Mundarija kirish bob


Stol tennisi o‘yin qoidalari



Download 0,54 Mb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#747842
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sojida

2.1 Stol tennisi o‘yin qoidalari


Stol, to‘r (setka), kaptok (sharik) haqida ma’lumot
O`yin mazmuni stolga ko`dalang tortilgan to`r ustidan koptokni rakеtka bilan ikki tomondan irg`itishdan iboratdir. O`yinda ikki yoki to`rt kishi ishtirok etishi mumkin. Bir tеnnis stoli uchun zarur bo`ladigan xona maydoni – 7,7 x 4,5m. O`yin uchun stol, to`r, rakеtka va koptok zarur bo`ladi.
O`yin qur'a orqali birinchi bo`lib boshlash huquqiga ega bo`lgan o`yinchining koptok uzatishidan boshlanadi. Rakеtka bilan uzatilgandan so`ng, koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, to`rga tеgmasdan sakrab o`tishi va ikkinchi tomonda stolga urilishi lozim. Koptok uzatish vaqtida o`yinchi uning rakеtkasi va koptok stolning orqa chizig`i tashqarisida turishi kеrak. Agar koptok stol ustida urib
qaytarilsa, o`yin qoidasi buzilgan hisoblanadi (2002 yil 1 sеntyabrdan koptok uzatish rеglamеnti yangi qoidalarga binoan bеlgilangan). Agar koptok boshlovchi tomonida stolga urilib, to`rga tеgib sakrab o`tsa va ikkinchi tomonda stolga urilsa, koptok uzatish yangitdan bajariladi va ochko hisoblanmaydi. Qaytadan uzatishlar soni chеklanmagan. Koptok ikkinchi tomonda stolga urilgandan so`ng, ikkinchi o`yinchi uni rakеtka bilan urib orqaga qaytaradi. O`yin shu tarzda o`yinchilardan biri xatoga yo`l qo`ymaguncha davom etadi. Har bir xato raqibga bir ochko bеradi. O`yinchi quyidagi hollarda ochkoga ega bo`ladi:

  • agar raqibi koptokni noto`g`ri uzatsa;

  • agar raqibi koptokni stolga tеgmasidan qaytarsa;

  • agar raqibi koptokni stoldan tashqariga urib yuborsa;

  • agar raqibi to`g`ri uzatilgan koptokni qabul qila olmasa;

  • agar raqibi koptokka rakеtka bilan bir martadan ortiq ursa yoki koptokni rakеtka bilan tutib olsa va qaytarib uzatsa;

  • agar raqibi koptokka tana a'zosi bilan tеgib kеtsa yoki to`r, stol tirgagiga tеgsa. Har ikki ochkodan so`ng (2001 yil 1 sеntyabrdan - har bеsh ochkodan so`ng) koptok uzatish qabul qiluvchiga o`tadi.

O`yinchilardan biri 11 ochko (2001 yil 1 sеntyabrgacha – 21 ochko) to`plagandan so`ng kamida 2 ochko tafovut bilan partiya yutilgan hisoblanadi. 10:10 hisobda (2001 yil 1 sеntyabrgacha - 20:20 hisobda) koptok uzatishlar har ochkodan kеyin almashiladi. Har partiyadan kеyin o`yinchilar tomonlarni va koptok uzatish navbatini almashtirishadi. O`yin 5 yoki 7 partiyadan iborat bo`ladi (2001 yil 1 sеntyabrgacha – partiyalar soni 3 yoki 5 ta bo`lgan).
Ko‘pchilik mutaxasislar tennis stolining yashil rangini boshqa ranglarga nisbatan qulay deb hisoblashadi. Haqiqatdan ham yashil rang ko‘z uchun ham yaxshi, hamda yashil stol fonida oq, sariq rangli sharlar aniq ajralib ko‘rinadi. Zallarda o‘yin maydoni uchun kamida har bir stol uchun bo‘yi 14 m, eni 7 m li joy ajratilish kerak. Har bir o‘yin maydonlarini 0,75 m lik to‘q yashil qoplamali barerlar bilan o‘rab qo‘uyilishi shart. O‘yin maydoni qattiq, tekis va sirpanmaydigan qoplamali bo‘lishi
lozim. Stollarni shunday joylashtirish lozimki, yorug‘lik o‘yinchining ko‘ziga ta’sir qilmasligi kerak. Stolning qimirlamay turishi muhum ahamiyatga ega. Stolning to‘g‘ri burchakli uzunligi 274 sm, eni 152,5 sm, balandligi 76,4 sm, 12 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun esa balandlik 60-70 sm bo‘lishi mumkin. Stolning yuza qismi gorizantal joylashib, ravon tekis va 30 sm balandlikdan tushgan to‘p 23 sm gacha sakrashi kerak. Stolning chetlariga 2 sm qalinlikda chiziq tortib, o‘rtasida paralel yon chiziqlar bir xil oraliq masofada 0,3 sm li o‘rta chiziq tortiladi. Hamma chiziqlar oq rangda bo‘lishi kerak.
Qulay bo‘lishi uchun stol yig‘iladigan bo‘lishi, stolning koptogi setka liniyasidan ikkita teng bo‘lingan bo‘lishi kerak. Setka paralel iplar yordamida stolning qisqa tomonlariga tarang tortilada. O‘yin jamlamasiga (komplektiga) tur, ip ushlab turuvchi tirgaklar, raketka va sharlar kiradi.

Stol tennisi uchun tur o‘lchamlari. (2-rasm)
To‘rning uzunligi 183 sm, balandligi 15,25 sm.Turning tepa qismida 1,5 sm qalinlikda butun uzunligi bo‘yicha oq ranga lenta bo‘lib, uning ichidan ip tortiladi. Turning quyi qismi stolga tegib turadi. Tirgaklar stolning yon qirralariga 15.25 sm qilib mustahkamlanadi. To‘p ham aniq talablarga javob berishi kerak. ITTF taklif qiladigan to‘plar o‘z xususiyatlari bilan ajralib turadi. To‘pning vazni o‘zgarmas (3 g), diametri 40 mm. U yumaloq shaklda, sferik va joylar tekis, bilinmas bo‘lishi kerak. Ikkala yarim sharlarning devor qalinligi bir xil bo‘lishi lozim. Sharni o‘yinga uzatish (podacha) bilan (2 martadan) har bir o‘yinchi tashlaydi. Raqiblardan biri 11
ochko, ikkinchisi 2 ochko kam hisobga erishilganda partiya tugatiladi. 10:10 hisobda o‘yin 12:10, 13:11 va hakozogacha bo‘lim (partiya) davom etaveradi. Ushbu vaziyatlarda uzatish 1 martadan bo‘ladi, yutuqga yetgandan keyin almashinadi.
To‘p o‘zining eng baland nuqtasidan pasaya boshlagan zahoti unga raketka bilan zarba beriladi. 1. To‘p uzatish vaqtida sharni yuqoriga otayotganda, qo‘l kaftini burmaslik, pastga yoki yon tomonga harakatlantirish mumkin emas, to‘p uzatilayotganda raketkaga to‘p tegmay qolsa, o‘yinchi to‘pni ushlab olsa qoida buziladi va ochko hisoblanadi. Uzatilayotgan to‘pni hakam yoki yordamchi hakam ko‘rib turishi lozim. O‘yin qoidasi buzilganda, hakam o‘yinni to‘xtatadi va o‘yinchiga ogohlantirish beradi, yana takrorlansa o‘yinchi ochko yo‘qotadi. To‘p raketka bilan qaytariladi. Raketkada zarba berish uni qo‘llarda almashtirish yoki ikkala qo‘lda ushlash mumkin.
3-rasm 1-to‘pni uzatuvchi turishi mumkin bo‘lgan joy (zona). 2-uzatuvchining raketkasi va to‘pning uzatish vaqtida turishi mumkin bo‘lgan joy (zona).


Agar o‘yinchi to‘pga raketkani har qanday qismi bilan to‘pga tegizsa, qo‘l kaftiga tegsa zam to‘p qaytarilgan hisoblanadi faqat shar bir marta tegishi kerak. Uzatish vaqtida to‘pga zarba berganda u maydonning orqa chizig‘idan tashqarida bo‘lishi lozim. Qaytarilgan to‘p raqib tomonidan stolning yuzasiga tegishi lozim. Biror narsa (predmet) ga (shiftga, chiroqqa) tegib ketgan to‘p yo‘qotilgan hisoblanadi.


raketkalar haqida


Raketkani ushlashning ikki usuli bor. Yevropacha (gorizontal) va Osiyocha (vertikal yoki pero) usulida ushlash.

Ko‘rsatkich barmoqning raketkaning o‘yin yuzasida joylashuviga qarab bir necha ushlash usullari bor.






Qattiq (mahkam) ushlash: barmoqlar raketka ushlagichini o‘rab olib, bosh barmoq o‘yin yuzasini ushlab turadi, ko‘rsatgich barmoq yon qismiga tegib, turadi.
Yumshoq (sekin) ushlash: bu usul ko‘p tarqalgan, barmoqlar raketka qo‘lini o‘rab olib ko‘rsatgich barmoq erkin holda yuza qismida.

Gorizontal ushlashning ustunligi shundaki, u o‘yinda chapdan va o‘ngdan qimirlamasdan turib o‘ynash mumkin, hujumkor va himoyaviy zarbalar berish mumkin. Lekin gorizontal ushlash usulida zarba berish vaqtida texnik usullarni o‘rganishga ko‘p vaqt ketadi. Keyingi vaqtda Uzok Sharq mamlakatlarida, Osiyoliklar “pero” usulida ushlashadigan bo‘lishdi.“Pero” usulida ushlashning ikki varianti


Bu usu l ham ikki variantda: bosh va ko‘rsatkich bormoqlarning joylashuviga qarab farqlanadi. 8-9-10-11-12-rasmlar








Uzingazga ma’qul ushlash turini tezroq egallash uchun tinimsiz mashq qilish kerak. Masalan, to‘pni devordan qaytarish, raketkani bir oldi, bir orqa tomoni bilan qaytarish, o‘rtog‘ingiz bian raketkada voleybol o‘ynash kerak. Raketka har xil kattalikda, shaklda, og‘irlikda bo‘lishi mumkin. Ammo uning asosiy qismi taxtadan, tekis, qattiq va har xil qalinlikda bo‘lishi umkin. Raketkalar shakliga qarab doiraviy va oval shaklda bo‘ladi


Yevropalik o‘yinchilar oval shakldagi raketkalarni afzal ko‘rishsa, xitoyliklarga aylana shakldagisi, yaponlarga esa-to‘rtburchak shakldagisi yoqadi. Raketkalarning ushlagichlarining diametri va uzunligi qoidalarda cheklanmagan. Ushlagichning shakli va hajmi katta ahamiyatga ega. Har bir o‘yinchi o‘ziga mos raketkadan foydalanishi lozim, chunki hammaning qo‘li, kafti, barmoqlari har xil. Raketkalarga yopishtirilgan rezina qoplamalar ikkala tomonidan ham bir xil qoplanishi lozim, u o‘yin yuzasini to‘liq egallashi kerak. Rezina qoplamalarining maksimal qalinligi 2,5 mm qavariq va bo‘rtik qoplamalar 4 mm. Qoida bo‘yicha bo‘rtiklar soni 1 sm 2 da 10-50 tagacha bo‘ladi. Raketkaning yon tomonidan qoplamalar qavati aniq ko‘rinishi kerak. Qoplamalar tomonidan ikki xil rangda bo‘lishi kerak. Agar


o‘yinchi raketkaning faqat bir tomoni bilan o‘ynasa, ikkinchi tomoni ajralib turuvchi to‘q rangda bo‘lishi kerak. Ishlatilmaydigan zarba bersa ochko yo‘qotiladi. Qoplamalar ko‘p o‘ynalgandan keyin yaroqsiz holga kelib qoladi. Yaroqsiz holga kelgaidan keyin yangisiga o‘zgartiriladi. Hozirgi kunda asosan Yevropa mamlakatlarida zamonaviy stol tennisi o‘yini bilan qanday mashg‘ulotlar olib borishni ko‘rib chiqamiz

O‘yin chilar yoshi



Bir xaftadagi mashg‘ulo tlar soni
va vaqti

Bir yilda bo‘ladigan musoboqa larsoni

Sport anjomlarining o‘lchamlari



Necha yil shug‘ull a nishi

Topshiriqlar

6-8

3-marta 45-
minutdan

0

Raketka qoplamasining qalinligi 1 mm lik bo‘lishi kerak



2 yil


1.O‘yinni sevish. 2.O‘yinning qoidalari bilish. Z.O‘yin texnikasi bilish (raketkani
ushlash stoykada harakatlanish, ungdan chapga
zarbalar berish)

8-10


3-marta 75-


minutdan

4-6


Raketka qoplamasining qalinligi 1,5 mm lik bo‘lishi kerak

2 yil


1.O‘yinning texnikalarini davom ettirish (ko‘proq e’tiborni sringa ya’ni sharni aylantirishga, kontaktga raketkaga
shar tekkan vaqtda
















sharni qanday kelayotganligini sezish, top-sringa, musobokalarga psixologik tayyorlanish) 2.Musobaqalarga maxsus tayyorgarlik
ko‘rish.

10-12

4-marta 90-
minutdan

6-10


Raketka qoplamasining qalinligi 1,5 mm lik bo‘lishi kerak



2 yil


1.Uzatishlar (padachilar) 2.O‘ngdan top-srin chapdan top-srin Smesh zarbalarini
urishga

12-15


5- marta
90-
minutdan

16-20


O‘yinchilarning o‘yin usliga
qarab raketka
tanlash kerak (hujumkor himoyaviy) qoplamalar qalinligi 1,8 mm
lik bo‘lishi kerak

3 yil


1.O‘yinning texnikalari tugallanadi 2.Yaxshi natijalar ko‘rsatish Z.Yoshlar terma


jamoasiga a’zo bo‘lish

15-18

5-marta 120-
minutdan

20-24

Har kuni
yelimlab o‘ynaladigan
qoplamalarda

3 yil

  1. O‘yinning taktikasi tugatiladi.

  2. Jismoniy

tayyorgarlikga










o‘ynash kerak, qoplamalar qalinligi 2,.0 mm
lik bo‘lishi kerak




ko‘proq e’tibor
Z.Kattalar terma
jamoasiga a’zo bo‘lish

Katta yosh dagil ar (ishla ydiga n o‘qiy digan
lar)

5-marta 150-


minutdan

30-40

Raketkalariing yuqori darajadagi sifatlisida o‘ynash kerak, qoplama qalinligi 2,0 mm lik bo‘lishi kerak



Cheklan magan



1.Ishdan o‘qishdan keyin mashg‘ulotlarni olib borishi 2.Natijalarini yaxshilash uchun harakat qilish kerak Z.Yaxshi murabbiy bilan ishlash



Yuqo ri mala kali (Prof esson al)

Har kuni 2-marta 5-6 soat



50-80


Raketkalariing yuqori darajadagi sifatlisida o‘ynash kerak, qoplama qalinligi 2,5 mm
lik bo‘lishi kerak

Cheklan magan

1.G‘oliblar soni,
medallar sonini oshirish 2.Mablag‘i hisobini oshirish

Germaniyalik olimlarning aniqlashicha Olimpiada dasturiga kirgan sport turlari ichida eng qiyin texnikali sport turlari deb: 1. Tog‘dan chang‘i bilan tushish. 2. Langar cho‘pda sakrash. Z. Stol tennisligini aniqlaganlar. Bundan ko‘rinib turibdiki stol tennisining texnikasi usullarini shoshilmasdan mukammal o‘rganishga harakat qilng.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish