Mundarija kirish bob


Stol tennisi o‘yini texnikasi



Download 0,54 Mb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#747842
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sojida

2.3 Stol tennisi o‘yini texnikasi


Sportchi zarbalar orqali to‘pni to‘rdan oshirib uzatadi. Zarbalar asosiy texnik usullarni tashkil etadi. Zamonaviy stol tennisida ular juda xilma-xildir.
Stol tennis o‘yini texnikasi 5 ta asosiy omildan tashkil topgan:

  1. Tezlik-(speed) stol tennisida eng kuchli zarbada sharning eng yuqori maksimal tezligi 150 km/soat ga yetadi.

  2. Aylantirish-(spin)

Z. Necha yil shug‘ullanish-stol tennisi o‘yinining texnika bazasini o‘rganishga 5-7 yil ketadi.

  1. Texnikaning usullari-bular 13 ta hisoblanadi:





Texnika usullarining nomi

O‘ng

Chap

1

Nakat

1

1

2

Kesish

1

1

3

Aylantirish

1

1

4

Patstavka

1

1

5

Top-spin

1

1

6

Smesh-balanddan hal qiluvchi zarba

1

7

Uzatish (padachi)

1

8

Usul (pryom)

1




  1. Talant-bu ham ikkiga bo‘linadi: sezgirligi sharikni qanday qabul qilishi, kallaning (miyaning) ishlashi.

O‘yin texnikasi: o‘yinchining turgan holatidan (stoyka), zarba, o‘yinchining harakatlanib yurishi, raketkani ushlash usuli va sharning aylanishidan iborat.
Stol tennisining o‘yin texnikasi murakkabligi yuqori tezlikdagi sharni zarba bilan qaytarish, har xil aylanish tezligidagi sharni jo‘natish va ko‘z ilg‘ab olmaslikni ta’minlashdan iborat.
O‘yin maydonida tez va chaqqon harakatlanish, o‘yinchining tezligi (reaksiyasi) ga bog‘liq. Bir ritmda harakatlanib turish lozim va ritmni yaqqol sezgan o‘yinchi doim erkin holda bo‘ladi, shoshilib qolmaydi, zarba berishga tayyor turadi. Tennischi
og‘irlik markazini oldinga tashlab o‘ynasa kuchli va aniq zarba beradi. Tez maromda olib boriladigan zamonaviy o‘yinlarda-harakatlanishlar muhim ahamiyatga ega. Yaxshi harakatlanish o‘z vaqtida sharni olishga, sharga tezroq va juda qulay nuqtadan zarba berishga yordam beradi. Harakatlanish ozroq bukilgan “elastik” oyoqlarda olib boriladi. Har bir zarba berish usulida oyoqlarda turish qoidalarini va har xil masofadan zarba berish vaqtida, harakatni o‘zgartirish vaqtida oyoqlarni to‘g‘ri tutib turish qoidalarini puxta o‘zlashtirib olish lozim. Oyoqlarda harakatlanayotganda oyoqlar yelka kengligida bo‘lishi, oyoqlarning tagi bo‘sh turishi, tizzalar biroz bukilgan gavda oldinga biroz enkaygan tovonlar esa biroz ko‘tarilgan bo‘lishi kerak.
O‘ng tomondan harakat qilayotganda o‘ng oyoq chap oyoqdan biroz orqaroqda turishi kerak, sharga to‘g‘ri va qattiq zarba berish uchun qulay vaziyat hisoblanadi. Chap tomondan harakat qilayotganda chap oyoq o‘ng oyoqdan biroz orqaroqda turishi kerak. O‘yin vaqtida oyoqlar tez va aniq harakat qilishi uchun mashg‘ulotlar vaqtida stol yonida oyoqlarni paralel turgan holda tovonlar biroz ko‘tarilgan tizzalar bukilgan, holda yon tomonlarga, oldiga orqaga ikkita oyoqlar ham baravariga sakrash kerak, bu mashqlarni har doim mashg‘ulotlardan oldin muntazam ravishda bajarib yurish kerak. Anna shunda o‘yin vaqtida sizning oyoqlaringiz tez va aniq harakat qiladi. O‘yin vaqtida qo‘llaringiz turli xil zarbalarni tez va aniq bajarish uchun esa mashg‘ulotlar vaqtida stol ustida shar bilan ko‘p mashq qilishdan tashqari har xil zarbalarni havoda sharsiz tez va to‘g‘ri o‘ngdan, chapdan almashtirib bajarish kerak. Mashqlarni bajarish vaqtida oyoqlarning holati ham qo‘l baravariga almashib harakat qilishi kerak. O‘yinning joy (zona) lari malakasi (kvalifikatsiyasi) ga qarab uchga (yaqin, o‘rta, uzoq) bo‘linadi. O‘yinda holati (stoyka) ham uchga (past, o‘rta, baland) bo‘linadi. Past holat (stoyka) ko‘proq ishlatilganligi uchun o‘yin holati (stoyka) deb ataladi.
Sharni aylantirishning asosiy turlari
Stol tennisi mutaxassislarini fikricha sharning aylanib uchishi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan yagona sport turi. Aylanishning yon, yuqori, quyi turlari
mavjud. Tajribada aralash aylanish ko‘p uchraydi. Tajribali o‘yinchilar sharga aylanish bilan birga kuch ham berishadi.Sportchilar bu usuldan qanchalik mohirona foydalansa shunchalik uning o‘yini xilma-xillikni tashkil kiladi. Aylanib kelgan shar raqibni shoshirib qo‘yadi, aniq zarba berishni qiyinlashtiradi raqibning taktik niyatlarini chippakka chiqaradi Aylanib uchib kelgan sharni olish uchun tinimsiz mashq qilish, qyinda esa diqqat bilan raketkadagi zarbani sezish kerak. Aylanish darajasini sharning yo‘nalishiga qarab belgilanadi

Chapdan nakat Ungdan nakat




Ungdan kesish
Chapdan kesish
Uzatishlar (padachi)
Uzatish-bu raketka yordamida to‘pni o‘yinga kiritish demakdir. Uzatish vaqtida raketka tutgan qo‘l va shar ushlagan qo‘l stol yuzasidan balandda bo‘lishi kerak, uzatuvchi sharni aylantirmasdan yuqoriga otishi kerak. Sharni o‘yinga kiritishda sharni kaftning o‘rtasiga qo‘yib gavda bilan yashirmasdan, sharni aylantirmasdan yuqoriga otib qo‘lni tezlik bilan olib sharni o‘yinga kiritish kerak Zarbadan so‘ng shar uzatuvchi tomonidagi stol yuzasidan sakrab, tur ustidan uchib o‘tib, raqib
tomoniga tushishi kerak. Sharga zarba berish. Zarba uch fazadan iborat: qo‘l siltash, zarba berish va uni tugatish (zarbani).
Tajribali o‘yinchilar uzatishning har bir usulida har xil holatda turishadi. Sharni yuqoridan aylantirib uzatganda o‘yinchi o‘yinni boshlamoqchi bo‘lgan stol burchagiga yaqinroq turadi. Raqibni chalg‘itish uchun boshqa pozitsiyadan turib ham uzatish mumkin. Yuqoridan berilgan zarbalar dioganalligi uzoq burchakka jo‘natiladi, Ushbu vaziyatda sharning aylanishi va tezligi yuqori bo‘lib uni qabul qilish qiyin bo‘ladi. Yuqori malakali (professional) o‘yinchilar kuniga 40-60 minut uzatish usullari ustida ishlaydilar.

Uzatishlarning bir necha xil usuli bor.


“Mayatnik” uzatish-qo‘l yarim aylana chizib avval pastga, so‘ng yuqoriga.. Ushbu usulda sharning qachon raketkaga tegishi ahamiyat kasb etadi, boshidami, yarmidami yoki oxirida. 15-raem. “Mayatnik” uzatish

Chelnok” uzatish-qaytib kelayotgan to‘pni uzatib turib unga zarba bilan qarshi tomonga uzatish. Shar bir lahzaga to‘xtatilib, so‘ng yana harakat beriladi. 1-rasm. “Chelnok” uzatish




Veer” uzatish-qo‘l yarim shar chizib, bo‘rtik tomon tepaga qaraydi. Traektoriyaning boshlanish nuqtasi zarba beriladi yoki harakat oxirida qaysi vaqtda zarba berish yon,


yuqori yoki quyi aylantirish darajasini belgilaydi. Bu uzatish ham “Chelnok” usuliga o‘xshab murakkab va og‘ir.

17-rasm. “Veer” uzatish


“Bumerang” usuli-kuchli aylantirib yuborilgan shar uzatuvchiga qaytib keladi, shu vaqtda unga qirqib pastga kuchli zarba berish kerak, shunda shar o‘ta tez orqaga qaytadi va uni ushlash juda qiyin. O‘yinda har qanday raqib bilan ham uzatish usullarini tez-tez va kutilmaganda takrorlab turish kerak. Shuning uchun bu usullarni doimo mashq qilib turish kerak.


To‘pga zarba berish.


Stol tennisida-G.Grinberg (1973) uch xil zarbani ajratadi: Hujumkor, oraliq va ximoyaviy zarba. Shu bilan birga aylantirmasdan zarba berish (tolchok), quyi aylantirib zarba berish (podrezka) yuqori aylanishli zarba (nakat).
Ko‘proq ishlatiladigan zarbalarni ko‘rib chiqamiz!
Sharni aylantirmasdan urish (tolchok)-eng oddiy usul. O‘yinchi raketkani sharning yo‘liga devor qilib to‘sadi va to‘p raketkadan o‘zidan-o‘zi qaytib ketadi

Podrezka-ikki xil maqsadda ishlatiladi. Hujumchining harakatlarini maksimal darajada qiyinlashtirish va himoyani kuchaytirish, mustahkamlash. Bu zarba sharning quyi qismiga yuqoridan pastga qarab uriladi

Pastdln aylantirib kesnsh


Yuqori aylanishli zarba (nakat)- sharning yuqori qismiga pastdan yuqoriga qarab uriladi. To‘p uchish yo‘nalish bo‘yicha aylanadi

“Top spin” zarbasi -(o‘ta tez aylanuvchi shar) yoki «Tokioning shayton to‘pi» ham deb ataladi. Bu zarba to‘pga 20-30 sm qolganda zamax berib juda tez raketkani pastdan yuqoriga siltash


Smesh zarbasi-shar juda yuqoriga ko‘tarilib ketgan vaqtda, shar o‘yinchining ko‘zlarining to‘g‘risiga kelgan vaqtda yuqoridan pastga qarab qattiq uriladi.


O‘ynashni o‘rganamiz


O‘yin qoidalarini o‘rganib olganingizdan keyin raketkani ushlash, tik turish (stoyka) larda harakatlanishlarni mashq qilamiz.

  1. Sharni otib ilib olish. Bir necha bor takrorlangandan keyin 2-3 ta shar bilan almashtirib (janglirovat) olamiz.

  2. Raketka bilan to‘pni tashlash, avval turgan joyda, keyin harakatlanib turib.

  3. Zarbalarni (podrezka, nakat va x.k) imitatsiya kilish.

  4. Sakrab otilib harakatlanishlar.

Texnik usullarni talchok usulida zarbadan boshlash kerak. Harakatni avvaliga sharsiz o‘ynab so‘ng sherik bilan shar tashlab mashq qilinadi. Qadam tashlab harakatlanib o‘yinni o‘rganib bo‘lib, yon, chap va o‘ng tomondan zarba berish usullari, sharni aylantirib tashlash usullarini mashq qilamiz.

Stol tennisi o‘yinining taktikasi


Texnik va taktik tayyorgarlik bir biri bilan mahkam bog‘langan. O‘yin texnik usullarining hammasini bilsagina kerakli vaziyatda kerak bo‘lgan o‘yin taktikasini to‘g‘ri aniqlay oladi. Zamonavny o‘yin taktikasi tez sur’atda o‘yin olib borishdan iboratdir. O‘yinda ustunlikni zgallab olish va raqibdan ustuvor o‘ynash o‘yinning asosiy maqsadlaridan biridir. Ammo yuqori o‘yin sur’ati, o‘yin tezligi ko‘pincha aniq zarbalar bilan birga qo‘llanilishi lozim. Bu qiyin, lekin shunga intilish zarur. O‘yin mobaynida suratni (temp) almashtirib turish ham muhimdir. Asosiy taktik harakatlar umumiy taktik rejani belgilaydi. Taktik reja bilan o‘ynovchi tennischining harakatlari ko‘proq maqsadga intiluvchi va tartibli bo‘ladi. Albatta, notanish raqib bilan uchrashganda oldindan qaysi taktikani qo‘llab o‘ynashni bilish qiyin, lekin raqib bilan ilgari uchrashgan bo‘lsa, albatta uning o‘yin taktikasini mukammal o‘rganish zarur.
Har bir o‘yindan oldin tennischi o‘z oldiga aniq bir taktik reja (plan) tuzib olish kerak. Bu vaziyatda unga bo‘lajak raqibini oldindan kuzatish, uning kuchi va salbiy bo‘sh tomonlarini o‘rganish yordam beradi.
Yakka o‘yinlar

  1. Himoyachi o‘yinchining hujumchiga qarshi o‘yini. Himoyada o‘ynovchining maqsadi shoshilmasdan hujum qilish sharni to‘g‘riga uzatish, qiyin sharni qarshi tomon stol burchagiga yoki o‘rtasiga tashlab hujumni yakunlashdir. Ko‘pincha uzatishni (padachi) har xil chalg‘ituvchi usullar qo‘llab qo‘lda raketkani almashtirib harakat bajarib, qisqa uzatish (padachi) lar berib, kuchli yon tomonlama sharni aylantirib yuborib padachi berib o‘ynash kerak. Himoyachi doim raqibining kuchli zarbalarini qaytarishga shay turishi, to‘satdan kutilmaganda qarshi (kontr) zarbalar qilishi, ochiq burchakka tashlab qo‘yishi mumkin.

Hujumchini stol atrofida keskin harakatlantirib turib, ochilgan burchakka sharni tez tashlab qo‘yish kerak. Bunnng uchun sharni burchakka qirqib tashlash lozim bo‘ladi. Tajribali o‘yinchi “podrezka” kesish usuli bilan stolning hohlagan joyiga tashlashi mumkin.

  1. Himoyachiga qarshi hujumchining o‘yini. Hujumchi o‘yinchi hal qiluvchi zarbaga suyanib o‘ynaydi lekin kuchli zarba berishdan oldin unga yaxshi tayyorlanish kerak. Zarbaga tayyorlanib hisobga ahamiyat bermagan holda, uni qurqmasdan bajarish kerak. Himoyachi bo‘lgan o‘yinchini yutush uchun xujumchi reja asosida o‘ynashi lozim. Zarbi kuchsiz bo‘lgan nakatlar bajarib sharni stolning bo‘sh joylariga himoyachining ochiq kolayotgan burchaklariga yo‘naltirib uni to‘pni berishga majburlash va qulay vaziyatda zarba berish kerak. Himoyada o‘ynagan tennischi o‘ziga to‘g‘ri kelgan sharni yaxshi ololmaydi, burchaglarga qiyshaytirib to‘p tashlab so‘ngra markazga uzoqdan zarba berish mumkin. Agar raqib sekin o‘ynasa unga qisqa uzatish (padachi) lar berish kerak, «top spin» usulini qo‘llab o‘ynashi mumkin. Raqib sizning sharlaringizni mahorat bilan qaytarayversa uni stolga yaqinroq o‘ynashga majbur qilib, keyin birdaniga keskin zarba berib raqib qulay pozitsiyasini tashlab ketishga majbur bo‘lsin. Bir qisqa, bir uzun padachi berib uni holdan toydirish mumkin, burchaklarga tez-tez almashtirib shar tashlab, keyin qulay vaziyatda o‘rtaga zarba berib ochko olishga harakat qiling. Hujumchining padachilari qisqa bo‘lishi lozim va birdaniga hujum qilib turishi kerak, agar raqib stolga yaqin kelib qolsa tezda to‘pni chapga uzun uzatish mumkin, so‘ngra «top

spin» usulini qo‘llang. O‘ngdan qiypshq zarba o‘ng burchakka tashlansa, raqib o‘ngga o‘tib o‘ynaydi, ikkinchi marta berilgan zarba chapga berilsa raqibni noqulay vaziyatga tushishga majbur qiladi.

  1. Hujumchining hujumchiga qarshi o‘yini. Ushbu holatlarda ustunlika erishish g‘alabani ta’minlovchi ahamiyat kasb etadi. O‘yinchi zarba berishdan oldin ustuvorlikni, ildamlikni egallashga harakat qilish kerak. Bir xilda zarba berib o‘ynovchi raqiblar tempni egallashi kerak, uzatish va olish usullarini almashtirib turish lozim. Tez berilgan «nakat» larni yuqoridan aylantirib uzatishni kuchaytirib zarbalar bermoq lozim. Raqib «podrezka» bersa, «top spin» beriladi.

  2. Juftlik o‘yinlari. Ushbu o‘yinda g‘alaba, umumiy o‘yin uslubidan tashqari maydonda texnik harakatlanishni sherigingizdan a’lo darajada bajarishingizga bog‘lig‘. O‘yin yutugg‘i o‘yinchilar tanlashga va ularni tajribasiga bog‘liq. Ularni tanlashda ularning birgalikda o‘yin olib borish usuli va yaxshi harakatlana olshga e’tibor berish kerak. Sheriklar hujum qilish va kontrataka qilishni yaxshi bilishlari kerak. Agar ikkalasi ham o‘ng tomondan zarba berishga o‘rgangan bo‘lsa yaxshi o‘yin chiqmaydi. Sheriklardan biri chap qo‘l bilan yaxshi o‘ynay olsa, bu juftlikni kuchaytiradi. O‘yin vaqtida sharni stolning shunday joylariga zarba berib turish lozimki, raqiblar bir birlariga xalaqit berib qolishsin. Buning uchun sharni har xil burchaklarga tashlash kerak natijada raqiblar ikkala tomonga ajralib qoladi, bunday vaqtlarda sharni markazga tezda aniq va qattiq urish lozim. O‘yin vaqtida bir necha marta taktikani-almashtirib turish kerak.

O‘yin taktikasiga quyidagilar kiradi:- bir yo‘nalishda takroriy zarbalar, bular raqibni bir burchakda ikkalasini ham birga bo‘lishga majbur qiladi va boshqa burchak ochiq qolib ketadi.

  • Shar uzatilgan yoki qaytarilgan joyga yana sharni qayta uzatsa, raqiblar joylarini almashtira olmay qolishadi va natijada raqiblarni bir joyda chalg‘itib ushlab turish mumkin.

  • O‘yin vaqtida bir biringizga xatosi uchun tanbeh bermaslik.

  • O‘yin mobaynida qilingan xatolarni o‘yindan so‘ng tahlil qilish va uni yana takrorlamaslik choralarini izlash kerak.

O‘yinga psixologik (ruhan) tayyorgarlik ko‘rish. Ko‘p hollarda o‘yin texnikasi past bo‘lgan o‘yinchi ham o‘zidan kuchli raqibni aynan irodasi kuchliligi maqsadga tinmay intilishi tufayli yengib chiqadi. O‘yinga ruhan tayyorgarlik ko‘rish o‘yinning qanday borishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun qilinadigan mashqlarga (engil mashqlar bajarish) ruhan erkin tutishga e’tibor qilish kerak.
Irodani tarbiyalash-o‘zini o‘zi tarbiyalash demakdir. O‘zini ishontirish bilan tennischi ortiqcha hisisiyotlarini yo‘qotadi yoki o‘z kuchini faollashtiradi.

Tennischilarning jismoniy tayyorgarligi


Zamonaviy stol tennisi sportchidan yuqori jismoniy tayyorgarlik talab qiladi. O‘yinchi kuniga qancha o‘yin olib borishi uning jismonan baquvvatligiga bog‘liq. Mutaxassislar chiniqtirish uchun ko‘proq o‘ynashni maslahat bersada, ayrimlari musobaqalardan oldin nagruzka (ortikcha og‘irlik) bermaslikni maslahat berishadi. Jismoniy baqquvatlik-o‘yinchidan chidamlilik, tezlik, egiluvchanlik, chaqqonlik va boshqa xususiyatlarni talab qiladi. Ularni faqat maxsus, mashqlar orqali egallash mumkin. Shuning erkin mashg‘ulotlar bilan erkin mashg‘ulotlarni birga olib borish kerak. So‘ngi yillarda Xalqaro musobaqalarda yutuqlarimizlarimiz aynan taktik va texnik tayyorgarlikni jismoniy tayyorgarlik bilan birga olib borishlar tufaylidir. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy tayyorlanish o‘ar bir sport turida bor bo‘lib u o‘yinchini jismonan kuchli, chaqon va tezlik kabi hislatlarini rivojlantiradi. Maxsus mashg‘ulotlar esa aynan kuchli bo‘lib, jismonan baqquvat bo‘lib, stol tennisida ishlatiladigan usullarni aniq va tez bajarishga o‘rgatadi. O‘yinchidan bir joyda turib chap oyoq o‘ng oyoqqa sakrash, ikki oyoqda sakrash, yon tomonlama sakrashlarni yaxshi bajarish uchun sportning yengil atletika turlari bilan shug‘ullanib turish kerak.

Xulosa


Xulosa qilib shuni aytish joizki, Stol tennisi juda qiziq va o‘yinchi uchun foydali sport turiga kiradi bu borada O‘zbekistonda ham juda kata ishlar olib borilyapti umumta’lim maktablarda bu sport turi bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilgan va natijada bu ishlarning samarasi o‘zaksini topmoqda.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish