Mundarija kirish I bob. O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son bhms) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»


Moliyaviy hisobotning betarafligi



Download 107,66 Kb.
bet8/22
Sana25.02.2022
Hajmi107,66 Kb.
#464650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
22-SONLI BHMS VA UNI AMALIYOTGA QO\'LLASH MUAMMOLARI

Moliyaviy hisobotning betarafligi
29. Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborotlar ishonchliligini ta’minlash uchun u g‘arazlilikdan xoli bo‘lishi kerak.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash
30. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos bo‘lishini nazarda tutadi.
Standartlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi
31. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo‘lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlash qiyin bo‘lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.
Tushunarlilik
32. Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik
33. Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi shundan iboratki, bu axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida va operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyat hodisalariga baho berishda ularning talabini qanoatlandirish kerak. Axborotning mohiyati va qiymati (muhimligi) uning ahamiyatliligiga ta’sir qilishi mumkin.
Muhimlilik
34. Agar axborotning tushirib qoldirilishi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi.
35. Moliyaviy hisobotlarda bir moddada tavsifi va vazifalari jihatidan o‘xshashlari bilan umumlashtirilishi kerak bo‘lgan yoki alohida ko‘rsatilmasligi kerak bo‘lgan summalar aks ettiriladi.
Biroq, yakka tartibda ham, birgalikda ham muhim hisoblangan axborot boshqa axborot bilan to‘lig‘icha umumlashtirilmasligi kerak. Shu munosabat bilan, agar axborotning yoritib berilmasligi foydalanuvchilar moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa, bunday axborot muhim hisoblanadi.
Muhimlilik uni o‘tkazadigan alohida aniq holatlarda ko‘rib chiqiladigan moddaning hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
36. Moliyaviy hisobot tavsifi va vazifalari bo‘yicha guruhlarga tarkibiy birlashtirilgan xo‘jalik operatsiyalarini qayta ishlash natijasidir. Mazkur jarayonning yakunlovchi bosqichi bo‘lib moliyaviy hisobotlarda yoki modda ko‘rinishida tushuntirishlarda aks ettiriladigan, qisqa ko‘rinishda tasnif etilgan axborot taqdim etish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotda ayrim ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatish yoki ularni boshqa ko‘rsatkichlar bilan bir moddaga birlashtirish ham muhimdir. Shu uchun, agar aktivlar yoki passivlarning, daromadlar yoki xarajatlarning ayrim moddalari muhim bo‘lmasa, bunday hollarda modda yoki moddalar jamining tavsifi va hajmi bir vaqtning o‘zida baholanadi. Holatga qarab moddaning tavsifi yoki hajmi belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
37. Agar dastlabki axborot muhim bo‘lmasa, BHMSda keltirilgan bunday axborotlarni yoritib ko‘rsatish talablarini bajarishga hojat bo‘lmaydi. Biroq, agar umumiy foydalanishga mo‘ljallangan moliyaviy hisobotlarda muhim axborot boshqa muhim axborot bilan bir moddada birlashtirilgan bo‘lsa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bu axborotni yoritib berish zarur.
38. Muhimlik moliyaviy hisobotda keltirilgan tushunarlilik va aniqlik darajasi bilan bog‘liq. Axborotni ming yoki milliongacha yaxlitlashtirish chog‘ida muhimlik tamoyili buzilmagan paytgacha aniqlik darajasidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Download 107,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish