Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


Semantik-funksional shakllangan gap



Download 1,48 Mb.
bet59/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Semantik-funksional shakllangan gap. Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanidek, semantik-funksional shakllangan gap to‘rtga bo‘linadi:

  1. modal so‘z-gap (Kelasizmi?- Albatta);

  2. undov so‘z- gap (Beh-beh! Oh-oh);

  3. tasdiq/inkor so‘z- gap (Ha, yo‘q);

  4. taklif-ishora so‘z-gap (Ma ).

Bu so‘z-gapning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi (TMZSh) so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlashgan bo‘ladi. Shuning uchun bunday so‘z-gap:
a) hech qachon kesimlik qo‘shimchalarini qabul qila olmaydi;
b) nutqda alohida gap bo‘lib keladi;
d) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo‘lagi bilan semantik aloqaga kirishmaydi va o‘z mustaqilligini saqlab qolaveradi.
Semantik-funksional shakllangan so‘z-gapda kesimlik ma’nosi atov birligi [W] ning lug‘aviy ma’nosi tarkibida mujassamlashgan, bunday gaplar kesimi [Wm] ramzi bilan beriladi.
Semantik-funksional shakllangan gaplarda kesimlik ma’nosi so‘z-gapning lug‘aviy ma’nosi bilan bir butunlikni tashkil etganligi sababli kesimlik kategoriyasi uchun xos bo‘lgan tasdiq-inkor, modallik, mayl, zamon, shaxs-son (TMZSH) ma’nolarining rang-barangligi yo‘q. Bunda ham kesimlik kategoriyasining barcha ma’nolari uchburchak burchaklarining yig‘indisiga o‘xshaydi. Aytilganidek, uchburchak burchaklarining yig‘indisi 1800ga teng bo‘lib, bir burchak kattaroq bo‘lsa, buning evaziga boshqa burchaklar kichrayadi. Semantik-funksional shakllangan gaplarda ham kesimlikning to‘rtta ma’nosidan biri yuzaga chiqqanda boshqalari 0 (nol) ga teng bo‘ladi. Bu tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarining har biri uchun alohida-alohida so‘zlar borligi bilan belgilanadi. Masalan, «qat’iy bo‘lishlilik» ma’nosi (ya’ni mayl ma’nosining ko‘rinishi) albatta so‘zi bilan ifodalansa, kesimlik shaklidagi -ma qo‘shimchasi ifodalaydigan shunday bo‘lishsiz ma’no mutlaqo so‘z-gapi bilan beriladi. Ha so‘zida tasdiq, yo‘q so‘zida inkor ma’nosi mavjud.
Kesimlik kategoriyasi ma’nolari kesimdagi atov birligi lug‘aviy ma’nosiga singganligi tufayli so‘z-gaplarda bu ma’nolarning har birini alohida-alohida va rang-barang ko‘rinishlarda ifodalash imkoniyatlari cheklangan. Shu boisdan o‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalarini qabul qiladigan, kesimlik kategoriyasining barcha ma’nolarini ifodalay oladigan, lug‘aviy ma’nosi kesimlik qo‘shimchalariga befarq bo‘lgan, ya’ni ularni erkin biriktira oladigan mustaqil so‘z (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid va olmosh)lardan lug‘aviy ma’nosida kesimlik kategoriyasi qo‘shimchalarini biriktira olmaydigan, lekin ularning ma’nolaridan birini o‘z lug‘aviy ma’nosi bilan kuchaytirgan holda ifodalab, boshqalarini nutqqa o‘ta kuchsiz holda voqelantiruvchi so‘z-gaplar guruhi alohida ajralib turadi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish