Mundarija: Kirish i-bob. Filogenetik daraxtni yaratish


Kurs ishining amaliy ahamiyati



Download 272,77 Kb.
bet4/12
Sana09.06.2023
Hajmi272,77 Kb.
#950134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Filogenetik daraxtlarni tuzish algoritmlari

Kurs ishining amaliy ahamiyati: Hozirgi kunda bu sohaning rivojlanishi o’z navbatida bioinformatika yonalishining rivojlanishiga olib keldi- ya’ni makromolekulalar va ular tizimlarini modellashtirish va texnik usublar yordamida tadqiqot qilish ishlarini jadallashtirdi. Ushbu fan yo’nalishlariga kompyuter genomikasi va metobolonomika kiradi yoki boshqacha proteomika fanini anglatadi. "Genomika" atamasi genom so’zidan olingan bo’lib, organizmning barcha genlarining umumiyligi, "proteomika" esa proteom so’zidan olingan bo’lib, eukaryot yoki prokaryot hujayrasidagi tarkibiy va katalitik oqsillar to’plamini bildiradi. Ikkala fan hujayra bilogiyasiga yaqin bo’lgan genetika va oqsil kimyosi fanlarining rivojlanishining zamonaviy bosqichining terminologik formulasi deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda ushbu fanlar sohasidagi yutuqlar va qo’llaniladigan uslublar texnologiyasi bo’yicha genomika eng muhim ahamiyatga ega, proteomika genomikaga asoslangan bo’lib, u allaqachon tirik mavjudotlarni oqsil darajasida ko’p jihatdan o’rganilgan hisoblanadi.
Kurs ishi hajmi: Mundarija, kirish 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va kurs ishi 45 betdan iborat. Kirish qismida mazuning dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, predmeti, obyekti va amaliy ahamiyati.

I-Bob. Filogenetik daraxtni yaratish
1.1. Filogenetikaning asosiy tushunchalari va filogenetik daraxt qurish metodlari
Dendrogrammalar- filogenetik yoki yo'qligidan qat'i nazar daraxt uchun umumiy nomdir va shuning uchun filogenetik daraxtning sxematik ko'rinishi.
Kladogramma- faqat shoxdir; ya'ni uning filiallari oralig'i vaqtni yoki xarakterning o'zgarishi nisbiy kattaligini anglatmaydi va uning ichki tugunlari ajdod emas.- oqsillarning fazoviy tuzilishi. Nazorat ostidagi ma'lumotlar bazalari:
Filogramma- bu filogenetik daraxt bo'lib, uning o'zgarishi kattaligiga mutanosib ravishda novdasi bor
Molekulyar filogenetika - bu polimer makromolekulalari - DNK, RNK va oqsillarni o'rganishga asoslangan tirik organizmlar o'rtasida oilaviy aloqalarni o'rnatish usuli. Molekulyar filogenetik tahlil natijasi tirik organizmlarning filogenetik daraxtini qurishdir. Tirik organizmlar o'rtasidagi yaqin munosabatlar odatda ba'zi bir makromolekulalar tuzilishida katta o'xshashlik bilan birga keladi va ular bilan bog'liq bo'lmagan organizmlarning molekulalari bir-biridan juda katta farq qiladi. Filogenetik daraxt Tirik organizmlarning molekulyar ko’rsatkichlaridan foydalangan holda ularni filogenetik daraxtdagi o’rnini hisoblashning juda ko’plab turlari (UPGMA, WPGMA, Neighbor-joining, Maximum-likelihood, Bayesian inference va boshqalar) mavjud. Ushbu maqolada ana shunday usullar ichida eng soddasi bo’lgan UPGMA usuli haqida gaplashamiz. UPGMA (Unweighted Pair Group Method with Arithmetic Mean) – guruhdagi juftliklarni o’rtacha taqqoslanmagan hisoblash usuli bo’lib, uni ilk marotaba Sneath va Sokalning (1973) ishlarida ko’rish mumkin. UPGMA usuli asosida filogenetik daraxt qurish uchun bizga berilgan organizmlarning molekulyar ko’rsatkichlari zarur bo’ladi. Quyidagi jadvalda toshbaqa, odam, tunets balig’i, tovuq, tunlam, maymun va itning sitoxrom C oqsilidagi aminokislotalar orasidagi farq ko’rsatilgan
Odam va maymun sitoxrom C oqsili 1 ta aminokislotaga farq qilmoqda, tovuq va maymunda bu farq 17 ga, tunets balig’i va tunlamda 41 ga teng va hokazo. UPGMA metodi orqali hisoblashda jadvaldagi eng kichik farqqa ega bo’lgan katakchalar o’zaro birlashtirib boriladi. Yuqoridagi jadvaldagi eng kichik ko’rsatkich B va F katakchalari orasida bo’lib, u 1 ga teng (B=odam va F=maymun). Ularning birlashuvidan hosil bo’lgan filogenetik daraxt shoxi uzunligi 0,5 ga teng (1/2=0,5) bo’ladi. Xuddi mana shunday tarzda, boshqa kataklar orasidagi ko’rsatkichlar hisoblab chiqiladi. E’tibor bering, A va BF katakchalaridagi sonni topish uchun birinchi jadval ichidan A va B hamda A va F katakchalaridagi sonlar o’zaro qo’shilib, so’ng ikkiga bo’linadi, ya’ni 19,00+18,00=37/2=18,5. Qaysi katakchadagi raqamlar qo’shilayotganligini tushunishingiz uchun ularni bir xil rangda ko’rsatib o’taman. Masalan, yuqoridagi holatni qizil rangda ifodalaganman. Ana endi C va BF katakchalariga yoziladigan sonni hisoblanishini ko’raylik, bu yerda ham xuddi yuqoridagi kabi avvalgi jadvaldan C va B hamda C va F katakchalaridagi sonlar o’zaro qo’shilib, so’ng ikkiga bo’linadi: 31,00+32,00=63,00/2=31,5 (sariq rangda). Jarayon xuddi mana shu taxlitda davom ettiriladi.

1-rasm

Hosil bo’lgan yangi jadvaldagi eng kichik sonni qidiramiz. Bu yerda shunday son 8. Ushbu son A va D orasida turibdi, demak AD ko’rinishida ularni birlashtiramiz va yuqorida ko’rsatilganidek hisoblashda davom etamiz. Qaysi kataklardagi raqamlar qo’shilayotganini ularning ranglaridan farqlab, tushunib olishingiz mumkin bo’ladi. A va D filogenetik daraxtda yonma-yon joylashadi, ular joylashgan shoxning uzunligi o’zaro 4 ga teng. Bu ko’rsatkich yuqoridagi ular orasidagi farqni ikkiga bo’lish orqali topiladi: 8/2=4.



2-rasm

Hosil bo’lgan ushbu yangi jadvaldagi eng kichik sonni izlaymiz, bu yerda u 12,50 bo’lib, BF va G orasida turibdi. Bu degani G filogenetik daraxtda BF ga qo’shni shoxda joylashadi. Hosil qilinadigan jadvaldagi raqamlar ham xuddi yuqoridagi kabi hisoblab boriladi, ya’ni AD va BFG orasidagi raqamni topish uchun avvalgi jadvaldan AD va BF orasidagi raqam AD va G orasidagi raqamga qo’shilib, so’ng ikkiga bo’linadi (qizil rangli katakchaga qarang). BF va G filogenetik daraxtda yonma-yon shoxlarda joylashadi deb aytdik. Ular joylashgan shoxning uzunligi ular orasidagi farqli sonni ikkiga bo’lish orqali topiladi: 12,50/2=6,25. Lekin chap tomondagi shoxda BF avvaldan bor edi, ularning shoxlari 0,5 ga teng ekanligini aytgan edik. Demak ushbu holatda 6,25 dan 0,5 ni ayrib, ana undan so’ng hosil bo’lgan sonni ko’rsatamiz. Bu yerda BF uchun umumiy hisoblangan shox G bilan umumiy hosil qilinayotgan shoxgacha 5,75 ga farq qiladi, ya’ni shuncha uzunlikda bo’ladi.



3-rasm
Hosil bo’lgan ushbu jadvaldan ko’rinib turibdiki eng kichik ko’rsatkich AD va BFG orasida turibdi. Demak ularni birlashtiramiz va ko’rsatkichlarni xuddi yuqoridagi kabi hisoblab topamiz. Qaysi katakchalar o’zaro qo’shilayotganligini ularning ranglariga qarab topib, tushunishingiz mumkin. Filogenetik jadvalda BFG va AD shoxlari umumiy shoxda joylashadi. Umumiy shoxgacha bo’lgan masofani ularning o’zaro farqini ikkiga bo’lish orqali topiladi: 15,80/2=7,90. Lekin bir narsaga e’tibor berish lozimki, AD shoxlarning uzunligi 4,0 ekanligini yuqorida aytgan edik, yoki BFG shoxlarining umumiy uzunligi 6,25 ekanligini ham aytgan edik. Shundan kelib chiqqan holda AD va BFG umumiy shoxga mos ravishda 3,90 (7,90-4,00=3,90) va 1,65 (7,90-6,25=1,65) uzunlikdagi shox orqali birlashadi.

4-rasm

Yuqorida hosil bo’lgan jadvaldagi eng kichik son ADBFG va C orasida joylashgan. Demak ushbu ikki kataklarni xuddi yuqoridagi usulda birlashtiramiz. Filogenetik daraxt shoxini ham yuqorida ko’rsatil\Яganidek quramiz.



5-rasm
E’tibor bersangiz jadvalda faqatgina bir dona raqam qoldi, bu ADBFGC va E orasidagi raqam, demak E ushbu filogenetik daraxtda oxirgi bo’lib ADBFGC shoxlariga qo’shiladi. Ularning orasidagi raqamni ikkiga bo’lish orqali shoxlarning uzunligini topiladi. Shox uzunligi ADBFGC shoxlari uchun tadbiq qilishda yuqorida ko’rsatilgan usul qo’llaniladi Mana shunday qilib UPGMA usuli orqali filogenetik daraxt qurish o’z nihoyasiga yetdi. Ana endi harflar o’rniga organizmlarnign nomini yozib chiqsak, filogenetik daraxtimiz tayyor bo’ladi.

6-rasm

Filogenetik daraxtga e’tibor bersangiz odam va maymun bir shoxda turibdi, undan keyin ularga eng yaqin holatda it qo’shiladi. Odam, maymun, it sutemizuvchilar sinfiga kirgani bois filogenetik daraxtda bir klada (shox) da joylashganini ko’rish mumkin. Uning oldidagi kladada tovuq va toshbaqa joylashgan, demak ular o’zaro qo’shni, ya’ni qushlar va sudralib yuruvchilar sinfi o’zaro umumiy ajdodga ega ekanligi ko’rinib turadi. Sutemizuvchilar joylashgan klada hamda qushlar va sudralib yuruvchilar sinfi joylashgan klada o’zaro birlashib baliqlar sinfi vakillari bilan umumiy ajdodga ega ekanligini namoyon qilmoqda. Demak umumiy ajdod ikkiga ajraladi, bir tarmoqdan baliqlar, ikkinchi tarmoqdan esa sutemizuvchilar, qushlar va sudralib yuruvchilarning umumiy ajdodi rivojlanadi, keyinchalik esa ikkinchi kladaning umumiy ajdodi divergensiya qiladi, ya’ni ikkiga ajraladi. Umumiy holatda esa umurtqalilar kladasi umurtqasizlar (bizning filogenetik daraxtda – tunlam misolida) bilan umumiy ajdodga ega hisoblanadi. Mana shu tarzda filogenetik daraxtni tahlil qilish mumkin. UPGMA usuli avval boshda aytganimizdek filogenetik daraxt qurishning eng sodda ko’rinishi bo’lib, uning qator kamchiliklari mavjud. Ushbu metod orqali hisoblashda ba’zan organizmlar filogenetik daraxtda begona shoxlarda joylashib qoladi. Hozirgi kundagi eng zamonaviy hisoblangan Maximum-likelihood, Bayesian inference kabi usullar esa bunday kamchiliklarni o’zida bartaraf etganligi bilan ajralib turadi.





Download 272,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish