Moliyaviy tahlil faning mohiyati. Moliyaviy tahlil faning ishlab chiqarish korxonalarida tahlil qilinishi



Download 160,06 Kb.
bet17/20
Sana22.04.2022
Hajmi160,06 Kb.
#571836
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
GULYA )

Zanjirli bog‘lanish usuli
Iqtisodiy tahlilda o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va mazkur o‘zgarishni yuzaga keltirgan asosiy omillarning turi hamda ularning alohida olingan ta’sir miqdorlari aniq hisob-kitob qilinadi. Bu bilan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir qildi hamda ularning har birini ta’sir miqdori qanchani tashkil etdi, degan savolga oydinlik kiritiladi. Ushbu turdagi masalalarni hal qilishda zanjirli bog‘lanish usulidan keng foydalaniladi. Ta’kidlash kerakki, zanjirli bog‘lanish usulida tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlar o‘zaro qat’iy funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi, ya’ni bir yoki bir necha ko‘rsatkich ta’sirida natijaviy ko‘rsatkich yuzaga chiqishi kerak. Zanjirli bog‘lanish usulida o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga ta’sir etgan omillar tartib asosida aniqlashtirilib, har bir alohida olingan omil o‘zining o‘zgargan holatini saqlab qolgan holda boshqa omillarni dastlabki holatini shartli o‘zgarmas tarzida olib qolib, ya’ni xolislantirib belgilangan matematik amallarni bajarish bilan natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga faqat bir omil (o‘zgargan holatdagi omil) ta’siri hisob-kitob qiladi. Hisoblash ishining keyingi jarayonlarida boshqa omillar ham shu tartibda o‘rganiladi, faqat yakuniy natijaga ta’siri o‘rganilgan omil o‘zidan keyingi omilni (yoki omillarni) yakuniy natijaga ta’sirini hisoblashda xolislantirilmaydi, balki, ular haqiqiy o‘zgarish holatida olinadi, chunki, dastlabki bosqichda ta’siri hisobkitob qilingan omil (yoki omillar) yakuniy natija o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib bo‘lgan deb qaraladi. Ushbu tartib oxirgi omilning yakuniy natijaga ta’sirini hisob-kitob qilgunga qadar davom etadi. Shu usulda har bir omil bosqichma-bosqich almashtirilib, ularning yakuniy natijaga ta’siri alohida-alohida aniqlanadi, hisoblangan ta’sir miqdorlari o‘zaro qo‘shib yoki ayrilganda (bu holat vaziyatga ko‘ra amalga oshiriladi) yakuniy natijani o‘zgarish miqdoriga teng bo‘ladi. Mana shu tartibdagi hisob-kitoblar zanjirli bog‘lanish usuliga xos bo‘lib, uning mazmunini tashkil etadi. Zanjirli bog‘lanish usuli mohiyatini amaliy misolda yanada yaqqolroq ko‘rish mumkin. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki korxonada jami material xarajatlari rejaga nisbatan haqiqatda 120,0 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Ushbu natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga material miqdori hamda bir dona material bahosining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatgan. Bu ikki omil ta’sirini hisoblash uchun quyidagi hisoblash ishlari bajariladi.
1. Birinchi omilni o‘zgarish holati olinadi (32 dona), ikkinchi omil shartli o‘zgarmas deb qaralib (92,0 ming so‘m), u xolislantiriladi.
92,0*32=2944,0 ming so‘m Ushbu tartib bilan shartli material xarajati ko‘rsatkichi (2944,0 ming so‘m) hisoblab topildi. Material xarajatlarning biznes-rejadan ortiq sarflanishiga:
2. Material miqdorini me’yordan ortiqcha sarflanganining ta’siri: (92,0*32) – (92,0*30)=+184,0 ming so‘m Material miqdorini me’yordan +2,0 (32–30) dona ko‘p sarflanishi +184,0 ming so‘mga xarajatni oshirgan.
3. Bir dona material bahosining o‘zgarishi ta’siri: (90,0*32) – (92,0*32) = - 64,0 Bir dona material bahosining -2,0 (92,0–90,0) ming so‘mga o‘zgarishi – 64,0 ming so‘mga jami material xarajatini oshirgan.
4. Ikkala omilning ta’siri: +184,0 – 64,0 = 120,0 ming so‘mga teng.
Zanjirli bog‘lanish usulida faqat natijaviy ko‘rsatkichga faqat ikki omil ta’sir miqdori o‘rganilmaydi, balki uch va undan ko‘p bo‘lgan omillarning ta’siri ham hisob-kitob qilinadi. Ushbu hisob-kitob modelini 20-jadvalda ko‘rsa bo‘ladi.
(A1-A) - (A2-A1) - (A3-A2) - (A4-A3) = A4-A
Ushbu modelni aniq misolda o‘rganib chiqamiz. Ma’lumki, mahsulot hajmi o‘zgarishiga ishchilar soni, ishlangan kishi kunlari, soatlari, bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi kabi omillar ta’sir qiladi. Mahsulot hajmi o‘zgarishiga qayd etib o‘tilgan omillar ta’sir miqdori hisoblanib topiladi.
ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi hisobot yilida o‘tgan yilga taqqoslaganda 88005 = (435105 - 347100) ming so‘mga ko‘paygan. Mazkur ijobiy o‘zgarishga 88005 = (+24297) + (-9737) + (+16692) + (+56753) ishchilar soni (+24297), kishi kunlari (-9737), kunlik o‘rtacha soat (+16692) hamda bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (+56753) ta’sir etgan. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kishi kunlarining -7 = (260 - 267) kunga kamayishi mahsulot hajmi o‘zgarishiga salbiy ta’sir qilgan. Qolgan boshqa omillar esa natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishini ijobiy tomonga yo‘naltirgan.

ХULОSА
Iqtisоdiyotni mоdеrnizаstiyalаsh jаrаyonidа hаr bir коrхоnа mоliyaviy jаrаyonlаri, hоlаti, to’lоv qоbilyati to’g’ridаn-to’g’ri uning dеbitоrliк vа кrеditоrliк mаjburiyatlаri хоlаti vа аylаnuvchаnligi bilаn bоg’liq.
Xo’jаliк yurituvchi коrхоnаlаrdа dеbitоrliк qаrzlаrini каmаytirish mаqsаdidа shаrtnоmаviy munоsаbаtlаrini yanаdа кuchаytirish; хizmаtlаr hаjmini оshirish vа sifаtini yaхshilаsh; mаhsulоt еtкаzib bеruvchilаr vа хаridоr коrхоnаlаrning mоliyaviy аhvоlini o’rgаnish vа hокоzаlаr.
Хulоsа qilib аytgаndа, коrхоnаlаr qаrzdоrligining ijtimоiy-iqtisоdiy оqibаtlаri vа ulаrning аsоsiy tеndеnstiyalаri bilаn bоg’liq mаsаlаlаr yuzаsidаn аmаlgа оshirilgаn tаdqiqоtlаr nаtijаsi shuni кo’rsаtmоqdакi, mаmlакаtimiz коrхоnа vа tаshкilоtlаri mаvjud huquqiy-tаshкiliy imкоniyatlаrdаn fоydаlаngаn hоldа qаrzdоrliкni bаrtаrаf etish muhim mаsаlаlаrdаn hisоblаnаdi, chunкi uning ijtimоiy jihаtdаn sаlbiy оqibаtlаri nаfаqаt коrхоnаning mоliyaviy fаоliyatigа, bаlкi iqtisоdiyotning bаrchа jаbhаlаrigа, shu jumlаdаn аhоlining turmush dаrаjаsigа sаlbiy tа’sir кo’rsаtаdi.



Download 160,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish