Mustaqil fikrlashning ahamiyati va namoyon bo‘lishi. Reja: Tafakkur haqida tushuncha



Download 95,45 Kb.
bet3/3
Sana19.02.2020
Hajmi95,45 Kb.
#40215
1   2   3
Bog'liq
2 5357069964786271602


Tafakkur operatsiyalari. Bundan tashqari, psixologiya bizdagi fikrlash jarayonini ta’minlovchi alohida operatsiyalarni ham o‘rganadi. Bular:

  • Analiz;

  • Sintez;

  • Mavhumlashtirish;

  • Taqqoslash;

  • Umumlashtirish.

Fikrlash operatsiyalariga analiz (fikran narsa va hodisalarga taalluqli sifat va xususiyatlarni alohida qilib ajratish, tahlil qilish), sintez (analiz jarayonida ajratilgan qismlarni yana fikran birlashtirish, qo‘shish), mavhumlashtirish (alohida biror xususiyatni ajratib, boshqalaridan fikrni chalg‘itish, ayrim xossani mavhumlashtirish), taqqoslash (predmetlar va ularga xos bo‘lgan xususiyatlarni fikran bir - biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarini topish), umumlashtirish (umumiy va muhim sifatlariga ko‘ra predmetlarni guruhlashtirish, umumiylashtirish) kabilar kiradi.

Muammoni nazariy jixatdan xal qilish uchun ilgari so‘ralgan gipoteza adekvat emasligi, noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob’ektidan sikib chikariladi va yangi farazlar, uylar taxmin qilinadi yoki uylab topiladi.

Muammo va masalani xal qilish, yechish, olingan natijalarni to‘g‘riligiga kanoat hosil qilish uchun yechuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi. Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quydagicha aks ettiriladi: qo‘yiladigan savollarga javob berish, masalani yechishga yordam beradigan yullar, usullar, vositalar, qoidalar va ko‘nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar. 9

Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni uylab chikish jarayoni bo‘lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi.

Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni uylab chikish jarayoni bo‘lib, insonning bilish faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi. 10

Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi.

Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o‘z tadqiqotlarida tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o‘rgangan edi.

Fazoviy tafakkur muammosi atokli rus psixologi B.G.Ananev va uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmokda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va xodisalarning fazoda ratsional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog`lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Tafakkur sifatlarini inson intellektual taraqqiyotidagi o‘rni

4.Kasblarni egallashda tafakkurning roli.

Jaxon psixologlarining ko`rsatiuiga qaralganda, yuqorida tahlil qilib chiqilgan tafakkur sifatlari ularning asosiy xususiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Tafakkur sifatlari erkaklar va ayollarda kichik tafavutlar bilan bir biridan farq qiladi. Kizlar odatda savodxonlikda, nutqiy ravonlikda, narsalarni did bilan joylashtirishda, his-tuyg‘ularni oshkor etishda, ta’m va ranglarni ajratishda uta sezuvchanligi bilan fikrlash jarayonida ajralib turadilar. Yigitlar fazoviy tafakkurlari jixatdan, intellektual bilimlilar soni jixatdan qizlarga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu masala psixologiyada xozir ham munozarali masalalardan biri hisoblanadi. 11



Tafakkurning asosiy va eng muhim belgisi, xususiyati bu moddiy voqelikdagi muhim jixatlarni ajratib mustakil ravishda yangi mazmundagi umumlashmalarni keltirib chiqarishdir. Inson oddiy narsalar to‘g‘risida fikr yuritganda ham ularning tashqi belgilari bilan chegaralanib xolmaydi, balki xodisa moxiyatini ochishga intiladi, oddiy turmush haqidagi umumiy konuniyatni yaratishga harakat qiladi. Shubxasiz, inson tafakkuri xali izlanmagan, tula foydalanilmagan zaxira va imkoniyatlarga ega. Tafakkur psixologiyasining asosiy vazifasi ana shu zaxirani tula ochish fan-texnika rivojini intensivlashdan iborat. Chunki har qanday kashfiyot, yangilik, rivojlanish inson aql-zakovatining mahsulidir. Shu boisdan ham fan va texnikaning rivojlanishi insonshunoslik fanining rivojiga ko‘p jixatdan bog‘liqdir.

Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar talqini Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zaxirasi to‘plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.



Ekzistensializmning asoschisi bulmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o‘z diqqatimizni karata olsakkina biz fikrlashga o‘rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning moxiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim urin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa xech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. 12 Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy hislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta’limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta’limotni logika, mantiq deb ataydi.

K.R.Megrelidzening ta’kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy xodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to‘g‘ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluklidir. Tafakkurning ijtimoiy xayotning boshqa ko‘rinishlarisiz o‘rganish mumkin emas.

Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyada ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, uylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yullaydigan ijtimoiy sharoitdadir.

Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo‘ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo‘yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo‘lida harakatlanadi. Fikr xech qachon o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, fikr biror narsa haqida, biror predmet haqida bo‘lishi mumkin. Predmesiz fikrning bo‘lishi mumkin emas.

Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub’ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi:

Birinchidan, ongning sub’ektiv xolatinigina ifodalamasdan, balki ob’ektga ham tegishli bo‘ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi.

Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki fakatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlangich bosqichi bo‘lib, g‘oyaning sub’ektiv xolatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi.

Uchinchidan, alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko‘rinishidir.

Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Fikrlar va g‘oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o‘zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning yechimini mantiqiy izlanishlardan an’anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g‘oyalarning ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda yetilgan ijtimoiy g‘oyalarning tasodifiy ifodalovchisi bo‘lib koladi.

Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson fakat tashqi dunyo bilan tuxtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina o‘zok vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to‘liq informatsion ajralish bu akldan ozishning boshlanishidir. Informatsion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga ozik - ovkatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim urinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yunalishga ega bo‘lgan psixologik oqim paydo bo`ldi.

Mazkur yunalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o‘tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada hissa kusha oldi. Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkurni hissiy boskichda to‘rgan psixik jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o‘rganishda ratsional bosqichdagi murakkab jixatlardan mexaniq ravishda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo`l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlarni o‘zlarining ustilarida o‘tkazib, natijalarni ob’ektiv bo‘lishiga kamroq e’tibor berganlar. 13

Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb karay boshlaydilar.

O‘z-o‘zini ko‘zatish metodidan foydalanib, ish to‘tishda ular mana bo‘nday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur xaddan tashqari mashaqqatliki, shunga karamay ko‘pchilik shunchaki xukm chiqarishni ma’qo‘l kuradilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni urnatish qism, yahlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o‘zaro munosabatlarini ushbu munosabatlarning aniq a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ularning barcha tadqiqotlari ob’ektiv metodlarni izlashga oid faoliyatlarida avj oldi.

Jumladan, Ax Narsis tomonidan sun’iy tushunchalarning shakllanishi bo‘yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlarning aks etishi bilan bog‘lab, tafakkurni munosabatlarning birlamchi qarab chikish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko‘tarib chiqib, usishning fikrlarni faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo`ydilar.

Tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o‘z-o‘zini ko‘zatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib karalganda ushbu pozitsiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustakil bilish faoliyati sifatida aniq ko`rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan kat’iy ajratib tashladilar.

Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkurni intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o‘z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jixatlari qay yusinda shakllanishini ko‘zatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko‘rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko‘rinishidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish vazifasini kuydi. O.Zels masala yechish jarayonini o‘rganishda umumiylikka ega bo‘lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e’tibor berib, elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko`rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo‘ladi.

Kompleks o‘z ichiga ushbu jixatlarni qamrab olishi nazarda to‘tilgan:

a) ma’lumning tavsifnomasini bulaklarga ajratish;

b) kidiriluvchi noma’lumning o‘rnini aniqlash;

v)noma’lum kidiriluvchi bilan ma’lum o‘rtasidagi munosabatlarni ajratib ko‘rsatish.

Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo‘lib tafakkurni jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operatsiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jixatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o‘rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yunalishi vujudga keldi. Uning, ko‘zga ko‘ringan namoyondalari qatoriga X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaltchilar fikriga qaralganda, har bir psixik xodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan qo‘lam jixatidan keng, mazmun jixatidan rang-barangdir.

Geshtaltchilarning aksiomatik harakterga ega bo‘lgan ushbu tezislari mazkur ta’limot g‘oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlarning yigindisi yahlit to‘zilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yahlit to‘zilma qism va elementlarning xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi.

Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh moxiyati ularning sezgilarga uxshash alohida elemetlari emas, balki konfiguratsiya shakl yoki geshtaltchilarning yahlit yaratishidan iborat.

Geshtalt psixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng kamrovli tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlarning intellektual harakatlarini eksperimental o‘rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos uxshashlik borligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.

V.Kelyorning fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlarning muhim elementlari bir butunlikni, ya’ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog‘liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo‘luvchi geshtaltchilar muammosi vaziyatda organizmda ba’zi bir zuriqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq kadamlarni yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.

Geshtaltchilarning ayrimlari "yunalish" atamasini qo‘llab, uni o‘tmish tajribasi bilan boglashga intiladilar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik metodlari" to‘g‘risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bo‘nda materialni, kuyilgan maqsadni, konfliktli xolatlarni tahlil qilishni nazarda tutadilar.

Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator muammolarini ko‘tarib chiqadilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o‘ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga kelishi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga yechish yo‘lini qo‘llash kabilar. Tafakkurni psixologik o‘rganishda funksional rivojlanish g‘oyasini amaliyotga tadbiq qilish ham ma’lum darajada geshtalt psixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi.

Shunga karamasdan V.Kyoler M.Vertgaymer, K.Dunkerlarning eksperimental tadqiqotlari tafakkurning asosiy mexanizmlaridan biri bo‘lgan predmetlarni yangi alokalar va munosabatlarga fikran jixatini ochishni aniqladilar. Ammo ular ham mazkur muammoli vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyatlari rolini mutlaqo tan oladilar.

Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oksmi utgan asrning oxirlaridan boshlab xukm surib kelmokda. Bixeviorizm oksmining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878­1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo‘shiladilar. Ma’lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o‘ynaydi.

Xozirgi davrda bu oqim bir necha mustakil psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning moxiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. Hammasi uchun umumiy formula S-R, ya’ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmokda.

Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka kisishi, kosh so‘zish, kommunikatsiya, muloqotni birga qo‘shib, keng ma’noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o‘rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she’rni yoki sitatani aniq esga tushirishda o‘z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub’ekt uchun yangi bo‘lmagan topshiriqni so‘z yordami bilan yechish, yarim-yortisi uno‘tilgan she’rni eslashga harakat va nixoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so‘z yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka u individual egallagan va o‘rganilgan xatti- harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaksnlashtirilib kuyiladi, chunki she’rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi.



Dj.Uotson tilni o‘zlashtirishning ijtimoiy jixatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning to‘zilishi va rivojlanishiga sira e’tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to‘g‘risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko‘rinishi sifatida olib karalgan.

Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkaxol) shaxs turadi. Xrlbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bo‘nda birinchi navbatda shaxsning kasbiy eutiyoji, motivi, layosati, sizitsishi va sobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yullanma, kursatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi.

Kasbga yo‘llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni boskichma - boskich amalga oshirish «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da alohida urin egallaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan kasb tanlashga yo‘llash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari etaklaydi.



1.James W.Kalat. Introduction to Psychology.10 edition. 2017. 324-326 p.

2.James W.Kalat. Introduction to Psychology.10 edition. 2017. 324 p

3. James W.Kalat. Introduction to Psychology.10 edition. 2017.326 p.

4


5. James W.Kalat. Introduction to Psychology.10 edition. 2017.324-327 p.

6.James W.Kalat. Introduction to Psychology.10 edition. 2017. 333 p.

7.James W.Kalat. Introduction to Psychology.10 edition. 2017. 324-326 p.

843.David G Myers.—Psychology" 9 edition 2010. 406-407 p.

945.James W.Kalat. Introduction to Psychology.10 edition. 2017. 46.James W.Kalat. Introduction to Psychology.10 edition. 2017. 324-326 p.



10


1147.David G Myers/'Psychology" 9 edition 2016. 437-439 p.

1248.David G Myers/'Psychology" 9 edition 2016. 437-439 p.

1349.David G Myers/'Psychology" 9 edition 2016. 437-439 p.

Download 95,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish