Mustaqil ish korxonani tashkil etishning huquqiy asoslari va tamoyillari Reja: 1



Download 37,57 Kb.
bet2/6
Sana07.04.2022
Hajmi37,57 Kb.
#533944
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish korxonani tashkil etishning huquqiy asoslari va tam

Oldingi tahrirga qarang.
2. Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o‘zi vakolat bergan idoralar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa idoralar orqali amalga oshiradi.
(15-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
2. Korxonalar huquqlari va manfaatlarining kafolatlari
1. Davlat korxona huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishiga kafolat beradi.
Korxona xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatni amalga oshirish chog‘ida o‘z tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday qarorlarni qabul qilishga haqlidir.
Korxonaning xo‘jalik faoliyati va o‘zga faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari davlat, jamoat va kooperativ idoralarining aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Respublika va mahalliy davlat, jamoat hamda kooperativ idoralari va ularning mansabdor shaxslari korxonaga daxldor qarorlar qabul qilish chog‘ida va o‘zlarining shu korxona bilan munosabatlarida ushbu Qonunning qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardirlar.
Davlat idoralari va o‘zga idoralar va mansabdor shaxslar o‘zlarining qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlariga muvofiq tarzdagina korxonaga ko‘rsatma berishlari mumkin. Davlat idoralari yoki o‘zga idoralar o‘z vakolatlariga yoki qonun talablariga mos kelmaydigan hujjatni qabul qilgan taqdirda korxona bunday hujjatni haqiqiy emas, deb e’tirof etish to‘g‘risida ariza bilan sud yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
Korxona huquqni buzgan davlat idorasi yoki o‘zga idora yoxud ularning mansabdor shaxslari ko‘rsatmalarini bajarish natijasida, shuningdek bunday idoralar yoki ularning mansabdor shaxslari korxonaga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan burchlarini tegishlicha amalga oshirmaganliklari oqibatida korxonaga yetkazilgan zarar ana shu idoralar tomonidan to‘lanishi kerak. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolarni xo‘jalik sudi o‘z vakolatlariga muvofiq holda hal qiladi.
(31-modda 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda)
Korxona xo‘jalik faoliyatining huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlari
1. Davlat korxonalarga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yuritishning teng huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini ta’minlaydi.
2. Davlat bozorni rivojlantirishga ko‘maklashadi, monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, barcha mehnatkashlarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlaydi.
Raqobatchining obro‘sini tushirishga qaratilgan xatti-harakatlarga, ishlab chiqarish kvotalari, sotish va ta’minot bozorlarini bo‘lib olish, erkin raqobatni cheklash maqsadida korxonalar o‘rtasida monopol narx-navoni ushlab turish haqidagi har qanday til biriktirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda korxona monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Davlat qonun asosida, huquqni himoya qiluvchi va moliya organlari orqali raqobat qilish erkinligini ta’minlaydi, iste’molchilarni ularning huquqlari kamsitilishidan, xo‘jalik faoliyatining har qanday sohasida monopolizm ko‘rinishlaridan muhofaza qiladi.
3. Korxona xo‘jalik oborotiga kiritayotgan buyumlar firma belgisini yoki buyumning ramzini, buyumni ta’riflaydigan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda markirovka qilinishi shart. O‘zga firma va tovar belgilarini, shuningdek, bir ishlab chiqaruvchining buyumlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning buyumlari bilan chalkashtirib yuborishga (o‘xshatishga) imkon beradigan har qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu masalalarda chiqqan nizolar sud tartibida hal qilinadi.
14-modda. Korxona mulkiy huquqlarining kafolatlari
Davlat korxonaning mulkiy huquqlari himoya qilinishiga kafolat beradi. Davlatning korxonaga qarashli asosiy fondlarni, oborot mablag‘larni va boshqa mol-mulkni tortib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda
Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari tomonidan korxonaning mulkiy huquqlarini buzish natijasida unga yetkazilgan zarar sud yoki xo‘jalik sudi qaroriga ko‘ra korxonaga to‘lanadi.
14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 862-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 246-modda


Download 37,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish