Mustaqillik tufayli davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirdi



Download 228 Kb.
bet1/5
Sana26.06.2021
Hajmi228 Kb.
#101969
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ



29-bilet javoblari.

Mustaqillik tufayli davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirdi.

Davlatchilik sohasidagi bosh yo'limiz mustahkam demokratik—

huquqiy davlat barpo etishdan iborat. Bu o'rinda ajdodlarimizning

davlat qurilishidagi tarixiy tajribalariga tayanilmoqda.

Xo'sh, o‘zbek davlatchiligi qachon paydo boMgan, qanday

bosqichlarni bosib o'tgan, davlat qurilishida qanday tajribalarimiz

bor? Bu savollarga asosli javob berish har bir talabaning burchidir.

«Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo'lib turibdi. Nega

deganda, O'zbekistonda davlatchilik bo'lmagan, deb orqavarotdan

tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo‘-

layotgan, kerak bo‘lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga

urinayotgan kuchlar hali bor. O'zbek tarixchilarining bugungi kundagi

asosiy vazifasi mana shu da'voning puch ekanligini isbotlash, davlat-

chiligimizning ilmiy nuqtayi nazardan asoslangan tarixini yaratishdir»1.

Mustabid sovet hokimiyati davrida yozilgan tarixiy asarlarda,

darslik va qo'llanmalarda O'rta Osiyoda, hozirgi O'zbekiston hududida

davlatchilik tizimi bo'lganligi haqida yozilgan, ammo tilga olingan

davlatlarga to'g'ridan—to'g'ri o'zbek halqi, o'zbek jamiyati bilan bog'liq

holda, Vatanimizda uzluksiz kechgan jarayon sifatida qaralmagan.

Yurtimizda shakllangan, qariyb uch ming yil davomida faoliyat

yuritgan davlatlar bir kichik hudud yoki hokimiyat tepasida turgan

hukmdor nomi bilan atalgan, davlatning asosiy manbayi, mohiyati,

ya'ni qaysi xalqning davlati ekanligi ochib berilmagan, to'g'rirog'i

ochib berishni xohlamaganlar. «Nima emish, O'zbekiston XX asming

20— yillarida, aniqrog'i, 1924— yili davlat maqomini olgan emish.

Bizshugapga ishonishimizkerakmi?»2. Ishonmaymiz, albatta. O'zbek

xalqi qadim-qadimdan davlat barpo etgan xalqlar qatorida turadi. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari

Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida yerga ishlov berish

yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati

unumliroq bo'lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan

mehnat qurollari qishloq xo'jaligi va hunarmandchilikning tez o'sishiga

olib keldi. Odamlarning daryolarni bo'g'ib, to'g'onlar qurib, kanallar

qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O'rgatilgan ishchi

hayvonlari qo'shilgan temir tishli omochlar bilan yer haydashning

o'zlashtirilishi hosildorlik oshishini, ko'proq mahsulotlar ye-

tishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi,

umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko‘payib bordi.

Urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug*

a'zolaridan tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta

patriarxal oilalar urug' jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug*

jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa

urug'jamoasining umumiy xo'jaligi oilalar jamoasiga bo'linadi. Bunday

oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham atalardi.

«Nmana» - katta patriarxal oila

« A v esto » d a «Vis» - «nmana»lar birikuvidan hosil bo'lgan uru g‘

ja m iy a t jamoasi

ta rk ib in in g r «Varzana» - «Vis»lar birikuvidan vujudga kelgan y irik

b o klinishi qo'shni jamoa

r «Zantu» - qabilalar uyushmasi

«D axyu» - qabilalar ittifo q i

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o'zida oila jamoasi

uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo'lgan.

Urug' - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig'i

hisoblangan. Oqsoqollar kengashi qo'lida diniy va dunyoviy hokimiyat

jamlangan bo'lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalami hal qilgan.

Mo'tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a’zolari uchun

majburiy hisoblangan.

Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila

o'z xususiy mulkiga ega bo'lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi,

jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi

o'z navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik, avvalo, jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo'tabar shaxslar qo'lida

to'plana boshladi. Ularyerning hosildor qismini egalladilar, ko'plab

chorva mollariga ega bo'ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, urug* va

qabila ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga yetishtirgan

hosillarining, chorva mollarining bir qismini berishga majbur

bo'lgan. O qsoqollar o'z iste’molidan ortib qolgan bunday

mahsulotlami mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar.

Qabilalar o'rtasida yaxshi yer va yaylovlar uchun, chorva mollari

uchun urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush

harakatlariga boshchilik qilish uchun o'z harbiy yo'lboshchilarini

saylaganlar. Urushda qo'lga kiritilgan o'ljaning ko'p qismi

yo'lboshchiga hamda oqsoqolga berilgan. Shu tariqa, oqsoqollar va

yo'lboshchilar jamiyalda alohida, uslun mavqega ega bo'lib, ularni

zodagonlar deb atashgan. Keyinchalik, zodagonlar o'z o'g'illariga

nafaqat boyligini, mulkini, shuningdek, o'z lavozimlarini ham

meros qilib qoldirganlar. Zodagonlar jamoa, urug' va qabilalar

ustidan o'z hukmronligini o'rnatganlar.

Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo'lishi asta-sekin ortiqeha

mahsulotlami ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini

keltirib chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab chiqarishning o'zlariga qulay

sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik,

keyinroq hunarmandchilik mustaqil xo'jalik turlari sifatida ajralib

chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan,

boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug'ullanadilar.

Ular o'rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik

mahsulotlarini o'zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa, o'z

navbatida, savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim

belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning

ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz beradi, dastlabki

shaharlar paydo bo'ladi.

2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari

O'rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to'g'risida qadimgi

yozma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto»

kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o'lkamizning turli

hududlarida olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ularning

natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon,

Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydinlashtirish,

yetarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo‘ladi. Bu o ‘rinda Yunon,

Rim mualliflaridan Gerodot, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqa-

larning asarlari, yodnomalari, forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa,

o'lkamizda keng ko'lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan

Ya.G'ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze,

A.Sagdullayevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molik.

Arxeolog olimlarimizning so'nggi tadqiqotlari asosida fikr

yuritadigan bo'lsak, 0 ‘zbekiston hududida bronza davridayoq, 2- ming

yillik o‘rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.

Yurtboshimiz l.Karimovning mana bu fikrlari ham o'zbek

davlatchiligi tarixining o'q tomirlari olis davrlar qa'riga borib

tutashishidan yaqqol dalolat beradi: «O'zbek davlatchiligining tamal

toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo'yilgan.

Shu ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Xitoy, Hindiston,

Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda

turadi. Xorazm tarixi o'zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va

qadimiyligining tasdig'idir»1.

Barcha daliliy ashyolar miloddan avvalgi so'nggi ming yillik

boshlarida, aniqrog'i VII-VI asrlarda Vatanimiz hududlarida 3 ta:

Katta Xorazm, Baqtriya hamda saklar va massagetlar konfederatsiyasi

ko'rinishidagi dastlabki davlatlar shakllangan. Bu davlatlar o'ziga

xos rivojlanish jarayonini bosib o'tgan. Ayniqsa, bu ilk davlatlar

orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo'lganligi bilan ajralib turadi.

Katta Xorazm «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo'lgan

M iloddan avvalgi VII-VI asrlarda Vatanimiz hududida shakllangan ilk

davlat tuzilmalari




Download 228 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish