Moliya nazariyasi



Download 0,55 Mb.
bet1/9
Sana27.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#708431
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
молия назария намунавий



MOLIYA NAZARIYASI”
FANINING


O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 200000-Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


Ta’lim sohasi: 230000-Iqtisod

Ta’lim yo‘nalishlari: 5230600 - “Moliya”
5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit”
(tarmoqlar bo’yicha)
Qarshi 2019

Fanning o‘quv dasturi Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi 2019 yil “03”08dagi 1-sonli, “Iqtisodiyot” fakulteti Uslubiy komissiyasining 2019 yil “16” 08 dagi 1-sonli, Institut Uslubiy kengashining 2019 yil “26”08 dagi 1-sonli yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan. Institut Kengashida muhokama etilib, (2019yil “29”08 dagi 1-sonli qaror) bilan ma’qullangan.




Tuzuvchi:
“Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi H.E.Azimova
Taqrizchilar:
QDU “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi dotsenti, i.f.n.(turdosh OTMdan) G.Erkayeva
QarMII “Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti S.R.Egamberdiyeva

Fanning o‘quv dasturi Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201__yil “_____”______dagi ___-sonli bayonnoma)


Kirish

“Moliya nazariyasi” fani iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy talim muassasalarida tanlov fani sifatida o‘qitiladi. Bu fan moliyaning uslubiy asoslarini taminlovchi va yaratuvchi fan sifatida ahamiyatlidir.Shu sababli, ushbu fan moliya fanining ajralmas va tarkibiy qismi hisoblanib, mazkur o‘quv dasturida fanni o‘qitishning maqsadi, vazifalari, o‘quv materiallarining mazmuni, amaliy mashg‘ulot mavzulari, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar keltirilgan. O‘quv dasturida moliyaning nazariy malumotlariga hamda zamonaviy moliyaning o‘ziga xos masalalarga alohida etibor beriladi.“Moliya” fani moliya sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash tizimida eng asosiy o‘rin tutadi. Mustaqil fan sifatida unga o‘tgan asrning 50-yillarida asos solingan bo‘lib, u moliya to‘g‘risidagi o‘sha davrga xos tasavvurlarga mos edi. O‘zbekistonda ham bozor islohotlarining amalga oshirilishi moliya fanining bir necha eng muhim nazariy qoidalarini qayta ko‘rib chiqilishini taqozo etdiki, bu narsa hamon o‘quv adabiyotlarida o‘z aksini to‘liq topgani yo‘q. Shu bosidan ham, ayrim holatlarda, mamlakat moliya tizimida sodir bo‘lgan keskin o‘zgarishlarni etarli darajada inobatga olmagan holda mashg‘ulotlarni o‘tkazish xavfi mavjud. Mazkur dasturda moliyaning nazariy masalalariga oid malumotlar o‘rin olgan. Darhaqiqat, tarix zamon talablaridan kelib chiqadigan muammolarni, uning echimini topishga,to‘g‘ri xulosalar chiqarishga yordam beradi. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi. SHuning uchun ham bo‘lajak mutaxassislarni moliya nazariyasi bilan tanishtirish birinchi darajali masalalardan biri hisoblanadi.


Dastur bakalavriat talim yo‘nalishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘lajak mutaxassisni komil inson darajasiga ko‘tarish uchun, uning o‘zi tanlagan sohasi bo‘yicha ilmlarni puxta egallashi bilan birga shu soha nazariyasini ham o‘rganishi muhim o‘rin egallaydiki, chunki tarixni yaxshi bilmasdan turib,yuksak manaviyatga erishib bo‘lmaydi. Dasturda talabalar mustaqil ishlab qo‘shimcha bilim olishlari, yozma ishlar tayyorlashlarini hisobga olib bir qator nazariy masalalar o‘rin olgan.Talabalarning iqtisodiy tafakkurini yangi talimotga asoslangan moliya tarixi bilan shuningdek ayrim xorijiy iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari bilan tanishtirish, yaxlit konsepsiya asosida moliya nazariyasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarish hamda uni moliyaviy masalalarni qanday tarzda olib borilganligi talablariga mos holda shakllantirishda “Moliya nazariyasi” fanining ahamiyati muhim hisoblanadi. “Moliya nazariyasi” fanining mazkur o‘quv dasturi moliya nazariyasining o‘ziga xos xususiyatlari, moliyaning shakllanishiga turtki bo‘lgan omillar,xususan xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari, rossiyalik iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari keng o‘rin olgan. Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari,tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi o‘rni jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Xususan, moliyaning shakllanishi, moliyaning o‘ziga xos belgisi, hozirgi vaqtda moliyaviy munosabatlarning ahamiyati, iqtisodiyotni boshqarishdagi o‘rniga haqqoniy baho berish, davlatning kelajagi buyukligini shakllanishidagi rolini ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim” to‘g‘risidagi qonuni asosida hamda “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” talablaridan kelib chiqib, davlat standartlari bo‘yicha bakalavriat darajasidagi malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan.
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanishiga oid iqtisodiy munosabatlarni o‘rgangan moliya fani iqtisodchi-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar tasirida shakllandi. Ular tomonidan yaratilgan moliyaviy nazariyalar jamiyatning haqiqiy ehtiyojlari tomonidan tekshirildi hamda agar ular davlat va aholi uchun amaliy tavsiyalarga ega bo‘lgan va hodisalarning haqiqiy mohiyatini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa, fan sifatida etirof etildi. SHu munosabat bilan moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan moliyaning turli nazariyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish