Mundarija kirish I bob. O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son bhms) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»


Haqqoniy va beg‘araz tasavvur etish



Download 107,66 Kb.
bet9/22
Sana25.02.2022
Hajmi107,66 Kb.
#464650
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
22-SONLI BHMS VA UNI AMALIYOTGA QO\'LLASH MUAMMOLARI

Haqqoniy va beg‘araz tasavvur etish
39. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarda sub’ektning moliyaviy holati, operatsiyalarning natijalari va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida haqqoniy va beg‘araz tasavvur hosil qilishi kerak.
Tugallanganlik
40. Ishonchlilikni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotlardagi axborot to‘liq bo‘lishi kerak.

II BOB. CHET EL VALYUTASIDA XARID QILINGAN TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI VA BOSHQA AKTIVLARNI BAHOLASH.
2.1. Kurs farqining hisobi.
13. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralari (bundan konsignatsiya shartnomalari bo‘yicha tovarlar mustasno) va boshqa aktivlarni baholash, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob xujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) ko‘rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta hisoblab, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1.1.12-bandi, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) «Asosiy vositalar» (ro‘yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) va O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-son BHMS) «Tovar-moddiy zaxiralar»ga (ro‘yxat raqami 1595, 2006 yil 17 iyul) muvofiq shakllanadigan, xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
14. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi sanasidagi va xo‘jalik operatsiyalarini sodir etish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi.
15. Mazkur BHMSda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:
a) kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘lari;
b) to‘lanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar, pul ekvivalentlari va boshqa aktivlar va majburiyatlar.
16. Quyidagilar qayta baholanmaydi:
a) chet el valyutasida xarid qilingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zaxiralari;
b) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalining miqdorlari va ta’sischilari (ishtirokchilari) ulushlarining nisbati;
v) ustav kapitaliga va aksiyalarga investitsiyalar.
17. Yuzaga kelgan kurs farqi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xohishiga ko‘ra moliyaviy natijalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda ― to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usuli) yoki jamg‘arish yo‘li bilan (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arish usuli) hisobdan chiqariladi.
Sug‘urta tashkilotlarida kurs farqlarini hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. To‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usulida kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga paydo bo‘lishiga qarab olib boriladi.
19. 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamg‘arish usuli qo‘llanilmaydi. 2019 yil 1 yanvargacha jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga quyidagicha olib borilishi mumkin:
a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ― ularning to‘lanishiga (yoki hisobdan chiqarilishiga) qarab;
b) qolgan hollarda ― balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarining sodir etilishiga qarab.
Jamg‘arilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga chet el valyutasining bir birligiga to‘g‘ri keladigan kurs farqlarining o‘rtacha miqdori bo‘yicha olib borilishi mumkin.
20. Kurs farqini olib borishda qo‘llanayotgan usullar majburiy ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Balansning turli xildagi valyuta moddalariga kurs farqini olib borishning turli usullari qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi.
21. Kurs farqlarini olib borishning jamg‘arish usulidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borish usuliga o‘tishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldingi jamg‘arilgan kurs farqlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oxirigacha har oyda (bir me’yorda) hisobdan chiqariladi.
22. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga olib borilgan ijobiy (salbiy) kurs farqi moliyaviy faoliyatning daromadlari (xarajatlari) tarkibida hisobga olinadi.
23. Buxgalteriya hisobida ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushini chet el valyutasida kiritishi, ulushni kiritish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
24. Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida belgilangan va ustav kapitaliga ulushlar kiritish legitim so‘mlarda amalga oshirilgan hollarda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
25. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasidagi va ustav kapitaliga mablag‘larni haqiqatda kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari o‘rtasidagi vujudga keladigan kurs farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital sifatida aks ettiriladi.

Download 107,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish