Murakkab sharoitlarda neft va gaz quduqlarini qazish



Download 21,56 Mb.
bet4/214
Sana23.01.2022
Hajmi21,56 Mb.
#402328
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
ma\'ruza matni

Ikkinchi davrda burg’ilash ishlarida aylanma harakatni bajarishda qo‘l kuchidan Mexanik kuchga o‘tildi. Rus muhandislari G.D.Romanovskiy (1825-1906 yil) va S.G.Voyslov (1850-1904 yil) Mexanik kuch yordamida burg’ilashga o‘tish usulini yaratgan va uning asoschilaridir. Bu usulni qo‘llash natijasida quduqning chuqurligi 1900 yiliga kelib 300 metrga yetdi.

Zarbali burg’ilashda burg‘i uskunasini minutiga 26 martadan 40 martagacha tushirib ko‘tarishga erishildi va har ikki soatda burg’ilash uskunasini yuqoriga ko‘tarib quduq tubidagi tog‘ jins (tuproq)laridan tozalangan, quduq devorlari o‘pirilishi oldini olish uchun quduqlar 12-14 ta biri ikkinchisiga ulangan quvurlar birikmasi bilan mahkamlangan. Bu esa quduqga ko‘p metall sarflanishiga olib keldi. Ko‘pincha 1 metr qazilgan quduqga 0,5 tonna metall sarflanadi. Chuqurligi 300-400 metr bo‘lgan shtangali burg’ilashda qazish tezligi oyiga 34,6 metrni tashkil etgan. Grozniyda chuqurligi 600 metr bo‘lgan quduqda qazish tezligi oyiga 90 metrga teng bo‘lgan. Keyinchalik zarbali burg’ilash usuli o‘rniga aylanmali burg’ilash usuli ishlatila boshlandi. Bu usulning qo‘llanilishi quduq qazishning bir maromda olib borilishini ta’minladi.

1848-yil fransuz muhandisi Fovell quduqda maydalangan tog‘ jinslarini aylanma (sirkulyatsiya) oqim yordamida yuqoriga olib chiqishni joriy etdi. 1901- yili Amerika Qo‘shma Shtatlarida dunyoda birinchi marta quduq kovlashning rotorli usulidan foydalanilgan. O‘sha davrdan boshlab, sirkulyatsiya oqim yordamida quduqlarni yuvish ishlari olib borildi va aylanma burg’ilash usulidan foydalanildi. Birinchi marotaba Chechenstonning Grozniy tumanida chuqurligi 345 metrga teng quduq rotor usulida burg‘ilangan. 1906 yili rus muhandisi A.A.Bogushevskiy quduq va mustahkamlovchi quvur oralig‘iga sement eritmasini haydashni taklif etdi va bu yaratgan yangiligi uchun patent oldi. Bu yangilik jahon bo‘ylab tezda tarqaldi. 1918 yili Amerikalik muhandis Perkins bu ishni takomillashtirib quduqlarni sementlagani uchun ham patent olgan. Quduqlarni burg’ilash, ularni o‘zlashtirish va ishga tushirish, hamda zaxiralarni hisoblashda, olimlarning bevosita ishtirok etishi katta rol o‘ynay boshladi, shu sababli ilmiy ommabop jurnallar nashr qilish yo‘lga qo‘yildi.

1825-yilidan «Tog‘ jurnali», 1899-yilidan Bokuda «Neft ishi» («Neftyanoye delo»), 1997-yildan boshlab O‘zbekistonda «Neft va gaz» jurnallari chop etilib kelinmoqda.



Uchinchi davr ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda neft qazib olish tez rivojlana boshladi, ko‘plab neft va gaz zaxiralari topildi. Qatlamlarga nazariy asosda suv haydash usullari o‘ylab topildi va u amaliyotda qo‘llanildi.

1950-yilning oxiridan boshlab gaz sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi va O‘zbekistonda neft va gaz sanoati xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlardan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan keyin neft va gaz zaxiralaridagi neft va gazni qazib olishga katta e’tibor berildi. Sanoatga chet el sarmoyalari kiritilmoqda. Zavodlar, fabrikalar qayta ta’mirlanmoqda va yangilari qurilmoqda. Buxorodagi neftni qayta ishlash zavodi va Shurtan gazkimyo majmuasi shular jumlasidandir. Respublikamizda neft va gaz quduqlarni burg’ilashdagi erishilgan muvaffaqiyatlarda ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining professor-o‘qituvchilarining qo‘shgan hissalari beqiyosdir.



Download 21,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish