) ishlab chiqish va joriy etish.

Bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:



  • kreditlash;

  • hisob-kassa xizmatlari;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat;

  • chakana biznes.

Faoliyatning asosiy turlari bo‘yicha strategik ko‘rsatmalarga erishish banklar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga olib kelishi kerak, bu esa bankka barqaror rivojlanayotgan bankning yetakchi iqtisodiy o‘rnini egallash imkonini beradi.
Bankning maqsad va vazifalari:

  • menejmentning xalqaro prinsiplari va usullari hamda korporativ boshqaruv Kodeksini joriy qilish orqali Korporativ boshqaruvni takomillashtirish;

  • mijozlar, aksiyadorlar va Bank hamkorlarining istak va talablarini hisobga olgan holda, Bankning samaradorligi va uning raqobatbardoshligini oshirish;

  • bank mijozlariga taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar turlarini yanada kengaytirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish;

  • bank filiallari tarmog‘ini kengaytirish orqali taqdim etiladigan bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlash;

  • muhim sohalarda biznesning o‘sishini ta'minlash yoki rejalashtirilgan mutlaq ko‘rsatkichga erishish;

  • moliyaviy resurslarni jalb qilish manbalarini va aktivlarning tarkibini tizimli ravishda keng diversifikasiya qilish;

  • mijozlar bazasini kengaytirish va ularning miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha doimiy ish olib borish;

  • yangi yuqori texnologiyali bank mahsulotlarini ishlab chiqish va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish orqali taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini, operativ samaradorligi va boshqaruv tizimini takomillashtirish;

  • Kadrlarni boshqarish tizimini doimiy takomillashtirish orqali korporativ madaniyat darajasini oshirish, jamoaviy mehnatni rag‘batlantirish, kasbiy va martabaviy o‘sishni rag‘batlantirish, xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;

  • Bankning ijobiy imidjini yaratish va jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish, shuningdek bankning umumiy strategik maqsadlariga muvofiq marketing strategiyasini amalga oshirish uchun zamonaviy marketing va PR usullaridan faol foydalanish.

―Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo’yicha ehtimoliy yoqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizomga asosan ta‘riflanadi va tasniflanadi.
Mazkur nizomda aktivlar — kredit, overdraft, lizing, faktoring, qim’atli qog’ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag’lar, bo’lib-bo’lib to’lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog’liq barcha boshqa talablar sifatida ta‘riflanadi.
Bank aktivlari tarkibi deyilganda, balans yakuniga nisbatan har xil sifatdagi aktivlar salmog’i tushuniladi. Tijorat banklari aktivlarini asosan to’rt kategoriyaga bo’lib o’rganish mumkin.
Bular:
kassadagi pul mablag’lari va ularga tenglashtirilgan mablag’lar;
investitsiya va qimmatli qog’ozlar;
kredit va ssudalar;
binolar va asbob-uskunalar.
Bank aktivlari – bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo’lgan qiymatliklar, naqd mablag’lar, qarzga berilgan mablag’lar, binolar va asbob-uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo’lib, bular o’zlarining moddiy shakliga ega bo’lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadilar. Bank aktivlari tarkibining to’g’ri belgilab olinishi va ulardan maqsadli foydalanish banklarning samarali faoliyat olib borishiga asos hisoblanadi.Tijorat banklarining aktivlari o’ziga xos belgilariga ko’ra likvidlik va risk darajasiga qarab hamda daromad keltirishiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi.
Banklar amaliyotida aktivlar bank balansida likvidlik darajasiga qarab aks ettiriladi va likvidlik darajasiga qarab ular quyidagi 3 guruhga: yuqori likvidli aktivlar, likvidli aktivlar, nolikvid (past likvidli) aktivlarga bo’linadi.
guruh - yuqori likvidli aktivlar. Bularga:
naqd pullar, sof quyma oltin, qimmatli toshlar, moneta, cheklar va boshqa pul hujjatlari;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisob varag’idagi mablag’lar;
bankning boshqa banklarda ochilgan hisob varag’idagi mablag’lar;
majburiy zaxira hisob varag’i bo’yicha mablag’lar qoldig’i;
qisqa muddatli (7 kungacha) banklararo kreditlar va depozitlar;
xalqaro reyting kompaniyalari yuqori baho bergan, risk darajasi past bo’lgan mamlakatlar transmilliy kompaniyalarining qimmatli qog’ozlari.
guruh - likvid aktivlar. Bularga:
berilgan kreditlar (jumladan, banklararo ham);
o’z investitsiyalari; boshqa qimmatli qog’ozlar, muddati 30 kungacha bo’lgan debitorlar.
guruh - nolikvid (past likvidli) aktivlar.
Bularga:
muddati o’tgan ssudalar;
muddati o’tgan foizlar;
sud aralashuvi bilan o’zlashtirilishi ko’zda tutilgan ssudalar;
tugallanmagan ishlab chiqarish;asosiy vositalar kiradi.Mamlakatimiz tijorat banklari amaliyotida aktivlar likvidliligi ta‘minot likvidliligiga qarab baholanadi. Lekin ta‘minot kredit to’lashning ikkilamchi manbayi hisoblanadi. Aslida beriladigan kredit korxona moliyaviy holatining barqarorligiga, kredit obyekti bo’lgan tovar-moddiy boyliklar, xizmatlar, investitsiyalarning daromadlilik darajasiga bog’liq. Shu bois, tijorat banklari tugallanmagan ishlab chiqarish;asosiy vositalar kiradi.Mamlakatimiz tijorat banklari amaliyotida aktivlar likvidliligi ta‘minot likvidliligiga qarab baholanadi. Lekin ta‘minot kredit to’lashning ikkilamchi manbayi hisoblanadi. Aslida beriladigan kredit korxona moliyaviy holatining barqarorligiga, kredit obyekti bo’lgan tovar-moddiy boyliklar, xizmatlar, investitsiyalarning daromadlilik darajasiga bog’liq. Shu bois, tijorat banklari ta‘minotga kreditni qoplashning asosiy manbayi sifatid qaralmasligi lozim. Amaliyotimizda bank aktivlari ta‟minotning likvidlilik darajasiga qarab 2 guruhga bo’linadi.
Bular:yuqori likvidli ta‘minotiga ega bo’lgan aktivlar;yuqori likvidli bo’lmagan ta‘minotli aktivlar.Aktivlarning yuqori likvidli ta‟minotiga:O’zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati:tijorat banklarida ochilgan hisob varaqlardagi milliy va xorijiy valyuta shaklidagi garov;hukumatning qimmatli qog’ozlari shaklidagi garov;Markaziy bankning qimmatli qog’ozlari shaklidagi garov;qimmatbaho metallar shaklidagi oltin va kumush quymalari shaklidagi garov kiradi.
Aktivlarning yuqori likvidli bo„lmagan ta‟minotiga:ko’chmas mulk, shu jumladan, yer uchastkasiga bo’lgan huquq;ko’char mol-mulk;xo’jalik jamiyatidagi ulushga bo’lgan huquq; ba‘zi bir qimmatli qog’ozlar shaklidagi garov;yuridik va jismoniy shaxslarning kafolat va kafilliklari kiradi.Ta‘minotni tahlil qilishda tijorat banklari tomonidan uning likvidliligi e‘tiborga olinishi lozim. Bunda tijorat banki ta‘minotni sotishdan asosiy qarz va foiz summalarining qaytarilishini baholashi shart. Bank doimiy tarzda o’zining likvidliligini ma‘lum bir darajada saqlashi kerak, ya‘ni o’zining to’lovga qobilligini shubha ostida qoldirmasligi kerak. Bankning aktivlari qanchalik darajada likvid bo’lsa shunchalik, ular bilan bog’liq risk kichik bo’ladi, ammo shunga javoban ularga to’lanadigan foiz ham shunchalik past bo’ladi.Bank likvidlilikni ikki xil yo’l bilan ta‘minlash mumkin:ortiqcha likvidli aktivlarni yig’ish orqali;jahon amaliyotida keng qo’llanilayotgan usul – likvidlilikni kam daromad keltiruvchi va tez sotiluvchi qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash orqali ta‘minlash mumkin.Kassadagi pul mablag’lari – bankning kassasidagi saqlanayotgan va bank kunlik hisob raqamlar bo’yicha naqd pul berishga, pulni maydalab berishga, naqd pul shaklida kreditlar berishga, bank xarajati uchun haq to’lashga, xizmatchilarga ish haqi berishga va boshqa xarajatlarga ishlatish uchun zarur bo’lgan qog’oz pullar va tangalar hisoblanadi.
Shuning uchun ham bank mijozning talabini qondirishda beriladigan qog’oz pullarga va tangalarga ega bo’lishi kerak. Ushbu kassadagi naqd pullarning qoldig’iga bir nechta omillar ta‘sir qiladi, jumladan: mavsumiylik, bankning hududiy joylashishi v.b. Odatda, jahon amaliyotida bank aktivlarning naqd pul bo’limiga, kassadagi naqd pullar, majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar, vakillik banklarga joylashtirilgan depozitlar hamda inkassatsiya qilinayotgan naqd pullar.
Tijorat banki aktivlarining sifatini baholashda qarz oluvchining faoliyati quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli;
muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy ra- qobatbardoshligi;
moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi;
kredit tarixi, kredit ta‘minotining yomonlashuvi yoki likvidliligi- ning pasayishi;
muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi;
rahbarining boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs bo’lsa).
Aktivlar sifatining tahlili va tasnifi natijalari yuqorida keltirilgan mezonlar tijorat banklarining kredit portfeli va boshqa aktivlaridagi risk darajasini aniqlash va baholashda qo’llaniladi.
Bank aktivlari tarkibida birinchi darajali likvidli aktivlar hissasi qanchalik ko’p bo’lsa, bank likvidliligi shuncha yuqori bo’ladi. Lekin, shuni ham alohida ta‘kidlash lozimki, bunday aktivlar daromad keltirmaydi.
Risklik darajasiga qarab aktivlar, odatda, to’rt guruhga bo’linadi.
1guruh - riskdan xoli bo’lgan aktivlar. Bularga: naqd pullar va turli kassa hujjatlari, chet-el valyutasi, Markaziy bank omborlarida saqlanayotgan oltin quyilmalar, Markaziy bankning vakillik va zaxira hisob varaqlaridagi mablag’lar. O’zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy bankiga bo’lgan talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar, nomoddiy aktivlar v.b.
2guruh - kichik (minimal) riskli aktivlar. Bularga: boshqa banklarning vakillik hisob varaqlaridagi olinishi lozim bo’lgan mab- lag’lar, qarzlar, pul bozori vositalari, risk darajasi past bo’lgan mam- lakatlar banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bilan ta‘minlangan barcha aktivlar, xalqaro moliya tashkilotlariga bo’lgan tal- ablar, bu tashkilotlar tomonidan kafolatlangan bank aktivlari, xalqaro moliya tashkilotlari tomonida muamalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bilan ta‘minlangan aktivlar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, risk darajasi past bo’lgan mamlakatlar hukumati tomonidan chiqarilgan bozor qiymatida baholangan qimmatli qog’ozlar ko’rinishidagi garov bilan ta‘minlangan aktivlar va balansdan tashqari majburiyatlar, hisob-kitoblar jarayonida bo’lgan pul hujjatlari va boshqalar kiradi. Bu aktivlar bo’yicha risk da- rajasi 20 foizga teng.
3guruh - yuqori riskli aktivlar: jismoniy shaxslarga uy-joy sotib olish va qurish uchun berilgan va garov bilan ta‘minlangan kreditlar. Bunda kreditning miqdori garov qiymatining 60 % dan oshmasligi lo- zim. Bu aktivlar bo’yicha risk 50 foizga teng.
4guruh - yuqori darajadagi riskli aktivlar: banklar tomonidan be- rilgan barcha kreditlar, bankning asosiy vositalari va boshqa mulklari, foiz o’stirmaslik maqomi berilgan va qayta ko’rib chiqilgan kreditlar, bankda dastlabki garov huquqiga ega bo’lmagan kreditlar, milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshgan aktivlar, risk darajasi past bo’lgan mamlakatlarning depozitar institutlari kapitali bo’lgan qimmatli qog’ozlar va boshqa aktivlar kiradi. Ushbu guruhga kiruvchi aktivlarning risk darajasi 100 % ni tashkil qiladi.
5 guruh - o’ta yuqori (maksimal) riskli aktivlar: bu aktivlarga sud jarayonidagi va belgilangan tartibda undirilmagan aktivlar, qarzni to’liq yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan ko’chmas mulklar, ikki yildan ko’p muddatga foydalanilmayatgan bank bino inshootlari, muddati bir martadan ortiq uzaytirilgan va shartlari qayta ko’rib chiqilgan kreditlar. Ushbu guruhdagi aktivlarning risk darajasi 150 % miqdorida belgilanadi.
Bu aktivlar bo’yicha risk darajasi maksimal bo’lib, u 100 foizga teng bo’ladi.
Tijorat bankining balans ma‘lumotlari shuni ko’rsatadiki, 2015-yil 1-yanvarda bankning umumiy aktivlari 60,1 mlrd so’mni tashkil qildi. Shundan 14 foiz (ya‘ni 8,5 mlrd so’mni) riskdan xoli bo’lgan aktivlar, 68 foiz (41mlrd so’m) kam riskli aktivlar, 1 foiz (0,6 mlrd so’m) esa kat- ta riskli aktivlarni, maksimal darajali riskli aktivlar 17 foizni tashkil qiladi. Riskni inobatga olganda barcha aktivlar 18,8 mlrd so’mni tashkil qilgan.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish