Mustaqil fikrlashning ahamiyati va namoyon bo‘lishi. Reja: Tafakkur haqida tushuncha


Tafakkurning nerv-fiziologik asosi



Download 95,45 Kb.
bet2/3
Sana19.02.2020
Hajmi95,45 Kb.
#40215
1   2   3
Bog'liq
2 5357069964786271602


2.Tafakkurning nerv-fiziologik asosi.

(Tafakkur jarayoni bosh miya yarim sharlarining qaysi qismida kechadi?) Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo‘ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya pustining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o‘rtasida vujudga keladigan murakkab bog`lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya pustidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas boglanib ketganligi sababli mazkur bog`lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o‘tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog`lanishlari birinchi signal tizimidagi bog`lanishlarga tayanadi.

I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida xozir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nixoyat odamning o‘z tevaragidagi olamni va uning o‘zini bilish uchun oliy kurol bo‘lgan oliy tafakkur vok’e bo‘ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga karatilishi uchun nerv-fiziologik asos bo‘lgan oriyentirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o‘ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta’kidlaganidek, "avvalo umuminsoniy empirizmni nixoyat, atrof olamni va insonning o‘zini ham bilish uchun oliy kurol bo‘lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir".

Tafakkur operatsiyalari

Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, tevarak- atrofdagi olam va turmush to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini kengaytirishga va cho‘qurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining harakterli xususiyatidir. Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan kurukdan kuruk tafakkur bo‘lishi mumkin emas.

Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.



Analiz - shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va xodisalarni fikran yoki amaliy jixatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz.

Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yongokni chakishining o‘ziyok boshlangich, oddiy analizdir. O‘quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar.

Garb psixologlari tomonidan yashnda utkazilgan tadqiqrtlarda miyaning xajmi odamning intellektlilik darajasiga bog‘liqligi, ya’ni "ziyoli" yoki "intillegent" odamlarda bosh miya pustidagi analizatorlarning uchlari juda ham zich joylashgan bo‘lib, ularda utkazilgan tafakkur darajasini aniqlash kabi testlarda ma’lumotlarni tez anglab olish va uning moxiyatini tushunish boshqalarga nisbatan tezrok va samaralirok bo‘lishi aniqlangan.



Amerika psixologlari miya faoliyatining javobgarlik uygotishga va faraz qilingan onglilikka bog‘liq bo‘lgan turli darajalarini farqlashadi. Fikrlash faoliyati, aqliy harakatlarning bo‘zilishi yoki yuqolishi kuyidagi xolatlarda ko‘zatilishini bir shncha tajriba va ko‘zatishlar natijasida aniqlangan:

  • tafakkurni yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, masalan akdi zaif odamlarda va xayvonlarda.

  • aqliy ulim yoki koma xolatida inson dastlabki vaqtlarda tashqi stimullarga javob bermaydi, xattoki u ogrik stimullari bo‘lsa ham, keyinchalik, bir necha xaftadan so‘ng, ogrikka yurak urishining tezlashishi bilan javob kaytara boshlaydi. Bundan tashqari yurak urishi uyku va uygok xolatda o‘zgaradi. Lekin xattoki uygok xolatida ham miya faoliyati odatiy xolotdan ancha sust ishlaydi.

  • minimal ongsizlik xolati - bunda odam maqsadli elementar harakatlarni amalga oshira oladi, gaplarni tushunadi. Bu xolat oylab yoki yillab davom etishi mumkin.1

Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan kurukdan kuruk tafakkur bo‘lishi mumkin emas.2

Yuqorida aytib, o‘tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish uchun yolgiz analizning o‘zi kifoya kilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta’sir qilib to‘rgan motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.

Sintez elementlarning, narsa va xodisalarning qismlari va bulaklarini bir butun qilib kushishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan kurinib turibdi. Analiz aqliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy harakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o‘z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bugin, buginlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan kiska axborot, undan esa xikoya to‘zadi.

Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustaxkam boglangan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va xodisalar analiz kilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.

XIX-XX asrlarda yashagan olim K.D.Ushinskiy taqqoslash jarayoni borasida kuyidagilarni ta’kidlagan: "Agar siz tabiatni bir narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o‘ziga juda uxshash bo‘lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o‘zida juda o‘zok bo‘lgan narsalar bilan uxshashligini topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim belgilarini paykab olasiz, demak shu narsani tushunib olasiz".

Narsa va xodisalar o‘rtasidagi uxshashlik yoki farqni, teng yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan fikr yuritish operatsiyasi, bilishning dastlabki va zarur vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta’limdagi roli to‘g‘risida shunday fikrlarni bildirgan edi. Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan bila olmasak, boshqa yo`l bilan bila olmaymiz, agar biz xech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo‘lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda edi, u holda biz shu narsa to‘g‘risida xech qanday fikr kila olmagan bular edik.

Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo`l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy aniq narsalarni bevosita solishtirish va nazariy tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. Agar odam ikki boylam yukni qo‘l bilan ko‘tarib, bir necha xil taom mazasini kiyoslasa yoki ikki paykal paxtazor hosildorligini takkoslasa, bu amaliy taqqoslash bo‘ladi. Shuningdek, o‘quvchilar ikki xalam yoki ikki sterjenning uchini yogochga yoki kogozga solishtirsalar, u analogik xolatga misol bula oladi. Bundan tashqari metr bilan masofani, tarozi bilan ogirlikni, termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini ulchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.

Inson tevarak-atrofdagi narsa va xodisalarning barchasini bevosita aks ettirish, qo‘l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. Shu boisdan tuplanadigan bilimlarning aksariyati qo‘l bilan ushlash, ko‘z bilan ko‘zatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglaniladi. Ular o‘rtasida uxshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng qo‘lamdagi axborotlar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab yetadi. Jumladan, o‘quvchilar dilda uylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko`radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o‘z tengdoshlari harakterida, qiziqishida, yurish turishida, muomalasida va boshqa xususiyatida uxshashlik va tafovut borligini topadilar. 3

Abstraksiya - shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va xodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.

Abstraksiya jarayonida ob’ektdan ajratib olingan belgi, alomatning o‘zi tafakkurning mustakil ob’ekti bo‘lib koladi. Abstraksiya operatsiyasi tahlil natijasida vujudga keladi. Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to‘g‘risida emas, balki devorning oqligi to‘g‘risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yuldo‘z, elektr, olov ba’zi planetalar, ayrim tog` va xokazolarning ko‘z ungilarida yoritishni ko‘zata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to‘g‘risida muloxaza yuritiladi. Buyumlarni narsa va xodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan tatssoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va xodisalarning mavjud belgilariga, masalan tusiga, uakliga, tezligiga, ogirligiga, siymatiga va shu kabi uxshash sifatlarga sarab tatssoslanadi. Abstraksiya operatsiyasi bilan insonni surollantirish intellektual jixatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek mustatsil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi. 4



Psixologiyada umumlashtirish muammosi bo‘yicha yagona yunalishdagi nazariya mavjud emas. Shuning uchun psixologlar bu jarayonni turlicha talqin qiladilar, goxo uni guruhlarga bo‘lib o‘rganadilar. Shuningdek, maktab ta’limini qaysi umumlashtirish usuli asosida amalga oshirish to‘g‘risida olimlar turlicha nuqtai nazardan yondashadilar. S.L.Rubinshteyn, V.V.Davidov tomonidan ta’limda nazariy jixatdan umumlashtirish usulini yoklab chiksalar, N.A.Menchinskaya, D.N.Bog`oyavlenskiylar ham nazariy, ham amaliy usulni qo‘llashni tavsiya etmokdalar. Ammo o‘quv faoliyatining turli-tumanligi dars jarayonida har xil umumlashtirish usullaridan foydalanish kerakligini taqozo qiladi.

Psixologiyada umumlashtirishning keng qo‘llaniladigan ikki turi: tushunchali umumlashtirish va hisssiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko‘prok fikr yuritiladi. Tushunchali umumlashtirishda predmetlar ob’ektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi. Hissiy-konkret umumlashtirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Psixologlar noto‘g‘ri umumlashtirishning hissiy-konkret umumlashtirishdan tafovuti borligini hamisha ta’kidlab kelmokdalar. O‘quvchi va talaba ba’zan predmetlarni muhim bo‘lmagan belgisiga asoslanib noto‘g‘ri umumlashtiradilar, vakolanki, topshiriq shartida bu talab ular oldiga mutlaqo qo`yilmaydi. Lekin bu nazariyaning himoyachilari noto‘g‘ri umumlashtirishni alohida tur deb hisoblaydilar. 5

Umumlashtirish, abstraksiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir bo‘lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo‘lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlashtirishning yuzaga kelishi mumkin emas. Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va xodisalarning uxshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa

ajratib olingan uxshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va xodisalar birlashtiriladi.

Umumlashtirish jarayoni so‘z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi.

Akademik I.P.Pavlov fikricha, nutq signallari tufayli nerv faoliyatining yangi tamoyili abstraksiyalash va shu bilan birga oldingi tizimning behisob signallarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o‘z navbatida ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tagin analiz va sintez qilinaveradi. Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko`ra turlarga bo‘lib o‘rganiladi. Umumlashtirishni mazmuniga ko`ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-ko‘rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan. Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari bo‘yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo‘ladi. Yaqqol-ko‘rgazmali umumlashtirishda narsa va xodisalar tashqi hamda yaqqol belgilar bo‘yicha umumlashtiriladi.

Umumiy mavxum belgi va xususiyatlarni yakka yolgiz ob’ektlarga tadbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning barcha faoliyatlarida faol ishtirok etadi. Voqelik qanchalik yaqqol shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga kadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi.

Konkretlashtirish - xodisalarni ichki boFlanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.

Psixologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishiga qaralganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob’ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz "oq" deganimizda ko‘z oldimizga kor, kogoz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo‘lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxuri, o‘zumni mevalar qatoriga stol- stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga kushamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izoxlash chog‘ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o‘zidir.

Klassifikatsiyalash - bir turkum ichidagi narsalarning bir- biriga uxshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir.

D.I.Mendelevni "Elementlarning davriy tizimi" jadvali bunga yorkin misoldir. Bunda olim elementlarni atom ogirligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O‘rganish uchun qo‘laylik to‘g‘dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko‘pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik narsalarni xodisalarni guruhlarga bo‘lish klassifikatsiyalash yoki turkumlarga bo‘lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar mo‘qovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlariga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari bo‘yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo‘ladilar.



Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bo‘nda ayrim narsalar, faktlar, xodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibdajoylashtiriladi.

Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o‘tkazilishi, makoniy tizimga namuna bula oladi. O‘tmishda bo‘lib utgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bula oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqka doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.

Maktab ta’limida o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu ish bir necha boskichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo‘yicha, so‘ng yahlit holda o‘quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga uxshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi boskichda bir necha predmetlar yuzasidan to‘plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning uxshash va farqdi tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to‘rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda to`tiladi.

Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pogonasi hisoblanadi.

Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu boisdan to xozirgi kunga shdar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi.6

Tafakkurning mantiqiy shakllari

Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida xukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.

Masalan, metallar elektr tokini utkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin xukmlardir. Chunki elektr tokini o‘tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir.

Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa xukmda bog‘liq qilib kursatilsa, bunday xukm xato xukm deb ataladi.



Masalan, xozir tashqarida yomgir yogyapti; yer kuyosh atrofida aylanmaydi, degan misollar xato xukmlar doirasiga kiradi.

Borliqdagi narsalar, xodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror xukmda aks ettirilgan aloka va munosabatlariga qarab, xukm kuyidagi turlarga bulinishi mumkin:



Xukmlar sifatiga ko`ra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm; xukmlarning miqdoriga qarab: yakka, jo‘z’iy, xususiy va umumiy xukmga; j xukmlarning munosabatiga ko`ra: shartli, ayruvchi, va qat’iy xukmlarga; m xukm taxminiy ko‘rinishga ega bo‘lishi ham mumkin. Xukmlarda tasdiklangan yoki inkor qilingan narsalar, xodisalar, alomatlar xukmning mazmunini tashkil qiladi. Narsa bilan belgining aloqasi bog‘liqligi borligi aks ettirilgan xukm tasdiqlovchi xukm deb ataladi. Masalan, O‘zbekistonda pilla yetishtirilmaydi. Toshkentda oliy maktablar qo‘rilmagan. Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi xukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka, yolgiz narsa va xodisa to‘g‘risidagi xukm yakka xukm deb ataladi. Masalan, Toshkent - O‘zbekiston Respublikasi poytaxtidir; Amudaryo sersuv daryolardan biridir.

Belgining biror turkumigagina taallukliligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi xukm jo‘z’iy xukm deb ataladi. Masalan, ba’zi metallar elektr tokini utkazmaydilar. Qarzdor talabalar sessiyaga kuyilmaydi. Jamoaning ayrim brigadalarni majburiyatga yarasha mehnat kilmaydilar. Bir turkumdagi narsa va xodisalarning hammasi to‘g‘risida tasdiqlab, yoki inkor qilib aytilgan xukm umumiy xukm deb ataladi. Xukmda narsa va xodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan xukm shartli xukm deb ataladi. Masalan, agar talaba sessiyalarga kunt bilan puxta tayyorlansa, u yaxshi va a’lo baholar oladi. Agar o‘quvchi darsga diqqat qilmasa, yangi materialni o‘zlashtira olmaydi. Xukmda narsalar va xodisalar bir necha belgiga nisbatan berilib, shu belgilardan farqi bitta unga tegishli bo‘lsa, bunday xukmga ayruvchi xukm deb ataladi. Masalan, jismlar yo kattik, yoki suyuk, yoki gazsimon holda bo‘ladi.

Narsa bilan belgi o‘rtasidagi aloqaning bor yoki yo‘qligi kat’iy shaklda aks ettirilsa kat’iy xukm deb ataladi. Masalan, bahorda barcha joylarda kukalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yonish kimyoviy jarayondir.

Narsa va xodisalar bilan ularning xususiyatlari o‘rtasida aloka bo‘lishi ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson o‘z fikrlarini kuyidagi shaklda ifoda qilishi mumkin. Ehtimol, Marsda organiq xayot bordir. XXI asrning oxirlarida fan-texnika yanada rivojlanib, taraqqiy etishi mumkin va boshqalar. Bunday xukmlar ehtimollik xukmlari deb ataladi. Narsalar bilan xususiyatlar o‘rtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatdan aniq bilganimizda biz o‘z fikrimizni mana bunday shaklda izxor qilamiz. Faqo‘ltet kutubxonasida ko‘p yangi kitoblar mavjud. Maktabimizdagi kimyo xonasi juda yaxshi uskunalar bilan jixozlangan. Bunday xukmlar voqelik (assertorlik) xukmlari deb ataladi.

Xukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda bo‘lgan voqea qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab beriladi. Masalan, butun dunyoda tinchlik g`alaba qozonishi muqarrar, sezgilarning intensivligi ko‘zg`atuvchi kuchining logarifmiga proporsionaldir. Bunday xukmlar zaruriy (apodiktik) xukmlar deb ataladi. Bunday xukmlarda inson narsa, voqelik, xodisa bilan uning xususiyati o‘rtasida mustaxkam boglanish borligini va bu boglanishga zid keladigan boshqa bir xolning bo‘lishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi. Psixologiyada xukmlar ikkita asosiy yo`l bilan hosil qilinishi ta’kidlab o`tiladi. Birinchi yo`l bilan xukm hosil qilinganda idrok qilish zarur bo‘lgan narsalarning bevosita o‘zi ifodalanadi. Ikkinchi yo`l bilan esa bevosita muloxaza yuritish yordami bilan xukm amalga oshiriladi. Masalan, bu avtomobilning yangi modeli. Mazkur misolda xukm chiqarishning birlamchi yo‘li aks ettirilgan. Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jixatdan muloxaza yuritish yordamida xukm chiqaradilar. Ular chiqaradigan xukmning to‘g‘riligi amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi. Bu ikkinchi yo`l bilan xukm chiqarishga misoldir.

Xulosa chiqarish



Bir qancha xukmlarning mantiqiy boglanishi natijasida hosil bo‘lgan yangi xukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega.

Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortik xukmlardan yangi xukm hosil qilamiz.



Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita xukmni olaylik. Bu ikki xukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi xukm chikariladi. Bo‘nda birinchi xukm hamisha umumiy xukm bo‘lib, ikkinchi xukm yakka xukm bo‘ladi.

Keltirilgan misollardan kurinib turibdiki, muloxaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lgan oldingi ikki xukmga asoslanib, uchinchi xukm chikariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko‘rishga xech qanday ehtiyoj xolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o‘rtasidagi shunday boglanish natijasida bir yoki undan ortik xukmlardan uchinchi xukm keltirib chikariladi.

Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.

Masalan, temir elektr tokini utkazadi, pulat elektr tokini utkazadi, mis elektr tokini utkazadi, rux elektr tokini utkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini utkazadi, degan umumiy xulosa chikaramiz.

Misol uchun barcha metallar elektr tokini utkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini utkazadi.

Analogik usulda chikarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolgon bo‘lishi mumkin. Fikr yuritishning bo‘nday shakli ko‘pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, jo‘z’iy ikki yakka xukmlarga asoslanib, jo‘z’iy yoki yakka xukm keltirib chikaramiz. Masalan, bogcha yoshidagi bola mana bo‘nday muloxaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chakirib keldilar. Ular sovg‘a olib kelgan bo‘lsalar kerak. Bu bolaning muloxazasini tahlil qilib kursak, uning fikr yuritishi mana bo‘nday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bulamiz. Utgan galda adam ismini aytib chakirib kelgan edilar, yana chakirayotirlar. Albatta, adam menga sovg‘a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.

Shunday qilib, analogik yo`l bilan xulosa chiqarganda murakkab qonuniyatlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘zlashtirilmasa-da, lekin turmushning turli jabxalarida undan foydalanib turiladi.

Amerika psixologlarining ta’kidlashlaricha odamlarning ongli ravishda xulosa chikrradigan vaqtida xulosa miyaning harakatlanish uchun tayyorgarlik ko‘rish vaqtidan keyinrok sodir bo‘ladi, ya’ni miya xulosa chiqarish vatstidan oldin unga tayyorlanar ekan. Ba’zi tadkskrtchilar odamning xulosa chiqarish jarayonining spektitsizmga (har narsaga shubxa bilan qarashga) yuyishadi. Ko‘pincha karor qabul qilish boskschma-bosksch amalga oshadi, degan fikr ilgari so‘raladi. Xulosa chiqarishning yana bir faraz funksiyasi ongning keyin sodir bo‘ladigan ish -harakatga ayni bir vaziyatda paydo bo‘lganda ishga tushishi haqida fikrlar berilgan. 7



Tushunchalar Tafakkur tushunchalar shaklida ifodalanadi.

Tushuncha deganda biz narsa va xodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz.



Tushunchalar xukmlardan tarkib topadi. Shu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir kancha xukm yurtishga to‘g‘ri keladi. Masalan, odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo‘lsak, bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani kayd kilinyapti.

Tushunchalar odamning turmush tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topa boradi. Ana shu jixatdan olganda maktabdagi o‘qish jarayonida bolada asosan tabiat va jamiyat xodisalari haqida tushunchalar tarkib toptirishdan iboratdir. Demak, katta odamlarga nisbatan bolalarda xali tushunchalar juda oz bo‘ladi.

Odatda tushunchalar moxiyati jixatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi.



Alohida olingan bir butun narsaga alokador tushuncha konkret tushuncha deb ataladi. Masalan, stol, divan, qayrag`och, traktor va xokazo. Moddiy borlikdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi xususiyat, sifat, xolatlarga, shuningd narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan, oklik, o‘zunlik, balandlik, kenglik, harakat, yoruglik, kiymati haqidagi tushunchalar va xokazo.

Tushunchalar qo‘lami jixatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi.



Yakka tushunchalar yakka narsa va xodisalar haqidagi tushunchadir. Bo‘nday tushunchalarga soxibkiron Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsda bo‘lgan ko‘p narsa va xodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yuldo‘z, talaba va boshqalar.

To‘planma tushunchalar bir jinsda bo‘lgan narsa va xodisalar to‘plami haqida yahlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yigilish va xokazolar. To‘planma tushunchalarning bir kanchasi birdaniga tatbik qilinganda umumiy to‘planma tushunchalar bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Mo‘zeyi tushunchasi, yakka to‘planma tushunchaga oiddir. Guruh, jamoa, xalk, millat va boshqalar, umumiy to‘planma tushunchasiga misol bula oladi. Yetti ogayni yuldo‘zlar to‘plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to‘planma tushunchalar jumlasiga kiradi.

Fikr yuritishda tushuncha bilan so‘z o‘zaro bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Bir tomondan so‘z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so‘z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortik so‘zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalk degan tushuncha bir so‘zdan, o‘zbek xalki ikki so‘zdan kaxramon o‘zbek xalki uch so‘zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalklar, degan tushuncha to‘rt so‘zdan tashkil topgan.

Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya’ni klassifikatsiyalash, umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So‘zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, so‘z ikkinchi signal tizimining, barcha signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi.

Shunday qilib, tushunchalar moxiyati xukmlarda yoritiladi, mavjud xukmlar asosida xulosa chikariladi. Yangi xukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so‘zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo‘lib xizmat kilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so‘zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So‘z bilan tushunchalarning chambarchas boglanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operatsional va funksional xususiyatlarni yo`qotmaydi.

3.Tafakkur turlari.

Tadqiqotchi Kanazova tafakkurni ilmiy, kasbiy va kundalik xayotda duch keladigan muammolar bilan bog‘labdi. Lekin umumiy tafakkur qilish qobiliyati shaxsiy xayot bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga olmasligini ta’kidlaydi. Masalan, oila ko‘rish, ota -ona bo‘lish, yaqin dustlar ortirish, ijtimoiy mulokrtga kirishish va boshqalar. Kundalik xayotda oddiy muammolardan tortib murakkab aqliy toshirlik talab qiladigan masalalarda ham tafakkur, fikrlash faoliyatining o‘rni muhim hisoblanadi. Masalan, qanday qilib dustlashish, notanish kishining yuz ifodasidan fikrini ukssh, muljallangan manzilga kayta yul topish, muammoning moxiyatini ochish, masala yechish insondan turli xil tafakkurni talab qiladi. 8

Muayyan ijtimoiy muxitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, xatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil xolatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi.



Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyikligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi.

Tafakkur shakllari. Tafakkur qilish shakllari yoki formasiga tushunchalar, xukmlar va xulosa chiqarish kiradi.

Tushunchalar - tafakkurning shunday shakliki, unda narsa va hodisalarga xos bo‘lgan eng umumiy va harakterli xususiyatlarni o‘zida aks ettiradi. Ular umumiy va juz’iy, konkret yoki mavxum bo‘lishi mumkin. Masalan, «ong» tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning eng muhim va boshqa tushunchalardan farq qiladigan jihatlarini ajratishimiz kerak: faqat insonga xoslik, oliy darajadagi aks ettirish, olamni bilish mexanizmi ekanligi va hakozo.

Xukmlar - atrofimizdagi narsalar va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, «Inson ongli mavjudot» degan hukm - fikr «odam, inson», «ong» va «mavjudot» tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalab turibdi. Ana shunday hukmlar bizning nutqimizda har kuni juda ko‘p ishlatiladi va ular tabiatan turli bog‘liqliklarni yo tasdiqlaydi, yoki inkor qiladi, rost yoki yolg‘on bo‘ladi. Shaxsning insoniyligi aslida u ishlatadigan iboralarning qanchalik mantiqqa, hayotiy haqiqatlarga to‘g‘ri kelishi, argumental ekanligi bilan baholanadi. Doimo to‘g‘ri, mantiqan fikr yuritgan odamni biz «bama’ni, gapida jon bor, haqiqatguy» deb ta’riflaymiz.






Xulosalar - mantiqiy tafakkurning yana bir shakli bo‘lib, ular fikrlar, xukmlar va tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishdan yangi bir fikrlarni keltirib chiqarishni nazarda tutadi. Masalan: 1- xukm: O‘zbekiston - mustaqil davlat.

  1. xukm: Qirgiziston - mustaqil davlat.

  1. xukm: Qozogiston - mustaqil davlat.

  2. xukm: Turkmaniston - mustaqil davlat.

  3. xukm : Tojikiston - mustqil davlat.

Demak, Barcha Markaziy Osiyo davlatlari - mustaqildir.

Shunga o‘xshash biz ba’zan ayrim fikrlardan umumiy bir fikr keltirib chiqaramiz (bu - induktiv xulosa chiqarish), ba’zan esa aksincha, umumiydan juz’iy - alohida fikr chiqaramiz (fikrlashning bunday harakati deduksiya deb ataladi).



Download 95,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish