Mundarija kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi. Asosiy qism



Download 44,65 Kb.
bet2/8
Sana19.05.2022
Hajmi44,65 Kb.
#604967
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amanka kursavoy

Kurs ishining maqsadi. Pahlavon Mahmud ruboiylari va ularning g‘oyaviy-badiiy va axloqiy-ta’limiy xususiyatlarini tadqiq etish, ilarning mohiyatini mukammal tushunishga urinish va o‘quvchi uchun ruboiylar tahlilini osonlashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Kurs ishining bosh vazifasi sifatida Pahlavon Mahmud ruboiylarining axloqiy-ta’limiy va falsafiy mohiyatini ochib berish belgilandi. Shunga ko‘ra kurs ishini yoritish davomida:

  • Mavzuga oid turli xil qarashlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va metodik adabiyotlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilganlik darajasini va mavjud muammolarni aniqlash;

  • Ruboiy janrining umumiy o‘ziga xosliklari va shoirning o‘z falsafiy va badiiy qarashlarini yoritish.

Tadqiqot obyekti. Pahlavon Mahmud ruboiylari.
I bob
Pahlavon Mahmud ijodiga nazar
Pahlavon Mahmud 1247-1326-yillarda yashab ijod etgan mumtoz adabiyotimizning mashhur shoirlaridan biri hisoblanadi. Xiva yaqinida po‘stindo‘z oilasida tug‘ilib, tarbiya topadi. Ko‘hna Urganch va Xiva madrasalarida ta`lim oladi, tutrli bilimlarni egallash bilan birga jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullandi. Milliy kurash qoidalarini o‘rgandi. Turli mamlakatlarda bo‘ldi, ijod qildi va 1326-yilda ona shahrida vafot etdi. Hamshaharlari uning qabri ustiga muhtasham maqbara tikladilar. Hozir bu maqbara davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Bir qancha taxalluslar bilan birga “Xorazm Hayyomi” nisbasiga ega bo‘lgan Pahlavon Mahmudning ijodiyoti nafaqat o‘z davri ixlosmandlari uchun, balki bugungi kun o‘quvchilariga ham manzur bo‘ladigan badiiy-ilohiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi.
Shoir hayoti va ijodiy merosini o‘rganish , to‘plab tarjima qilish va nashr ettirishda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi Yahyo G‘ulomov hamda nozik didli yozuvchi va tarjimon To‘xtasin Jalolov, Matnazar Abdulhakimlarning xizmati katta.
Adabiyotda aynan ruboiy janri bilan shuhrat qozongan ruboiynavis ijodkor bo‘lib, shoirning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga o‘rnatilgan maqbara devorlari, peshtoqlariga badiiy naqsh sifatida tushirilgan. Ularning bizgacha yetib kelishida ana shu maqbaradagi yozuvlar muhim o‘rin tutadi. Adibning asarlari turli qo‘lyozmalar orqali ham yetib kelgan bo‘lishiga qaramay, ular, asosan, XIX asrda ko‘chirilgan. Qadimgi manbalar haligacha topilgan emas.
Xorazmda Najmiddin Kubrodan boshlangan javonmardlik tariqatining davomchisi, Sharqda nomi chiqqan pahlavon va hamma pahlavonlarga ustozlik qilib, “Puryoyvaliy” taxallusini olgan insondir. Pahlavon Mahmud hayotda mardlik va jasurlikni, muhtojlarga beminnat saxovat ko‘rsatish, o‘zi uchun esa hech narsa ta’ma qilmaslikni targ‘ib etgan va botinda ilohiy ma’rifatni kashg etish, riyozat bilan irfoniy kamolot sari borishni hidoyat qiladi.
Pahlavon Mahmud XIII - XIV asrlarga xos bo‘lgan tasavvufiy, didaktik mumtoz adabiyotning yangi qirralarini ochib bergan, hayotda ham o‘z g‘oyalari va qarashlariga tayangan insondir. Shoir ruboiylarining mavzu ko‘lami ham ayanan shu g‘oyalardan ozuqa olgan. Ijodkorning hayoti va ijodini o‘rgangan olimlar hamda adabiyotshunoslar Pahlavon Mahmud yashagan davr va adabiy muhit bilan birga tasavvuf ilmidan ham xabardor bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. Zero, ruboiy qa’riga yashiringan sirlar tasavvuf aqidalarining mohiyati bilan go‘zaldir, shakl va mazmunning nomutanosibligi esa tadqiqotchidan ham obyektiv, ham subyektiv fikrlarga, ilmiy qarashlarga asoslangandagina haqiqatdir.



    1. Download 44,65 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish