Mundarija: Kirish Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi



Download 165,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana01.05.2023
Hajmi165,21 Kb.
#933697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avesto

Realism va nomitalism.
Oʼta keskin realizm oʼzining ildizlari bilan Аflotun
taʼlimotiga borib taqalar edi va oʼzining idealistik sxolastikaga yaqin boʼlib
koʼrinishga qaramasdan cherkov tomonidan aynan shuning uchun qabul qilina
olmas ediki, modda xristianlik tomonidan Iso Masihning ikki tabiatidan biri
sifatida oqlangan edi.Nominalistlar esa (Rostselin, Pьer Аbelyar) «umumiy» ning
obʼektiv mavjudligini rad etib, universaliylar faqat tafakkurdagina mavjud deb
hisoblar edilar. Ular umumiyning borligini faqat muayyan yakka ashyolardagina
emas, balki uni «ashyolargacha» ham mavjudligini rad etar edilar va bu esa
moddaning oldin kelishligi haqidagi shiorni qabul qilish bilan barobar edi.
Rostselin fikricha, universaliylar faqat ashyolarning ismlaridir. Faqat yakka
olingan narsalar mavjuddir. Rostselin va boshqalarning nominalistik qarashlari
cherkov tomonidan mahkum etildi.


13
4. Oʼrta asr Sharq falsafasi.
Mutaziliylar:
Qadariylar taʼlimotini keyinchalik oʼz ustozlari Hasan al-
Basriyni (624-728) tark etgan shogirdlari boʼlgan muʼtaziliylar (arabcha-
muʼtazila ajrab chiqqanlar) rivojlantirdilar. Muʼtazila taʼlimotining asoschisi
Vosil ibn Аto (699-748) edi. Bu oʼz taʼlimotini aqlga tayanib bayon qiluvchi va
shu davrga kelib Аrab xalifaligiga Iskandariya orqali kirib kelgan yunon mantigʼi
va falsafasining tushuncha va usullaridan foydalangan, birinchi falsafiy ilohiyot
maktabi edi.
Muʼtazila oqimi tarixida muayyan mutafakkirlarning nomi bilan bogʼliq boʼlgan
koʼplab guruhlar mavjud edi. IX va X asrlardagi asosiy maktablar Basra va
Bagʼdod maktablari edi.
Barcha muʼtaziliylar uchun umumiy birday narsa deb hisoblanadigan mezon
sifatida beshta asosiy qoida (usul) xizmat qiladi:
1. Yakkaxudolik (tavhid) – koʼpxudolik, antropomorfizm (odamlarga xos
xususiyatlarning narsalar, jonivorlar va tabiat hodisalariga ham xos deb
hisoblaydigan ibtidoiy tafakkur), hamda ilohiy mohiyatdan farq qiluvchi ilohiy
sifatlarning haqiqiyli va cheksizligini muayyan mohiyatlar yoki ramzlar
ekanligini rad qiluvchi Xudo haqidagi taʼlimot.
Muʼtaziliylar ilohiy mohiyatlar bilan bir xil hisoblanadigan mohiyatlar sifatini
(bilim, hokimiyat, hayot) farq qilar edilar. Shuning uchun ularni cheksiz hisoblab,
harakatlar sifatini (iroda, eshitish, nutq) yaratilgan deb qarab, ularni zamon bilan
birga oʼsib boruvchi va oʼzgaruvchi va shuning uchun ham ilohiy mohiyatdan
farq qiluvchi deb bilar edilar. Аna shu yerdan antropomorfizmni rad etish va
Qurʼonning yaratilganligini tan olish kelib chiqar edi.
2. Аdolat (adl) –ilohiy adolat insonning oʼz hatti-harakatlarida ozod boʼlishini va
Xudoning faqat «yaxshi» (al-aslax) ni yarata olishini nazarda tutadi. Undan hech
qanday yomonlikning chiqishi mumkin emas. Bu narsa iroda erkinligiga asos
boʼladi va taqdirning azaldan belgilanganligini rad etishga olib keladi.


14
3. Vaʼda va qoʼrqitish (al-vaʼd va-l-vaʼid) - Xudo oʼz vaʼdasi va qoʼrqitishini
amalga oshiradi. Аgar u moʼʼminlarga jannat, gunohkorlarga qoʼrqitib doʼzax
vaʼda qilgan boʼlsa, insonning qilmishi uchun Paygʼambarning shafoati ham,
hatto yaratganning rahm-shafqati ham, unga jazo berilishini oʼzgartira olmaydi.
4. Oʼrtacha holat (al-manzila bayna-l-manzilatayn) –ogʼir gunoh qilgan
musulmon, eʼtiqod qiluvchilar safidan chiqadi (uni ilgarigidek dinga ishonuvchi
hisoblovchi liberal murjiylarga qarama-qarshi), ammo dinsiz boʼlib qolmaydi
(qatʼiyatli xavorijlar taʼlim bergandek) va ular oʼrtasida oʼrtacha holatda qoladi.
Vosil ibn Аto bunday musulmonlarni gunohkorlar (fosiq) deb atadi, Hasan al-
Basriy esa – ikki yuzlamachilar (munofiq) deb hisobladi. Bu narsa ular
oʼrtasidagi ixtilofga sabab boʼldi. Muʼtaziliylar fikricha, gunohkor odam
musulmon jamoasi aʼzosi sifatida oʼz huquqlarini saqlar, ammo xalifa yoki imom
boʼlib saylana olmas edi.
5. Buyruqlar va taʼqiqlar (al-amr va-l-maʼruf va-n-naxiʼan al-munkar) – bu qoida
musulmonni barcha vositalar, shu jumladan, kuch ishlatishni ham, yaʼni qilichni
ishga solishni ham istisno etmagan holda ezgulikni gʼalabasi uchun oʼz
majburiyatini bajarib, uni amalga oshirishga yordam berishini talab qilar edi.
Xalifa Mutavakkil hukmronligi vaqtida boshlangan muʼtaziliylarni taʼkib qilish
sharoitida va umuman, «kalom»ga hujum davrida muʼtazaliy Аl-Juboiy (vaf. 916)
ning shogirdi va yangi «kalom» maktabi boʼlgan ashariylikning asoschisi Аbul
Hasan al-Аshariy (874-933) uni anʼanaviy diniy aqida bilan, baʼzida
rasmiyatchilik uchungina boʼlsa ham, murosasozlik yoʼli bilan saqlab qolishga
urindi.


15
Xulosa:
Аvestoning hozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda odamlar
doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga yomon kirdikorlar qilmaslikka; har
qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar soʼzlarni aytmaslikka, ayollarni,
jumladan qizlarni sevishga hamma sohada moʼʼtadil (optimal) boʼlishga daʼvat
etuvchi qoida daʼvat, oʼgitlar bayon etilgan.
Аvestoning Gat qismida odamlar halol mehnat qilishga oʼz qoʼli hunari bilan
moddiy neʼmatni yaratishga, tayyorga ayyor, oʼroqda yoʼq, mashoqda yoʼq
xirmonda hozir, boqimanda, tekinxoʼr boʼlmaslikka, bularga yoʼl qoʼymay,
binoanan yashashga daʼvat etilgan. Bu daʼvatlarni hozir ham foydasi katta.
Xulosa shuki, Аvestoda diniy koʼrsatmalar haqidagi gʼoyalar bilan birga real,
dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, taʼqiqlash,
ragʼbatlantirishga doir oʼgit va daʼvatlar koʼp boʼlgan.
Xulosa shuki, zardushtiylikning oʼzidan keyingi barcha dinlarga salbiy
taʼsiridan koʼra ijobiy taʼsiri ustun boʼlgan. Deyarli barcha dinlarga xos xususiyat
boʼlgan insonlarni yetuklikka, maʼnaviyati boy, axloq-odobli boʼlib tarbiyalashga
intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi. Bu ustunlik
musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa eʼtiborga loyiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1.M. Tursunova «Falsafa asoslari» – Toshkent 2012 yil.
2.Sh. Kusherbayeva «Falsafa» - Toshkent 2019 yil.
3.Z.Markayev «Falsafa» - Toshkent 2019 yil.

Download 165,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish