Mundarija kirish. Kurs ishining umumiy tavsifi. Asosiy qism


II bob Pahlavon Mahmud ruboiylari hikmatli so‘z darajasida



Download 44,65 Kb.
bet6/8
Sana19.05.2022
Hajmi44,65 Kb.
#604967
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amanka kursavoy

II bob
Pahlavon Mahmud ruboiylari hikmatli so‘z darajasida
Pahlavon Mahmudning ruboiylari ham janrning o‘ziga xos xususiyatiga, ham shoirning hayotiy tajribalari va xulosalariga asoslangan holda hikmatli so‘z darajasiga ega bo‘ladi.
Pahlavon Mahmud vafotidan so’ng, qabri ustiga vatandoshlari purshukuh maqbara qurganlar. Butun olamdan yog’ilib kelayotgan sayyohlar pirimiz, ulug’ shoir, mard inson qabrini ziyorat qiladilar. Maqbara devorlariga, peshtoqlariga shoirning ruboiylari darj qilingan. Bu ziyoratgoh Xivada Hazrati Pahlavon Pir nomi bilan nomi bilan ma’lum va mashhurdir.
Keyinchalik ustoz Pahlavon Mahmud maqbarasi atrofida Xorazmxonlaridan Abdulg’ozixon, Shohniyozxon, Muhammad Rahimxon I, Temurg’ozixon va boshqalarni vasiyatlariga ko’ra dafn qilganlar.
Shuni ham ta’kidlash joizki, Pahlavon Mahmud ruboiylarida Qur’oni karim va Hadisi sharif ta’siri kuchli. Zero, Sharqdagi deyarli barcha shoirlar bu ikki ulug’ manba’dan bahramand bo’lib, ijod qilganlari sir emas.
1299-hijriy (1881-yilda) Bombeyda nashr etilgan “Otahkadayi Ozariy” nomli mashhur Sharq tazkirasida Pahlavon Mahmud haqida quyidagilar yozilgan: “Ismi Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy laqabi bilan shuhrat topgan, uning pahlavonlik ovozasi olamni tutgan, o‘z asrining yagonasi bo‘lgan. She’riyatda qudratli, “Kanz ul-haqoyiq” nomli masnaviysi bor. Keyingi vaqtlarda tasavvuf mavzusida yozgan ruboiylari ancha yaxshi chiqqan”. Aynan mana shu asarda Pahlavon Mahmudning ruboiylari va ularning talqini ham mavjud.
Pahlavon Mahmudning yashagan davri ham, adabiy muhiti ham didaktik adabiyot asosida kamol topganligi sabab shoirning adabiyotda aytgan har qanday ijod namunasi, albatta, aforizm sifatida qalbimizda va ong-u shuurimizda qoladi.
2.1. Shoir ruboiylarining mavzu xilma-xilligi.
Pahlavon Mahmud ijodining mavzu xilma-xilligi ruboiylarning mazmun-mohiyatini tahlil qilish jarayonida yuzaga chiqaveradi. Shaklan ruboiylarining asosiy qismi xos ruboiy tarzida bo‘lib, a-a-b-a tarzida qofiyalanadi.
Ey ishq, nechuk o‘tsan axir, duding6 yo‘q,
Ey g‘am, nechuk kuysankim, suruding7 yo‘q.
Ey orzu, nechuksan, tutqich bermaysan,
Ey shodlik nechuksankim, vujuding yo‘q.
Ushbu ruboiyning mohiyatida insonning ichki olamiga tanish bo‘lgan tuyg‘ular – ishq, g‘am, orzu va shodlikning “ta’mi” shoirona ohangdorlik asosida ritorik nutqda ifoda topgan. Tuyg‘ularning ruhiyatga ta’siri har diomgi sayyor mavzu va o‘zaro klassik bog‘lamalar yetakchiligida shoirning bu hislarga asirligi tasvirlagan holda ijodkorning taslim so‘zi bo‘lib jarang sochadi. Bu tuyg‘ularga boshqa so‘z ortiqlik qilishini oshiqning o‘zi qisqa va sodda ifoda etadi. Buning yana bir tomoni ruboiy janr xususiyati ham aynan shuni taqozo etishidir.
Necha yil ilm-hunar payida bo‘ldik,
Necha yil zar-zevar payida bo‘ldik.
Olam sirlaridan bo‘lganda ogoh,
Bari ishni tashlab qalandar bo‘ldik.
Bu ruboiyda shoirning iqrorlik so‘zi tarannum etadi. Dunyo-yu dunning o‘tkinchiligi, o‘zlikni toppish yo‘lidagi urinishlar, hayotdagi turli yo‘llar, o‘nqir-cho‘nqirlar inson umrini kemirishdan boshqa narsa emasligi, asl haqiqat “Olam siri” – o‘zlik sirini topishda ekanligi, haiqiqiy sevgi, ishq va shodlik ham aynan o‘sha sirning ochilishidaligini tasdiqlaydi. Dunyodan, bizni chalg‘ituvchi inson va boshqa narsalardan tiyilish uzlatni tanlab, qalandarlik maqomiga xos yo‘ldan yurganimizda ko‘zimizni ochishini, qalbimizni yoritishini va asliyatni anglashimizni bildirishiga ishora qiladi. Chunki bu so‘zlarni yozuvchining o‘zi aynan mana shu yo‘lda ekanligidan dalolat beradi.
Yoding bilan ko‘nglim har zamon toza,
Nasim essa bo‘lg‘ay guliston toza.
Diydoring farahbaxsh, uni ko‘rganda –
Xotir jam, dil xurram, tanda jon toza.
` Bu ruboiyda oshiq holati aks etgan bo‘lib, ma’shuqani eslash, yod qilish bilan oshiqning ko‘ngli poklanishi va toza bo‘lishini nasim – mayin orombaxsh shamol esganda chaman-u gulistonlardagi g‘uborning ko‘tarilishiga qiyosan chiroyli o‘xshatma asosida ta’riflanadi. Ma’shuqani eslash shuncha farahbaxsh bo‘lsa, uning diydorini ko‘rish tandan jonning ko‘tarilishi – tozalanishiga ishora qiladi. Shoir bu o‘xshatmalar asosida oshiq kechinmlarining darajama-daraja, fan tili bilan aytganda gradatsiyaga uchrashini ta’kidlaydi. Oshiqning bu holati Yerdagi qaysidir timsol uchun emas, balki yagona Alloh ishqi ila bo‘layotganligini o‘quvchining o‘zi anglab oladi. Chunki oshiq – Alloh ishqi bilan yonayotgan orif faqat Alloh vasl-u jamoli yo‘lida eng go‘zal botiniy hislarni tuya oladi va allohning o‘zi bilan sakinat topoladi.
Pahlavon Mahmud din nazariyasi – fiqh, falsafa va mantiqqa doir bir necha risolalar ham yozgan. Rudakiy, Ibn Sino, Umar Hayyom an’analarini davom ettirib, forsiy tilde ruboiylar yaratgan. Shoir o‘z ruboiylarida chin insoniy sevgini betakror noziklikda tasvirlaydi, yangi badiiy-tasviriy vositalar ishlatadi; zulm-zo‘rlikni, riyokorlikni qattiq qoralaydi; halollik, insonparvarlik, mardlik, ma`rifatni olqishlaydi, kishilarni do‘stlikka, xushyorlikka, ilm o‘rganishga da’vat etadi; ayrim zamonasidagi tengsizlik, jabr-sitamdan shikoyat qiladi: mehnatkash xalqning og‘ir hayotiga achinadi; haqiqiy ishqni tarannum etadi, irfoniy ma’rifatni, javonmardlik g‘oyasini targ‘ib qiladi:
Har yoqdan g’am otgan toshni ko’raman,
Ko’z ochsam, chimirilgan qoshni ko’raman 
Qachonacha poymol etib fikrimni,
Tizza ko’zgusida boshni ko’raman.
Nomardlik, pastkashligu nodonlikni qoralagan shoirning quyidagi ruboiysi ham ibratomuzdir:
Uch yuz Ko’hi Qofni kelida tuymoq, 
Dil qonidan bermoq falakka bo’yoq 
Yoinki bir asr zindonda yotmoq, 
Nodon suhbatidan ko’ra yaxshiroq.
Shoirning ruboiylaridan tashqari boshqa ijod namunalari haqida ham tarixiy manbalarda, tazkiralarda, adabiyotlarda ma’lumotlar mavjud. Mashhur yozuvchi va sharqshunos Sodiq Hidoyat «Riyozalorifin» kitobida 
Pahlavon Mahmud «Kanzul haqoyiq»ni taxminan 1319-1320 yillar orasida 
yozganligini qayd etgan. Olim masnaviyning Shabustariyga nisbat berilishiga 
to’xtalib, «bu masnaviy, albatta Pahlavon Mahmud asaridir. Zeroki «Gulshani roz» «Kanzul haqoyiq»dan o’n yetti yil keyin yozilgan» deb maxsus ta’kidlagan olim Pahlavon Mahmud izlanuvchisi - Doktor 
Abdulrofe’ Haqiqat «Tarixi irfon va orifoni eroniy» kitobida Pahlavon Mahmud 
asarining Tehron nashridan quyidagi baytlarni keltirgan:
Bihishtu do’zaxat bo tust dar po’st, 
Charo berun zi xud mechuyi ei do’st. 
Agar tu xo’yi xesh dori bahri kor, 
Az on xo’yat bihisht oyad padidor.
Va gar xo’yi badat andar raboyad, 
Az on chuz do’zaxat chize naoyad. 
Zaboni tu kalid, onro nigoh dor, 
Bihishtu do’zaxatro yak kalid ast. 
Kalidi inchunin hargiz ki didast, 
K-z-o’ gah gul damad dar bog’ va gah xor. 
Gahe jannat gushoyad z-o’, gahe nor. 
Zabonatro kalidi ham chunon don, 
Bad-on k-at orzu boshad ba gardon. 
Dar in olam mazan az neku bad dam, 
Gah ham Iblis meboyad ham odam. 

(Jannat-u do’zaxing sening teringdadir, ey do’st, nega o’zingdan 


tashqaridagini qidirasan. Agar sen o’z xohishingni ishga solsang, o’sha 
xohishingdan jannat paydo bo’ladi. Mabodo bad xohishing harakatga kelsa, undan 
do’zaxdan boshqa narsa paydo bo’lmaydi. Sening tiling kalitdir, uni asra, 
bunday ochquni kishi hech ko’rmagan. Undan bog’da goh gul unar, goh tikan,
goh jannat ochiladir, goh olov. Tilingni barchaning kalidi bil, buyningdagi barcha 
orzuni undan bil. Bu olamda yaxshiyu yomondan aslo gapirma, chunki goh Iblis 
va ba’zan odam bo’lishinga to’g’ri keladi). Abdulrofe’ Haqiqat o’z risolasida 
Pahlavon Mahmudning ramaqi jon paytida bitilgan «Dili man» deb nomlangan 
ruboiysini ham keltirib, bir muncha batafsilroq sharhlab o’tgan. Ists’dodli 
tadqiqotchi Jasur Mahmudov juda ko’p dastxat manbalarni qiyosiy-tipologik 
o’rganish tufayli Pahlavon Mahmudning kubroviya tariqatining javonmarddik 
tarmog’iga mansub shayx valiylardan ekanligini asosli tarzda isbotlashga 
muvaffaq bo‘ldi. U Pahlavon Mahmudning aynan shu ruhdagi yangi ruboiylarni 
topib, tahlil qilib, ilmiy iste’molga olib kirdi.
Pahlavon Mahmud ruboiylarining mavzu xilma-xilligi turlicha bo‘lsa ham, ammo barcha ruboiylarining mushtarak g‘oyasi Alloh vasfi, vahdat ul-vujud va faqat Alloh ishqi yo‘lida yuribgina o‘zlikni topish hamda anglashdan iboratdir. Bunga o‘quvchining o‘zi ham ruboiylarni o‘qish jarayonida amin bo‘ladi, qachonki islomiy va adabiy tariqatlardan uning xabari bo‘lsa, albatta.


Download 44,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish