Mundarija kirish bob


Stol tennisi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi



Download 0,54 Mb.
bet2/5
Sana06.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#747842
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sojida

Stol tennisi o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi


Jismoniy tarbiya va sport mamlakatimizda davlat ahamiyatiga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi inson salomatligini mustahkamlash va jismoniy chiniqishdir. Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya va sport salomatlikni mustaxkamlashda, hayotiy faoliyat va mehnatga layokatlilikni oshirishda, har jihatdan chiniqqan shaxsni shakillantirishda muhim ahamiyatga ega. Albattda ko‘pchiligimiz raketka ushlab stol tennisini o‘ynashga urinib ko‘rib tushingandirsizki, bir qarashda oson ko‘ringan bilan bu oddiy bir o‘yin emas ekan. Stol tennisini hamma o‘ynashi mumkin u ortiqcha tashkiliy yoki texnik shart-sharoit talab qilmaydi. Uni ochiq maydonda ham, yopiq joyda ham o‘ynash mumkin. Unchalik murakkab bo‘lmagan sport anjomlariga ega bo‘lgan ushbu o‘yin ko‘pchilik havaskorlarni o‘ziga jalb qiladi. Vaholanki, hovlilarda, istiroxat bog‘larida, dam olish maskanlarida o‘ynalgan stol tennisi o‘yinlari sport ustalari tomonidan o‘ynalgan o‘yinlardan keskin farq kiladi. Stol tennisidagi eng yorqin talablarga Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vengriya, Shvesiya, Germaniya va Angliyalik sportchilar erishganlar. Sobiq Ittifoq vakillari yuqorida qayd etilgan davlatlarga nisbatan jahon arenasnga deyarli kech chiqishiga qaramasdan Jahon va Yevropa birinchiliklarida ulkan g‘alabalarga erishganlar. O‘zbekistonlik sportchilarimiz ham Jahon va Osiyo birinchiliklarida g‘alabalarga erishib kelmoqdalar.
Sizning qo‘lingizda o‘ziga xos majmua turibdi. U katta yoshdagilarga ham, bolalarga ham, havaskor va tajribali o‘yinchilarga ham yordam beradi. Siz undan stol tennisining rivojlanish tarixi haqida, o‘yin texnikasi va taktikasi, yevropa va osiyo o‘yin usullari, stol yonida harakatlanish, uzatish usullari va ularni bajarishga oid maslahatlar olasiz. Sportning ushbu turiga jismoniy va texnik tayyorgarlik ko‘rish haqidagi bo‘lim nafaqat tezroq o‘yin ko‘nikmalarini egallashga, balki harakatlanish sifatini oshirishni takomillashtirishga yordam beruvchi qo‘shimcha maxsus mashqlar bilan to‘ldirilgan. Quyidagi rasmlar sizning o‘yinga nisbatan texnik va taktik tayyorgarligingizning ko‘plab usullarini o‘zlashtirib olishingizga
yordam beradi. Ushbu majmua maqsadi: stol tennisining asosiy qoidalarini tushunarli usulda yoritish va qisqa vaqtda mustaqil, to‘g‘ri o‘ynay olishga o‘rgatish va Yevropa stol tennischilarining qanday mashg‘ulotlar olib borishi, mashg‘ulotlar vaqtida nimalarga ko‘proq e’tibor berishi haqida qisqacha ma’lumotlar berish. Sizlarga musoboqalarda imkoni boricha o‘z o‘yin ko‘nikmalaringizni rivojlantirishingizni maslahat beraman. Bu sizga stol tennisning qoida va usullarini tezroq egallashga yordam beradi. Sizlarga o‘yinni boshlashda omad tilab qolamiz. Kichkina koptokchani (sharchani) har xil moslamalar bilan to‘rdan oshirib o‘ynash qadimgi Gresiya va Rim ham bor edi. Shuning uchun ham ayrimlar «tennis» so‘zini Yunon tilidan kelib chiqqan deb o‘ylashadi. Yunoncha «tenniya» lenta, tasma ma’nosini anglatib shartrdan oshirib o‘ynalgani uchun “tennis” so‘zi kelib chiqqan deb tushuniladi. Boshqalarning fikricha o‘yinning nomi Fransuzcha «tenez» ya’ni,
«mana sizga oling» degani deb tushuniladi. Bu o‘yin shu darajada keng ommalashib ketdiki hatto 1610 yilda Fransiyada murabbiylar uyushmasi paydo bo‘lib, raketka va shar ishlab chiqaruvchi sexlar barpo etilgan. 1560-1620 yillarda Fransiyada sayohat qilgan ingliz Robert Darlington shunday deb yozadi: «Mamlakatda shar bilan o‘ynash uchun uylar shunchalik ko‘pki hatto ular machitlardan ham ko‘p. Fransuzlar raketka ushlab tug‘iladi». O‘rta asrlarda Yevgopada tennisga o‘xshash o‘yinlar keng tarqalgan edi. Uni yog‘och raketkalar po‘kak yoki qattiq rezina qoplamali raketkalar bilan o‘ynashgan. Masalan, Vengriyaga bu o‘yinni bir tijoratchi savdogar olib kelgan va u shu darajada ommalashib ketganki, 1904 yilda xalqaro musobaqalar, 1905 yilda esa jahonda ilk bor mamlakat shaxsiy birinchiligi o‘tkazilgan. Bu o‘yinning Osiyoda Yaponiya yoki Xitoyda paydo bo‘lganligi haqida ham tushunchalar mavjud. XIX asrning o‘rtalarida boshqa o‘yinlar qatori «tamburin» yoki boshqachasiga «je de pom» o‘yini ham bor bo‘lib, uni doira shaklidagi ushlagichsiz raketka bilan o‘ynashgan va u hozirgi tennisga o‘xshab ketadi. XIX asrning oxirida ingliz injeneri Djeyms Gibs selluloid to‘pni (sharik) kashf qildi.
XX asrning boshlarida bu o‘yinni «ping-pong» deb atay boshlashdi. Shunday qilib bu o‘yinni birinchi bo‘lib 1900 yil dekabrida Londonning Vestminster abbatligi
«Ruayal ekverium» zalida 300 o‘yinchi ishtirokida birinchi musoboqada bu o‘yinni Angliya rasman tan oladi. Keyinchalik Vengriya, birozdan so‘ng Germaniya va Chexoslovakiya ham tan oladi va bu o‘yin tezlik bilan ommalashib ketadi. 1926 yilda Berlinda Xalqaro stol tennisi federatsiyasi ITTF tashkil etilib, uning birinchi raisi etib taniqli ingliz adibi, faol jamoat rahbari, «Xalqlar o‘rtasida tinchlikni mustahkamlash uchun» xalkaro mukofot sohibi Ayvar Montegyu saylandi. U ITTF ni uzluksiz 40 yil mobaynida boshqardi. ITTF ning birinchi kongressi va birinchi jahon chempionati 1926 yil dekabr oyida Londonda o‘tkazilgan. Unda 12 ta davlat qatnashib shulardan, 11 ta Yevropa mamlakatlari, 1 ta Osiyodan Hindiston qatnashgan. Shaxsiy birinchiliklarda esa Daniya va Shvesiyalik tennischilar ishtirok etishdi. Musoboqalar to‘rt bo‘limdan: yakka (erkak va ayol) va juftlik (erkak va aralash) o‘tkazildi. 1928 yildan boshlab musobaqalarda ayollar juftliklari ham ishtirok eta boshladi. Hozirgi vaqtda ITTF ga 2004 yilgacha 199 ta davlat a’zo bo‘lib, ITTF yirik Xalqaro sport uyushmasi hisoblanib, milliy federatsiyalar ichida a’zolari soni bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turadi. 1936 yildan ITTF kongressi o‘yinning nomini oldingi «ping-pong» dan «stol tennisi» ga o‘zgartirdi. Sobiq Ittifoq xalqaro tennis federatsiyasiga 1954 yilda a’zo bo‘lib kiradi. 1977 yil noyabrda Xalqaro Olimpiya Komiteti (MOK) ITTF ni sportning ushbu turiga to‘liq javobgar etib e’lon qiladi va 1981 yilgi MOK ning XI kongressida uni Olimpiada dasturlariga kiritish masalasi qo‘yiladi va Germaniyaning Baden shahrida stol tennisini 1988 yilgi XXIV Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritish masalasi hal etildi. 1988 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida 4 ta, Olimpiada o‘yinlarida, 1926 yildan 2000 yilgacha jahon chempionatlari, birinchiliklari va boshqa musobaqalarda stol tennisi o‘yini eski ITTF tomonidan belgilangan o‘yin qoidalari asosida o‘tkazilgan. 2000 yil Sidneyda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlaridan keyin ko‘pchilik davlatlar tomonidan stol tennisi o‘yiniga biroz o‘zgartirishlar kiritish kerak degan takliflar ilgari surildi. ITTF tomonidan ovoz berish yo‘li bilan bu takliflar bir ovozdan ma’qullandi va o‘yinga biroz o‘zgartirishlar kiritildi. Eng katta o‘zgarish deb o‘yin anjomlaridan faqat o‘yin to‘piga eski 3.80 mm o‘lchamli
sharikni 40 mm sharikka kattalashtirildi. Raketka, stol, setkaning o‘lchamlari o‘zgarishsiz qoldi. O‘yin qoidalariga esa biroz o‘zgartirishlar kiritildi. Bu o‘zgartirishlar kiritishning asosiy sababi stol tennisi o‘yinini o‘ynashni biroz bo‘lsa ham osonlashtirish va tomoshabinbop o‘yinga aylantirish edi va ITTF ozmi ko‘pmi o‘z maqsadiga erishdi. Mana 2001 yildan buyon barcha jahon chempionatlari, birinchiliklari, Olimpiada o‘yinlari, xalqaro turnirlar va boshqa har xil musobaqalar yangi o‘yin qoidalari asosida o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekistonda stol tennisi XX asr boshlarida o‘ynala boshlandi. 1935 yilda Toshkentda birinchi musobaqa o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikamiz Xalqaro Stol tennisi Federatsiyasiga ITTF ga 1993 yilning aprel oyida a’zo bo‘lib kirdi. O‘zbekiston stol tennischilari hozirgi kungacha ulkan g‘alabalarga erishib kelmokdalar.
Stol tеnnisi tarixi haqida juda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Ba'zi mutaxassislar stol tеnnisi Osiyo, ya'ni Yaponiya va Xitoyda paydo bo`lgan, dеb hisoblashadi. Sport tarixchilari, shu jumladan yapon va xitoy sporti tarixchilarining fikricha, bu yanglish fikr. Hozirgi kunda hеch bir mutaxassis birinchi bo`lib kim, qachon va qaеrda stol tеnnisini o`ynay boshlaganini aytolmaydi. Ko`pchilik mutaxassislar stol tеnnisi Angliyada, qirol tеnnisining bir turi sifatida paydo bo`lgan, dеb hisoblaydi. Stol tеnnisining paydo bo`lishi ХIХ asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Avvaliga o`yin ochiq havoda o`tkazilgan, kеyinchalik xona ichida o`ynash rusm bo`lgan. So`ng bir-biriga yaqin joylashgan ikki stolda o`ynash, yanada kеyinroq esa ikki stolni bilashtirib, o`rtasiga to`r tortilgan holda o`ynash odat tusiga kirgan.
1901 yilda stol tеnnisiga “ping-pong” nomining bеrilishi koptokning rakеtkaga urilgandagi tovushi “ping” va stolga urilib, sakrab kеtgandagi tovushi “pong”dan olingan. Jihozlarning soddaligi, asosiysi, katta joy talab qilmasligi stol tеnnisining tеz orada mashhur bo`lib kеtishiga sabab bo`ldi. Buning natijasida xalqaro tashkilot tuzish va o`yin qoidalari ishlab chiqishga zarurat tug`ildi. 1926 yil yanvarda Bеrlinda stol tеnnisi xalqaro fеdеratsiyasi–ITTF tashkil qilindi.
Stol tеnnisi bo`yicha birinchi jahon chеmpionati 1927 yil dеkabrda bo`lib o`tgan. Unda ayollar va erkaklar yakka holda, juftliklarda – ham erkak, ham ayollar aralash holda ishtirok etishgan.
1928 yildan boshlab musobaqalarda ayollar juftliklari ham ishtirok etishgan. Shundan bеri jahon birinchiligi 1940-1946 yillardan tashqari har yili o`tkazib kеlinadi.
1957 yildan jahon birinchiligi har ikki yilda o`tkaziladigan bo`ldi. Undan kеyingi yilda Еvropa birinchiligini, shuningdеk, Osiyo va Afrika mintaqaviy chеmpionatlarini o`tkazish boshlandi.
1936 yilda stol tеnnisi xalqaro fеdеratsiyasi–ITTF ping-pong nomini stol tеnnisi nomi bilan almashtirdi.
Hozirgi kunda 40 milliondan ortiq o`yinchi har yili butun dunyo bo`ylab turli rasmiy turnirlarda ishtirok etishadi.



    1. Stol tennisining O‘zbekistonda paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi

1927 yilda Rossiyada stol tennisni paydo bo‘lgan bo‘lsa O‘zbekistonda nafaqat bu o‘yinning qoidasi balki musobaqalar sport jamiyatlari o‘rtasida o‘tkazila boshladi. 1926 yili Toshkentda ushbu sport turi bo‘yicha shahar birinchiligi o‘tkaziladi.
1923 yilda stol tennisi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etila boshladi.
Toshkentda o‘tkazilgan birinchilikda erkaklardan A.Serapinov, M.Bodrov, A.Arngols; ayollar o‘rtasida M.Karagachevseva va Makmichevalar sovrinli o‘rinlarni egallashadi. 1926 yilda “Pravda Vostoka” va boshqa gazetalar muxbirlari shahrining eng kuchli jamoalari “Pechatnik” va “Profintern” o‘rtasidagi uchrashuv juda qiziqarli tomoshabinlar ko‘p qatnashib 6:3 hisobida “Pechatnik” jamoasi g‘alabaga erishilganligi yaxshi yoritishgan.
1930 yil stol tennisining O‘zbekistonda rivojlanishi biroz susayishi yuzaga keldi. Sababi ochiq maydonda o‘yinni olib borishda qiyinchiliklar yuzaga kela boshladi. Sport zallari kamligi uchun ham shunday bo‘lgan.
Faqat 1952 yilda O‘zbekiston birinchiligi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada V.Belotserkovskiy erkaklar o‘rtasida, M.Yachmeneva (Gavrilova) ayollar o‘rtasida
respublika chempioni g‘olibi bo‘lishadi. O‘sha yildan boshlab O‘zbekistonda doimiy birinchiliklar o‘tkazilib kelinmoqda. Xalqaro toifadagi sport ustasi Yevropa birinchiligining g‘olibi F.Bulatovaning ustozlari A.Qadurov, Laptev, G.Gurinov, M.Zeyger, V.Tkachenko, Yu.Moxov, R.Suncheev, L.Shmukler, A.Voxidov, VKochinskiy, L.Grudsskiy erkaklar o‘rtasida kuchli tennischilar hisoblangan bo‘lsa ayollar o‘rtasida S.Ganova, N.Odinaeva, L.Gamburg, L.Xabibova, S.Xabibova, Z.Saidova, N.Juravlyova , V.Shin, T.Matveeva, M.Tuguzbaeva, A.Kim, S.Kovalyovalar kuchli sportchilar hisoblanishgan.
Ushbu g‘oliblar orasidan O‘zbekiston terma jamoasi tashkil etilib Xalqaro musobaqalarda N.Odinaeva, L.Grudskix, A.Kim, S.Kovalyova, N.Juravlyova, F.Bulatova va T.Matveevalar respublikamiz sharafini himoya qilishgan.
Gonova va Odinaevalar O‘zbekiston terma jamoasi tarkibda sobiq ittifoq xalqlarning III-Spartakiadasida ishtirok etib 6-o‘rinni qo‘lga kiritishgan (ayollar juftlik o‘yinida). Ushbu sportchilarni tayyorlagan murabbiy I.Mo‘minovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” unvoni berildi.
1978 yili Flyura Bulatova O‘zbekiston birinchiligida 8-sinf o‘quvchisi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Ushbu sportchi juda ko‘plab sobiq ittifoq va xalqaro musobaqalarning sovrindori va g‘olibi bo‘lgan. U o‘smirlar o‘rtasida 22 iyul 1978 yilda Yevropa birinchiligi musoboqalarida ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritishadi. 7 sentyabr 1963 yilda F.Bulatova o‘qituvchilar oilasida tavallud topgan. Askar Abduraxmanovich Bulatov (Flyuraning otasi) Toshkent shahridagi Akmal Ikromov tumanidagi 78-o‘rta maktabda matematika o‘qituvchisi keyinchalik ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari vazifalarida ishladi.
O‘sha davrning yetuk sportchisi O‘zbekistonning stol tennisi bo‘yicha F.Bulatovaga teng keladigan sportchi bo‘lmagan. U ko‘pgina xalqaro turnirlar, sobiq ittifoq birinchiliklari, Yevropa musobaqalarining ishtirokchisi va g‘olibi bo‘lgan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sportni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Barcha viloyat va tuman markazlarida sport inshoatlari va maydonlari qurila boshlandi.
Birinchi Prezidentimizning bolalar va o‘smirlar, yoshlar va faxriylar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” uch bo‘g‘inli sport tizimi yaratildi. Ushbu sport tizimida ham stol tennisining o‘z o‘rni bor.
2000 yil Namangan viloyatida o‘tkazilgan “Universiada-2000” sport musobaqalarida 1-o‘rinni Farg‘ona viloyati, 2-o‘rinni Namangan viloyati, 3-o‘rinni Andijonlik talaba yoshlar qo‘lga kiritishgan.
2002 yil Buxoro viloyatida o‘tkazilgan “Universiada-2002” sport musobaqalariga 61 ta Oliy o‘quv yurtlardan Respublika final bosqichida 16 ta jamolar ishtirok etdi. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra 1-o‘rin Toshkent shahri, 2-o‘rin Andijon viloyati, 3-o‘rinni Buxoro viloyati stol tennischilari egallashdi.
Stol tennisi bo‘yicha erkaklar va ayollar, bolalar va o‘smirlar, turli tashkilot faxriylari o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston birinchiligi va kubogi, Xalqaro, Jahon, Osiyo o‘yinlari va birinchiliklarida muvoffaqiyatli ishtirok etmoqalar. Qizlarimizdan ushbu sport turi bo‘yicha Jahon birinchiliklari g‘olib va sovrindorlari bor.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish