Mundarija: Kirish Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi


 Qadimgi Markaziy Osiyodafalsafiy qarashlar



Download 165,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana01.05.2023
Hajmi165,21 Kb.
#933697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avesto

2. Qadimgi Markaziy Osiyodafalsafiy qarashlar.
Qadimgi Turon zaminida dastlabki diniy-falsafiy qarashlar miloddan oldingi
VIII-V asrlardayoq shakllana boshlagani maʼlum. Bu davrda Turon zaminida
ijtimoiy munosabatlar ancha rivoj topadi. Oʼsha davrlarda bu mintaqada
yashagan xalqlar yunon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, eron
manbalarida saklar deb nomlangan. Bu xalqlar, qabilalar, elatlar asosan
dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan shugʼullanganlar.
Dehqonchilikning rivoj topishi asosida dastlabki madaniy, hunardmandchilik,
savdo markazlari - shaharlar vujudga kela boshladi. Miloddan oldingi
davrlardayoq qadimgi turk, xorazm va sugʼd alifbosi paydo boʼladi. VIII-V
asrlarda mahalliy elatlar, xalqlarning boy maʼnaviy merosi shakllana boshlaydi.
Turon zaminida yuzaga kelgan adabiy yodgorliklarda ham jamiyatda vujudga
kelgan ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy ziddiyatlar aks etgan. Miloddan avvalgi VI
asrdan to milodning III asrigacha bu yerda zardushtiylik va u bilan bogʼliq
boʼlgan dualistik dunyoqarash tarqalgan edi. Zardushtiylik faqat din boʼlib
qolmay, balki oʼsha davrning hukmron mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-
falsafiy qarashlarining ifodasi sifatida koʼrina boshlaydi.
Zardushtiylikning nazariy asosi «Аvesto» adabiy yodgorligining mazmuniga
kirgan diniy-falsafiy gʼoyalar miloddan ilgarigi bir qancha asrlar davomida
toʼplangan va rivojlangan. Iskandar Zulqarnaynning boskinchilik urushlari
davrida «Аvesto»ning koʼp qismi yoʼqolgan. Аrshakiylar davrida uning qolgan
qismi tartibga solingan. «Аvesto»ning bizgacha yetib kelgan qismi qaytadan
tahrir etildi. «Аvesto»ni Eron, Turon xalqlari maʼnaviy hayotining kup
tomonlarini oʼzida aks ettirgan qadimiy diniy-falsafiy, madaniy yodgorligi
deyishga asos bor.
«Аvesto»da qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish yoʼllari haqidagi
tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. Unga koʼra koinot yer, okean, osmon
yorugʼlik va jannatdan iborat. Uchta dengiz bilan bogʼlangan Yer okean bilan
qurshalgan dumaloq shaklda tasvirlanadi. (Olimlarning taxmini boʼyicha bu-


8
Kaspiy, Qora va Oʼrta Yer dengizlaridir). Yerning oxiri Ranga (Volga), Ind va
Tigr daryolari hisoblanadi. «Аvesto»da Marv shahri dunyoning markazi sifatida
koʼrsatilgan. Shunisi xarakterliki, unda Oy va Quyosh xudo Аxura Mazdaning
tanasi sifatida tasvirlanadi.
«Аvesto»da afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda kishilarning hayotiy
tajribalari ham oʼz ifodasini topadi. Bu ayniqsa, tibbiyotga qarashli
maʼlumotlarda yaqqol koʼrinadi. Kitobda inson va jamiyat, ijtimoiy munosabatlar
haqida kiziqarli maʼlumotlar ham berilgan.
Zardushtiylikning jamiyat tarixi toʼgʼrisidagi gʼoyalari Tavrot va Qurʼondagi
tasavvurlarga juda yaqin boʼlib, unda birinchi odam Ilmadir. Boshqa odamlar
undan tarqalgan. Ilmaning hukmronlik davri oltin davr hisoblanadi. U davrda
odamlar oʼlim nimaligini bilmagan. Xudo Аxura Mazda abadiy bahorni yaratadi.
Natijada odamlar baxtli va farovon yashadilar. Lekin bir paytga kelib odamlar
gunoh ish qilib qoʼyadilar, yaʼni taʼqiqlangan molning goʼshtini yeydilar. Shunda
axramanьyu («Аxriman») xudosining qahri kelib odamlarga qor va sovuqni
yuborgan. Ilma odamlar va mollarni sovuqdan saqlab qolish uchun uy qurib,
unga barcha tirik narsalardan bir juftdan joylashtirgan. Shundan keyin tarixning
birinchi davri - oltin davri tugab, ikkinchi davri - yaxshilik va yomonlik
oʼrtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr - insoniyatning kelajagi
davridir. Bu davrda qadimgi odamlarning baxt-saodat, adolatli jamiyat haqidagi
orzu-umidlari ushaladi. Yaxshilik va yomonlik oʼrtasidagi kurashda Xudo Аxura
Mazda gʼolib chiqib, baxtli hayot saltanati qaror topadi, oʼlganlar tiriladi,
gunohkorlar jazolanadi. Zardushtiylikda oʼsha davrning huquqiy va axloqiy
qarashlari ham oʼz ifodasini topgandi. Zardushtiylikning axloq majmuasida
mehnatsevarlik, adolat, halollik, yaxshilik asosiy oʼrinni egallaydi. «Аvesto»da
ibtidoiy davrdan feodal davrgacha boʼlgan axloqiy qoidalar oʼz aksini topgan.
Zardushtiylikning axloqiy asosini uchta narsa - ezgu fikr, ezgu soʼz va ezgu amal
tashkil etadi.


9
Yaxshi fikr Аxura Mazda xudosining xislati (ramzi), yomon fikr esa Аndxa-
manьyu xudosining xislati hisoblanadi. Zardushtiylik jamiyatda odamlar tinch
yashashi, bir-biriga samimiy munosabatda boʼlishi, bir-biriga yordam qilishi
gʼoyalari tarafdori boʼlib, shafqatsizlik, zoʼravonlik, shuhratparastlik, hasad qilish,
tuhmat, jahlga yoʼl qoʼyish, vaʼdaga vafosizlik kabi illatlarni qoralaydi.
«Аvesto»da mehnat inson kamoloti va axloqiy cogʼlomligining manbai sifatida
ulugʼlanadi. Bu fikrlarning ildizini «Аvesto»dagi yaxshilik va ezgulik yaratish
uchun kishi mehnat qilishi, oʼz qoʼllari bilan moddiy noz-neʼmatlar yaratishi
zarurligi toʼgʼrisidagi gʼoyalardan izlamoq lozim. Inson, deyiladi unda, mehnat
qilgandagina xudoning inoyatiga noil boʼladi. Bu bilan zardushtiylik oddiy
mehnatkash insonni ulugʼlaydi. «Аvesto»da mehnat ahlini ulugʼlashga
bagʼishlangan «Dehqonchilikning foydasi haqida» degan maxsus boʼlim ham bor.
Kimki oʼng qoʼli va soʼl qoʼli bilan epra ishlov bersa, mehnat qilsa zamin
rahmatiga musharraf bulajak».
Devlarni magʼlub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat boʼlishi lozim. Bu
ovqatni yegandan soʼng ular juda qizishib ketishadi va qocha boshlashadi».
«Аvesto» tadqiqotchilaridan biri А.O.Makovelьskiyning fikricha, «ezgu fikr»
niyatning yaxshiligi, yaqinlarga nisbatan yaxshilik qilish, zarur boʼlganda madad
berishga tayyorlik, kishilar baxti-saodati uchun yovuzlikka qarshi kurashga
hozirlik ruhidagi oʼy-fikr, barcha bilan tinch va totuv yashashga intilish va shu
kabilardir. Inson boshqalarga nisbatan baxillik qilmasligi lozim. Ezgu fikrlar esa
jaholatga teskaridir, chunki jaholatda kishi ezgu niyatlarini yoʼqotadi, burch va
adolatni unutadi, uylamay ish qiladi».
Zardushtiylik taʼlimotida ezgu fikr, ezgu soʼz, ezgu amalning birligi
deyilganda faqirlarga mehribonlik, insonparvarlik, kishiga isnod keltiradigan
ishlardan, birovga hasad qilishdan, oʼgʼrilik, talonchilik, oʼzgalar molini
oʼzlashtirishdan, zinoga berilishdan, birovlarning dilini ogʼritishdan oʼzini tiyish
va hokazolar tushunilgan.


10

Download 165,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish