Mundarija kirish I. Bob she’riy san’atlar



Download 356,95 Kb.
bet8/13
Sana12.06.2022
Hajmi356,95 Kb.
#658343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Diplom ishi

Istixroj so‘zining lug`aviy ma’nosi chiqarish, chiqarib olish, tanlab olish13. Rahmonov o‘z asarida istixroj so‘zini “keltirib chiqarmoq, so‘z yasamoq ma’nolarini bildiradi” deya ta’rif beradi. Bunda arab harflarining shakllari bilan inson a’zolari o‘rtasidagi o‘xshashliklarar asosida tilga olinayotgan harflar yig`indisidan biror so‘z keltirib chiqariladi. Istixrojning yuqoridagi ta’rifiga muvofiq Navoiyning mashhur ruboiysini yodga olaylik:
“Jon”imdagi “jim” ikki dolingga fido,
Andin so‘ng “alif” toza niholingga fido,
“Nun”i dag`i anbarin hilolingga fido,
Qolgan ikki nuqta ikki xolingga fido.
Shoir yorning zulfiga o‘xshaydigan “jim ()”, qaddiga o‘xshaydigan “alif ()” va qoshiga o‘xshaydigan “nun()”ning yig`indisidan “jon” (ﺠﺎﻥ) so‘zi kelib chiqishiga ishora qilmoqdaki, bu shunchaki harflarning yor uzvlariga o‘xshashligining o‘zi emas, balki oshiqning yorni jon fido qiladigan darajada sevishining o‘ziga xos badiiy ifodasi hamdir.
Navoiyning:
“Jim” zulfing, “nun” qoshing qasdi jon aylab edi,
Boqi bo‘lsin lutf etib, kirdi “alif” qadding aro, -
baytida ham xuddi shunday amalni ko‘rishimiz mumkin. Har ikki misolda yorning a’zolariga o‘xshaydigan “jim”, “alif”, “nun” harflari yig`indisidan jon so‘zi keltirib chiqarilmoqda. Boburning:
Qadding chu “alif”, qoshing erur “yo(y)”,
Desam, ne ajab, agar seni oy, -
Baytida yorni qaddi-qomatini “alif ()”ga, qoshi “yoy ()” harfiga o‘xshatilyapti va har ikkala harfning yig`indisidan “oy (ﺍﻱ)” so‘zining kelib chiqishi san’atni yuzaga keltirmoqda.
Musahhaf – “harfiy xato qilish”, “o‘zgarish” ma’molarini anglatadi va istilohda shoirni “biror so‘zning nuqtasini yoki biror harfini yangilab so‘z ma’nosini keskin o‘zgartirish”14. Muhammad Sharif Gulxaniyning “Zarbulmasal’ asarida musahhaf san’atiga misol bo‘ladiga bir misol keltiriladi. Bunga ko‘ra arab alifbosidagi yozilishida “safar (ﺴﻓﺮ)” so‘ziga bir nuqta orttirilsa “saqar(ﺴﻗﺮ)” so‘zi ya’ni “do‘zax” so‘zini keltirib chiqarishi bu san’atga yorqin misol bo‘la oladi. Shunga o‘xshash arab alifbosidagi “imon” (ﺍﻴﻤﺎﻥ) so‘zidan alif olib tashlansa, so‘z “yomon (ﻴﻤﺎﻥ)” tarzida o‘qiladi.
So‘fi Olloyorning:
Kalidi ganji ma’nikim zabondur,
Anga bir nuqta ko‘p bo‘lsa ziyondur, -
baytda o‘ziga xos didaktik harakterga ega bo‘lgan fikr ilgari surilgan hamda musahhaf san’atini keltirib chiqargan. Unda aytilishicha, ma’nolar xazinasining kaliti zabon, biroq o‘sha til agar bir nuqta miqdorichalik ko‘p aylansa, kishiga ziyon keltirilishi mumkin. Ya’nikim, kamgaplik hamisha kishiga foyda keltiradi, aksincha, ortiqcha gap kishiga tashvish keltirishi mumkin. Baytda qo‘llanilayotgan “zabon” va “ziyon” so‘zlarining arab yozuvi ustida bajariladigan amal, ya’ni “zabon(ﺰﺒﺎﻥ)” so‘zidagi “be ()”harfining ostiga ortiqcha bir nuqta qo‘yish orqali “ziyon (ﺰﻴﺎﻥ)” so‘zining kelib chiqayotgani baytning badiiy-estetik qimmatini oshiradi. Mantiqan olib qaraganda, istixroj va musahhaf san’atlari bir-biriga juda yaqin turadi. Negaki, musahhaf san’atida ham so‘zning arab alifbosidagi yozilishi, uning tarkibidagi biror nuqtaning tushirib qoldirilishi yoki, aksincha, biror nuqtaning orttirilishi yogud biror harfning tushirib yoki orttirilishi natijasida bir so‘z keltirib chiqaradi. Istixroj san’atida ham biror so‘z keltirib chiqaradi bu harflarning inson a’zolariga o‘xshatish usuli orqali yangi so‘z hosil qilinadi. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan misollarda bilib olishimiz mumkin.
Keyingi yilllarda yaratilgan ilmi badi’ga doir adabiyotlarda “kitobat” istilohi keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, A.Hojiahmedov kitobatni lafziy san’at sifatida keltirib o‘tgan va unga shunday ta’rif beradi: “Ushbu san’at arab alifbosi harflari shaklidan lirik va epic timsollar chizishda foydalanishni nazarda tutadi. Ma’lumki, arab alifbosi to‘g`ri va egri, yoysimon va doirasimon shakllardagi harflardan tashkil topgan. Sharq shoirlari ana shu shakllarga qiyos usuli bilan yondashib, muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy-axloqiy g`oyalarni ifodalashda mahorat bilan foydalanganlar”15. Biz ta’rifdan korishimiz mumkinki, “kitobat” istilohi ilmi badi’da alohida nom bilan ko‘rsatilgan san’atlarni ko‘pchiligini qamrab oladi. Shuni bilishimiz kerakki, kitobat san’ati to‘g`risida o‘tmishda yaratilgan ilmi badi’ga doir asarlarda ham, “Adabiyot qoidalari” (Fitrat), “Navoiy poetikasi”, “So‘z san’ati so‘zligi” (Y. Is’hoqov), “She’r ilmi ta’limi” (T.Boboyev) kabi zamonaviy asarlarda ham bu haqida ma’lumotlarni uchratmaymiz. Kitobat san’ati haqidagi fikrlar A.Hojiahmedov va V.Rahmonovning kitoblarida ma’lumot berib o‘tiladi. Kitobat so‘zini alohida atama sifatida kiritib, kitobatni alohida san’at sifatida ta’riflash joizmi? Degan savol tug`iladi. Bunga esa Z.Mamajonov quyidagicha javob beradi, - “arab yozuvi asosida yuzaga keluvchi san’atlarning umumiy nomi sifatdida kitobat atamasi o‘zini oqlashi mumkin”16. Biroq A.Hojiahmedov va V.Rahmonovlar kitobatga berayotgan ta’rif bunday umumiylikka da’vo qilmaydi. Jumladan, V.Rahmonovning “She’r san’atlari kitobida arab yozuvi asosidagi san’atlarni “harfiy san’atlar” nomi bilan alohida guruhlagan olim kitobatga shunday ta’rif berib o‘tadi: Kitobat atamasi yozuv degan ma’noni ifodalaydi. Bu san’atning mohiyati shundaki, shoir baytda inson uzvlarini o‘xshatadi. Yor qomati alifga, oshiqning iztirobdan bukilgan qaddi nunga, mahbubning gajagi lom, jim, dolga, qoshlari nunga, tishlari singa, ko‘zlari sod, goh va aynga o‘xshatiladi”17. Kitobat san’atiga berilgan ta’riflar va misollardan ko‘rdikki, ulardagi arab harflarining shakllari, yorning uzvlari orasidagi o‘xshashlik asos qilib olinadi. Z. Mamajonov arab yozuvidagi harflar mushabbihun bix vazifasini o‘tay oladi (alif bo‘yluq oy singari ), ammo bunday vazifani bajargan tashbehlarni alohida san’at hisoblab, kitobat deb atab bo‘lmaydi. Agarda shunday bo‘lsa, boshqa o‘rinlarda mushabbihun bix vazifasini o‘tayotgan narsa va tushunchalarni alohida guruhlash hamda alohida nom bilan chumoliday mehnatkash, tulkiday ayyor kabi tashbehlarni “hayvonot”, quyosh, oy, yulduz kabi osmon jismlari ishtirok etgan tashbehlarni “samovot”, sarvday qaddi-qomat, hazon yaprog`i yanglig` kabi o‘rinlarda “nabotot” kabi nomlar bilan atash lzom bo‘lar edi18. “Badoye’u-s-sanoye” asarida muallif tashbehi mutlaqning ta’rifidan so‘ng unga keltirilgan misollar orasida quyidagi bayt mavjud:
Chun alif sarvi man afkand kokul bar qafo,
Shud chu dol bori ishqash oshiqonro qad duto.
Baytning A.Rustamov tarjimasida quyidagicha: “Mening sarvim alifdek orqasiga kokilini tashlagach, oshiqlarning qaddi ishqa yukidan doldek bukildi”. Ko‘rinyaptiki ushbu baytda alif va dol harflari mushabbihun bix vazifasini bajaryapti. Yuqoridagi baytni biz kitobat san’ati deb alohida ajratadigan bo‘lsak, Navoiy tavsiyasi bilan yozligan “Badoyi’u-s-sanoyi” asariga ham e’tibor berishimiz kerak. Negaki, ushbu asar “ilmi badi’ sohasidagi barcha asarlarni tanqidiy o‘rganish asosida yaratilgan eng mukammal ilmiy qo‘llanma”19 ekanligini inobatga olgan holda A.Husayniy lozim bo‘lsa kitobat deb nomlangan san’at xususida albatta alohida fikr bildirgan bo‘lar edi. Albatta, arab harflar yor uzvlariga qiyoslanishi o‘ziga xos g`ozal o‘xshatishlarni yuzaga keltiradi va bu kabi o‘xshatishlar o‘quvchiga cheksiz zavq berib, hayaratlantiradi. “Biroq”,- deydi Z.Mamajonov,- “bu o‘rindagi arab harflari mushabbihun bix vazifasini o‘tamoqda va unda namoyon bo‘layotgan san’at ham tashbehdan boshqa narsa emas. Demakki, yozuv asosidagi san’atlar sirasiga kitobatni alohida ajratib tavsiflash va tasniflash amqsadga muvofiq emas”20. Mazkur masala yuzasidan ko‘rishimiz mumkinki, harfning shakily jihatiga asosolangan harfiy san’atlar qay tarzda, qanday vositalar bilan ifodalasnishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. 1. To‘liq qiyosiy tasvir usuli – tashbeh; 2. Qisqartirilgan qiyos, ramziy tasvir usuli – istiora. Tashbeh va istoira o‘rtasidagi farq tashbeh san’atining “vajhi shabih” deb yuritiladigan muhim bir juzvi bilan bog`liq. Vajhi shabih o‘xshatishning lisoniy vositalari -dek, -day, kabi, singari, misoli, yanglig` so‘zlari oraqali yaratiladi. Tashbehga asoslangan harfiy san’at bilan istioraga asoslangan harfiy san’at o‘rtasidagi tafovutni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin:
Firoq ichra alifdek qaddima g`am tog`ini yuklab,
Uhud ostidagi dol etsa qaddi notavonimni.
Bu baytda oshiq qaddining datlabki holati alifga, ustiga g`am tog` yuklangan keyingi holati dolga o‘xshatilgan. Alif harfi -dek unsuri oraqli ifodalangan va bu tashbihi mutlaq – to‘liq o‘xshatishni keltirib chiqardi. Dol harfi esa bunday vositasiz kelgan. Shuning uchun istiora vazifasini bajargan.
Shuningdek, V.Rahmonov “She’r san’atlari” asarida harfiy san’atlar deb nomlagan va ularni alohida guruhga ajratgan holda ta’rif beradi. Bunda harfiy san’atlar nomi ostida kitobat, labtegmas, istixroj, musahhaf, muammo, muvashshah, tavze’ va qalb san’atlarini sanab o‘tgan. Kitobat san’atiga ta’rif berib o‘tib olim quyidagi baytni misol keltirib o‘tadi:
Ikki lom zulf aro ko‘rgach alifdek qaddini
Tong emas, ey ahli dark, bo‘lsa tilimning nutqi lol.
Baytda shoir yor gajagini “lom” () ga o‘xshatadi, qaddini esa “alif” ()ga o‘xshatadi. Bu esa kitobat san’atini keltirib chiqaradi. Ammo yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib buni alohida kitobat san’ati deb ta’riflay olmas ekanmiz. Bu baytda arab harflari (alifdek qad) tashbihi mutlaq san’atini hosil qilmoqda. Ya’nikim, uni alohida kitobat san’ati deb ayta olmaymiz.*
Labtegmas – ushbu san’atga ta’rif berganida uni lab undoshlari – b, m, p, v, f harflarni qo‘llamaslik va bu orqali shunday she’riy parchallar o‘qilganda lab deyarli harakatga kelmaydi bu esa lablanish (labning juflashish) hodisasi yuz bermaydi. Bunday san’ani labtegmas atamasi bilan nomlangani maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunga misol tariqasida turk shoiri Ahmad Ramjiyning quyidagi baytini ko‘rib o‘tsak:
Tariqi ishqi kir ahli hudo o‘l,
Ko‘ngul, kel, loyiq har e’tilo o‘l.
Tilarsan dahrda ozoda so‘zlik,
G`ururi johi tark ayla gado o‘l…
Biz V.Rahmonov sanab o‘tgan harfiy san’atlardan istixroj va musahhaf san’atlarini avvalroq ko‘rib o‘tdik. Shuningdek, olim sanab o‘tgan harfiy san’atlar qatoriga muammo (baytda biror kishining ismi, sharifi yoki joy nomini yashirish), muvashshah (misra boshidagi birinchi harflar yig`indisidan biror so‘z yoki ismi sharifini chiqarish), tavze’ (baytda biro tovush (harf)ning odatdagidan ko‘proq takrori), qalb (baytda biror so‘zni o‘ng va teskari holatlarda qo‘llash) kabi san’atlar xususida ham ma’lumot berib o‘tgan.
Biz yozuv asosidagi san’atlarni sanab o‘tayotganimizda tajnisi xattiy ham mavjud edi. Tajnisi xattiy – bu san’at arab yozuvlarining shakli bilan bog`liq san’at hisoblanadi. Jumladan, A.Husayniy bu san’atga quyidagicha ta’rif berib o‘tadi, “talaffuzda turlicha lafzlarning yozuvda bir-biriga o‘xshash bo‘lmog`idur”21. Demakki, tajnisi xattiy arab alifbosida yozuvida bir xil yoziladigan, lekin nuqtalari bilan bir-biridan farq qiladigan, ya’nikim, ma’nosi ham boshqa boshqa bo‘lgan so‘zlarni qo‘llash san’atidir. Uni So‘fi Olloyorning quyidagi baytidan ko‘rishimiz mumkin:
Agar holi riyodin xoli ermas,
Haqiqat ul kishining holi ermas, -
Baytda, avvalo, o‘ziga xos didaktik masala tilga olinmoqda. Ya’ni agar kimningdir holi – ahvoli riyodan, yolg`ondan xoli (xoli bo‘lmoq, qutulmoq) bo‘lmasa, u hech qachon haqiqat holiga – maqomiga yeta olmaydi, ya’ni haqiqat kishining darajasi emas. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarimiz arab alifbosida yozilsa ular faqat nuqta bilan farqlab olishimiz mumkin. Yana bir ma’nosi orqali chiqarib olsak ham bo‘lad. Shundan ko‘rishimiz mumkinki, bu paronim so‘zlarga o‘xshash san’at ekan. Uchchala so‘z yzoilishi va ma’nosi jihatdan farqlanadi va she’rga o‘ziga xos ma’no va ohang bag`ishlaydi.
Qalb san’ati biz ko‘rib o‘tgan yozuv asosidagi san’atlar qatorida ushbu san’at ham mavjud bo‘lib, bu san’atni Atoulloh Husayniy, V.Rahmonov, Y.Is’hoqovlarning asarlarida uchratamiz. Ulardan Atoulloh Husayniy bu san’atga batafsilroq ta’rif bergan. Jymladan, qalbda “kalomdagi bir lafzning, jumlaningharflarin teskari qilurlar yoki kalom ul tarzda bo‘lurkim, ani teskari o‘qusalar, o‘shul kalom hosil bo‘lur”22. Qalb san’atini muallif to‘rt ko‘rinishini sanab o‘tadi: maqlub-i qul, maqlub-i ba’z, maqlub-i mujannah va maqlub-i mustaviy. Y.Is’hoqov “So‘z san’ati so‘zligi” asarida Atoulloh Husayniy qalbning bu turlaridan faqatgina maqlubi mustaviygagina to‘xtalib o‘tadi. Buning sababi sifatida qalb san’atining paydo bo‘lishida k`oproq shakily tomonning ustuvor ekanligi va hozirgi paytda ushbu san’at ham yuqorida sanab o‘tgan san’atlarimiz (muqatta, muvassal, raqto, hayfo, jomi’ ul huruf, hazf) kabi to‘laligicha bo‘masa ham o‘zining estetik qimmatini yo‘qotganligi, ammo maqlubi mustaviy bundan mustasno ekanligi, bu san’at nisbatan o‘zining san’at maqomini saqlab qola olganligini aytish mumkin. Atoulloh Husayniy qalb san’atining turlaridan mqalubi qul haqida ma’lumot berar ekan. Ushbu turiga misol sifatida keltirga baytlarda so‘zlarning asaosan arab alifbosidagi yozilishi va ularda qisqa unlilarni ifodalanmasligi natijasida yuzaga keladigan tarkibiy o‘xshashliklar ushbu san’atni yuzaga keltirgan:
Doram hamin murodki, yo rab, baroyi man
Abruhilol lolauzorim kunad suhanhudo
Tarjima: Ey hudo mening murodim shuki, menga hilol qoshli lola yuzligim so‘z so‘zlasa.
Baytda maqlubi qulga uchta misol keltirilgan bular: murod-doram, yo rab-baroyi hamda hilol-lola kabilarni ko‘rishimiz mumkin. Arab alifbosida a va u tovushlari harf bilan ifodalanmaydi “murod-ﻤﺮﺪ - ﺪﺮﻢ -doram”, yo rab va baroyi so‘zlarini arab alifbosi asosida yozilsa ularni tskari holatda o‘qisak ushbu so‘zlar kelib chiqishini ko‘rishimiz mumkin. Negaki, arab alifbosida “i” tovushi yozuvda aks etmaydi, shuning uchun uni teskari o‘qilsa yo rab so‘zi “baroyi-ﺒﺮﺍﻱ - yo rab-ﻴﺎﺮﺐkelib chiqadi. Shuningdek, keyingi misradagi xilol va lola so‘zlarini olayli. Arab alifbosida “a” harfi so‘z oxirida “h” ni ham bildiruvchi “ho” harfi bilan ifodalanadi, shuning uchun hilolni teskari o‘qilsa lola so‘zi “hilol - ﻫﻼﻝ - ﻟﺎﻟﻪ - lola”kelib chiqadi. A.Husayniy sanab o‘tgan qalb san’atining turlaridan yana biri maqlubi ba’z turiga quyidagicha ta’rif beradi: “ba’zi harflarining tartibida biroz ixtilof bo‘lgan ikki yoki andin ortiq lafzni keltirurlar (karam – kamar – magar) so‘zlari san’atni yuzaga keltiradi. Maqlubi mujannah turida esa yuqoridagi kabi so‘zlarning joylashgan (biri bayt boshida va biri bayt oxirida kelishi) o‘rni e’tiborga olingan. Ko‘rib turganimizdek qalbning mazkur turlari o‘zining estetik qimmatini yo‘qotgan. Shuningdek, A. Husayniyning “kalom ul tarzda bo‘lurkim, ani teskari o‘qusalar, o‘shul kalom hosil bo‘lur” ta’rifiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘ng va chapdan bir xil o‘qiladigan dod, did, oro, arra kabi so‘zlarini qo‘llash ham qalb san’atini hosil qiladi. Biroq, bu kabi so‘zlarni qo‘llash o‘quvshiga doim ham estetik zavq bera olmaydi. Mazkur so‘zlarning tarkibi bir xil bo‘lgani uchun tovush takrori kabi she’rga ohangdoshlik baxsh eta oladi xolos. Aksincha, shoir qalb san’atini qo‘llash orqali uni zo‘rma-zo‘raki shakllantirishga majbur bo‘ladi, natijada tabiiylikdan xoli bo‘lib, badiiylikning ikkinchi shakli bo‘lgan mazmun salmoqdorligi kamayadi. Hozirgi she’riyatimizda ham ushbu san’atni qo‘llashimiz mumkindir. Masalan: bobur-rubob, ota-ato, zor-roz kabi ammo aytganimizdek, bu san’atni yuzaga keltirish orqali ko‘proq shaklga e’tibor qaratgan bo‘lamiz. Yozuv asosidagi san’atlar guruhiga kiritilgan (istixroj, musahhaf, muvassal, muqatta, raqto, xayfo, jomi’ ul-huruf, hazf, tajnisi xat, harfiy (kitobat) va qalb) san’atlari xususida birmuncha fikr bildirdik. Ular orasida hozirgi kunda umuman qo‘llana olmaydigan (muqatta, muvassal, raqto, hayfo), birmuncha qo‘llasa bo‘ladigan, ammo bunda ko‘proq shakl ustuvorli qiladigan (jomi’ ul-huruf, hazf va qalb), hozirda kunda imlo boshqa bo‘lishiga qaramay o‘z ahamiyatini, estetik ta’sir kuchini yo‘qotmagan(istixroj, musahhaf, harfiy(kitobat) va tajnisi xattiy) kabi turlarga bo‘lishimiz mumkin.


Download 356,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish