Mundarija: Kirish Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi


 Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi



Download 165,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana01.05.2023
Hajmi165,21 Kb.
#933697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avesto

1. Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi.
Ilk falsafiy fikrlar qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistonda kelib chiqqan.
Qadimgi Hindistondagi falsafiy maktablar asosan ikki turkumga boʼlinadi. Biri
Vedalardan kelib chiqqan va unga suyanuvchi maktablar, ikkinchisi Vedalarni
tan olmaydigan, ularni rad etuvchi maktablar. Vedalarni tan oluvchi va ularga
suyanuvchi maktablarga vedanta, mimansa, sankxьya, nьyaya va vaysheshika
maktablari kiradi. Vedalarni tan olmaydigan falsafiy maktablarga jaynizm,
buddizm va chorvak maktablari kiradi. Ularning ayrimlari bilan tanishib
chiqaylik.
Vedalar taʼlimotini talqin etuvchi dastlabki diniy-falsafiy maktablardan biri
mimansa va vedanta hisoblanadi. Bu ikkala maktab ham Vedalarni muqaddas
kitoblar deb biladi va kishilardan hayotda ularga toʼla amal qilishni talab qiladi.
Biroq ularda diniy qarashlar bilan bir qatorda sof falsafiy masalalar ham
koʼtariladi. Masalan, mimansa maktabi bilish masalalariga katta eʼtibor qaratgan.
Unda hissiy bilish va uning manbai, mantiq masalalari koʼtariladi.
Vedanta maktabi namoyondalari jon bilan xudoni oʼzaro munosabati masalasiga
eʼtibor qaratadilar. Vedanta maktabining falsafiy taʼlimotini ishlab chiqishda
Badarayana degan faylasuf katta xizmat qilgan. Jon va xudoning oʼzaro
munosabati masalasida bu maktab vakillari ikkiga boʼlingan. Madhva tarafdorlari
xudo va jon tamoman mustaqil narsalardir deb oʼrgatsa, Sharkata tarafdorlari
bunga teskari fikrni, yaʼni xudo va jon birdir degan qarashni ilgari surganlar.
Vedalarni sharhlash va undagi aqidalarni falsafiy jihatdan asoslashda sankxьya
maktabi alohida oʼrin tutadi. Bu maktabning asoschisi Kapila hisoblanadi. U
taxminan miloddan avvalgi 600 yillarda yashagan. Sankxьya maktabi ikki
boshlangʼichni moddiy va ruhiy boshlangʼichni eʼtirof etadi. Sankxьya
maktabining taʼlimotiga koʼra, biz yashab turgan dunyodagi hamma narsalar
moddiydir. Biroq moddiylik bilan bir qatorda dunyoning ruhiy asosi ham bor.
Sankxьya maktabi bu ruhiy asosni Prakhriti deb ataydi. Prakhriti dunyodagi
hamma narsaning asosi. U abadiydir.


5
Bilish masalasiga kelganda sankxьya maktabi kishining sezgi aʼzolarini va
aqlning rolini inkor etmasa ham Vedalar taʼlimotiga katta ahamiyat beradi.
Sankxьya maktabining vakillari Veda aqidalari dunyoning mohiyatini ochib
berishga yordam beradi deb uqdiradilar.
Ikkinchi turkumga kiruvchi maktablar ichida jaynizm va chorvak falsafasi
diqqatga sazovordir.
Jaynizm falsafiy maktabining asoschisi Vardxamana hisoblanadi. U miloddan
avvalgi VI asrda yashagan boʼlib, Gʼolib Jina degan taxallus bilan mashhur
boʼlgan. Uning izdoshlari jaynichilar deb atalganlar.
Jaynichilar borliqni ikkiga tirik va notirik dunyoga boʼladilar. Notirik tabiatga
ular moddiylikni kiritadilar. Moddiy narsalarning hammasi boʼlinmas mayda
zarrachalardan tashkil topgan. Notirik tabiatga jaynichilar yana makon, vaqt,
harakat kabilarni ham kiritadilar.
Tirik tabiatga, jaynichilar fikricha, jon kiradi. Jonning asosiy xususiyati
onglilikdir. Onglilik, jaynichilar taʼlimoticha, turli jonlarda turlicha darajada
boʼladi. Jon oʼz tabiatiga koʼra mukammal narsa boʼlib, uning imkoniyatlari
cheksizdir. Biroq jon tana bilan bogʼlangandir. U ehtiroslar, xohish-istaklar
doirasiga tushib qolgan. Bu esa, uning imkoniyatlarini cheklab qoʼygan. Shuning
uchun haqiqiy bilim, jaynichilar taʼlimoticha, jonni tanadan halos boʼlishiga
yordam qilishi kerak.
Chorvak maktabi koʼpgina falsafiy muammolarni oʼrtaga tashladi va ularni
hal qilishga urindi. Bu qadimgi Hindistonda falsafiy fikr ancha rivojlanib
kelganligidan dalolat beradi.
Qadimgi Xitoy ham ijtimoiy-falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy
etgan mamlakatlardan biri edi. Qadimgi Xitoyda ijtimoiy-falsafiy fikr miloddan
avvalgi VII asrlarda vujudga kela boshlagan. Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy
fikr tarixida Konfutsiyning (551-479) qarashlari alohida oʼrin tutadi. U qadimgi
Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrning rivojiga katta hissa qoʼshgan. U qadimiy
yodgorliklardan hisoblangan «Qoʼshiqlar kitobi», «Bahor va kuz» kabi kitoblarni


6
tuzishda qatnashgan. Konfutsiyning oʼzi «Аforizmlar»i bilan mashhurdir.
Yaratuvchi ilohiy kuchni tan olgan Konfutsiy «kishilarning hayoti taqdirga
bogʼliq, boylik va ulugʼlik esa Iloh tomonidan beriladi» deb uqdiradi.
Konfutsiyning falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy oʼrin tutadi.
«Hamma odamlar oʼz tabiatiga koʼra bir-birlariga oʼxshaydilar, tarbiyaga qarab
ular bir-birlaridan farqlanadilar», «yangini bilish uchun eskini oʼrganish kerak»,
«mulohazasiz taʼlimot foydasizdir, taʼlimotsiz mulohaza boʼlmaydi», degan
fikrlar Konfutsiyning axloq haqidagi taʼlimotida asosiy oʼrin olgan.
Qadimgi dunyoda falsafiy fikr taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston
edi. Qadimgi yunon falsafasi miloddan oldingi Vl asrda, ibtidoiy jamoa tuzumi
quldorlik jamiyati bilan almashgan davrda vujudga keldi. Quldorlikning vujudga
kelishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji Yunonistonda shahar-davlatlarning
paydo boʼlishiga olib keldi. Yunon shahar-davlatlari savdo va sanoat markazi
hamda madaniy taraqqiyotning muhim omillaridan biri boʼldi. Qadimgi
Yunonistonda falsafa ijtimoiy hayotning inʼikosi sifatida tabiat toʼgʼrisidagi
bilimlar bilan bogʼlanib bir butun dunyoqarashni oʼzida mujassamlantirgan edi.
Qadimgi yunon falsafiy fikri dastlab kichik Osiyo gʼarbidagi Ioniya orolida
vujudga keldi va rivojlandi. Milet Ioniya dengizi qirgʼogʼida joylashgan yirik
shahar boʼlib, Moddiy dunyo, narsalar toʼgʼrisidagi tasavvurlarimiz esa hissiy
bilish orqali paydo boʼladi. Hissiy bilish esa, Аflotunning fikricha, haqiqat emas.
Moddiy narsalarning boshlangʼich asosi, mohiyati boʼlgan «gʼoyalar dunyosi»ni
faqat sof tafakkur orqali bilish mumkin.
Lekin qadimgi yunon falsafasining bu cheklangan tomonini hisobga
olmaganda, u ijtimoiy fikr taraqqiyotida yangi bosqich boʼldi. Qadimgi yunon
faylasuflari falsafaning koʼp masalalarini yangicha yoritishga katta hissa
qoʼshdilar. Shuni ham qayd etish kerakki, qadimgi yunon falsafasining xilma-xil
shakllarida keyingi falsafiy taʼlimotlarning ildizlari kurtak yoza boshlagan edi.


7

Download 165,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish