Mustaqillik tufayli davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirdi



Download 228 Kb.
bet4/5
Sana26.06.2021
Hajmi228 Kb.
#101969
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ

4. Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o'zgarish - inqilob

sodir bo'ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash,

parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar,

ponalar, iskanalar, tosh teshalar paydo bo'ldi. Neolit davri

"toshboltalar asri" ham deyiladi. Hunarmandchilikning sopol

buyumlar yasash tarmog'i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni

"sopol asri" ham deyishadi.

Neolil davrida odamlar hayolida chorvachilik va dehqonchilik

vujudga keladi va xo'jalikda asosiy o'rinni egallaydi. Urug‘ jamoalari

echki, qo'y va qoramollardan iborat qo'ra-qo'ra chorva mollariga,

don-dun zaxiralariga ega bo'ladilar.

Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo jalik shakllanib boMadi. Bu

insoniyat erishgan katta yutuq bo'lib, odamlar tabiatga qaramlikdan

butunlay qutiladilar. Urug' jamoalari ozuqa izlab ko‘chib yurishdan

o‘troq hayot kechirishga o'tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar

yasash odamlarning turmush tarziga aylandi, qishloqlar vujudga keldi.

Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o‘rniga

jun va o'simlik tolasidan to‘qilgan matolardan tikilgan kiyimlar

kiyadigan bo‘ladilar. Hunarmandchilikda to'qimachilik, tikuvchilik

tarmog‘i ham paydo bo'ladi.

r T osh bolta, pona, iskana

M otiga (ketm on-tesh a). M otiga d eh q o n ch ilig i

N e o lit ^ C haqm oq tosh ga tig* o ‘rnatilgan suyak o kroq

d a v r i r T osh dan yasalgan don y o r g ‘uchoq

m e h n a t r L oydan q o ‘ lda yasalgan va pish irilgan sop ol idishlar

q u r o lla r i r Zig*ir tolasi va jundan ip y igiru v urchuqlari, m ato

to 'q u v dastgohlari yasaldi. K iyim lar tikilgan .

> Y o g ‘och g ko klalarni bir-biriga b o g ‘ lab y a sa lg a n su vda

su zu v ch i so l, qayiqlar.

Mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko‘plab arxeologik

yodgorliklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Amudaryo-

ning qadimgi Oqchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqinidan

neolit davriga doir odamlar manzilgohi, Amudaryoning Yuqori Uzboy

irmog'i va Orol dengizining shimoli-sharqiy bo'ylaridan yana ko'plab

makonlartopibo‘rganildi. Bulaming hammasiga Kaltaminor madaniyati

degan nom beriladi. Kaltaminorliklar hayoti, xo'jalik mashg‘ulotlari va

turmush tarzini o'rganish, uning miloddan awalgi 7-3 ming yilliklarga

doir arxeologik madaniyat ekanligini ko‘rsatdi.

Kaltaminor madaniyatining eng muhim manzilgohlaridan biri

Jonbos-4 hisoblanadi. Jonbos-4 da o'tkazilgan qazish ishlari natijasida

maydoni 300 kv.m. keladigan g‘oyat katta turar joy-yarim yerto'la

shaklidagi kulba ochildi. Tadqiqotlar kulbaning xodalar va qamishdan

qurilgani, keyinchalik yonib ketganligini, odamlar foydalangan barcha

uy-ro'zg'or buyumlari, mehnat qurollari yiqilgan kulba ostida qolib

ketganligini ko‘rsatdi. Kulba tomini ko'tarib turgan bir necha ustunlar

borligi aniqlandi. Bu manzilgohda 100-120 ga yaqin kishi istiqomat

qilgan. Uning o'rtasidan katta o'choq, atrofida yana 20 dan ortiq

mayda o'choqlar, ko'mirga aylangan yog'ochlar va qamishlar topildi.

Har bir o'choq atrofidan baliq, yovvoyi cho'chqa, bug'u, qirg'ovul,

suv qushlarining suyaklari, o'rdak va g'oz tuxumining po'choqlari,

yovvoyi jiyda danaklari topildi. Katta o'choq o't og'asi ixtiyoridagi

otashkada(altar) bo'lib, Kaltaminor urug' jamoasi katta o'choqdagi

o'tga topingan, bu odamlarning diniy e’tiqodini ko'rsatadi. Kulbadagi

mayda o'choqlar esa ona urug'i doirasida ko'plab juft oila mavjud

bo'lganini ko'rsatadi. Jonbos-4 manzilgohidan chaqmoq toshdan

yasalgan juda ko'p mehnat qurollari, keskich asboblar, suyak

garpunlari, turli xil naqshlar, o'yib solingan sopol idish siniqlari va

boshqa ashyolar topildi. Topilgan qoldiqlarning deyarli ko'pchiligi

baliq va qush suyaklari bo'lib, kaltaminorliklaming baliqchilik va

ovchilik bilan shug'ullanganligini ko'rsatadi. Kaltaminorliklar o'q-

yoydan keng foydalanganlar.

1950- yillarda taniqli arxeolog olim Ya.G'.G'ulomov Zarafshon

bo'ylab qidiruv ishlari olib boradi va o'nlab manzilgohlarni aniqlab,

ulardan neolit davriga oid tosh qurollar va sopol parchalarini topadi.

Qidiruv ishlarini 1960— yildan boshlab arxeologlardan A.Asqarov

va O'.Islomovlar davom etkazadilar. Natijada, 100 dan ortiq katta va

kichik manzilgohlar topiladi. Ularda yashagan urug' jamoalarining

baliq ovi bilan shug'ullanganligi, termachilik xo'jaligida tosh yorg'u-

choqlardan keng foydalanilganligi aniqlanadi.

Zarafshon daryosining o'rta havzalarida yana bir yodgorlik-

Sazag'on makoni(Samarqand viloyatining Sazag'on qishlog'ida)

topib o'rganildi. Ko'plab tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonlari

suyaklari topildi. Sazag'on jamoasi qoramollarni qo'lga o'rgatib,

chorvachilik bilan shug'ullanganlar.

Zarafshon vodiysi urug' jamoalari sifatli tosh xomashyolardan

qurollar yasaganlar. Ular tosh konlarida shaxtalar hosil qilganlar.

Neolit davrida Uchtut chaqmoqtosh konida 4-5 metrli shaxtalardan

namlangan toshlarni kovlab olib qurollar yasaganlar. Namlangan

loshlarni yo’nish oson boMganligini bilganlar. Zarafshon vodiysida

yashagan urug1 jamoalari hayotida ovchilik, ayniqsa, baliq ovlash

alohida ahamiyat kasb etgan.


Download 228 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish